TALABALARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH
Abstract
Tanqidiy fikrlashni o‘rgatish kurslarining o‘ziga xos umumiy xususiyati va ularni birinchi va ikkinchi yondashuvlar doirasida tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri bu turli xil bilim sohalaridan va kundalik hayotdan olingan “tabiiy” fikrlashning haqiqiy misollaridan foydalanish, ya'ni olingan bilimlarni tanqidiy fikrlash sohasida qo‘llash muammosi ushbu kurslarda birinchi o‘rinda turadi.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 60 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us TALABALARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH Omonova Muxlisa Do’snazar qizi Alfraganus universiteti, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsent v.b., psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) [email protected] Tanqidiy fikrlashni o‘rgatish kurslarining o‘ziga xos umumiy xususiyati va ularni birinchi va ikkinchi yondashuvlar doirasida tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri bu turli xil bilim sohalaridan va kundalik hayotdan olingan “tabiiy” fikrlashning haqiqiy misollaridan foydalanish, yaʼni olingan bilimlarni tanqidiy fikrlash sohasida qo‘llash muammosi ushbu kurslarda birinchi o‘rinda turadi. Ilmiy pedagogik manbalarni o‘rganish yuqorida tavsiflangan yondashuvlarga qo‘shimcha ravishda, talabalarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatishning yana bir varianti - partsial taʼlim modeli doirasida amalga oshirilishi mumkin (V.V.Alekseev, Yu.S.Davыdov, I.V.Poberejnikov, L.L.Suprunova). Ushbu modelning mohiyati shundaki, o‘zlashtirish uchun mo‘ljallangan material o‘quv kursining barcha mavzulariga maʼlum gʼoyalar, tushunchalar, qadriyatlar, bilish faoliyati metodlari shaklida kiritiladi [2]. Partsial modelning afzalliklari, bizning fikrimizcha, uni o‘quv jarayoniga tatbiq etish kursning mantiqiyligi va tuzilishini buzmasdan, aniq tuzilgan mazmunga asoslangan holda maʼlum ketma-ketlikda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish muammolarini samarali hal qilish imkonini beradi. Partsial model doirasida taʼlimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: talaba shaxsini rivojlantirish, umumiy metodik madaniyat va ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish, dalillar, tushuntirishlar, gipotezalarni tahlil qilish, fanlararo aloqalarni o‘rnatish orqali dunyoqarashini kengaytirish imkoniyatini taʼminlaydigan taʼlim metodlari va texnologiyalarini yaratish va ulardan foydalanish [1]. S.I.Zair-Bek va I.V.Mushtavinskayalar tanqidiy fikrlashni qo‘llovchi insonlarga xos xususiyatlarga quyidagilarni kiritadilar:[3] 1. Rejalashtirishga tayyorlik. Har doim taʼlim oluvchilar to‘gʼri o‘ylashga ulgurmasdan savolga javob berishni boshlaydilar. Rejalashtirish tanqidiy fikrlash yo‘lidagi birinchi va juda muhim qadamdir. 2. Moslashuvchanlik. Moslashuvchan pozitsiya yangi variantlarni ko‘rib chiqish, o‘z nuqtai nazarini o‘zgartirish istagini o‘z ichiga oladi. Tanqidiy fikrlovchi yangicha
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 61 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us fikrlashga, ravshan narsalarni qayta ko‘rib chiqishga tayyor va u hal etilgunga qadar vazifadan chekinmaydi. 3. Qatʼiylik. Qatʼiylik aqliy kuch talab qiladigan vazifani bajarishga tayyorlik bilan chambarchas bogʼliq. Fikrlash insondan sabr va matonat talab qiladigan mashaqqatli ish. 4. O‘z xatolarini tuzatishga tayyorlik. Odamlar o‘z harakatlarini samarasiz deb bilishlari va ularni rad etishlari, yangilarini tanlashlari va fikrlashlarini yaxshilashlari mumkin. 5. Anglash. Psixologlar bu sifatni metabilish yoki metabilish monitoringi deb atashadi. Bu maqsad sari harakatlanayotganda o‘z harakatlarini kuzatishni o‘z ichiga oladi. Tanqidiy fikrlovchilar o‘zlarining fikrlash jarayonini o‘z-o‘zini anglash odatini rivojlantiradilar. 6. Murosa yechimlarini izlash. Zamonaviy dunyoda faoliyatning guruh shakllari ustunlik qiladi. Tanqidiy fikrlovchi ham yaxshi rivojlangan muloqot ko‘nikmalariga, ham ko‘pchilikni qoniqtiradigan yechim topish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak Talabalar tomonidan tanqidiy fikrlashni o‘zlashtirishda mashqlarning metodik tizimini tayyorlash, fikrlash qobiliyatlari va aqlning tanqidiyligini qayta ishlashga qaratilgan ijodiy vazifalar taʼlim jarayonining texnologik asoslanishi uchun alohida ahamiyatga ega. Shuningdek o‘qituvchi uchun talabalarning yosh xususiyatlarini, qobiliyatini va hayotiy tajribasini hisobga olgan holda tanqidiy fikrlash darajasini aniqlashning diagnostika metodlarini ishlab chiqish zarur. Taʼlim jarayoniga tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning fanlararo texnologiyalarini joriy etish; ushbu texnologiyalarning uzluksizligini amalga oshirish muhim. Tanqidiy fikrlash odatda amaliy yo‘nalishga ega. Shu sababli, uni fikrlash kontekstida va fikrlash subʼektining individual xususiyatlariga qarab ko‘rib chiqiladigan amaliy mantiq shakli sifatida talqin qilish mumkin. Tanqidiy fikrlash doirasida muayyan gumanitar, ijtimoiy-siyosiy va tabiiy-ilmiy sohalarda fikr yuritish amaliyotini tahlil qilish, fikrlash subʼektining subʼektiv, shaxsiy omilini hisobga olgan holda amalga oshiriladi, fikrlash jarayonida har xil turdagi xatolar tahlillariga eʼtibor beriladi. Shu bilan birga, tanqidiy fikrlashning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, u kasbiy faoliyat sohasidan qatʼi nazar, fikrlashni tahlil qilish va qurish, bilimlarni o‘zlashtirishni “o‘rgatadi”. Uning doirasida “Qanday qilib?”, “Qachon?” va “Nima uchun?” kabi savollar o‘rganiladi, tadqiqotning umumiy kontekstida muayyan xulosalar chiqariladi. Yuqorida yoritib berilgan “O‘qituvchining tanqidiy fikrlashi” tushunchasining mazmuni nazariy-metodologik bilimlar tizimi sifatida asosiy atamalar (fikrlash,
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 62 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us refleksiya, pedagogik va tanqidiy fikrlash), maqsadga erishish vositalari va metodlarini (metodlari, usullari, shakllari, vositalari, tanqidiy fikrlash) pedagogik fikrlashning toifali doirasida bilish zarurligini isbotlaydi. Nazariy bilim o‘qituvchiga taʼlim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik muammolarni hal qilish, o‘z faoliyatini rejalashtirish va amalga oshirish, uning borishini nazorat qilish, zarur tuzatishlar kiritish va uning natijalarini baholash imkonini beradi. Pedagogik harakatlar idrok etish, tasvirlash, tushuncha va boshqalarda ochiladigan obʼektga qaratiladi. Tushuncha haqida gapirganda, biz tushunchaning o‘zini emas, balki uning mazmunini, unda nimani yoritib berishini nazarda tutamiz. Tushunchaning o‘zi, subʼekt harakatni amalga oshirishda nimani boshqaradi, yaʼni bu harakatning tarkibiy qismidir. Maktablarda, universitetlarda va amaliy hayotda talabalarga o‘qitiladigan narsalarning turli xil mazmuni ichida harakat markaziy bo‘gʼindir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Oybek Khayitov, Gulasal Berdalieva , Shoira Abdullayeva , Gulrukhsor Sharipova. Improvement Of Pedagogical Mechanisms Of Application And Management Of The Principle Of Integrity In The System Of Training Of Physical Education And Sports Specialists. (2022). Journal of Pharmaceutical Negative Results, 5019-5022. https://doi.org/10.47750/pnr.2022.13.S07.620 2. Rohnert, Park, С A: Center for Critical Thinking and Moral Critique Texte. / Park Rohnert. Sonoma State University, 2003. - 305 p. 3. Vaughan L.L. (1986). Reading and Reasoning Beyond the Primary Grades Texte. / L.L.Vaughan, E T.H.stes. Boston: Allyn & Bacon (Ed. By Ch.Temple, K.Meredith and J.Steel, 1997). - 198 p.