scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

LINGVOPOETIKANING NAZARIY MUAMMOLARI

Ismoilova Diloromxon Rustamjon qizi

Full text

37 LINGVOPOETIKANING NAZARIY MUAMMOLARI Ismoilova Diloromxon Rustamjon qizi Xorijiy filologiya kafedrasi v.b dotsenti Renessans ta’lim universiteti [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932147 Annotatsiya.Ushbu maqolada lingvopoetik tadqiqotlar tarixiy taraqqiyoti va uning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Badiiy va nobadiiy matnlarni farqlash masalasi hamda bu borada tilshunos olimlar o‘rtasida yuzaga kelgan ilmiy bahs-munozaralar yoritiladi. Xususan, M. Xollidey, A. Kluysenar, J. Lich, M. Short, J. Tornboro va Sh. Varinglarning lingvopoetik tahlilga oid qarashlari bayon etilib, ularning metodlari qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada badiiy matn tilining o‘ziga xosligi, uning ifodaviy, obrazli va uslubiy jihatlari, shuningdek grafologik, fonologik, leksik va sintaktik vositalar orqali badiiy-estetik mohiyatni ochib berish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — badiiy asar matnida lingvopoetik tahlilning samaradorligini ko‘rsatish hamda yozuvchi yaratgan g‘oya va qahramonlar xarakterini til birliklari orqali talqin qilishdan iboratdir. Kalit so‘zlar: lingvopoetika, badiiy matn, nobadiiy matn, uslubiy tahlil, lingvistik vositalar, badiiy-estetik funksiya, diskurs. Annotation.This article examines the historical development of linguopoetic research and its theoretical foundations. The issue of distinguishing between literary and non-literary texts, as well as the scholarly debates among linguists on this matter, is highlighted. In particular, the views of M. Halliday, A. Kluysenar, J. Leech, M. Short, J. Thornborrow, and S. Waring on linguopoetic analysis are presented, and their methods are comparatively analyzed. The article emphasizes the uniqueness of the literary text language, its expressive, figurative, and stylistic features, as well as the ways in which graphic, phonological, lexical, and syntactic devices reveal its artistic and aesthetic essence. The main purpose of the study is to demonstrate the effectiveness of linguopoetic analysis in literary texts and to interpret the author’s ideas and the characters’ traits through linguistic units. Key words: linguopoetics, literary text, non-literary text, stylistic analysis, linguistic devices, aesthetic function, discourse. Lingvopoetik tadqiqotlar tarixiga nazarga solganda, unda ko‘plab bahsmunozaralar o‘rin olganiga guvohi bo‘lamiz. Xususan, badiiy-adabiy matn va nobadiiy matn tushunchalarini farqlashni qo‘llab-quvvatlovchi olimlar va ushbu fikrga qarshi chiquvchi guruh tarafdorlari muntazam tarzda o‘zaro “ilmiy jihatdan kurashib kelmoqda”. Biz ushbu maqolada badiiy matn tili ko‘p jihatdan oddiy matndan ajralib turishi borasidagi qarashlar tarafdorlarining asosli xulosalarini bayon etamiz. Jumladan, atoqli tilshunos M.Xollidey badiiy matnlarda mavjud xususiyatlar boshqa turdagi matnlarda uchramasligini ta’kidlaydi. O‘z tadqiqot jarayonida badiiy matnlarni tahlilga tortgan olim, ulardagi grammatika, sintaksis va leksika rasmiy, 38 ilmiy va kundalik uslubdagi matn turlarida kuzatilmasligini qayd etadi. Shuningdek, badiiy adabiyot tili o‘z tarkibidagi lisoniy birliklarning fuksiyasi bilan farqlanadi. Darhaqiqat, badiiy matnda foydalanilgan til vositalari asar badiiyligini va obrazliligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ularda ifodaviylik, ko‘chma ma’no va uslubiy ta’sirchanlik yuqori bo‘ladi. Boshqa janrga xos matnlarda esa mazkur toifadagi lingvistik birliklar kam sonni tashkil etadi, sababi ularda aniqlik va informativlik asosiy mezon sifatida qaraladi. Belgiyalik tilshunos A.Kluysenar ham badiiy asarni lingvistik tadqiq qilish borasida bir qator izlanishlar olib borgan. Olimning fikricha, badiiy adabiyot namunalaridagi lingvistik vositalar yozuvchini, adabiy janr va davrni gavdalantiradi.U lingvopoetik tahlilni emperik tadqiqotlarning kengaygan ko‘rinishi deb baholaydi. Lingvopoetikani esa adabiyotshunoslik va tilshunoslik o‘rtasidagi kesishgan nuqtaga qiyoslaydi. Mazkur tilshunoslar bir necha o‘n yillar avval ilm ahliga ma’lum qilingan lingvopoetik tahlil metodini takomillashtirib, unga yangicha yondashganliklari ham diqqatga sazovordir. Dastavval J.Lich va M.SHortlar tomonidan poetik matnda til hodisalarining badiiy-estetik qiymatini ifodalash maqsadida asarda duch kelgan til birliklari ro‘yxatini tuzish tamoyili taqdim etilgan edi. [Leech., Short, 2007, 67] Ularning davomchilari sifatida J.Tornboro va Sh.Varing o‘z ilmiy qarashlari doirasida ro‘yxat tarkibini yangiladi. Ular avvalo badiiy matnda murakkab uslubiy vositalar mavudligi va o‘quvchi talqiniga havola etilgan ko‘chimlar salmog‘ini 39 aniqlashni taklif etgan. Keyingi bosqichlarda zamon va makonni ifodalashda qanday til vositalaridan foydalanilgani, badiiy asardagi stilistik ajratishlarning qanday turlari uchraganligi va nasriy asar qaysi shaxs tilidan bayon qilinganligi kabi jihatlar o‘rganilishi ko‘zda tutilgan.[ J.Thornborrow., Sh.Wareing, 1998. 56] Yuqorida qayd etilgan lingvistik tahlil muayyan bir adabiy asarning badiiyestetik mohiyatini ta’minlovchi, shuningdek yozuvchi olg‘a surgan g‘oya va qaxramonlar xarakterini ochib berishga xizmat qiluvchi vositalarni o‘rganish maqsadida samarali hisoblanadi. Ingliz tilshunosligida badiiy prozani lingvopoetik nuqtayi nazardan tadqiq qilish uchun yana bir tahlil usuli sohaga ma’lum qilingan. Ushbu nazariya sinxron tarzda amaliy tahlil jarayoniga ham qo‘llanilgan. Dastavval, unga ko‘ra prozaik asarda tasvirlanayotgan hodisa mazmuni bayon qilinadi, syujet tuzilishi, u mansub bo‘lgan davrning ijtimoiy-siyosiy holati haqida yozadi. Bu ma’lumotlar vositasida tadqiqotchi tanlab olingan asar tilini tushunishi oson bo‘lishini qayd etadi. Darhaqiqat, aksar hollarda notinch hudud yoki jabrlanayotgan xalqni qalamga olgan yozuvchining qo‘llagan leksikasi bilan xursandchilik muhitida ro‘y berayotgan voqealar bayonidagi til elementlari tubdan farq qiladi. Bu usul orqali tadqiqotchi dastavval proza namunasidagi grafologik jihatlar, ya’ni, so‘zlarning joylashuvi, bosh harflarning noodatiy ishlatilishi va punktuatsion belgilarning poetik ta’sirchanlikka xizmat qilishiga e’tibor qaratadi. Keyingi o‘rinlarda lingvistik tahlil fonologik xarakterga ega bo‘lib, takror tovushlar va turli fonotaktik o‘yinlarning musiqiy ohangdorlik yaratishiga urg‘u beriladi. Qolaversa, leksik qatlamni ma’noviy guruhlarga bo‘lgan holda, asardagi yetakchi mavzuga doir terminologiya ajratib olinadi va mazkur so‘z tanlovining badiiy-estetik mohiyatni ochib berishdagi roli izohlanadi. Murakkab yoki sodda gaplar va so‘z birikmalarini turlarga ajratish va ularning obraz yaratishdagi o‘rnini belgilash ham mazkur tahlil metodining bir qismi sanaladi. Xulosa qilib aytganda zamonaviy tilshunoslik vakillari badiiy asarga xos xususiyatlarni sanar ekan, asarning tushunarli bo‘lishi, muayyan bir mavzuga bag‘ishlanishi va nihoyat eng muhim jihati sifatida uning emotsionalligini ta’kidlaydi. [Hogan, 2021. 1] Darhaqiqat, hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmaydigan asarni kitobxon ham qo‘liga olmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. J.Thornborrow., Sh.Wareing. Patterns in language: Stylistics for students of language and literature. Routledge, 1998. p.280 2. Style in fiction, Hogan P. New York: Oxford University Press, 2021, p. 321 3. G.Leech., M.Short, Style in fiction, Pearson Education Limited, 2007. P.61