SHAROF BOSHBEKOV DRAMALARIDA VERBAL VA NOVERBAL VOSITALAR
Full text
16 SHAROF BOSHBEKOV DRAMALARIDA VERBAL VA NOVERBAL VOSITALAR Nodira Mustafayeva Abdujalilovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932109 Annotatsiya:Ushbu maqolada dramaturg Sharof Boshbekov asarlarida verbal va noverbal vositalardan unumli foydalangani, inson ruhiyatining eng nozik, ichki qatlamlarini sahna orqali ochib berishi haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: drama, til vositalari, obraz, verbal, noverbal, drama, ifoda, tahlil, dialog, monolog. Abstract: In three articles, information is provided about the use of verbal and non-verbal materials in the works of the playwright Sharof Boshbekov, and how the most subtle, inner layers of human spirituality can be revealed through the stage. Keywords: image, verbal, drama, expression, analysis, dialogue, monologue. Adabiyotda dramatik asarlar inson ruhiyatining eng nozik, ichki qatlamlarini sahna vositalari orqali ochib berishga xizmat qiladi. Dramada esa, ayniqsa, til vositalarining (verbal) va noverbal (so‘zsiz) ifoda vositalarining o‘rni beqiyos. Sharof Boshbekov – o‘zbek dramaturgiyasining yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, uning asarlarida zamonaviy jamiyatdagi ruhiy, ijtimoiy va axloqiy muammolar obrazlar, sahna harakati, imo-ishora va sukunat orqali ifodalanadi. Ushbu maqolada Boshbekov dramalarida verbal (so‘zli) va noverbal (so‘zsiz) ifoda vositalarining o‘zaro uyg‘unligi, ularning dramatik konfliktni ochishdagi roli tahlil qilinadi. Sharof Boshbekov dramalarida til vositalari, ayniqsa, dialog va monologlar orqali obrazlar xarakteri, ijtimoiy mavqei, ichki kechinmalari chuqur ochib beriladi. Sh.Boshbekov dramasida bosh qahramonlarning o‘zaro muloqotlari nafaqat voqeani harakatga keltiradi, balki ularning ichki nizolarini ochadi. Dialoglar orqali: qahramonlar o‘zaro munosabatini aniqlashadi; - ichki konfliktlar yuzaga chiqadi; - jamiyatdagi muammolar aks ettiriladi. Sh.Boshbekovning monologlari esa ko‘pincha falsafiy teranlik kasb etgan bo‘lib, ular orqali obraz o‘z-o‘zini anglaydi yoki tinglovchini mushohadaga chorlaydi. Sharof Boshbekov dramalarida noverbal vositalar o‘ta muhim dramatik vazifani bajaradi. Ayrim hollarda so‘zlar emas, aynan sukunat yoki tana tili orqali dramatik kuchni oshiradi. Masalan: Sh.Boshbekov dramalarida verbal va noverbal vositalar bir-birini to‘ldirib boradi.
17 Ular dramatik voqelikni jonlantiradi va obrazlararo munosabatlarni yanada chuqurroq ochadi. Ayniqsa, konfliktli sahnalarda: -Verbal vositalar orqali zohiriy qarama-qarshilik ochiladi. -Noverbal vositalar orqali yashirin, ichki ziddiyatlar aks ettiriladi. Masalan, qahramon og‘zaki ravishda tinchlikka da’vat qilsa-da, uning yuzida g‘azab ifodasi aks etgan bo‘ladi — bu esa murakkab ichki konfliktni anglatadi. Sharof Boshbekov dramalarida verbal va noverbal vositalar asarning badiiy-estetik qiymatini oshiruvchi asosiy unsurlardandir. Dialog, monolog, imo-ishora, tana tili va sukunatning dramatik vaziyatga mos holda qo‘llanishi qahramon xarakterining chuqur ochilishiga, sahnadagi voqelikning hayotiy bo‘lishiga xizmat qiladi. Ularning uyg‘unligi esa Boshbekovning dramaturgiya sohasidagi mahoratini ko‘rsatadi. Muloqot jarayonida nafaqat soʻzlar vositasidagi axborotni tinglaymiz, balki birbirimizning koʻzlarimizga qarab, ovoz tembri, intonatsiya, mimika, jestlar orqali ham bir-birimizni anglaymiz, oʻzaro suhbatlashamiz. Soʻzlar bizga mantiqiy axborotni uzatsa, jestlar, mimika, ovoz ushbu axborotni toʻldiradi. Tilshunos olim A.Nurmonov: ”Oʻzbeklarda substitutiv funksiya bajara oladigan imo-ishoralar har qanday informatsiyani ifodalamaydi, ularning vazifa doirasi nihoyatda cheklangan, asosan, kundalik ogʻzaki aralashuv uslubi bilan bogʻliq”, - deb uqtirsa [Nurmonov. A.2012.161-b] A., M.Saidxonov” Aloqa-aralashuv va imo-ishoralar” nomli asarida kommunikativ jarayon uchun xizmat qiluvchi maʼlum axborotni uzatish vositalaridan boʻlgan ramzlar, shartli belgilar, morze tili, ishoralar va boshqa bir qancha vositalar borki, ular ichida til tabiiy, shu til sohiblari uchun tushunarli, tayyor holdagi aloqa vositasi sanalishini aytib, ishoralar, mimika, ovozdagi turli holatlar va gavda harakatlari aloqa-aralashuv vazifasini bajarishdan qatʼiy nazar kommunikatsiyada ikkilamchi vosita vazifasini bajarishini taʼkidlaydi[Saidxonov.M.2002.8-3,8]. Verbal xabar bilan birga kechuvchi noverbal signallar, ularni takrorlashi (ayniqsa tuygʻularni ifodalaganda), aniqlashtirishi (jestlar), oʻrnini bosishi) soʻzlardan qochish vaqtida) yoki ularga qarama-qarshi boʻlishi mumkin. Noverbal signallar mustaqil maʼnoni ifodalash, verbal xabarni toʻldirish, shuningdek, ishtirokchilarni jumlalar almashinuv vaqti, kommunikativ akt tugashi, ishonchsizlik yoki noqulaylikning yuzaga kelishi haqida xabar bilan taʼminlash, verbal muloqot jarayonini boshqarish uchun ishlatilishi mumkin. Olimlarning fikricha, noverbal muloqot tilshunoslikning bir qismi sifatida tadqiq etiladi va uning komponentlar soni quyidagicha: 1.Paralingvistika (noverbal muloqotning ovoz kodlari); 2.Kinesika (imo-ishora harakatlari); 3.Okulesika (koʻz harakatlari); 4. Auskultatsiya (insonlarning ovoz ohangi);
18 5.Gaptika (inson gavda qismiga teginish suhbati); 6. Gastika (oziq-ovqat va ichimliklar belgisi yoki taʼm bilish); 7.Olfaksiya (hid bilish orqali muloqot); 8. Proksemika (muloqot maydoni); 9.Xronemika(muloqot vaqti); 10. Sistemologiya (insonni oʻrab turgan atrof-tevarak).[Крейдин .Г .2002. – C. 22.] Noverbal muloqot odatda oʻz-oʻzidan paydo boʻladi. Koʻpincha oʻz fikrimizni soʻzlar koʻrinishida shakllantiramiz, holatimiz, mimikamiz va jestlarimiz ongimizdan tashqarida beixtiyor paydo boʻladi. Garchi noverbal muloqot koʻpincha ongsiz jarayon boʻlsa-da, bugungi kunda u ancha oʻzgartirilgan va kerakli natijaga erishish uchun muvaffaqiyatli nazorat qilinishi mumkin. Noverbal til yordamida oʻz hislarimizni ifodalaymiz, muhabbat va nafrat, ustunlik yoki tobelik, hurmat yoki hurmatsizlik. Ichimizda boʻlmagan noverbal signallarni, hislarni atayin uzatish qiyin, deyarli imkonsiz jarayon. Aynan shuning uchun artistlar suratga olish jarayonlarida obrazga kirishishga va uzatishlari kerak boʻlgan hislarni boshdan kechirishga harakat qiladilar. Axborotni uzatishda asosiy oʻrinni oʻzbeklarda ham yuz mushaklari harakati (mimika) oʻynaydi. Boshning oʻzi ham muloqot jarayonida fikrlarni suhbatdoshga soʻzlarsiz yetkazib berish vazifasini bajaradi. Ayniqsa, dramatik asarlarda qahramonlar tomoshabinga voqeani faqat soʻzlar vositasida emas, butun tana harakatlari orqali ham ifodalab beradi. Tomoshabinga, asosan, holat orqali koʻrsatib berish koʻproq taʼsir qiladi. Jumladan, kinoqissalar ham faqat oʻquvchilar emas, aktyor, rejissyor va tomoshabinlarga moʻljallab yoziladigan asar boʻlgani uchun uning matnida ham tana harakati orqali muloqot qilish asosiy masala hisoblanadi.Dramalarda qahramon dunyoqarashi, voqelikka munosabatini ifodalashda oʻzlashma soʻzlardagi tovushlarni oʻzgartirish, tovush tushirish kabi usullardan mahorat bilan foydalanilgan.Masalan: Olimjon. Xafa boʻlmang-u, Qoʻchqor aka, kennoyimga ham qiyin-da. Ahvolni qarang: haliyam oʻchoq, haliyam tezak yoqiladi. Progress yoʻq qishloqlarimizda turmush darajasi past, chidab boʻlmaydigan darajada past!(Sh.Boshbekov.”Temir xotin”) Suhbatning mimikasini, jestlari ular nimani oʻylayotgani va his qilayotganini yuzaga chiqaradi. Verbal vositalar bilan bir qatorda noverbal vositalar ayrim nutq vaziyatlarida soʻzlamoqchi boʻlgan kishining maqsadini oldindan namoyish qilib qoʻyishi mumkin, shu bois bunday vositalar haqida zarur maʼlumotalarga ega boʻlmaslik, suhbatdosh yoki hamkor bilan muloqotning koʻngildagidek bo‘lmasligiga, samarasiz harakatga sabab boʻlishi mumkin. Noverbal vositalarni sotsiopragmatik imkoniyatlari verbal vositalardan kam emas.
19 Adabiyotlar: 1. Boshbekov Sh. “Temir xotin” – Toshkent: G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot, 1990. 2. Nurmonov A.Tanlangan asarlar. 1-jild. – Tos’hkent: Akademnas’hr, 2012. – B. 161. 3. Saidxonov M. Aloqa-aralashuv va imo-ishoralar. – Toshkent: Fan, 2008. – B. 3, 18. 4. Kрейдлин Г. Невербальная семиотика. – M.: Нoвoe литeрaтурное oбoзрeниe, 2002. – C. 2