scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

THE EVOLUTION OF UZBEK NOVEL WRITING AND ITS HISTORICAL GENRE

G'aybulloyeva, Parvina

Abstract

This thesis discusses the novel and historical genre, as well as the introduction of the novel genre into Uzbek litereature. It analyzes historical historical novels crated in national novel writing and historical genre novel written by Omon Mukhtar. The research scientifically reveals Omon Mukhtar’s style used in novel writing and his contributionto the novel genre.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 71 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us O’ZBEK ROMANCHILIGI VA UNING TARIXIY JANRI EVOLUTSIYASI THE EVOLUTION OF UZBEK NOVEL WRITING AND ITS HISTORICAL GENRE ЕВОЛУЦИЯ УЗБЕКСКОГО РОМАНА И ЕГО ИСТОРИЧЕСКОГО ЖАНРА G’aybulloyeva Parvina Samandar qizi Osiyo xalqaro universitetining 1-kurs magistranti +998902994901 Annostatsiya. Ushbu tezisda roman va uning tarxiy janri, ozbek adabiyotida roman janrining kirib kelishi haqida so’z boradi.Milliy romanchilikda yaratilgan tarixiy romanlar va Omon Muxtorning tarxiy janrdagi romani tahlil etiladi. Tadqiqotda Omon Muxtorning tarixiy romanchilikda qo’llagan uslubi va milliy romanchilikka qo’shgan hissasi ilmiy tahlillar asosida ochib berilgan. Kalit so’zlar: roman,tarixiy roman,A.Qodiriy, Omon Muxtor,xotira uslubi, Navoiy, rassom Abulxayr. Anotation. This thesis discusses the novel and historical genre, as well as the introduction of the novel genre into Uzbek litereature. It analyzes historical historical novels crated in national novel writing and historical genre novel written by Omon Mukhtar. The research scientifically reveals Omon Mukhtar’s style used in novel writing and his contributionto the novel genre. Keywords: novel, historical novel, A.Qodiriy, Omon Muxtor, memory style, Navoi, Abulkhayr artist Аннотация. Этот тезис посвящен роману и его историческому жанру а также проникновению жанра романа в узбекскую литературую. В работе проанализованы исторические романы созданные в нациалном романе и исторический роман Омон Мухтора. В исследовании научно раскрыт стиль применяемый Омон Мухтаром в романе и его вклад в разбитие жанра романа. Ключевые слова:роман , исторический роман, А.Кадырий, О.Мухтар, стил памяти, Навоий, Художник Абулхаир KIRISH XX asr boshlaridan o’ttizinchi yillargacha Milliy uyg’onish davrining ikkinchi bosqichini qamrab olgan jadid adabiyoti o’zbek adabiyoti tarixida tub burilish yasadi. Yangi davr bilan hamnafas jadidlar ijod olamiga yangicha talqinlar, obrazlar, yangi tur va janrlarni ham olib kirdilar. Bu janrlardan biri epik turga mansub roman janri edi. Jadidlar orasida faoliyatini boshlagan , XX asr o’zbek adabiyotining ulkan INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 72 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us namoyandasi A.Qodiriy milliy romanchilik maktabimizga asos soldi. A.Qodiriy bu haqida : “ Modomiki, biz yangi davrga ayoq qo’ydik, bas, biz har qanday yo’sinda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashishimiz va shunga o’xshash dostonchiliq, romonchiliq va hikoyachiliklarda ham yangarishg’a, xalqimizni shu zamonning “Tohir va Zuhra”, “Chor darvesh”, “Farhod va Shirin” va “Bahromgo’r”lari bilan tanishdirishka o’zimizda majburiyat his etamiz” 1 . A.Qodiriy o’z davri ehtiyojidan kelib chiqib yaratgan “O’tkan kunlar” romani romanchilikda birinchi roman bo’ldi. Adabiyotimizning noyob durdonasi bo’lgan bu asar yaratilgan davridan to bugungi kunga qadar o’z qadr-qimmatini yo’qotgan emas. Roman insonni tasvirlashda psixologik teranlikka urinish natijasi o’laroq yuzaga kelgan estetik hodisadir. Roman yozuvchilarga o’z g’oyalarini badiiy shaklda ifodalash , voqealarni chuqur ochib berish , qahramonlar orqali jamiyatdagi muammolarni ko’rsatish imkonini beradi. Romanlarni mavzu jihatidan turlituman: tarixiy , fantastik , romantik, psixologik, sarguzasht va boshqa turlarga bo’lish mumkin. Ammo ko’plab o’zga adabiy janrlardan farqli ravishda rommanning mavzu chegarasini belgilash deyarli mumkin emas. Roman hamma narsa haqida va har qanday hajmda bo’lishi mumkin.Birgina XX asrning o’zida o’zida eksperimental roman, struktural roman, yangi roman, futuristik roman, shoistik roman, syurreallik roman, alogik roman va h.k yo’nalishlarda tajribalar qilindi 2 . Demak, davr talabi va ehtiyojiga qarab chegara bilmas bu janrning turlari ham yangilanib boradi. Asosiy qism Yozuvchining tarixiy mavzuga murojaat etishdan maqsadi kitobxonni o’tmishdagi muhim voqealar, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati bilan tanishtirish , ularda o’z xalqining tarxiy o’tmishiga nisbatan hurmat tuyg’usini uyg’otish , undan saboq olishga undash, bugungi voqelikdagi ayrim noxush voqea va hodisalarga tarixiy o’tmish voqealarini tasvirlash orqali munosabat bildirishdir. XX asr o’zbek adabiyotiga jadidlar yangi davr nafasini olib kirgandan so’ng , yozuvchilar xalqimizning tarxini , milliy qadriyatlarni eslash , tarixdan saboq olish g’oyasini ilgari surdilar . Mazkur davr ijtimoiy muhitida taraxiy roman janri ham shakllandi. Milliy romanchilikka asos bo’lgan “O’tkan kunlar” romani adabiyot olamiga bira to’la tarixiy romanchilikni ham olib kirdi. Qodiriy romanlarida xalqimizning XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi tasvirlangan. Romanchiligimizda buyuk yozuvchi Oybek tomonidan esa yaxlit bir tarixiy shaxs siymosiga bag’ishlangan “Navoiy” romanining yozilishi tarixiy romanchilikda tub 1 O’tkan kunlar.A.Qodiriy 2 Yoniq so’z. Qozoqboy Yo’ldoshev INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 73 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us burilish yasab tarixiybiografik romanni olib kirdi. Unda buyuk siymo Alisher Navoiy va temuriylar davri hayoti tarixi aks ettirilgan. Oybekning “Navoiy”si undan keyin yozilgan Alisher Navoiyga bag’ishlab yozilgan barcha asarlarga poydevor bo’lib xizmat qildi, desak xato bo’lmaydi. Oybekdan so’ng adabiyot olamida yana qator tarixiy romanlar kashf etila boshlandi. Odil Yoqubov “Ulug’bek xazinasi “, Mirmuhsin “Memor”, P.Qodirov. “Yulduzli tunlar “, “Avlodlar dovoni” kabi romanlar kitobxonlarga taqdim etildi. Bu romanlarda temuriylar davri tarixi yoritilgan. Roman millat badiiy tafakkurining qay darajada yuksalganini namoyon qilishi bilan xarakterlanadi. Mustaqillikdan so’ng romanchilikda katta o’zgarishlar olib kirildi. Mustaqillik davri tarixiy romanlarda yozuvchilarimiz tasavvuf va Islom falsafasi, , mutasavvuf allomalar obrazlari yoritishda oldingi yaratilgan romanlardan tubdan farq qiluvchi romanlar yozildi.Bunga misol qilib A.Dilmurodning “Pahlavon Muhammad”, S.Siyoyevning “Ahmad Yassaviy”, O.Muxtorning “Navoiy va rassom Abulxayr”, T.Hayitning “Buroq vodiysi yoxud Bahouddin Naqshband qissasi”, Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” tarixiy biografik romanlarini olishimiz mumkin. Omon Muxtorning “Navoiy va rassom Abulxayr” tarixiy dilogiyasi orqali yangi tarixiy romanchilikda xotira uslubdan foydalandi.Kitob ikki mustaqil asardan iborat bo’lsada, yaxlit bir asar hisoblanadi. Birinchi kitob “Ishq ahli”da Rassom Abulxayrning xotira daftarlarida yozilgan xotiralari orqali muallif o’zining Navoiy haqidagi tasavvurlarini yoritgan. Yozuvchi bu asarda buyuk siymo hayotini tarxiy faktlar asosida asarni murakkablashtirmaydi, aksincha , unda Navoiy INSON sifatida tasvirlanadi. Mana shu oddiylik orqali bugungi kitobxon Navoiyga yaqinlashadi. “Ishq ahli” kitobi 5 daftardan iborat xotiralardan iborat. Unda buyuk obrazning bolalik yillaridan to umrining poyoniga qadar bo’lgan hayoti berilgan. Muallif asarda Navoiyni tasvirlab: “Navoiy to’g’risida yuzlab kitoblar yozilgan. Ammo ko’nglim to’lmadi. Bularning aksarida u tirik odamdan ko’ra ko’proq devordagi suratga o’xshaydi . Taxminan 50 yildan oshdi. Lekin men uni hamon taniy olmadim. Qancha azoblanmay, Uni Ko’kdan Yerga tushirishga erisholmayapman” 3 , deya rassom nutqi orqali berib , uning siymosini tirik inson sifatida gavdalantirmoqchi bo’ladi. Romanning ikkinchi kitobi “Buyuk farrosh” deb nomlanadi. unda Navoiyning Ansoriy maqbarasida jorubkash bo’lib o’tgan davri yoritilgan. Asardagi ko’plab qahramonlarning badiiy talqini kitobxonni ezgu va xayrli ishlarga , olam va odam haqida tegishli xulosalar chiqarishga undaydi. Xulosa 3 Navoiy va rassom Abulxayr. Omon Muxtor INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 74 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us Badiiy adabiyotning vazifalaridan biri tarixiy o’tmishda sodir bo’ladigan voqealar , yaqin yoki olis o’tmishda sodir bo’ladigan voqealar , yaqin yoki o’tmishda yashagan tarxiy shaxslarga bag’ishlangan asarlar yaratishdir. Roman epik turga mansub bo’lib, unda ma’lum bir davr ruhi ochib beriladi. Roman chegara bilmas janr, u davr ruhiga qarab yangilanib boradi. A.Qodiriy milliy romanchilik maktabiga asos solib , yangi janrning mukkammal versiyalarini yaratdi. A.Qodiriy romanlarida milliy taffakkur va tarixiy realizmni olib chiqib romanchilik taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Roman – tarixning tiniq oynasi. Tarixiy romanlarda xalqimizning o’tmishi, turmush-tarzi, ijtimoiy –siyosiy hayoti tasvirlanadi. O’zbek tarixiy romanchiligi taraqqiyotini ta’minlagan omil – xalqimiz tarixining boyligidir. Romanchiligimizda tariximizni yoritishda Oybek, P.Qodirov, O.Yoqubov, Mirmuhsinlarning o’rni beqiyos. Mustaqillik davri tarixiy romanlarida tarxiy shaxslar obrazini tasvirlashda noananaviy uslubda talqin qilish boshlandi. Bu davrda romanchiligimiz rivojiga katta hissa qo’shgan adib Omon Muxtorning “Navoiy va rassom Abulxayr” romanining o’rni beqiyos. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Boqijon To’xliyev. Tahlil va talqin uyg’unligi.2006 2.Omon Muxtor. Navoiy va rassom Abulxayr. “Sharq”.Toshkent.2006 3.Qozoqboy Yo’ldoshev. Yoniq so’z. Toshkent.2006