scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIMDA PEDAGOGIK KADRLARNI BAHOLASH, MALAKA VA KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH HAMDA INNOVATSION METODLARNI TATBIQ ETISH

Beknayeva Shaxnoza Vladimirovna

Full text

342 MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK KADRLARNI BAHOLASH, MALAKA VA KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH HAMDA INNOVATSION METODLARNI TATBIQ ETISH Beknayeva Shaxnoza Vladimirovna Maktabgacha ta’ltim tashkilotlari direktor va mutaxassislari qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mustaqil izlanuvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932889 Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni baholash, ularning malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish, shuningdek, ta’lim jarayoniga innovatsion metodlarni tatbiq etish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda pedagoglarning kasbiy o‘sishini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishning samarali yo‘llari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, pedagog kadrlar, kompetensiya, malaka oshirish, innovatsion metodlar. Аннотация: В данной статье рассматриваются вопросы оценки деятельности педагогических кадров в системе дошкольного образования, развития их квалификации и компетенций, а также внедрения инновационных методов в образовательный процесс. В работе анализируются эффективные пути обеспечения профессионального роста педагогов, повышения качества образования и применения современных педагогических технологий. Ключевые слова: дошкольное образование, педагогические кадры, компетенция, повышение квалификации, инновационные методы. Annotation. This article discusses the assessment of preschool education teachers, the development of their qualifications and competencies, and the implementation of innovative methods in the educational process. The study analyzes effective approaches to ensuring teachers’ professional growth, improving the quality of education, and integrating modern pedagogical technologies. Keywords: preschool education, teaching staff, competence, professional development, innovative methods. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uning barcha bo‘g‘inlarini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish jarayoni izchil davom etmoqda. Xususan, maktabgacha ta’lim - ta’lim tizimining eng muhim, poydevor bosqichi sifatida e’tirof etilmoqda. Chunki aynan shu davrda bola shaxsining intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishining asosi shakllanadi. Mamlakat rahbariyati tomonidan qabul qilinayotgan qaror va dasturlar, xususan, “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmon va qarorlar, mazkur sohada sifatli o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimining samaradorligi, eng avvalo, unda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning kasbiy salohiyati, malakasi va kompetensiyasiga 343 bevosita bog‘liqdir. Tarbiyachi, metodist, psixolog va boshqa pedagog xodimlar nafaqat o‘z sohasida yetarli bilimga ega bo‘lishi, balki zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlarni chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Shu bois, pedagogik kadrlarni baholash, ularning kasbiy o‘sishini rejalashtirish va kompetensiyalarini rivojlantirish masalasi bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Pedagogik faoliyatni baholash tizimi, avvalo, o‘qituvchi yoki tarbiyachining bolalar bilan ishlashdagi yondashuvi, ularning individual xususiyatlarini hisobga olishi, metodik tayyorgarligi va innovatsion faoliyatini tahlil etishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Zamonaviy ta’lim jarayoni nafaqat nazariy bilim, balki pedagogning ijodiy fikrlashi, bolaga nisbatan individual yondashuvi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish kabi ko‘nikmalarini ham talab etadi. Shu nuqtai nazardan, pedagoglarning malakasini oshirish va kompetensiyalarini rivojlantirish uzluksiz jarayon sifatida tashkil etilishi lozim. Bu yo‘nalishda uzluksiz kasbiy rivojlanish (Continuous Professional Development - CPD) tizimini joriy etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, malaka oshirish markazlarining faoliyatini takomillashtirish hamda mentorlik tizimini kengaytirish muhimdir. Shuningdek, innovatsion metodlar - jumladan, STEAM-ta’lim, Montessori, Reggio Emilia, loyiha asosida o‘qitish, interaktiv o‘yin texnologiyalari kabi yondashuvlarni qo‘llash maktabgacha ta’lim jarayonini yanada samarali va qiziqarli qiladi. Mazkur maqolaning dolzarbligi shundan iboratki, u maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy faoliyatini baholash mezonlarini aniqlash, ularning malakasini uzluksiz rivojlantirish tizimini takomillashtirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion metodlarni tatbiq etish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi - maktabgacha ta’limda pedagog kadrlarning baholash tizimini tahlil qilish, ularning malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlash hamda innovatsion yondashuvlarning samaradorligini asoslashdan iborat. Mazkur ishning ilmiy-amaliy ahamiyati shundaki, u pedagogik faoliyatni baholashning zamonaviy mezonlarini ishlab chiqish, malaka oshirish tizimini takomillashtirish va ta’lim sifatini yaxshilashda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Pedagogik kadrlarni baholash - bu ularning kasbiy faoliyati samaradorligini aniqlash, o‘zini o‘zi rivojlantirishga yo‘naltirish va sifatli ta’limni ta’minlashga xizmat qiluvchi uzluksiz jarayondir. Baholash tizimi nafaqat pedagogning faoliyat 344 natijalarini aniqlash, balki uning kasbiy salohiyatini ochish, shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash va ta’lim sifatini barqaror oshirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur jarayonning asosiy maqsadi - pedagog faoliyatini faqatgina nazorat qilish emas, balki rag‘batlantirish, kasbiy o‘sishga undash va ta’lim muassasasida samarali pedagogik muhitni shakllantirishdan iborat. Baholash tizimi adolatli, shaffof va obyektiv mezonlarga asoslangan bo‘lishi lozim. Bunda pedagogning metodik tayyorgarligi, dars va mashg‘ulotlarni tashkil etishdagi kreativligi, bolalar bilan individual yondashuvni amalga oshira bilishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi, ijtimoiy-psixologik kompetensiyalari, innovatsion faoliyatga tayyorligi kabi jihatlar kompleks tahlil qilinadi. Pedagogik kadrlarni baholash ikki asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi: 1. Ichki baholash (o‘zaro yoki rahbar tomonidan baholash) – ta’lim muassasasi ichida o‘tkazilib, pedagogning kundalik faoliyatini, metodik yondashuvini va natijadorligini o‘rganishga qaratiladi. 2. Tashqi baholash (mutaxassislar yoki attestatsiya komissiyasi tomonidan) – pedagogning kasbiy kompetensiyasi, malaka toifasiga mosligi, ilg‘or tajribalardan foydalanish ko‘nikmasini aniqlashga xizmat qiladi. Baholash jarayonida sifat monitoringi, portfel tahlili, diagnostik kuzatuvlar, test sinovlari, so‘rovnomalar va intervyu kabi zamonaviy usullar qo‘llanilishi samaradorlikni oshiradi. Shu bilan birga, pedagogning faoliyat natijalari faqat o‘qitish jarayoni bilan cheklanmay, balki tarbiyalanuvchilarning rivojlanish dinamikasi, otaonalar bilan hamkorlik darajasi va jamoaviy ishlardagi ishtiroki ham inobatga olinadi. Pedagogik baholash tizimining samaradorligi, avvalo, adolat, shaffoflik va natijadorlik tamoyillariga asoslanishi zarur. Baholash natijalariga ko‘ra, pedagoglarning kasbiy rivojlanish rejalari ishlab chiqiladi, individual yo‘nalishdagi malaka oshirish dasturlari tuziladi, ilg‘or pedagoglar esa tajriba almashish jarayonlariga jalb etiladi. Shu tariqa, pedagogik kadrlarni baholash tizimi - bu shunchaki nazorat vositasi emas, balki pedagoglarning kasbiy o‘sishini rag‘batlantiruvchi, ta’lim sifatini oshiruvchi, innovatsion faoliyatni rivojlantiruvchi strategik mexanizmdir. Maktabgacha ta’lim tizimida pedagog kadrlarning malaka va kompetensiyasini rivojlantirish - ta’lim sifatini oshirishning bosh omillaridan biridir. Chunki yuqori malakali pedagog bolalarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik, ijtimoiy faollik va o‘ziga ishonchni shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 345 Malaka — bu pedagogning o‘z kasbiga oid nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va tajriba majmui bo‘lsa, kompetensiya esa bu bilimlarni amaliyotda samarali qo‘llay bilish, pedagogik vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatidir. Pedagog kompetensiyasini rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlar muhim ahamiyat kasb etadi: Uzluksiz kasbiy rivojlanish (malaka oshirish kurslari, treninglar, seminarlar, vebinarlar); Mentorlik va kouçing tizimi – tajribali pedagoglar tomonidan yosh kadrlarga metodik yordam ko‘rsatish; O‘z-o‘zini rivojlantirish – mustaqil ta’lim, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, tahliliy faoliyat; Professional hamjamiyatlarda ishtirok – tarmoq markazlari, metodik birlashmalar, onlayn platformalarda tajriba almashish. Bugungi kunda “Uzluksiz kasbiy rivojlanish” (UKR/CPD) modeli joriy etilmoqda. Bu tizim pedagogning malakasini bir martalik emas, balki doimiy jarayon sifatida ko‘radi. Shu asosda pedagog o‘zining bilim va ko‘nikmalarini muntazam yangilab boradi, bu esa ta’lim sifatiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda quyidagi yo‘nalishlar ustuvor deb hisoblanadi: 1. Metodik kompetensiya – ilg‘or o‘qitish metodlarini bilish va qo‘llash; 2. Psixologik-pedagogik kompetensiya – bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish; 3. Texnologik kompetensiya – raqamli texnologiyalardan foydalanish; 4. Kommunikativ kompetensiya – samarali muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; 5. Ijtimoiy-madaniy kompetensiya – tarbiyaviy qadriyatlarni singdirish va jamoada faol ishlash. Zamonaviy ta’limda innovatsion metodlar o‘quv-tarbiyaviy jarayonni jonlantirish, bolalarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlash va ijodkorlik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim jarayonida innovatsiyalarni qo‘llash pedagogning kasbiy saviyasini oshirish bilan bir qatorda, bolalarda ta’limga qiziqish va faol ishtirokni kuchaytiradi. Bu borada eng samarali innovatsion metodlar deb quyidagi metodlarni sanash mumkin bo‘ladi: STEAM-ta’lim (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) – fanlararo integratsiya orqali bolalarda mantiqiy fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi. STEAM metodining mohiyati shundaki, bola bilimni tayyor shaklda emas, balki amaliy faoliyat orqali o‘z tajribasida o‘rganadi. Masalan, 346 “Ko‘prik quramiz” mavzusida o‘tkazilgan mashg‘ulot davomida bola fizik qonunlarni o‘rganadi, materiallarni sanaydi, konstruktsiyani yaratadi, estetik jihatdan bezaydi va raqamli modellashtirishni o‘rganadi. Shu tarzda bola bir vaqtning o‘zida bir nechta fan sohasidagi bilimni hayotiy kontekstda qo‘llaydi. STEAM-ta’limning samaradorligi pedagogning bu yo‘nalishdagi tayyorgarligi, texnologik savodxonligi va bolalarga shaxsiy yondashuvni qo‘llay olishi bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois, tarbiyachilar uchun maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish va ularni zamonaviy o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Montessori metodikasi – bolalarning mustaqil faoliyat yuritishiga imkon yaratadi. Montessori metodikasi maktabgacha ta’limda bolaning shaxsiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan, mustaqil faoliyat va amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘qitish tizimini ifodalaydi. Ushbu yondashuv bolalarda nafaqat bilim, balki ijodiy tafakkur, mustaqillik, ijtimoiy ko‘nikmalar va o‘zini o‘zi boshqarish malakalarini rivojlantiradi. Shu bois, Montessori metodikasini maktabgacha ta’lim muassasalarida joriy etish zamonaviy pedagogik jarayonni sifatli darajaga olib chiqadi. Innovatsion metodlarni tatbiq etish uchun pedagogdan ijodkorlik, texnologik savodxonlik va psixologik moslashuvchanlik talab etiladi. Shuningdek, ta’lim muassasasida buning uchun zarur moddiy-texnik baza, metodik qo‘llanmalar va raqamli resurslar yaratilgan bo‘lishi lozim. Pedagogik kadrlarni baholash, ularning malakasini rivojlantirish va innovatsion metodlarni qo‘llash jarayoni bir-birini to‘ldiruvchi uzviy tizimdir. Baholash natijalari asosida pedagogning o‘sish nuqtalari aniqlanadi, bu esa individual rivojlanish dasturini ishlab chiqishga yordam beradi. O‘z navbatida, malaka oshirish jarayonida o‘zlashtirilgan yangi bilim va metodlar ta’lim jarayoniga tatbiq etilib, innovatsion faoliyatni kuchaytiradi. Natijada, pedagogik kadrlarning kasbiy mahorati ortadi, ta’lim sifati oshadi, va bolalarning rivojlanish darajasi yaxshilanadi. Shu bois, maktabgacha ta’lim tizimida baholash, malaka oshirish va innovatsiyalar yagona kompleks tizim sifatida qaralishi zarur. Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, eng avvalo, unda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarligi, malakasi va shaxsiy kompetensiyasiga bevosita bog‘liqdir. Bugungi kunda ta’lim sohasida yuz berayotgan tub islohotlar pedagoglardan nafaqat nazariy bilim, balki amaliy mahorat, ijodkorlik, innovatsion yondashuv va raqamli savodxonlikni talab etmoqda. Shu bois pedagog kadrlarni baholash, ularning malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish hamda innovatsion metodlarni tatbiq etish o‘zaro uzviy bog‘langan jarayon sifatida qaralishi lozim. 347 Birinchidan, pedagogik kadrlarni baholash - bu shunchaki nazorat vositasi emas, balki kasbiy rivojlanishni rag‘batlantiruvchi mexanizmdir. Baholash tizimi orqali pedagogning o‘z ustida ishlash motivatsiyasi kuchayadi, o‘z faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish imkoniyati yaratiladi. Adolatli va tizimli baholash natijalari ta’lim muassasasida sog‘lom raqobat, mas’uliyat va professional o‘sish muhitini shakllantiradi. Ikkinchidan, malaka va kompetensiyani rivojlantirish - bu pedagogning uzluksiz kasbiy o‘sishiga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, u zamonaviy ta’limning barqaror rivojlanish omilidir. Malaka oshirish kurslari, treninglar, seminarlar, mentorlik tizimi va onlayn o‘qitish platformalari pedagoglarga yangi bilim va tajribalarni o‘zlashtirish imkonini beradi. Eng muhimi, bu jarayon formal shaklda emas, balki pedagogning shaxsiy ehtiyoji va rivojlanish rejasiga mos tarzda amalga oshirilishi kerak. Uchinchidan, innovatsion metodlarni tatbiq etish - bu ta’lim jarayonini jonlantirish, bolalarda mustaqil fikrlash va ijodkorlikni rivojlantirishning eng samarali yo‘lidir. STEAM, Montessori, loyiha asosida o‘qitish, o‘yinli va raqamli texnologiyalar kabi metodlar pedagogdan yangicha fikrlash, texnologik savodxonlik va bolaga individual yondashuvni talab etadi. Shu orqali maktabgacha ta’lim jarayoni an’anaviy shakldan chiqib, zamonaviy, interaktiv va bolaga yo‘naltirilgan tizimga aylanadi. To‘rtinchidan, baholash, malaka oshirish va innovatsion faoliyatning uyg‘unligi natijasida ta’lim jarayoni samaradorligi ortadi. Pedagog o‘zining kuchli va zaif tomonlarini aniqlaydi, o‘z ustida ishlash rejasini tuzadi va amaliyotda yangi yondashuvlarni sinovdan o‘tkazadi. Natijada, bola markazda bo‘lgan, shaxsga yo‘naltirilgan, sifatli ta’lim muhiti shakllanadi. Shuningdek, ta’lim tizimida samarali natijaga erishish uchun pedagogik baholashning natijalari asosida individual rivojlanish dasturlari ishlab chiqilishi, malaka oshirish markazlarining amaliyot bilan integratsiyasi ta’minlanishi, va pedagogik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratilishi zarur. Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’limda pedagogik kadrlarni baholash, ularning malaka va kompetensiyasini rivojlantirish hamda innovatsion metodlarni joriy etish bir-birini to‘ldiruvchi, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi yagona tizim sifatida qaralishi lozim. Ana shundagina pedagog o‘z kasbining chinakam ustasiga, bolalar esa mustaqil, ijodkor va bilimga chanqoq shaxslar sifatida shakllanishi mumkin bo‘ladi. 348 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2020. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4312-son Qarori. “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.” – Toshkent, 2019-yil 8-may. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6108-son Farmoni. “Ta’lim va fan sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida.” – Toshkent, 2020-yil. 4. Hasanboyeva O., Xoliqova R. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2021. – 240 b. 5. Raxmonqulova N. Maktabgacha ta’lim jarayonida pedagogik kompetensiyani shakllantirish. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2022. – 156 b. 6. Abduqodirova D., Saidova N. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlar. – Toshkent: Noshir, 2021. – 198 b. 7. Yuldasheva G., To‘raeva D. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda innovatsion yondashuvlar. – “Ta’lim va innovatsiya” ilmiy jurnali, №2, 2023. – 45–52-betlar.