BOSHLANG'ICH TA'LIM YO'NALISHI TALABALARIGA ONA TILINI O'QITISHDA INNOVATSION YONDASHISH
Full text
266 BOSHLANG‘ICH TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARIGA ONA TILINI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHISH Raximov Zokir Toshtemirovich, pedagogika fanlari doktori, professor E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932802 Annotatsiya. Maqolada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalariga ona tilini o‘qitish jarayonida innovatsion yondashuvlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish, mustaqil fikrlash, savodxonlik va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar muhim o‘rin tutadi. Kalit so‘zlar: innovatsiya, yondashuv, ona tili, boshlang‘ich, talaba, ta’lim, jarayon, texnologiyalar, interaktivlik, usul, natija, shakllanish. Аннотация. В статье анализируется роль и значение инновационных подходов в процессе обучения родному языку учащихся направления начального образования. Современные педагогические технологии играют важную роль в эффективной организации учебного процесса, формировании речевой культуры учащихся, развитии самостоятельного мышления, грамотности и коммуникативных навыков. Ключевые слова: инновация, подход, родной язык, начинающий, студент, образование, процесс, технология, интерактивность, метод, результат, формирование. Annotation. The article analyzes the role and importance of innovative approaches in the process of teaching native language to students of the primary education direction. Modern pedagogical technologies play an important role in the effective organization of the educational process, the formation of the speech culture of students, the development of independent thinking, literacy and communication skills. Key words: innovation, approach, native language, beginner, student, education, process, technology, interactivity, method, result, formation. Zamonaviy ta’lim tizimida yuz berayotgan islohotlar, ta’limning mazmun va shaklidagi o‘zgarishlar, pedagogik yondashuvlarning qayta ko‘rib chiqilishini taqozo etmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim sohasida ta’lim sifatini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalar va yondashuvlarning joriy etilishi alohida ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinflarda ta’lim oluvchi bolalarning ona tilini chuqur va puxta o‘rganishi, keyingi bosqichlardagi ta’lim faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uchun poydevor hisoblanadi. Bugungi kunda jahon miqyosida ta’lim tizimida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, jumladan, raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi, ta’lim jarayonini innovatsion asosda tashkil etish zaruratini kun tartibiga chiqarmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida ona tilini o‘qitishga zamonaviy va innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
267 Chunki bolaning ta’limga bo‘lgan ilk munosabati aynan boshlang‘ich bosqichda shakllanadi va ona tilini o‘zlashtirish orqali nafaqat til bilimi, balki tafakkur, mulohaza, fikrlash, savodxonlik kabi muhim kognitiv qobiliyatlar ham rivojlanadi. Ona tili har bir shaxsning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Milliy qadriyatlar, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat ona tili orqali avloddan avlodga o‘tadi. Shu sababli, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi talabalarni — kelajakdagi o‘qituvchilarni — ona tilini o‘qitish metodikasi, texnologiyalari va yangi pedagogik yondashuvlar bilan chuqur tanishtirish juda muhim vazifa hisoblanadi. Ta’lim sohasidagi global tendensiyalar ta’lim berish jarayonini samarali tashkil etish uchun innovatsion usullardan foydalanishni talab qilmoqda. Innovatsion yondashuv — bu faqatgina yangi texnologiyalarni joriy etish emas, balki o‘quvchi markazlashgan, faol ta’limni tashkil etish, interaktiv va ijodkorlikka yo‘naltirilgan metodlarni qo‘llashni nazarda tutadi. Xususan, boshlang‘ich sinflardagi bolalarning ta’limga qiziqishini oshirish, darslarni ko‘ngilochar, bir vaqtning o‘zida mazmunli va mantiqiy tashkil etishda innovatsion yondashuvlar beqiyos ahamiyatga ega. Ayni paytda, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “ta’lim sifatini oshirish, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish” g‘oyasi bugungi kunda amalda o‘z ifodasini topmoqda. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlash, ularning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini uyg‘un holda shakllantirish talab etiladi. Bu esa, o‘z navbatida, ona tilini o‘qitish jarayonida innovatsion yondashuvlarni tadbiq etishni talab qiladi. Innovatsion yondashuvlar bolalarda mustaqil fikrlash, mulohaza yuritish, ijodkorlik, axborotni tahlil qilish, muloqot qilish kabi kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bois, ushbu ilmiy ishda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalariga ona tilini o‘qitish jarayonida innovatsion yondashuvlarning mohiyati, ahamiyati, ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari va pedagogik samaradorligi keng tahlil qilinadi. Mazkur mavzuning ilmiy va amaliy ahamiyati shundaki, u kelajak pedagoglar uchun metodik yo‘riqnoma vazifasini o‘tay oladi. Shuningdek, yangi innovatsion resurslar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida dars tashkil etish yo‘llari o‘rganiladi, turli interaktiv usullar, multimedia vositalari va axborot maydonlari imkoniyatlaridan unumli foydalanish masalalari muhokama etiladi. Ona tili ta’limida innovatsion yondashuvlarni joriy etish nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki talabalarda o‘z kasbiga bo‘lgan mas’uliyat, ijodkorlik va zamonaviy
268 pedagogik madaniyatni shakllantiradi. Ushbu ilmiy ish mazkur masalaning nazariy asoslarini yoritish, amaliy misollar bilan boyitish hamda tavsiyalar ishlab chiqishni maqsad qiladi [1]. Innovatsion yondashuv — bu yangi g‘oyalar, texnologiyalar, usullar va ta’limni tashkil etish shakllari asosida o‘quv jarayonini tashkil etishni anglatadi. U an’anaviy o‘qitishdan farqli ravishda o‘quvchining faolligini, mustaqil fikrlashini, ijodkorligini talab qiladi. Ona tili ta’limida innovatsion yondashuvlar quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi [2]: − Interaktiv usullardan foydalanish: "Aql hujumi", "Miyona shturm", "Klaster", "Insert", "Munozara", "Baliq skeleti" kabi modellar; − Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish: multimedia, virtual ta’lim platformalari, elektron darsliklar; − Problemali ta’lim: o‘quvchilarga savol yoki muammo orqali bilim berish; − Loyiha asosida o‘qitish: talabalar mustaqil yoki guruhda biror mavzu asosida tadqiqot olib boradilar [7]; − Masofaviy ta’lim elementlari: onlayn platforma, video darslar, vebinarlar orqali ta’lim berish. Boshlang‘ich ta’lim talabalari — bu kelajakdagi sinf rahbarlari, maktab o‘qituvchilari hisoblanadi. Ular nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi lozim. Ana shu ko‘nikmalarni shakllantirishda innovatsion yondashuvlar muhim o‘rin tutadi [3]: − Interaktiv darslar: Talabalarni dars jarayonida faol ishtirok ettirish uchun "rolli o‘yinlar", "muloqotli mashqlar", "jamoaviy fikrlash" usullari juda samaralidir. − Multimedia vositalari: videoroliklar, audiomateriallar, animatsiyalar orqali talabalar ona tilining to‘g‘ri talaffuzi, orfoepiyasi va grammatikasini tez va oson o‘zlashtiradilar. − Loyihaviy faoliyat: Talabalar ona tiliga oid mavzu asosida loyiha tayyorlash jarayonida mustaqil izlanish, ma’lumot to‘plash va taqdimot qilishni o‘rganadilar [4]. − Onlayn platformalar: Google Classroom, Moodle, Zoom kabi platformalar orqali interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etish mumkin. Innovatsion yondashuv nafaqat ta’lim mazmunida, balki o‘qitish metodikasi, pedagogik munosabat va ta’lim psixologiyasida ham o‘z aksini topadi. Bu yondashuvning bir qator ustunliklari mavjud [5, 6]: − O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan; − Mustaqil ta’limga rag‘batlantiradi; − Ta’lim jarayonini individuallashtiradi;
269 − Ongli va mazmunli o‘rganishni ta’minlaydi; − Ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Bunday yondashuvlar talabalarning darslarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi, ta’lim jarayonini amaliy va mazmunli qiladi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi talabalarga ona tilini o‘qitish jarayonida innovatsion yondashuvlardan samarali foydalanish, kelgusi avlod o‘qituvchilariga zamonaviy pedagogik kompetensiyalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, interaktiv, axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar ta’lim sifatini yaxshilaydi, talabalarda ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Tavsiyalar: − Pedagogika universitetlari va kolledjlarda innovatsion metodikaga asoslangan darslarni ko‘paytirish; − O‘qituvchilar uchun muntazam ravishda seminar va treninglar tashkil etish; − AKT vositalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish; − Loyiha va tajriba asosida ta’lim oluvchilarni faol o‘qitishga o‘rgatish. − Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdurahmonov A.A. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’limda / A.A. Abdurahmonov. – T.: Iqtisod-Moliya, 2021. – 196 b. 2. Yodgorov Q.Q. Ta’limda innovatsion texnologiyalar / Q.Q. Yodgorov. – T.: O‘qituvchi, 2021. – 256 b. 3. Nazarov Sh.N. Ona tilini o‘qitish metodikasi / Sh.N. Nazarov. – T.: Fan va texnologiya, 2018. – 284 b. 4. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat: o‘quv qo‘llanma / tuzuv. Ibrohimov N., Rahimov I. – T.: Tafakkur-Bo’stoni, 2022. – 224 b. 5. Tursunov M. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi: darslik / M. Tursunov. – T.: Nur-Poligraf, 2020. – 312 b. 6. Xaydarov Sh.K. Zamonaviy dars va pedagogik texnologiyalar / Sh.K. Xaydarov. – T.: Ma’naviyat, 2019. – 198 b. 7. Yunusova Z.Q. Ta’limda innovatsion yondashuvlar / Z.Q. Yunusova. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020. – 208 b.