scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AFORIZMLARNING O'RGANILISHI: TARIXIY NAMUNALARIDA BERILISHI VA TAVSIFI

Siddiqova Nozimaxon Azizjon qizi

Full text

90 AFORIZMLARNING O’RGANILISHI: TARIXIY NAMUNALARIDA BERILISHI VA TAVSIFI Siddiqova Nozimaxon Azizjon qizi, Toshkent davlat transport universiteti 2-bosqich tayanch doktoranti. [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932258 Annotatsiya. Ushbu maqolada aforizmlarning tarixiy va folklor manbalarida namoyon bo‘lishi, ularning ijtimoiy-ma’naviy mazmuni hamda xalq tafakkuridagi o‘rni tahlil qilinadi. Qadimgi yunon faylasuflari — Aristotel, Seneka, Konfutsiy, Mark Avreliy kabi mutafakkirlarning asarlarida uchraydigan hikmatli iboralar aforizm janrining shakllanishiga asos bo‘lgan. Xalq og‘zaki ijodida esa aforizmlar maqol, matal, rivoyat va dostonlarda xalqning hayotiy tajribasi va axloqiy qadriyatlarini aks ettiradi. O‘zbek va ingliz folkloridagi misollar orqali aforizmlarning universalligi, ammo madaniy xususiyatlarga ko‘ra farqlanishi ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: aforizm, maqol, matal, xalq og‘zaki ijodi, Aristotel, Konfutsiy, xalq donoligi, folklor, hikmatli so‘zlar. Annotation. This article explores the manifestation of aphorisms in historical and folkloric sources, focusing on their socio-cultural and moral significance in human thought. The works of ancient philosophers such as Aristotle, Seneca, Confucius, and Marcus Aurelius laid the foundation for the aphoristic genre through concise and meaningful expressions. In oral folklore, aphorisms appear in proverbs, sayings, legends, and epics, reflecting collective wisdom and ethical norms. By comparing Uzbek and English examples, the study highlights the universality of aphorisms and their culture-specific interpretations Keywords: aphorism, proverb, saying, folklore, Aristotle, Confucius, wisdom, culture, moral values. Aforizmlar voqelikni uning alohida hodisalarini va ular orasidagi rang-barang aloqalarni umumlashtirish orqali anglashning o‘ziga xos og‘zaki vositasi va mahsuli sifatida qadimdan inson ma’naviy va ijtimoiy hayotining ko‘plab sohalarida keng qo‘llanilgan. Aforizmlar xalq og‘zaki ijodi va badiiy adabiyot, diniy va falsafiy asarlar, ilmiy-texnikaviy muloqot, huquqiy va publitsistik matnlar tilida, notiqlik va kundalik nutqda keng tarqalgan. “Aforizm” atamasi ilk marotaba Gippokrat tomonidan "Kasalliklarni davolash to'g'risida" asarida ishlatilgan. Albatta, aforizm atamasi xozirgi ma’nosidan butunlay farqli ravishda foydalanilgan ya’ni aforizm ma’lum bir kasallikni davolash uchun tibbiy retseptni bildirgan bu ma'noda juda uzoq vaqt davomida ma'lum bo'lgan. Masalan, Dante uni “Ilohiy komediya” asarida tibbiy atama sifatida ishlatgan. XVI-XVII asrlarga kelib aforizm tushunchasi siyosiy-axloqiy va hatto falsafiy xarakterda tus oldi. 1550 yildan 1660 yilgacha frantsuz adabiyotida 60 dan ortiq 91 axloqiy so'zlar to'plami nashr etilgan. Ammo aforizm o'zi faqat La Roshfuko, Paskal va La Bryuyer qalami ostida janrga aylandi. 1 Jahon tilshunosligida aforistika sohasida nazariy tadqiqotlar bir necha asrlar davomida olib borilgan, juda ko'p kitoblari nashr etilgan. XX asrda Frans Mautner allaqachon aforistikaning butun filologik tadqiqotlarini umumlashtirishga harakat qildi. U o'zining umumlashtiruvchi kontseptsiyasini Xalqaro assotsiatsiyasining IV Kongressidagi ma'ruzasida bayon qildi. 1966 yilda yozuvchilar ushbu atamaga quyidagi izohni berishdi: “Aforizm - bu so'zning qisqacha lingvistik ifodasidir va individual, tashqi tomondan izolyatsiya qilingan fikr’’ 2 Tarixiy namunalarda va xalqimiz orasida aforistika ijodi turli atamalar bilan nomlanadi. Misol uchun, maqol, matal, idioma, otalar so’zi, hikmatli so’zlar, aforizm, hikoya, hikmat, keksalar gapi, oqsoqollar gapi va boshqalar shular jumlasidandir. Ko'pgina hollarda, bu terminlar hali ham aforistik asarga nisbatan turlicha talqinda qo'llaniladi, ya’ni umumiy va biri boshqasi oʻrniga ishlatiladi. Biroq, ulardan foydalanishda ma'lum chegaralarni belgilash kerak va aniqlik kiritish lozim. S.Tursunov, B.Murtozoyev, O.Allanov “Barkamol avlod tarbiyasida xalq donishmandligining o‘rni” kitobida aforizmlar “donishmandlik durdonalari”, deya ta’riflanadi va bundan xulosa chiqarish mumkinki, ajdodlarimiz hikmatlarini o‘rganish, oila, farzandlar tinchligi uchun ogoh bo‘lish va donolikning muhimligini ta'kidlaydi. Aks holda bir noaniq yoki qo‘pol so‘z mahalla va odamlar o'rtasidagi tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi Ushbu aforizmlarni turli tarixiy davrlar va folklor namunalari bilan bog‘liq bo‘lib, ularni uch asosiy guruhga ajratishimiz mumkin: 1️. Qadimgi tarixiy manbalarda aforizmlar 2️. Xalq og‘zaki ijodi va folklorda aforizmlar 3️. Badiiy asarlarda aforizmlar Aforizmlar qadimgi davrdan inson tafakkuri mahsuli sifatida shakllanib kelgan bo‘lib, ular jamiyatning axloqiy, falsafiy va ijtimoiy qarashlarini ifodalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan. Tarix manbalaridan va darsliklaridan ham bizga ma’lumki, juda ko’plab yunon fayasuflari o’zlarining hikmatli so’zlari bilan barcha insonlarni o’ziga jalb qilgan. Qadimgi yunon falsafasi namoyandalari, Sokrat, Platon, Aristotel va Seneka kabi faylasuflar o‘z ta’limotlarini qisqa, ammo mazmunli iboralar orqali ifodalaganlar. Qadimgi Yunon va Rim manbalaridan quyidagi asarlarda juda ko’plab aforizmlar ketirilgan. Xususan, Aristotel o‘zining “Ritorika” va “Nikomah 1 Maunter, F.H. Maxim(e)s, Sentences, Fragmente, Aphorismen / Maunter, F.H. The Hague, Paris, 1966 S. 812–819. 2 Korolkova A.V., & Tishina A.E. (2021). PHRASEOLOGICAL CONTEXT OF APHORISTICS. Russian Linguistic Bulletin, (4 (28)), 12-15. 92 axloqi” asarlarida axloqiy-me’yoriy qarashlarni qisqa, umumlashtirilgan ta’rif va xulosalar orqali ifodalagan. 3 Bu jihat aforizmlarning nafaqat badiiy, balki ilmiynazariy tafakkur bilan ham uzviy aloqadorligini ko‘rsatadi. “Nikomax ahloqi” asari Aristotelning o’g’li Nikomaxga yozilgan asar bo’lib, bu asar axloqiy qadriyatlar haqida fikrlar jamlanmasidir. Aristotelning “Nicomachean Ethics” asarida inson faoliyatining maqsadga yo‘naltirilganligi ta’kidlanadi. Faylasufning fikricha, barcha insoniy harakatlar ma’lum bir ezgulikni ko‘zlaydi va odatda ular yanada yuksak maqsadga erishish vositasi sifatida xizmat qiladi. Shu bois inson faoliyatining eng oliy maqsadi - o‘z-o‘zidan maqsad bo‘ladigan, boshqa vositalarga qaratilmagan faoliyatdir. Aristotel bu oliy ezgulikni baxt (eudaimonia) tushunchasi orqali ifodalaydi. Baxt insonning boshqa bir maqsad uchun emas, balki aynan o‘zi uchun intiladigan eng oliy qadriyati sifatida talqin etiladi. “Etika”ning bosh maqsadi esa inson qanday qilib chinakam baxtga erishishi mumkinligini aniqlashdan iboratdir. Biroq, muallifning o‘zi ham qayd etganidek, bunday tadqiqot aniq va qat’iy xulosalarga ega bo‘lishi mushkul, chunki inson faoliyati ko‘plab sub’ektiv va kontekstual omillar bilan belgilanadi 4 Rim stoitsizmining yirik vakili Senekaning ‘“Epistulae Morales ad Lucilium” (“Lusiliuga xatlar”) asarida insoniy fazilat, hayot mazmuni va ma’naviy kamolotga oid fikrlarini ixcham va hikmatli jumlalar orqali bayon etgan. 5 Bu aforizmlar insonning ichki olami, iroda va sabr-toqat kabi ruhiy jihatlarining ahamiyatini ochib beradi. Sharq tafakkurida ham aforizmlarning alohida o‘rni mavjud. Xitoy mutafakkiri Konfutsiy “Analects” asarida insoniy munosabatlar, axloqiy qadriyatlar va ijtimoiy burchga doir hikmatli mulohazalarni qisqa, ammo mazmunan teran shaklda ifodalagan. 6 Xuddi shuningdek, Rim imperatori va faylasufi Mark Avreliy “Meditations” (“Taammullar”) asarida hayot falsafasi, insonning jamiyat va tabiat bilan uyg‘unligi haqidagi qarashlarini aforizmlar shaklida jamlagan. 7 Shu tariqa, Aristotel, Seneka va Konfutsiy hikmatlarida umumiylik sifatida - inson hayotining ma’nosi, axloqiy qadriyatlar va ma’naviy kamolot masalalariga urg‘u berilishi kuzatiladi. Biroq ularning yondashuvlari turlicha: Aristotel ilmiyfalsafiy tahlilga, Seneka hayotiy tajribaga, Konfutsiy esa ijtimoiy-axloqiy tartib va qadriyatlarga tayanadi. Bu esa aforizmlarning turli madaniyatlarda universal, biroq o‘ziga xos shakllarda namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. 3 Russell, B. (1945). History of Western Philosophy. London. 4 Aristotle. Nicomachean Ethics. Cambridge: Cambridge University Press, 2004. 5 Seneca. Epistulae Morales ad Lucilium. Harvard University Press, 1969. 6 Confucius. The Analects. Penguin Classics, 1997. 7 Marcus Aurelius. Meditations. Penguin Classics, 2006. 93 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Aristotel. Nikomax axloqi / Aristotel. — T.: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2000. — 312 b. 2. Seneca L.A. Letters to Lucilius / L.A. Seneca. — London: Penguin Classics, 1969. — 254 p. 3. Confucius. The Analects / Translated by Arthur Waley. — New York: Vintage Books, 1989. — 320 p. 4. Marcus Aurelius. Meditations / Translated by Gregory Hays. — New York: Modern Library, 2003. — 256 p. 5. Dundes A., Mieder W. The Wisdom of Many: Essays on the Proverb / Eds. A. Dundes, W. Mieder. — Madison: University of Wisconsin Press, 1994. — 330 p. 6. Tursunov S., Murtozoyev B., Allanov O. Barkamol avlod tarbiyasida xalq donishmandligining o‘rni. — T.: Fan, 2015. — 210 b.