scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Raqobatbardoshlikning iqtisodiy-nazariy asoslar

Ismoilova Nodira

Abstract

Maqolada raqobatbardoshlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning turli yoʻnalishlar — tamoyil, strategiya, taktika, funksiya, jarayon va natija sifatida talqin etilishi nazariy va amaliy jihatdan chuqur tahlil qilingan. Xizmatlar bozorida raqobatbardoshlikning nisbiy kategoriyasi sifatida namoyon boʻlishi, ayniqsa xizmat raqobatbardoshligi iste'molchi ehtiyojlarini qondirish darajasi, xarajatlar tuzilmasi va xizmatning texnik, ergonomik, me'yoriy, estetik hamda iqtisodiy parametrlar majmuasi orqali ifodalanishi yoritilgan. Tadqiqotda raqobatning narxli va narxsiz shakllari, “narxlar jangi”, chegirmalar tizimi, toʻlov va yetkazib berish shartlari, kafolat va sotuvdan keyingi servis kabi omillarning xizmat raqobatbardoshligi darajasiga ta'siri koʻrib chiqilgan.

Full text

Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 78 Raqobatbardoshlikning iqtisodiy-nazariy asoslar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Ismoilova Nodira Annotatsiya. Maqolada raqobatbardoshlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning turli yoʻnalishlar — tamoyil, strategiya, taktika, funksiya, jarayon va natija sifatida talqin etilishi nazariy va amaliy jihatdan chuqur tahlil qilingan. Xizmatlar bozorida raqobatbardoshlikning nisbiy kategoriyasi sifatida namoyon boʻlishi, ayniqsa xizmat raqobatbardoshligi isteʼmolchi ehtiyojlarini qondirish darajasi, xarajatlar tuzilmasi va xizmatning texnik, ergonomik, meʼyoriy, estetik hamda iqtisodiy parametrlar majmuasi orqali ifodalanishi yoritilgan. Tadqiqotda raqobatning narxli va narxsiz shakllari, “narxlar jangi”, chegirmalar tizimi, toʻlov va yetkazib berish shartlari, kafolat va sotuvdan keyingi servis kabi omillarning xizmat raqobatbardoshligi darajasiga taʼsiri koʻrib chiqilgan. Kalit soʻzlar. raqobatbardoshlik; xizmat raqobatbardoshligi; narxli raqobat; narxsiz raqobat; isteʼmol narxi; texnik va ergonomik parametrlar; meʼyoriy talablar; ekspert baholash; sotsiologik usul; bozor mexanizmlari; xizmat sifati; isteʼmolchi ehtiyoji; raqobat omillari. Raqobatbardoshlik — mazkur bozorda mavjud eng yaxshi oʻxshash obxektlarga nisbatan aniq ehtiyojni qondirish darajasini tavsiflovchi obyekt xususiyatidir. Shu bilan birga raqobatbardoshlik — aniq bozor sharoitlarida boshqalar bilan musobaqada chidash imkoniyatidir. Raqobatbardoshlik marketing tadqiqodlari natijalari boʻyicha aniqlanadi. U tovarning ham aniq ijtimoiy ehtiyojga moslik darajasi, ham uni kondirishga sarflangan xarajatlar boʻyicha uning raqib tovaridan farqini ifodalovchi tavsifidir. Raqobatbardoshlik nisbiy oʻlchov boʻlib, xususiyati shundan iboratki, uni raqobat predmeta, yaʼni xizmat raqobatbardoshligiga nisbatan ham qoʻllash mumkin. 1-jadval Raqobatbardoshlilik tushunchasining turli yoʻnalashlarda qoʻllanilishi 1 Qoʻllanilish yoʻnalishi Tushunchaning tarkibi Raqobatbardoshlilik tamoyil sifatida Bu shuni anglatadiki, yaʼni ikki yirik guruhga ajratilgan harakatlar va qarorlar aniqlanadi: birinchi guruh sifatga olib keladigan harakatlar va qarorlarni birlashtiradi; ikkinchi guruh esa aksincha raqobat rivojlanishini taʼminlamaydigan harakatlar va qarorlarni birlashtiradi. Birinchi 1 Muallif tomonidan adabiyotlar taxlili natijasida tayyorlandi Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 79 guruh tarkibidagi harakatlar va qarorlarni saqlab qolish va ragʻbatlantirish zarur, ikkinchi guruh tarkibidagi harakatlar va qarorlarga esa tuzatishlar kiritish hamda oʻzgartirish xususida aniq bir qaror qabul qilish talab etiladi. Raqobatbardoshlilik rivojlanish strategiya sifatida Maʼlum bir uzoq muddatli vaziyatning bir elementi boʻlib, bu maʼlum parametrlar, harakatlar, vazifalar, resurslardan foydalanish va boshqalarni qoʻllashdan iboratdir. Bu esa joriy holatdan kelajakka qadar muvozanatni taʼminlaydi. Yakunda harakatlardagi pasayishlarga qaramay joriy holatdagiga nisbatan yaxshiroq holatga olib keladi. Raqobatbardoshlilik taktika sifatida Bu maʼlum bir kichik davrdagi muvozanatdagi holatdan qisqa muddat ichida tezkor oʻsish hisobiga yanada yaxshiroq xolatga chiqishdir. Raqobatbardoshlilik funksiya sifatida Bu institutsional, ijtimoiy va ekologik omillar kabi yangi parametrlarni oʻz ichiga olish hisobiga xizmat koʻrsatish funksiyalarini kengaytirish yoki mukammallashtirishni anglatadi. Raqobatbardoshlilik jarayon sifatida Maʼlum bir vaqt dvomida korxona faoliyatini tavsiflovchi miqdoriy va sifatli koʻrsatkichlaridagi ijobiy oʻzgarishlarni nazarda tutadi va shu bilan bir qatorda faoliyatdagi salbiy koʻrsatkichlar kamayib boradi. Raqobatbardoshlilik natija sifatida Innovatsiyalarni amalga oshirish, texnologik rivojlanish sharoitida jamiyat ehtiyojlarini qondirish sifatini oshirish, jamiyatni tashkil etish, jamiyat va tabiiy resurs bazasini tashkil etish bilan bogʻliq tarkibiy oʻzgarishlarning natijasidir. Xizmat raqobatbardoshligi deganda, isteʼmolchining aniq ehtiyojlarini qondirish va uni xarid qilish hamda keyinchalik undan foydalanish uchun sarflanadigan xarajatlar darajalari boʻyicha uni, yaʼni xizmat boshqa shunday xizmatlardan ajralib turadigan tavsiflar yigʻindisi tushuniladi. Xizmat raqobatbardoshligi — biror bir korxona tomonidan ishlab chiqarilgan, raqobatchi korxonalarning xuddi shunday tovarlariga qaraganda yaxshiroq isteʼmol xususiyatlari va texnik-iqtisodiy parametrlariga ega boʻlgan tovarlarning isteʼmolchilar tomonidan ajratib olinish “qobiliyati”dir. Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 80 Raqobatbardoshlik aynan bozorda kuzatiladi va tovarlarning isteʼmolchi ehtiyojlariga muvofiq kelishi solishtirilib koʻriladi. Ana shunda xizmatning raqobatbardoshligi real xaridni amalga oshirayotgan xaridor uchun jozibadorlik darajasini koʻrsatadi. Har bir xaridor oʻziga yoqqan tovarni sotib oladi, isteʼmolchilar esa raqiblar tovariga nisbatan koʻprok ijtimoiy ehtiyojlariga moye keluvchilarini tanlashadi. Shuning uchun rakobatdoshlik (tanlangan bozorda tovarni sotish imkoniyati)ni faqat raqiblar maxsulotni solishtirish orqali aniqlash mumkin. Hozirgi kunda bozorda korxonalar alohida xizmatlarni emas, balki xaridor uchun muhim xizmatlarni sotishga xarakat qilishadi. Bozordagi raqobat koʻproq xizmat sotishni koʻzlaydi. Asosiy axborotni isteʼmolchilar xizmat koʻrsatuvchidan olishadi. Isteʼmolchilarni asosan xizmatning isteʼmol qiymati qiziqtiradi. Raqobat, bozorda taklif talabdan yuqori boʻlganda, korxonalar ichida emas, balki xizmatlar orasida namoyon boʻladi. Xizmatning raqobatbardoshligini oʻrganish jarayoni murakkab boʻlib oʻz ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: - xizmatni sotish bozorini oʻrganish; - raqiblar haqida maʼlumotlar yigʻish; - isteʼmolchilar talablarini oʻrganish; - xizmat raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish; Xizmatni xizmat koʻrsatish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish xaqidagi qaror. Bu masalalarni hal qilish korxonada xizmat rakobatbardoshligini taʼminlashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi. Har qanday xizmat bozorga chiqishi bilanoq, oʻz raqobatbardoshligini yoʻqota boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin. Bu iktisodiy foyda va oldingi xizmat oʻz raqobatbardoshligini toʻla yoʻkrtish paytigacha bozorga yangi xizmat bilan chiqish imkoniyatini beradi. Xizmat raqobatbardoshligini taʼriflovchi oʻlchamlar oʻz ichiga bir necha guruhlarni oladi, yaʼni xizmat raqobatbardoshligining asosiy kattaliklari kuyidagilardan iborat: - texnik — tizim kattaliklari, ergonomik, meyoriy, estetik; - iqtisodiyisteʼmol qilish bahosi; - tashkiliy-chegirmalar tizimlari, xizmatlarni yetkazib berish vaularga haq toʻlash shartlari, — yetkazib berish muddatlari, yetazib berish shartlari va kafolatlari, yetkazib berishning komplektliligi[45]. Xizmat raqobatbardoshligini tahlil qilishda birinchi navbatda tasnifiy oʻlchamlardan foydalaniladi, ular xizmatning belgilangan sinfi yoki turiga qaramligi bilan aniqlanadilar. Bundan tashqari har bir buyumlar guruhiga moye boʻlgan texnik konstruktorlik Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 81 yechimlarida aks ettiruvchi konstruktivli parametrlar mavjud. Erganomik oʻlchamlarga quyidagilar kiradi: gigiyenik, antropometrik, fiziologik, ruhiy xizmat xususiyatlarini kishi psixikasiga mosligi va boshqalar. Meʼyoriy oʻlchamlar xizmatlarning meyorlar, qoidalarga muvofikligini koʻrsatadi. Ular ushbu oʻlchamdan chiqish huquqiga ega boʻlmagan turli xil darajali (davlat, davlatlararo, hududiy) chegaralarda tartibga soladi. Shuni taʼkidlash kerakki, halqaro meyorlar, masalan, standartlar boʻyicha halqaro tashkilot (ISR)talablariga moye kelishi, milliy meyorlarga avtomatik moc kelishini bildirmaydi, chunki keyingisi yanada qattiqroq boʻlishi mumkin. Bundan tashqari meyoriy oʻlchamlarga yana bizning xizmatimizni import qiluvchi mamlakat huquq (patent) meyorlariga mosligi ham kiradi. Patent huquqlarining buzilishi xizmatni sotishga imkon bermaydi. Shuning bilan birga xizmatga patent, uning raqobatbardoshligini kuchaytiradi, chunki korxona huddi shunday raqobat qiluvchi xizmatni bozorga kiritmaslik yuridik imkoniyatiga ega[47]. Estetik meyorlar baʼzida harid qilish narxi muhim rol oʻynaydi, chunki tashqi koʻrishi orqali dizayner “zamonaviylik” “ zamon ruhiga moye kelish” kabi xizmatningning xususiyatlarini aks ettiradi. Xizmatning iqtisodiy oʻlchamlari uning asosiy xususiyatlarini, yaʼni xaridorning xizmatni harid qilish va butun ishlatish davridagi foydalanish harajatlarini taʼriflaydi. Xizmatning isteʼmol narxi majmuada quyidagi elementlardan vujudga keladi: - foydalanish joyigacha yetkazib kelish xarajatlari (C1), - oʻrnatish va ishlash qobiliyatiga keltirish qiymati (С2), - xodimlarni ergashtirish (С3), - yonilgʻi, elektr-energiyasiga xarajatlar (С4), - xodimlarning ish haqi (С5), - kafolatdan keyingi xarajatlari (С6), - xizmatni sugʻurta qilish xarajatlari (С7), - soliqlar (С8), - oʻz resursini ishlab boʻlgandan keyin xizmatni utilizatsiyalash xarajatlari (С9), - koʻzda tutilmagan xarajatlari (С10). Bu xarajatlar jamlanganda isteʼmol narxi (С) — isteʼmolchilarga xizmatni butun xizmat kilish davrida kerak boʻladigan mablagʻlar xajmini tashkil qiladi: С = C + С2 +Сз+С4+С5+С6+С7+С8+С9+С10 Isteʼmol narxi xizmat raqobatbardoshligining muhim oʻlchamlaridan birini namoyon qiladi, xizmatdan foydalanish bilan bogʻlik xarajatlar uning harid narxidan bir necha marta ortib ketadi. Xizmat raqobatbardoshlik darajasi bir qancha omillar taʼsirida boʻladi. Ularning ayrimlari ijobiy, ayrimlari salbiy, baʼzilari uzok vaqt, baʼzilari qisqa vaqt, ayrimlari toʻgʻridan-toʻgʻri( bevosita), ayrimlari bilvosita taʼsir koʻrsatadilar. Xizmatning rakrbatbardoshlik omillarini Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 82 oʻrganishda, ularning har biriga alohida tavsif beriladi, yuqori darajada ulushga ega boʻlganlariga koʻproq urgʻu berilib, unga eʼtibor kuchaytiriladi. Korxonalar raqobatbardoshligi oʻrganilganida ham uning alohida olingan bozordagi, tarmoqdagi oʻrni, ulushi, uning pozitsiyasi aniklanadi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Shokirovna B. Z. THE ECONOMIC ROLE OF OIL PRODUCTION IN THE BUKHARA-KHIVA REGION AND ITS SIGNIFICANCE FOR THE COUNTRY //GWALIOR MANAGEMENT ACADEMY. – С. 55. 2. Shokirovna B. Z., Xurram oʻgʻli X. S. INNOVATIVE FOUNDATIONS OF A UNIFIED ECONOMY IN THE FIELD OF RELIGIOUS EDUCATION //Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 110113. 3. ЮЛДАШЕВ, Қ., Ўзбекистонда давлат-хусусий, А. Ш., ТОЖИБОЕВА, Ш., ТОШПЎЛАТОВА, Г., ТАРАХТИЕВА, Г., & БОБОЖОНОВА, З. Biznes-Эксперт. 4. Shokirovna B. Z., Muxayyo Y. Xurram oʻgʻli XS TOPIC: DIRECTIONS FOR THE DEVELOPMENT OF INNOVATIVE ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN //Scientific Impulse. – 2023. – Т. 2. – №. 16. – С. 42-45. 5. Худайназарова Д. МEТOДЫ OЦEНКИ РИСКOВ ВНEДРEНИЯ ЦИФРOВЫХ ТEНДEНЦИЙ В ТУРИСТИЧEСКOМ БИЗНEСE //Экономическое развитие и анализ. – 2024. – Т. 2. – №. 11. – С. 682-687. 6. Худайназарова Д. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ТУРИСТИЧЕСКИХ ДЕРЕВЕНЬ //Экономическое развитие и анализ. – 2024. – Т. 2. – №. 12. – С. 435-448. 7. Xudaynazarova D. Theoretical Basis for the Formation of Tourist Villages //Economic Development and Analysis. – Т. 2. – №. 12. – С. 435-448. 8. Bobojonova Z. S. Analysis of economic efficiency of oil recovery from fields in Bukhara-Khivinsky region and ways of its implementation. – 2021. 9. BOBOJONOVA Z. Жамият ва инновациялар–Общество и инновации–. – 2021. 10. Бобожонова З. Ш., Абдуллаева Д. Innovative development of industrial production based on the principle of synergy Bobojonova Z., Abdullayeva D. 2 Инновационное развитие промышленного производства, основанного на синергетическом принципе //PROBLEMS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION. – С. 64.