scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ALOQA KORXONALARINI KREDITLASH TARTIBINING XORIJ TAJRIBASI

SHAYMATOV, Mansur

Abstract

Mazkur maqolada bank tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari hamda telekommunikatsiya va sanoat tarmoqlarini moliyalashtirishda xorijiy tajribaning ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda global miqyosda raqamli bank xizmatlarining rivojlanish tendensiyalari, telekommunikatsiya kompaniyalarining moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda rivojlangan mamlakatlar banklarining sanoat va aloqa sohalarini kreditlash amaliyoti o‘rganilgan. Xususan, China Mobile Limited, Deutsche Telekom AG hamda Germaniyaning davlat taraqqiyot banki – KfW faoliyati misolida infratuzilma va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari xorijiy tajribani milliy sharoitlarga moslashtirish tijorat banklarining xatarlarni boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishi, moliyaviy mahsulotlar diversifikatsiyasini ta’minlashi hamda bank faoliyatini davlatning sanoat va investitsiya siyosati bilan muvofiqlashtirish orqali real sektorni barqaror moliyalashtirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Full text

RESEARCH AND DEVELOPMENT TADQIQOT VA TARAQQIYOT ISSN: 3030 – 3281 Volume II, Issue 12 (2025) © 2025, the Author(s). Published by IMFAKTOR. This is an open access article under the CC BY license http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/ 11 ALOQA KORXONALARINI KREDITLASH TARTIBINING XORIJ TAJRIBASI Mansur SHAYMATOV¹ ¹ Mustaqil izlanuvchi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17931378 ANNOTATSIYA Mazkur maqolada bank tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari hamda telekommunikatsiya va sanoat tarmoqlarini moliyalashtirishda xorijiy tajribaning ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda global miqyosda raqamli bank xizmatlarining rivojlanish tendensiyalari, telekommunikatsiya kompaniyalarining moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda rivojlangan mamlakatlar banklarining sanoat va aloqa sohalarini kreditlash amaliyoti o‘rganilgan. Xususan, China Mobile Limited, Deutsche Telekom AG hamda Germaniyaning davlat taraqqiyot banki – KfW faoliyati misolida infratuzilma va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari xorijiy tajribani milliy sharoitlarga moslashtirish tijorat banklarining xatarlarni boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishi, moliyaviy mahsulotlar diversifikatsiyasini ta’minlashi hamda bank faoliyatini davlatning sanoat va investitsiya siyosati bilan muvofiqlashtirish orqali real sektorni barqaror moliyalashtirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: raqamli transformatsiya, raqamli bank xizmatlari, telekommunikatsiya sohasi, sanoatni moliyalashtirish, xorijiy tajriba, loyihaviy moliyalashtirish, xatarlarni boshqarish, taraqqiyot banklari. INTERNATIONAL EXPERIENCE IN THE PROCEDURE FOR LENDING TO COMMUNICATION COMPANIES ANNOTATION This article analyzes digital transformation processes in the banking system and the role of foreign experience in financing telecommunications and industrial sectors. The study examines global trends in the development of digital banking services, financial performance of leading telecommunications companies, and lending practices of banks in developed countries for industrial and communication sectors. In particular, financing mechanisms for infrastructure and innovative projects are analyzed using the cases of China Mobile Limited, Deutsche Telekom AG, and Germany’s state development bank KfW. The research findings demonstrate that adapting foreign experience to national conditions enhances commercial banks’ risk management capabilities, promotes diversification of financial products, and contributes to sustainable financing of the real sector through alignment of banking activities with state industrial and investment policies. Keywords: digital transformation, digital banking, telecommunications sector, industrial financing, foreign experience, project finance, risk management, development banks. ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ПОРЯДКА КРЕДИТОВАНИЯ ПРЕДПРИЯТИЙ СВЯЗИ АННОТАЦИЯ В статье анализируются процессы цифровой трансформации в банковской системе, а также значение зарубежного опыта в финансировании телекоммуникационной и промышленной отраслей. В рамках исследования рассмотрены глобальные тенденции развития цифровых банковских услуг, финансовые показатели ведущих телекоммуникационных компаний и практика кредитования промышленного и коммуникационного секторов в развитых странах. В частности, механизмы финансирования инфраструктурных и инновационных проектов анализируются на примере China Mobile Limited, Deutsche Telekom AG и государственного банка развития Германии – KfW. Результаты исследования показывают, что адаптация зарубежного опыта к национальным условиям расширяет возможности коммерческих банков в сфере управления рисками, способствует диверсификации финансовых продуктов и обеспечивает устойчивое финансирование реального сектора за счёт согласования банковской деятельности с государственной промышленной и инвестиционной политикой. Ключевые слова: цифровая трансформация, цифровой банкинг, телекоммуникационный сектор, финансирование промышленности, зарубежный опыт, проектное финансирование, управление рисками; банки развития. RESEARCH AND DEVELOPMENT | VOLUME II | ISSUE 12 | 2025 \ 12 Jahon miqyosida bank sohasi raqamli transformatsiya jarayonini boshdan kechirmoqda. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, internet va mobil qurilmalardan foydalanishning ommalashuvi, shuningdek, mijozlarning bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj va talablarining o‘zgarishi natijasida bank muassasalari o‘z faoliyatini tobora ko‘proq virtual muhitga ko‘chirishga intilmoqda. Ushbu sharoitda banklarda virtual xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini modellashtirish masalasi dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilga kelib dunyo bo‘yicha 3,6 milliard nafar aholi onlayn banking xizmatlaridan foydalanishi kutilmoqda [1]. Shuningdek, 2026 yilga borib aholining 53 foizi raqamli bank xizmatlari foydalanuvchisiga aylanishi prognoz qilinmoqda [2]. Keltirilgan raqamlar bank sohasida raqamli xizmatlarning ahamiyati va ularning kengayish ko‘lamini yaqqol namoyon etadi. Ayniqsa, mobil banking, internet banking, chat-botlar hamda avtomatlashtirilgan mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimlari banklar uchun muhim raqobat ustunligi sifatida shakllanib bormoqda. O‘zbekistonda ham raqamlashtirish va axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida bank xizmatlari sohasida chuqur transformatsiya jarayonlari kuzatilmoqda. Banklarning virtual xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish va ularni modellashtirish mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish, aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda bank faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Virtual bank xizmatlari mijozlarga bank operatsiyalarini masofadan turib, ya’ni ish joyi yoki yashash manzilini tark etmagan holda, tezkor va qulay tarzda amalga oshirish imkonini beradi. Bu esa banklar va mijozlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, bank tizimidagi operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish va optimallashtirishga xizmat qiladi. Tadqiqot usullari Mazkur maqolada guruhlash, abstraksiyalash, qiyosiy va tarkibiy tahlil, ilmiy prognozlash, iqtisodiystatistik hamda grafik-tahlil usullaridan foydalanilgan. Adabiyotlar sharhi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti taraqqiyotining hozirgi bosqichida aloqa korxonalarining moliyaviy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan shunday modelni shakllantirish zarurki, u nafaqat ushbu korxonalar moliyaviy barqarorligini ta’minlash va uning asoslarini mustahkamlashni, balki istiqbolda raqobat ustunliklarini kuchaytirish hamda ularning bozor qiymatini oshirishni ham ta’minlashi lozim. Mamlakatimizda telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsiyalarni joriy etish va innovatsion faoliyatni boshqarish masalalariga bag‘ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar mavjud. Jumladan, A.Aripov [3], A.Qodirov, K.Shakirova, M.Maxkamova [4] va boshqa olimlarning ilmiy ishlari ushbu yo‘nalishga bag‘ishlangan. Mazkur tadqiqotlarda innovatsion rivojlanishning umumiy qonuniyatlari va shartlari yoritilgan bo‘lsa-da, aloqa korxonalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali rivojlantirish masalalari tizimli yondashuv asosida yetarli darajada tadqiq etilmagan. Shu munosabat bilan telekommunikatsiya texnologiyalarining mohiyatini, ularning tasniflarini, shuningdek, innovatsion globallashuv va xalqaro investitsiyalar uchun kuchayib borayotgan raqobat sharoitidagi rolini aniqlovchi nazariy qoidalarni yanada rivojlantirish zarurati yuzaga kelmoqda. O‘zbekistonda axborotkommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish shart-sharoitlari, asosiy tendensiyalari hamda mavjud muammolari yetarli darajada tizimli tadqiq etilmagan. Ayniqsa, telekommunikatsiya texnologiyalarini majmua doirasida o‘zaro uzviy bog‘liq, biroq bir vaqtning o‘zida mustaqil vazifalarni bajaruvchi elementlar tizimi sifatida ko‘rib chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, aloqa korxonalari moliyaviy mexanizmini tashkil etishga oid ilgari shakllangan ko‘plab nazariy qarashlar hozirgi bozor munosabatlari sharoitida jiddiy aniqlashtirishni, to‘ldirishni va ayrim hollarda esa zamonaviy iqtisodiy realiyalar nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. Bizning fikrimizcha, “aloqa korxonalari moliyasi” tushunchasini tor va keng ma’noda talqin etish maqsadga muvofiqdir. Tor ma’noda aloqa korxonalari moliyasi alohida olingan aloqa korxonasining moliyaviy munosabatlari majmuasini ifodalaydi. Ushbu yondashuvda “aloqa korxonalari moliyaviy munosabatlari” tushunchasi mazmunan “korxonalar moliyaviy munosabatlari” tushunchasi bilan bir xil ma’noni anglatadi. Dunyoning qator mamlakatlarida tijorat banklarining sanoat korxonalarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish borasida salmoqli tajriba to‘plangan. Ushbu tajribaning O‘zbekiston uchun amaliy ahamiyati shundan iboratki, mamlakatimizda sanoat tarmog‘i boshqa tarmoqlarga nisbatan jadal sur’atlarda rivojlanayotgan ustuvor sohalardan biri hisoblanadi va mazkur tarmoqni uzluksiz moliyaviy resurslar bilan ta’minlab borish zarur. Shu jihatdan, mamlakat tijorat banklarining sanoat korxonalarini kreditlash amaliyoti bilan bir qatorda, rivojlangan xorijiy davlatlar banklarining ushbu yo‘nalishdagi tajribasini tahlil qilish va uni milliy bank amaliyotiga moslashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. TADQIQOT VA TARAQQIYOT | II-JILD | 12-SON | 2025 \ 13 Rivojlangan mamlakatlar bank tizimida sanoat korxonalarini kreditlashda kreditlash shakllaridan kompleks foydalanish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, investitsion xarajatlarni moliyalashtirishda investitsion kreditlar hamda sinditsiyalashgan kreditlardan keng foydalanilmoqda. Raqamli iqtisodiyot sharoitida kreditlarning innovatsion shakllaridan foydalanish tijorat banklarining kredit xizmatlarini takomillashtirishda muhim o‘rin egallaydi. Jumladan, AQSh banklarining kreditlash amaliyotida kredit kartalari orqali kreditlash hamda moliyaviy lizing kreditlari keng rivojlangan. Bundan tashqari, AQSh bank tizimida ishonchli (trust-based) kreditlash mexanizmi shakllangan bo‘lib, mazkur kreditlar bir necha yil davomida barqaror moliyaviy faoliyat yuritgan va ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan mijozlarga taqdim etiladi. Shuningdek, AQSh banklarida overdraft kreditlarini ham jismoniy, ham yuridik shaxslarga berish amaliyoti yetarli darajada takomillashgan. 2024 yil holatiga ko‘ra, Xitoyning eng yirik banki Xitoy Sanoat va Savdo Banki (Industrial and Commercial Bank of China – ICBC) bo‘lib, uning jami aktivlari 6,59 trillion AQSh dollariga baholanmoqda. Statista tomonidan 2025 yil fevral oyida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, ICBC dunyodagi eng yirik tijorat banki hisoblanadi. Statista reytingida ikkinchi o‘rinni Xitoy Qishloq xo‘jaligi banki (Agricultural Bank of China) egallab, uning aktivlari 5,83 trillion AQSh dollarini tashkil etadi. China Construction Bank 5,4 trillion AQSh dollari bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Keyingi o‘rinda Bank of China bo‘lib, uning aktivlari taxminan 4,66 trillion AQSh dollariga teng. Xitoy Pochta Jamg‘arma Banki (Postal Savings Bank of China) esa 2,26 trillion AQSh dollari bilan beshinchi o‘rinni egallaydi. Raqamli transformatsiya natijasida olingan daromadlar hajmi 5 278,8 milliard yuanga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 9,9 foizga oshgan. Shu bilan birga, ushbu daromadlarning telekommunikatsiya sohasidagi umumiy daromadlarga qo‘shgan hissasi 31,3 foizni tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 1,9 foiz punktga ko‘payganligini kuzatish mumkin. Jahon iqtisodiyotida telekommunikatsiya bozorining hajmi 2022 yilda 1 800 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lib, 2030 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 2 500 milliard AQSh dollariga yetishi kutilmoqda. Bu 2024–2030 yillar oralig‘ida bozor hajmining o‘rtacha yillik 4,5 foiz o‘sishini prognoz qilish imkonini beradi. 2024 yil yakunlariga ko‘ra, telekommunikatsiya xizmatlari va pullik televideniye uchun global xarajatlar 1,51 trillion AQSh dollariga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 2,2 foizga oshgan, bozor hajmi esa 1,48 trillion AQSh dollari miqdorida baholangan. 1-rasm. Xitoyning eng yirik banklari jami aktivlari dinamikasi. RESEARCH AND DEVELOPMENT | VOLUME II | ISSUE 12 | 2025 \ 14 Xitoyning eng yirik aloqa kompaniyalaridan biri hisoblangan China Mobile Limited 1997 yil 3 sentabrda Gonkongda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Kompaniya 1997 yil 22 oktyabrda Nyu-York fond birjasida (New York Stock Exchange – NYSE) hamda 1997 yil 23 oktyabrda Gonkong fond birjasida (Hong Kong Stock Exchange) listingdan o‘tgan. 1998 yil 27 yanvarda China Mobile Limited aksiyalari Gonkongdagi Hang Seng fond indeksiga kiritilgan. 2021 yil 7 may kuni NYSE tomonidan AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) 25-shakl taqdim etilgan bo‘lib, natijada kompaniyaning Amerika depozitariy aksiyalarini delisting qilish jarayoni 2021 yil 18 maydan kuchga kirgan. Shuningdek, 2022 yil 5 yanvarda China Mobile Limited kompaniyasining Xitoy yuanida ifodalangan oddiy aksiyalari (A aksiyalar) Shanxay fond birjasida (Shanghai Stock Exchange – SSE) kotirovka qilindi. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, 2024 yilda global telekommunikatsiya xizmatlari sanoati 2023 yilga nisbatan yuqoriroq o‘sish sur’atlarini namoyish etgan. Qayd etilgan o‘sish asosan inflyatsion jarayonlar ta’siri ostida shakllangan bo‘lib, bu telekommunikatsiya operatorlari tomonidan tariflarning oshirilishiga olib kelgan. Natijada, xususiy va korporativ mijozlar aloqa, televideniye hamda boshqa qo‘shimcha xizmatlarga ko‘proq mablag‘ sarflashga majbur bo‘lgan. Shu bilan birga, makroiqtisodiy omillarning ta’siri eng avvalo Yevropa va Shimoliy Amerika mintaqalarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ushbu hududlarda aholining xarid qobiliyatining nisbatan yuqoriligi abonentlarning arzon tarif rejalariga o‘tishi yoki ikkinchi darajali xizmatlardan voz kechishi holatlarining cheklanganligini ko‘rsatmoqda. 1-jadval Jahonning eng yirik 5 ta telekommunikatsiya va aloqa kompaniyalari Yirik aloqa kompaniyalari Faoliyat turi AT&T Inc. (American Telephone and Telegraph) Bosh qarorgohi AQShning Texas shtati, Dallas shahrida joylashgan Amerika transmilliy telekommunikatsiya konglomerati. Dunyodagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri hisoblanadi. AQShda mahalliy va uzoq masofali telefon aloqalarining yetakchi provayderi, shuningdek, mamlakatdagi uchinchi yirik uyali aloqa operatoridir. DirecTV orqali AQShdagi eng yirik to‘g‘ridan-to‘g‘ri sun’iy yo‘ldosh televideniyesi xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayder hisoblanadi. Verizon Communications Amerika telekommunikatsiya kompaniyasi bo‘lib, jismoniy shaxslar, korporativ sektor hamda davlat idoralariga aloqa, axborot texnologiyalari va ko‘ngilochar xizmatlar majmuasini taqdim etadi. Nippon Telegraph and Telephone (NTT) Yaponiyaning eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi. Daromad hajmi bo‘yicha Osiyodagi yetakchi telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri hamda dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Kompaniya aksiyalarining qariyb uchdan bir qismi Yaponiya hukumati nazoratida. Fortune Global 500 reytingida 65-o‘rinni egallaydi. Deutsche Telekom AG Germaniyaning yirik telekommunikatsiya kompaniyasi bo‘lib, bosh qarorgohi Bonn shahrida joylashgan. Kompaniya 1995 yilda Deutsche Bundespost Telekom davlat korxonasi negizida tashkil etilgan. 1996 yildan boshlab aksiyalari Frankfurt va Nyu-York fond birjalarida kotirovka qilina boshlagan. China Mobile Limited Xitoyning eng yirik uyali aloqa operatori va dunyodagi yetakchi telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri. Kompaniya mobil aloqa, keng polosali internet, raqamli xizmatlar va axborot texnologiyalari yechimlarini taqdim etadi. Germaniya iqtisodiyotida kuzatilayotgan nisbiy turg‘unlik holatiga qaramay, telekommunikatsiya sanoati barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon etishda davom etmoqda. 2025 yil yanvar oyida Bitkom sanoat assotsiatsiyasi tomonidan e’lon qilingan baholashlarga ko‘ra, hisobot yilida Germaniya telekommunikatsiya sanoatining umumiy daromadi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 foizga oshib, 74,3 milliard yevroni tashkil etgan [7]. Xususan, telekommunikatsiya uskunalari segmentida daromadlar 3,5 foizga, telekommunikatsiya xizmatlari sohasida 1,4 foizga, telekommunikatsiya terminal uskunalari bozorida esa 2,7 foizga o‘sgan. Germaniya telekommunikatsiya bozorida statsionar va uyali aloqa xizmatlaridan olinadigan daromadlar bo‘yicha yetakchi mavqeini saqlab qolmoqda. Mazkur natijalar yuqori samaradorlikka ega tarmoqlar infratuzilmasi, mahsulot va xizmatlarning keng assortimenti hamda xizmat ko‘rsatish sifati bilan izohlanadi. Germaniya telekommunikatsiya kompaniyalari o‘z mijozlariga uzluksiz, barqaror va texnologik jihatdan ilg‘or xizmatlarni taklif etib, mahsulot va xizmatlar assortimentini iste’molchilarning o‘zgarib borayotgan ehtiyojlariga mos ravishda muntazam yangilab bormoqda. TADQIQOT VA TARAQQIYOT | II-JILD | 12-SON | 2025 \ 15 Deutsche Telekom AG kompaniyasining sof moliyaviy daromadi 0,6 milliard yevroga kamayib, 10,6 milliard yevroni tashkil etgan. Ushbu pasayish, asosan, sho‘ba va assotsiatsiya kompaniyalari daromadlarining 0,6 milliard yevroga qisqarishi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, sof foiz xarajatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli o‘zgarmay, 0,8 milliard yevro darajasida saqlanib qolgan (2-jadval). 2-jadval Deutsche Telekom AG daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (mln. yevroda) Ko‘rsatkichlar 2024 2023 O‘zgarish (%) 2022 Sof daromad (Net revenue) 1 964 2 110 −146 −6,9 2 250 Boshqa kapitallashtirilgan xarajatlar 2 2 0 0,0 9 Umumiy operatsion ko‘rsatkichlar 1 966 2 112 −146 −6,9 2 259 Boshqa operatsion daromadlar 13 794 1 371 12 423 n.a. 2 480 Sotib olingan tovarlar va xizmatlar −391 −419 28 6,7 −456 Xodimlar xarajatlari −1 566 −1 964 398 20,3 −1 936 Amortizatsiya, amortizatsiya va hisobdan chiqarish −117 −174 57 32,8 −277 Boshqa operatsion xarajatlar −3 193 −2 481 −712 −28,7 −2 919 Operatsion natija (Operating result) 10 493 −1 555 12 048 n.a. −849 Sof moliyaviy daromad (xarajatlar) 10 633 11 281 −648 −5,7 5 700 Daromad solig‘i −481 −614 133 21,7 −839 Daromad solig‘idan keyingi foyda 20 645 9 112 11 533 n.a. 4 012 Boshqa soliqlar −18 −17 −1 −5,9 −18 Yakuniy sof foyda (Net profit) 20 627 9 095 11 532 n.a. 3 994 Hisobot yilida sho‘ba, assotsiatsiya va qaram kompaniyalardan olingan daromadlar 11,5 milliard yevroni tashkil etgan (2023 yilda – 12,1 milliard yevro). Mazkur ko‘rsatkichga, xususan, T-Mobile Global Zwischenholding GmbH (Bonn) tomonidan shakllantirilgan 6,4 milliard yevro miqdoridagi foyda sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatgan (2023 yilda 0,1 milliard yevro zarar qayd etilgan). Shuningdek, Telekom Deutschland tomonidan taqdim etilgan foyda ham umumiy moliyaviy natijalarning yaxshilanishiga xizmat qilgan. Bundan tashqari, sho‘ba va qaram kompaniyalar daromadlariga T-Mobile US aksiyalariga bevosita egalik qiluvchi bilvosita sho‘ba korxona – Deutsche Telekom Holding kapitalining qaytarilishi ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Tadqiqot ishining keyingi bosqichida Germaniyaning davlat taraqqiyot banki – KfW (Kreditanstalt für Wiederaufbau) faoliyati tahlil qilinadi. KfW banki 1948 yilda tashkil etilgan bo‘lib, davlat mulkidagi moliya instituti hisoblanadi. Bank aksiyalarining 80 foizi Germaniya federal hukumatiga, qolgan 20 foizi esa Germaniya yerlariga (mintaqaviy hukumatlarga) tegishlidir. KfW tijorat banklaridan farqli ravishda aholidan depozitlar qabul qilmaydi, balki o‘z faoliyatini asosan xalqaro kapital bozorlarida mablag‘ jalb qilish orqali moliyalashtiradi. Jumladan, 2019 yilda bank moliyalashtirish manbalaridan 80,6 milliard yevro mablag‘ jalb qilgan. Germaniyaning davlat taraqqiyot banki sifatida KfW barqaror rivojlanishni moliyalashtirish va rag‘batlantirish bo‘yicha keng vakolatlarga ega. Bank yashil energetika, texnologik innovatsiyalar, startap loyihalar, davlat va ijtimoiy infratuzilma, ta’lim hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kreditlash faoliyatini amalga oshiradi. Maxsus maqsadli moliyaviy institutlar uchun odatiy bo‘lmagan jihati shundaki, KfW faoliyati faqat Germaniya hududi bilan cheklanmaydi. Uning rivojlanish banki bo‘limi Germaniya hukumati nomidan rivojlanayotgan mamlakatlardagi loyihalarni moliyalashtiradi. KfW banki, shuningdek, arzon uy-joy sotib olish imkoniyatlarini kengaytirish va uy-joy barqarorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli kredit dasturlarini amalga oshiradi. Jumladan, bank uy-joy sotib olish va qurish uchun kreditlar, shuningdek, yakka tartibdagi uy xo‘jaliklari tomonidan uylarni ta’mirlash va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtiradi. Bundan tashqari, xususiy, davlat va notijorat tashkilotlarga yangi energiya tejovchi uylar qurish, mavjud turar-joy fondini rekonstruksiya qilish hamda arzon uy-joylar yaratish uchun kreditlar taqdim etadi. KfW banki moliyalashtirayotgan loyihalar uchun mablag‘ jalb qilish bilan bir qatorda, ushbu loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yuqori darajadagi texnik salohiyatga ega. Bank keng qamrovli va murakkab loyihalarni baholashda ilmiy-tadqiqot dasturlari va chuqur ekspertiza mexanizmlariga tayanadi [9]. Natijada, KfW davlat siyosatini ijtimoiy va iqtisodiy investitsiyalar, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda xalqaro rivojlanish yo‘nalishlaridagi ustuvorliklar bo‘yicha shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi va siyosiy islohotlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi [10]. Bank investitsiya va real sektor tarmoqlarini moliyalashtirish bilan bir qatorda, maslahat xizmatlarini ham taklif etadi. RESEARCH AND DEVELOPMENT | VOLUME II | ISSUE 12 | 2025 \ 16 O‘zbekiston bilan hamkorlik doirasida Germaniya davlat taraqqiyot banki KfW tomonidan mamlakatimizga 23,5 million yevro miqdorida kredit hamda 3 million yevro grant ajratilmoqda. Mazkur mablag‘lar mikro, kichik va o‘rta korxonalarni, xususan, qishloq hududlari va ayollar tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturning uchinchi bosqichini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi. Dastur doirasida moliya institutlari bilan yanada samarali ishlash, xatarlarni boshqarish va ichki ekspert salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv va maslahat yordami ham ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligi va boshqaruv ko‘nikmalarini oshirish orqali ularning barqarorligi va raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsad qilingan. Ta’kidlash joizki, KfW va O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligining qo‘shma tashabbusining dastlabki ikki bosqichi doirasida 26,8 million yevro kredit mablag‘lari hamda 3 million yevro miqdorida maslahat yordami ajratilgan edi [11]. Aloqa sohasida xorijiy kreditlash amaliyotining asosiy jihatlari quyidagilardan iborat: pul oqimi va loyihaga yo‘naltirilgan tuzilgan moliyalashtirish mexanizmlari, xatarlarni diversifikatsiya qilishga asoslangan ko‘p tomonlama ishtirok modeli, sanoatlashtirilgan ekspertiza tizimi hamda kreditdan keyingi texnik monitoring va boshqaruv. Milliy sharoitlarni inobatga olgan holda, keng ko‘lamli tarmoq infratuzilmasini barpo etish va uzoq muddatli investitsiya qaytimi xususiyatlariga ega bo‘lgan aloqa sanoatini rivojlantirishda tijorat banklari ilg‘or xalqaro tajribani o‘zlashtirishi, innovatsion moliyaviy mahsulotlar, xatarlarni taqsimlash mexanizmlari va institutsional kafolatlar orqali ushbu sohani qo‘llab-quvvatlashi lozim. Shu bilan birga, davlat nazorati va siyosati moliyaviy xizmatlar va aloqa sohasi o‘rtasida sog‘lom o‘zaro aloqalarni ta’minlash maqsadida huquqiy, moliyaviy va kafolat mexanizmlari darajasida muvofiqlashtirilgan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiqdir. Xulosa Xorijiy tajribani chuqur va tizimli tahlil qilish tijorat banklari faoliyatini modernizatsiya qilish, real sektorni, xususan, sanoat va telekommunikatsiya tarmoqlarini barqaror moliyalashtirish mexanizmlarini shakllantirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida qo‘llanilayotgan ilg‘or yondashuvlar sanoat tarmoqlarini identifikatsiyalash, loyiha va pul oqimlariga asoslangan moliyalashtirishni joriy etish, kredit va investitsiya xatarlarini aniq baholash hamda ularni bozor mexanizmlari orqali samarali narxlash imkonini bermoqda. Xususan, xorijiy tajriba ko‘p tarmoqli va moslashuvchan moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi. Aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlar (ABS), loyiha obligatsiyalari, lizing, sindikatsiyalashgan kreditlar, davlat-xususiy sheriklik doirasidagi moliyalashtirish vositalari banklarning uzoq muddatli investitsion loyihalarda ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu esa kapital sig‘imi yuqori, qaytish muddati uzoq bo‘lgan telekommunikatsiya va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ilg‘or xorijiy amaliyot xatarlarni diversifikatsiya qilish, moliyaviy yuklamani bir nechta ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash hamda institutsional kafolatlar orqali kredit portfelining barqarorligini oshirish imkonini beradi. Kreditdan oldingi kompleks ekspertiza, kreditdan keyingi texnik monitoring va loyihalarni professional boshqarish mexanizmlarining joriy etilishi bank faoliyatining shaffofligi va samaradorligini ta’minlaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tijorat banklari faoliyatini davlatning sanoat, raqamlashtirish va investitsiya siyosati bilan muvofiqlashtirish real sektorni qo‘llab-quvvatlashning muhim sharti hisoblanadi. Xususan, moliyaviy xizmatlar va aloqa sohasi o‘rtasida institutsional hamkorlikni kuchaytirish, normativhuquqiy bazani takomillashtirish hamda davlat tomonidan kafolat va rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish banklarning uzoq muddatli loyihalarga kirish imkoniyatlarini oshiradi. Umuman olganda, xorijiy tajribani milliy sharoitlarga moslashtirish asosida tijorat banklari tomonidan innovatsion moliyaviy instrumentlarni joriy etish, xatarlarni boshqarish tizimini kuchaytirish va real sektorni barqaror moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish O‘zbekiston bank tizimining raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotning yuqori texnologiyali tarmoqlarini rivojlantirish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi. TADQIQOT VA TARAQQIYOT | II-JILD | 12-SON | 2025 \ 17 Iqtiboslar 1. CoinLaw.io. (2024). Digital Banking Statistics. Manba: https://coinlaw.io/digital-transformation-inbanking-statistics 2. Zawya.com. (2021). 53% of Global Population to Use Digital Banking in 2026 – Juniper Research Report. 3. Арипов А.Н., Иминов Т.К. (2005). Ўзбекистон ахборот-коммуникация технологиялари соҳаси менежменти масалалари. Монография. – Тошкент: Фан ва технология. 4. Махкамова М.А. (2006). Развитие и управление инновационной деятельностью предприятий. – Тошкент: ALOQACHI НММ. 5. TAdviser. Banks and Lending in China: Top 10 Banks in China. Manba: https://tadviser.com/index.php/Article:Banks_and_lending_in_China 6. China Mobile Limited. (2024). Environmental, Social and Governance (ESG) Report. Rasmiy vebsayt ma’lumotlari. Manba: https://www.chinamobileltd.com/en/esg/sd.php?year=2024 7. Statista. (2024). Leading Telecommunications Companies Worldwide. Manba: https://www.statista.com/statistics/1381072/leading-telecom-companies-worldwide 8. Deutsche Telekom AG. Company Information. Rasmiy veb-sayt ma’lumotlari. Manba: https://www.telekom.com/en/company 9. Centre for Public Impact. KfW Development Bank and Its Contribution to Sustainable Development. Manba: https://www.centreforpublicimpact.org/case-study/kfw-development-bank/ 10. Moslener, U., Thiemann, M., Volberding, P. (2018). National Development Banks as Active Financiers: The Case of KfW. In: Griffith-Jones, S., Ocampo, J. A. (Eds.), The Future of National Development Banks (pp. 198–230). Oxford: Oxford University Press. 11. Kapital.uz. Germaniya davlat taraqqiyot banki KfW faoliyati haqida. Manba: https://kapital.uz/nemeckiy-kfw/ RESEARCH AND DEVELOPMENT | VOLUME II | ISSUE 12 | 2025 \ 18 ILMIY TAQRIZ Maqola: “Aloqa korxonalarini kreditlash tartibining xorij tajribasi”. Muallif: Mansur Shaymatov, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining mustaqil izlanuvchisi. Taqdim etilgan ilmiy maqola bank tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari hamda telekommunikatsiya va sanoat tarmoqlarini moliyalashtirishda xorijiy tajribaning o‘rni va ahamiyatini kompleks tarzda tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tanlangan mavzu bugungi globallashuv, raqamli iqtisodiyot va texnologik modernizatsiya sharoitida nihoyatda dolzarb bo‘lib, moliyaviy sektor va real sektor o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kuchaytirish masalalarini ilmiy jihatdan asoslab berishi bilan ajralib turadi. Muallif maqolada raqamli bank xizmatlarining global miqyosda jadal rivojlanishi, telekommunikatsiya tarmoqlarining yuqori kapital sig‘imi hamda uzoq muddatli investitsiya qaytimi xususiyatlarini izchil va mantiqan asoslangan holda yoritgan. Tadqiqotda nazariy yondashuvlar empirik va statistik ma’lumotlar bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, bu ilmiy xulosalarning ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi. Xususan, China Mobile Limited, Deutsche Telekom AG hamda Germaniyaning davlat taraqqiyot banki – KfW faoliyati misolida infratuzilma va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari chuqur va batafsil tahlil qilingan. Maqolada loyihaviy moliyalashtirish, sindikatsiyalashgan kreditlar, lizing, aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlar (ABS), davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari kabi zamonaviy moliyaviy instrumentlarning real sektorni moliyalashtirishdagi roli ilmiy asosda ochib berilgan. Ushbu instrumentlarning qo‘llanilishi banklarning xatarlarni boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishi, investitsiya yuklamalarini diversifikatsiya qilishi hamda yuqori texnologiyali va infratuzilmaviy loyihalarni barqaror moliyalashtirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Muallif xorijiy tajribani milliy sharoitlarga moslashtirish zarurligini ta’kidlab, O‘zbekiston bank tizimi uchun muhim amaliy xulosalar va rivojlanish yo‘nalishlarini ilgari surgan. Tadqiqot jarayonida Statista, CoinLaw, Bitkom, rasmiy kompaniya va bank hisobotlari kabi nufuzli va ishonchli xalqaro manbalardan foydalanilgani tahlil natijalarining aniqligi va ilmiy asoslanganligini ta’minlaydi. Adabiyotlar sharhi yetarli darajada keng bo‘lib, mavzu bo‘yicha avvalgi ilmiy ishlarga tayangan holda shakllantirilgan va mavjud yondashuvlarga tanqidiy munosabat bildirilgan. Maqolaning tuzilishi mantiqan izchil va aniq: kirish qismida muammoning dolzarbligi asoslangan, asosiy qismda nazariy va empirik tahlil olib borilgan, xulosa qismida esa umumlashtirilgan ilmiy va amaliy natijalar, shuningdek, tavsiyalar bayon etilgan. Bayon tili ravon, terminologiya izchil va ilmiy uslub talablariga to‘liq mos keladi. Umuman olganda, taqdim etilgan maqola ilmiy jihatdan yetuk, dolzarb muammoga bag‘ishlangan hamda bank ishi, telekommunikatsiya va rivojlanish iqtisodiyoti yo‘nalishidagi tadqiqotlar rivojiga munosib hissa qo‘shadi. Mazkur ilmiy ish ilmiy jurnal talablariga to‘liq javob beradi va nashr etish uchun qabul qilingan deb hisoblayman. Disclaimer © This scientific review has been prepared by the editorial board of the “RESEARCH & DEVELOPMENT” journal and is intended solely for use within the journal’s internal expert evaluation process and editorial activities. This review is protected by copyright law, and its content may not be distributed, reproduced, or used for commercial purposes without the prior permission of the editorial board. The review has been prepared to assess the scientific quality, content, and methodological aspects of the author’s (authors’) work. It does not represent the personal opinion of the author(s) nor should it be interpreted as the official position of the journal. The editorial board bears no responsibility for the implementation, outcomes, or consequences of the recommendations, conclusions, or comments contained in this review. The review is provided to ensure transparency in the editorial process and to maintain quality control over scientific publications.