scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MENASIV NUTQIY AKTLAR: NAZARIY YONDASHUV VA TADQIQ MUOMMOLARI

O'rinova Shoxsanamxon Nosirjon qizi; Mirzaaxmedova Yulduzxon Anvarovna

Full text

137 MENASIV NUTQIY AKTLAR: NAZARIY YONDASHUV VA TADQIQ MUOMMOLARI O’rinova Shoxsanamxon Nosirjon qizi, Doctoral student), Toshkent davlat transport universiteti, [email protected] Mirzaaxmedova Yulduzxon Anvarovna Phd, dotsent. University of economics and pedagogy NOTM [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932314 Annotatsiya. Tilshunoslikda nutq hodisasini faqat tuzulmaviy birliklar darajasida emas, balki uni ijtimoiy-psixologik kontekstda o‘rganish tamoyili ilmiy nuqtai nazardan tobora dolzarb tus olmoqda. Bugungi kunda axborot almashinuvi sur’atlarining jahon darajasida oshishi, ijtimoiy tarmoqlarda erkin muloqot imkoniyatlarining kengayishi, siyosiy va madaniy nutq shakllarining murakkab tus olish sharoitida nutqiy aktlar nazariyasining tadqiqi nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham ilmiy doiralarda yanada e’tbor qozonmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda nutqiy zo‘ravonlik va ijtimoiy bosim holatlarining ortib borayotgani munosabati bilan, menasiv (tahdidli) nutq aktlarini alohida tahlil qilish ehtiyoji tug‘ilmoqda. Tahdid ifodalovchi nutq birliklari inson psixologiyasiga va ijtimoiy muhitga ta’sir qiluvchi vosita sifatida siyosiy chiqishlar, huquqiy nutqlar, ommaviy axborot vositalaridagi bayonotlar, hatto kundalik nutqiy amalyotda ham kuzatiladi. Shu bois, menasiv nutq aktlarini semantik va pragmatik jihatdan tizimli tahlil qilish, ularning lingvistik strukturasi va kommunikativ maqsadini aniqlash ilmiy izlanishlar nuqtai nazaridan alohida e’tborga molik masalaga aylanmoqda. Kalit so‘zlar: menasiv speech acts, illokutiv, lokutiv, perlokutiv, assertive, face threatening acts. Annotation. In linguistics, the principle of studying speech phenomena not only at the level of structural units but also within the socio-psychological context is becoming increasingly relevant from a scientific perspective. Today, with the global acceleration of information exchange, the expansion of opportunities for free communication in social networks, and the growing complexity of political and cultural forms of speech, the study of speech act theory is attracting scholarly attention not only from a theoretical standpoint but also from a practical one. In particular, in recent years, due to the increasing prevalence of speech violence and social pressure, there has arisen a necessity to specifically analyze menacing (threatening) speech acts. Speech units that convey threats function as instruments influencing human psychology and the social environment; they are observed in political discourse, legal speeches, mass media statements, and even in everyday communication. Therefore, the systematic semantic and pragmatic analysis of menacing speech acts, along with the identification of their linguistic structures and communicative purposes, has become a matter of particular significance in linguistic research. Keywords: Speech acts; Locutionary act; Illocutionary act; Perlocutionary act; Assertive acts; Face-threatening acts (FTA). Аннотация. В лингвистике принцип изучения речевых явлений не только на уровне структурных единиц, но и в социально-психологическом контексте приобретает всё 138 большую актуальность с научной точки зрения. Сегодня, в условиях ускорения обмена информацией на глобальном уровне, расширения возможностей для свободного общения в социальных сетях, а также усложнения политических и культурных форм речи, теория речевых актов привлекает внимание исследователей не только в теоретическом, но и в практическом аспекте. Особенно в последние годы, в связи с ростом речевого насилия и социальных форм давления, возникает необходимость в отдельном анализе менасивных (угрожающих) речевых актов. Единицы речи, выражающие угрозу, выступают в качестве средства воздействия на психологию человека и социальную среду; они встречаются в политических выступлениях, юридических речах, заявлениях в средствах массовой информации и даже в повседневной речевой практике. Поэтому системный семантический и прагматический анализ менасивных речевых актов, выявление их лингвистической структуры и коммуникативной цели становится вопросом особой значимости в рамках научных исследований. Ключевые слова: Речевые акты; Локутивный акт; Иллокутный акт; Перлокутивный акт; Ассертивные акты; Акты, угрожающие лицу (FTA). Tilshunoslikda nutq hodisasini faqat tuzulmaviy birliklar darajasida emas, balki uni ijtimoiy-psixologik kontekstda o‘rganish tamoyili ilmiy nuqtai nazardan tobora dolzarb tus olmoqda. Bugungi kunda axborot almashinuvi sur’atlarining jahon darajasida oshishi, ijtimoiy tarmoqlarda erkin muloqot imkoniyatlarining kengayishi, siyosiy va madaniy nutq shakllarining murakkab tus olish sharoitida nutqiy aktlar nazariyasining tadqiqi nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham ilmiy doiralarda yanada e’tbor qozonmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda nutqiy zo‘ravonlik va ijtimoiy bosim holatlarining ortib borayotgani munosabati bilan, menasiv (tahdidli) nutq aktlarini alohida tahlil qilish ehtiyoji tug‘ilmoqda. Tahdid ifodalovchi nutq birliklari inson psixologiyasiga va ijtimoiy muhitga ta’sir qiluvchi vosita sifatida siyosiy chiqishlar, huquqiy nutqlar, ommaviy axborot vositalaridagi bayonotlar, hatto kundalik nutqiy amalyotda ham kuzatiladi. Shu bois, menasiv nutq aktlarini semantik va pragmatik jihatdan tizimli tahlil qilish, ularning lingvistik strukturasi va kommunikativ maqsadini aniqlash ilmiy izlanishlar nuqtai nazaridan alohida e’tborga molik masalaga aylanmoqda. Tilshunoslik sohasida XX asr o‘rtalarida ilmiy konsepsiya sifatida vujudga kelgan nazaryalaridan biri bu nutqiy aktlar nazaryasi bo‘lib unga asos solgan ingliz faylasufi va tilshunosi J.L.Ostin hisoblanadi. Uning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, insonlar til orqali nafaqat ma’lumot uzatadi, balki shu til vositalarida harakatlarni amalga oshiradi[Austin,1975]. Ostin nutqiy faoliyatni tahlil qilarkan, nutqiy ifodani uch darajasini ajratadi: a) lokutiv akt – bu gramatika va semantik jihatdan to‘g‘ri qurilgan gap hisoblanib, u orqali ma’lum bir axborot uziladi, b) illokutiv akt-bu so‘zlovchining maqsadini, ya’ni so‘z orqali qanday harakat bajarilayotganini bildiradi, d) perlokutiv akt – bu so‘zlovchining harakati natijasida tinglovchida yuzaga keladigan ta’sirni ifodalaydi[Mamatov,2022;52-58-b]. Ostining nazaryasida 139 illokutiv aktlar ustuvor ahamyatga ega, boisi bu bosqichda til qurilmalari yordamida bevosita ijtimoiy harakat yuz beradi. Masalan, so‘zlovchi “men seni jazolayman” deyish orqali tinglovchini qo‘rqitadi, bu esa tahdid ya’ni menasiv illokutiv akt sifatida namayon bo‘ladi. Ostin tamonidan ilgari surilgan ushbu nazariy yondashuv keyinchalik boshqa olimlar, xususan J.R.Syorl tamonidan ilmiy asosda tizimlashtirilib, yana izchil rivojlantirilgan. Biroq, aynan Ostin tamonidan taklif etilgan uch bosqichli yondashuv, ayniqsa menasiv nutqiy aktlarning pragmatik mohiyatini anglashda asosiy tayanch nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Amerikalik faylasuf, tilshunos olim J.Syorl tamonidan shakllantirilgan nutqiy aktlar modeli zamonaviy pragmalingvistikaning taraqqiyotida asosiy pog‘ona bo‘lib xizmat qildi. Syorlning ilmiy qarashlari asosida ma’lum bo‘ladiki, nutq jarayoni ma’lumot yetkazishdan tashqari, ijtimoiy harakatni amalga oshiradigon til hodisasidir. So‘zlovchining har bir bayonoti orqasida aniq pragmatik niyat mujassam, til birliklari esa ushbu illokutiv maqsadni amalga oshirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Bu nazariyaga ko‘ra, insonlar “va’da beraman”, “ishdan bo‘shatildingiz” yoki “kechirasiz” kabi iboralarni ishlatganda, ular shunchaki axborot bermaydi, balki amaliy harakatni amalga oshiradi [Yo‘ldosheva,2023]. U tilning qanday ijtimoiy qoidalarga asoslanib ishlashini aniqlashga uringan va nutq aktlarining har xil turlarini tasnifladi 1 . J.Syorl nutqiy aktlarni quyidagi turlarga ajratadi; assertiv, direktiv, komissiv, ekspressiv, deklerativ aktlar. Syorlning nutqiy aktlarni besh asosiy kategoriya doirasida tasniflashi barcha akt turlari bilan bir qatorda menasiv nutqiy aktlarni ham chuqurroq tahlil qilish imkoniyatini yaratdi va ushbu nutqiy aktni komissiv turga kiritishimiz mumkin ekanligini ko‘rsatdi [Searle,1979]. Ya’ni tahdid qilish orqali so‘zlovchi tinglovchini kelajekda biror bir ish harakat qilishga undaydi. Bu esa, o‘z navbatida tinglovchida majburyat hissi uyg‘otganligi sababli menasiv nutqiy aktlar kommisiv turga kirishini ko‘rsatadi. Aslida, menasiv nutqiy aktlar Syorl nazaryasidagi har bir nutqiy akt kategoriyasida namoyon bo‘lsa ham, bizning fikrimizcha, kommisiv turi dominant bo‘lish ehtimoli yuqori. Joffri Lich (Geoffrey Leech) tahdidni face-saving (ijtimoiy mavqe’ni saqlash) vositasi sifatida xushmuomilalik strategiyalarini tasniflab, Searle va Brown-Levinsonning ishlari bilan bog‘ladi[Leech,2014]. Joffri Lich o‘zining “Principles of Pragmatics”(Pragmatika tamoyillari) asarida xushmuomilalik tamoyilini ishlab chiqqan va ijtimoiy muvozanat va tahdidni kamaytirish uchun qo‘llaniladigan strategiyalarni izohlagan [Leech,2014]. Bryus Freyzer va Uilyam Nolen (Bruce Fraser, William Nolen) esa xushmuomalalik va tahdidli nutqiy aktlarni tushunishda madaniy va kontekstual yondashuvning 140 muhimligini dalilladi [Fraser B., Nolen W,1981]. Ushbu yutuqlar, Braun va Levinsonning tadqiqotlaridagi tafovutni qisman to‘ldirgan. Ammo, har ikkala olimlar ham menasiv nutqiy aktlarni chuqur tahlil qilmagan, alohida pragmatik hodisa sifatida ajratmagan. Ular xushmuomilalikka ko‘pro e’tbor qaratgan bo‘lganligi sababli, menasivlarni ijtimoiy kuch, madaniy kontekst va strategik ishlatilishi masalalari ochiq qolgan. Ingliz tilshunoslari tomonidan nutqiy aktlar nazariyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ushbu nazariyaning kengayishida va amaliy nuqtai nazardan rivojlanishida muhim poydevor vazifasini o‘tagan. Ular, ayniqsa, nutqiy aktlarning kontekstual va pragmatik xususiyatlarini ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rib, muloqot jarayonida til vositalarining ishlash mexanizimini chuqur tahlil qilishga harakat qilganlar. Shunga qaramasdan Ingliz tadqiqotchilarining ishlari ko‘proq umumiy nutqiy akt turlarining (masalan, illokutiv va perlokutiv aktlar) tasnifi va muloqotdagi vazifalarini tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, tahdid, ogohlantirish, bosim kabi menasing (tahdidli) nutq aktlarining nozik pragmatik mexanizmlariga yetarlicha chuqur yondashilmagan. Ular ko‘pincha umumiy ijtimoiy vaziyatlar va ko‘p uchraydigan nutqiy holatlarni o‘rganishga urg‘u berib, ayrim jiddiy yoki nizoli muloqot shakllarini (tahdid, shantaj, zo‘rlik orqali til harakati) kabilar ilmiy izlanishlar doirasida keng o‘rganmaganlar. Mazkur vaziyatdan kelib chiqib, shuni ayta olamizki, nutqiy aktlar nazariyasi doirasida tahdidli nutqiy aktlarni alohida empirik tahlil qilish ham ilmiy, ham amaliy jihatdan zarur bo‘lib qolmoqda chunki bunday aktlar jamiyatda ijtimoiy munosabatlar, agressiya, nizolar va ijtimoiy nazorat kabi muhim sohalarga muvofiq ta’sir ko‘rsatadi. Aynan shuning uchun menasiv aktlarining o‘ziga xos tuzilmasi, illokutiv kuchi, kontekstga bog‘liqligi va sathlararo (verbal va neverbal) realizatsiyasini mahalliy (o‘zbekcha) muloqot materiallari asosida o‘rganish dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri sifatida qaralishi kerak. T.V. Larina (Т.В. Ларина) tahdid nutq aktlarini 3 ta muhim jihatini o‘rganadi. Avvalambor u tahdidni Brown &Levinsonning “Face Threatening Acts” nazaryasi asosida tahlil qiladi. Uning fikricha, tahdidli nutq aktlari bu – “negative face” bo‘lib, erkinlik, qaror qabul qilish huquqiga tajovuz bo‘lib, shaxsiy chegaralarni buzadi [T.V.Larina,2009]. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan olimlarning tahdid nutqi bo‘yicha kamchililarini, xususan, madanyatlararo tahliliga e’tbor qaratadi. Uning qarashlari bo‘yicha, ruscha muloqot ko‘pro to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid shaklda ifodalaniladi. Ingilizcha muloqot esa bilvosita, yumshoq, nozik tahdid shakllariga moyil degan fikr bildirgan[T.V.Larina,2009]. Qo‘shimcha ravishda, Larina tahdidni kommunikativ strategiya sifatida talqin qiladi. Tahdidli aktlar ba’zida ijtimoiy maqomni saqlash, 141 dominatsiyani ko‘rsatish yoki boshqa tomonni itoatga undash uchun ishlatiladi 2 . Larina ijtimoiy kontekstadagi tahdidni ko‘p funksionalligini kam yoritadi. Tahdidni dominatsiya va ijtimoiy maqomini saqlash vositasi sifatida ko‘radi lekin tahdning boshqa rollari, xususan himoya, ogohlantirish, yoki psixologik bosim kabi funksiyalari yetarlicha yoritmaydi. Bundan tashqari, Larinaning tahdid bo‘yicha olib borgan ishlarida empirik izlanishlar kam olib borilgan. Larina asos solgan madanyatlararo pragmatika, diskurs tahlili va kommunikativ strategiyalar doirasida yanada chuqurroq izlanishlar olib borgan olim bu - Daria Dayter (Дарья Дайтер) dir. Uning yondashuvi ijtimoiy tarmoqlarda tahdidli nutq va yuz yo‘qotilishi hamda tahdidli aktlarni o‘z ichiga oladi. Daria Dayter Larina yondashuvini onlayn muloqot kontekstida rivojlantiradi. Tahdidli aktlarni Twitter, Facebook, telegramdagi postlari orqali emprik o‘rganadi. Aynan tahdid nutq aktlarining shu jabhalari Larinaning tadqiqotlaridagi kamchiliklar sirasiga kiradi[Dayter.D,2018]. Daria Dayter menasiv nutq aktlari bo‘yicha zamonaviy tadqiqotlari ilg‘or hisoblangan bo‘lsada, uning ham ishlari bir qancha ilmiy-chegaraviy kamchiliklarga ega. Daria Dayter menasiv nutq aktlarini asosan ijtimoiy tarmoqlar postlari orqali o‘rganadi. Bu yondashuv tahdidli aktlarni jonli muloqot (offline), masalan siyosiy chiqishlar, rasmiy nutqlar yoki kundalik suhbatdagi ko‘rinishlarini chetda qoldiradi. O‘zbek tilshunosligida menasiv nutqiy aktlarni alohida mavzu sifatida o‘rgangan olimlar kamchilikni tashkil etadi. M.X.Hakimov o‘zining “o‘zbek tilida matnning pragmatik talqini” doktorlik dissertatsiyasida nutqiy aktlar nazaryasini (lokutiv,illokutiv,perlokutiv) kabi sistematik tarzda birinchi bo‘lib o‘rgangan. Bu tahdidga yaqin fenomenlarni yoritishning ilk ilmiy qadamidir[Hakimov M,2001]. Rahimov H &Mamatov A esa pragmatika, nutq aktlari, jumladan tahdid, iltimos, ogohlantirish kabi aktlar ustida tadqiqotlar olib brogan[Raximov,. Afsuski, hozirgi mavjud ilmiy manbalar va tahlillarga tayanadigon bo‘lsak, o‘zbek tilshunosligida tahdidli (menasiv) nutqiy aktlar bevosita, mustaqil mavzu sifatida chuqur va tizimli o‘rganilmagan. Tahdid nutqiy aktlar ko‘pincha perlokutiv akt sifatida umumiy nutq aktlari doirasida (buyruq, ogohlantirish, tanbeh) shaklida bilvosita o‘rganilgan. M.Hakimov pragmatik matn talqini orqali ijtimoiy ta’sirni tahlil qilgan lekin “menasiv” yoki “tahdid” terminidan foydalanmagan. Sh. Safarov esa pragmalingivistika asoslarini bergan, ammo tahdidli aktlar ustida bevosita ishlar olib bormagan. A.Usmonov, N.Ahmadjonov, S.Jumaqulova perlokutiv aktlarni o‘rganishgan, biroq tahdidli strategiyalarni mustaqil mavzu saifatida tahlil qilishmagan. G‘.A.Raximov esa tahdidli nutq aktlarini bilvosita o‘rganadi va 142 Braun&Levinsonning ijtimoiy mavqeini saqlashga (face-threatening acts) oid konsepsiyasini tahlil qiladi. Tahdidli nutq turlaridan ba‘zilarga: rad etish, shantaj, implikatura orqali ko‘ngilni buzuvchi ifodalarga misollar keltiradi. Shuni ta‘kidlash joizki, tahdid masalasi u tamondan mustaqil mavzu sifatida keng tahlil qilinmagan, balkim yuzni saqlash va nutqiy strategiyalar kontekstida qisqacha tegib o‘tilgan fikr sifatida baholanadi. N.Yo‘ldasheva esa ayollarga nisbatan tildagi zo‘ravonlik, agressiv nutq, jinsiy streotiplar kabi kontekstlarni o‘rganish orqali tahdid nutq aktlariga bilvosita murojaat qiladi[Yo‘ldasheva A.N,2023] Xulosa qilib aytishimiz mumkunki, O‘zbek tilshunosligida menasiv (tahdidli) nutqiy aktlar hozirgacha mustaqil va tizimli ravishda yetarli darajada o‘rganilmagan. Mazkur nutqiy aktlar, asosan, bilvosita ravishda “ijtimoiy mavqeini saqlash” (facesaving) strategiyalari, kommunikativ muomala uslublari va agressiv nutq kontekstida tilga olingan xolos. Holbuki, menasiv nutqiy aktlar har qanday ijtimoiy-madaniy muloqotda shaxslararo munosabatlar va ijtimoiy mavqeni belgilovchi muhim pragmatik vositalardan biri sanaladi. Shu bois, ushbu nutqiy aktlarni semantik va pragmatik jihatdan chuqur tadqiq etish zarur. Semantik jihatdan ularning tahdid mazmunini ifodalovchi lingvistik birliklar (so‘zlar, frazeologizmlar, modal vositalar) tahlili, pragmatik nuqtayi nazardan esa ularning illokutiv kuchi, kommunikativ maqsadi, kontekstual shart-sharoitlari va ijtimoiy ta’siri aniqlanishi lozim. Ayniqsa, tahdidning bevosita va bilvosita shakllari, ijobiy va salbiy tahdid o‘rtasidagi farqlar, hamda bu aktlarning madaniy kodlanganligi o‘zbek tilidagi muloqot madaniyati doirasida keng tahlilga loyiqdir. Shu jihatdan, menasiv nutqiy aktlarni o‘zbek tilida semantik va pragmatik tahlil qilish tilning ichki imkoniyatlarini ochib berish, zamonaviy pragmatika va nutq madaniyati tadqiqotlariga hissa qo‘shish bilan birga, mazkur mavzuni o‘rganishga kirishayotgan tadqiqotchilar uchun ilmiy yangilik yaratish imkoniyatini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Austin, J. L. How to Do Things with Words. – 2nd ed. – Oxford : Oxford University Press, 1975. – 168 p. – P. 1–4. 2. Austin, J. L. How to Do Things with Words. – 2nd ed. – Oxford : Oxford University Press, 1975. – 168 p. – P. 94–108. 3. Axmadjonov, N.; Yaminjonova, S. Nutq aktlar nazariyasi: tilning pragmatik funksiyasi va kommunikativ harakatlar mexanizmi // Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2025. – Т. 4, № 8. – С. 161–165. 4. Searle, J. R. Expression and Meaning: Studies in the Theory of Speech Acts. – Cambridge : Cambridge University Press, 1979. – 192 p. 5. Leech, G. N. The Pragmatics of Politeness. – Oxford : Oxford University Press, 2014. – 416 p. 6. Fraser, B.; Nolen, W. The Association of Deference with Linguistic Form // International Journal of the Sociology of Language. – 1981. – № 27. – P. 93–110. 143 7. Ларина, Т. В. Вежливость и межкультурная коммуникация. – М. : Языки славянской культуры, 2009. – 507 с. – С. 86. 8. Ларина, Т. В. Вежливость и межкультурная коммуникация. – М. : Языки славянской культуры, 2009. – 507 с. – С. 103–104. 9. Ларина, Т. В. Вежливость и межкультурная коммуникация. – М. : Языки славянской культуры, 2009. – 507 с. – С. 118. 10. Dayter, D. Impoliteness Online: Face-Threatening Acts in Digital Discourse // Russian Journal of Linguistics. – 2018. – Т. 22, № 4. – С. 888–906. 11. Хакимов, М. Х. Узбек тилида матннинг прагматик талкини : дис. … докт. филол. наук. – Ташкент, 2001. – 315 б. 12. Раҳимов, Ҳ.; Маматов, А. Прагматика ва нутқ актлари: ўзаро таъсир ва мулоқотдаги илтимос, огоҳлантириш, таҳдид // Филология масалалари. – 2022. – № 4. – Б. 52–58. 13. Рахимов, Г. А. Прагматик тилшуносликка кириш. – Т. : Фан, 2009. – 136 б. 14. Yo‘ldosheva, A. N. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning linguistik-psixologik tahlili : mustaqil ish. – 2023. – 10 б.