scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASH ORQALI TA'LIM JARAYONINI TASHKIL QILISH

Xaitov Abror Uralovich; Muminova Raxima Murodovna

Full text

365 INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASH ORQALI TAʼLIM JARAYONINI TASHKIL QILISH Xaitov Abror Uralovich Renessans taʼlim universiteti «Pedagogik taʼlim va psixologiya» kafedrasi dotsenti, Muminova Raxima Murodovna Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 505 guruh talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932922 XXI asr boshlarida barcha rivojlangan mamlakatlarning ilmiy siyosati fanning oʻz potensialini mustahkamlash bilan bir qatorda, uning yutuqlarini samarali amalga oshirishni taxmin etadigan jarayonlarga ham qaratilmoqda. Jumladan, innovatsiyalarni yaratish va tarqatishning yagona, puxta ishlab chiqilgan mexanizmi hozirgi vaqtda jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy quroliga aylanmoqda. Jamiyat hayotida roʻy berayotgan hozirgi oʻzgarishlar taʼlim tizimi oldiga yangi muammolarni qoʻymoqda-ki, bularga nimani oʻqitish va qanday oʻqitish muammosi dolzarb qilib qoʻyilmoqda. Oʻqitish asrlar davomida maʼlum bilimlar majmuini egallashdan iborat boʻlib kelgan boʻlsa, hozirgi paytda bilimlarning bir avlod hayoti davomida eskirib qolayotganligini kuzatish mumkin. Bunda, bilimlar hajmi, hatto ayrim ixtisosliklar doirasida ham shunchalik ulkanki, mavjud oʻqitish metodikalari asosida uni oʻzlashtirish amalda mumkin boʻlmay qoldi. Bularning hammasi taʼlim oldida yangi axborotni mustaqil qabul qilish, baholash va tegishli qarorlarni qabul qilishga qodir boʻlgan ijodkor shaxsni tarbiyalash vazifasini qoʻymoqda. XX asrda roʻy bergan koʻpchilik falokatlarning sababi texnikaning oʻzidagina emas, balki kasbiy omilkorlikning yetishmasligida hamdir. Bunday muammolarni hal etishda taʼlim ham yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Taʼlim sifati va samaradorligini oshirish va raqabotbardosh kadrlarni tayyorlash masalasi pedagogik texnologiya va uning tamoyillari asosida ishlab chiqilgan taʼlim-tarbiya jarayonining loyihalari hamda uni amaliyotda qoʻllashda foydalaniladigan zamonaviy va interfaol usullarning asoslarini yaratish asosida amalga oshiriladi. Taʼlim-tarbiyani samarali tashkil qilish uchun yangi taʼlim texnologiyalariga sifat jihatdan tez oʻtish uchun obyektiv asos yuzaga keldi, chunki iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi innovatsion jarayonlar oʻz-oʻzidan taʼlimda ham tub oʻzgartirishlarni taqozo etmoqda. Hech bir oʻqituvchi ertami-kechmi bu jarayondan 366 chetda qolishi mumkin emas. Oʻqituvchining anʼanaviy ish usullari fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi yoki oʻqitishni kompyuterlashtirish sifatlarini oʻzlashtirish zaruriyati bularni ilmiy-metodik asoslash ehtiyojining tugʻilishida obyektiv omil boʻlib qolmoqda. Bizga yaxshi maʼlumki, Pedagogikada boshqa sohalardan olingan koʻplab atamalardan foydalaniladi, bu pedagogikaning boshqa fanlar bilan chuqur aloqada ekanligidan dalolat beradi. Chunonchi, bugun oʻqitishning samaradorligi va oqilonaligi, oʻqituvchi, texnika va texnologiya, taʼlim iqtisodiyoti, oʻqitishni kompyuterlashtirish kabilar omil boʻladi. Adabiyotlarda “Yangi tartib-qoida”, “yangilik”, “innovatsiya” tushunchalarining maʼnoviy mazmunini aniqlash borasida turlicha talqinlar mavjud. Gap shundaki, Hozirgi zamon tilida bu soʻzlar yetarlicha oʻxshash va ular yangi tartib, usul yoki ixtiro sifatida talqin etiladi. “Yangi tartib-qoida” moddiy maʼnoda aslida ijobiy ilgʻor yangilikni, bu tushunchani qabul qiladigan va undan foydalanadigan tashkiliy tizim uchun yangi boʻlgan gʻoya, faoliyat yoki moddiy obyektni anglatadi. Shu bilan bir qatorda “yangi tartib-qoida” atamasi kasbiy maʼnoda yangi va foydali natijani yuzaga keltirish, ishlab chiqish, moslashtirish va foydalanish jarayoni sifatida qabul qilinadi[1; 67-b.]. Yangi tartib-qoidalarni amalga oshirish jarayonida roʻy beradigan ilmiy-texnik, texnologik, tashkiliy oʻzgarishlar koʻpincha yangi kiritiladigan tartib-qoida yoki innovatsion jarayon sifatida aniqlanadi. Yangi tartib-qoidani yaratish, yoyish va foydalanish davri innovatsion sikl deb ataladi. “Yangi tartib-qoida” tushunchasining turli talqinlarini qarab chiqib, baʼzi umumlashtiruvchi xulosalarga kelish mumkin. Birinchidan, istalgan yangi tartib-qoida amaliy xarakterdagi yakuniy natija, yaʼni maʼlum ijtimoiy ehtiyojni qanoatlantirishga qaratilgan aniq yoʻnalishga ega. Ikkinchidan, tartib-qoidaga doimo bashorat qilish va boshqarilish obyekti boʻlishi lozim boʻlgan murakkab jarayon sifatida qaraladi. Uchinchidan, yangi tartib-qoidani amalga oshirish ijtimoiy mehnatning turli sohalarida tadqiqot va ishlab chiqish jarayonlarini jadallashtirish bilan bogʻliq. Toʻrtinchidan, har bir yangi tartib-qoida maʼlum texnik, iqtisodiy va ijtimoiy samaraga erishishni taʼminlashi lozim. Shunday qilib, “yangi tartib-qoida” va “innovatsion jarayon” atamalari aynan oʻxshash, bir xil maʼnoga ega. Innovatsiyalar taʼlimning boshlanganidan buyon, yangilik kiritish, mavjud taʼlimni oʻzgartirish, takomillashtirish va yaxshilash sifatida u bilan yonma-yon kelmoqda. Taʼlimdagi innovatsiya soʻnggi davrlar mahsuli emas, biroq uni pedagogik kategoriya sifatida juda yosh deb hisoblash mumkin. Bu uning taʼriflanishidagi xilma-xilliklarga asosiy sabab boʻlmoqda. 367 Koʻpincha “innovatsiya” atamasi oʻrniga unga yaqin turdagi atamalar ham ishlatilmoqda. Masalan, isloh modernizatsiya, takomillashtirish, zamonaviylashtirish kabilar. Ular tahlil etilayotgan tushunchaning maʼnosini har doim ham toʻla ochib beravermasa-da, asosiy narsa − yangilikni, oʻzgarishlarni ifodalaydi[1; 24-b.]. Innovatsiyaning turli taʼriflariga toʻxtalib oʻtaylik. “innovatsiya” (yangilik) lugʻatlarda va ensiklopediyalarda turlicha talqin etiladi. Masalan, “innovatsiya” (lotincha inovatis) – yangilik, yangi tartib-qoida, oʻzgarish degan maʼnoni anglatadi. Innovatsiya biror yangi narsa, tartib-qoidaning kiritilishini anglatib, u lotin tilidan kelib chiqqan: innovis − yangi va yangilanish, yangilik, oʻzgarishni anglatadi. “Yangilik” atamasi yangilik, yangilanish sifatida anglatadi. Yangilik bu texnik, texnologik ixtiro va yutuqlardan amaliy foydalanishdir. U (innovatsiya) pedagogik kategoriya sifatida taʼlimga yangilik kiritishni ifodalaydi. Yangilik koʻpincha yangi usul, vosita, yangi konsepsiya, dastur kabilarning kiritish hamda qoʻllashga ham xosdir. “Yangilik” atama sifatida taʼlimni modernizatsiyalash yoki zamonaviylashtirish tushunchasi mohiyatini yoritadi. Aksariyat taʼriflarda yangilik oʻzgarishni anglatadi, degan fikr ustun turadi. Lekin bunda ayrim yangi oʻzgarishlarni, boshqalar esa miqdoriy oʻzgarishlarni, uchinchi bir odamlar sifat − biror yangi narsa, modellarni kiritish jarayonini nazarda tutadilar. Shunday qilib, biz oʻz ishlarimizda oliy taʼlim pedagogikasida “innovatsiya” (“yangilik”) tushunchasi orqali oʻquv-tarbiya jarayonini yaxshilash va takomillashtirish, pedagogik texnologiya tamoyillari asosida fanlarning oʻquv mashgʻulotlarini moduli texnologiya asosida loyihalashga yoʻnaltirilgan didaktik, metodik hamda tashkiliy-texnik oʻzgarishlarni ifoda etdik[1; 29-b.]. Yangi tartibqoidalarning uzluksizligi Taʼlim ijtimoiy tizimning bir qismi boʻlgani sababli, u oʻz rivojlanishida jamiyatdagi yoʻnalishlarga ergashib roʻy berayotgan oʻzgarishlarni hisobga olishi lozim. Ana shu doirada innovatsiyalar taʼlim oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, yangiliklarning boshqa sohalarda muvaffaqiyatli amalga oshirilishini taʼlim sohasidagi yangi tartib-qoidalarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Taʼlimdagi yangilik, taʼlim jarayoniga alohida eʼtibor berish, yangi bilimlarni fanlar asosiga tayanib aniqlash, ularni ixtirochilik va mohirlik bilan topish yoki fanlarning sintezlashuvi va integrallashuvi orqali yaratish tushunilib, taʼlimning innovatsiyalashuvi-taʼlimning ilmiy bilimlar, ilmiy metodologiya va innovatsiyalarni rivojlanuvcha-ligiga asoslanish demakdir. Pedagogik va axborot texnologiyalari ham taʼlimdagi innovatsiyalardir. Taʼlim tarbiya ishidan insonlar – jamiyat ham manfaatdor boʻlishi lozim. Bularning hammasi, mehnatning barcha sohalaridagi innovatsion faoliyat ijtimoiy 368 rivojlanishi bilan birgalikda uning istiqbolini belgilash va tashkil etish xarakterida boʻlishini talab qiladi. Darvoqe, taʼlim tarbiyadagi yangiliklar xuddi oʻsha maqsadni koʻzda tutadi va shunday ahamiyatga ega: ular xuddi jamiyatdagi kabi uning rivoji va taraqqiyotiga koʻmaklashishi kerak. Jamiyatdagi yangiliklar ommaviy va uzluksiz xarakterda ekanligini hisobga oladigan boʻlsak, ular taʼlim-tarbiyada ham ana shunday xarakterda boʻlishi lozimligi ayon boʻladi. Bularning barchasi taʼlim-tarbiya jarayonining mazmuni va shaklini tashkil etilishi, shuningdek, yangi tartib-qoidalar kiritilishi zaruriyatini yaratadi. Ular oʻqitishning bevosita maqsadlariga erishishnigina emas, balki jamiyatning uzoq muddatli vazifalarini hal etishga ham qaratilgan boʻladi. Shunday qilib, taʼlimdagi yangi tartib-qoidalar kelajakka qoʻyilgan uzoq muddatli investitsiyadan iboratdir. Taʼlim yangiliklarni oʻzlashtiribgina qolmasdan, balki ularni yaratadi ham. Ular orqali esa pedagog-novatorlarni tarbiyalashni amalga oshiradi. Ijodkorlik ishi (shu jumladan, taʼlimda ham) hamma vaqt yangi tartib-qoidalarning tarkibiy qismi boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi. Garchi, vaqti kelib oʻqituvchilar oʻrnini oʻqitadigan mashinalar egallaydi degan fikrlar mavjud boʻlsa ham oʻqituvchi (oʻqituvchi shaxsi) taʼlimda bilimlar va ijodkorlik jarayonlarining bevosita eltuvchisi sifatida markaziy oʻrinni egallab qolaveradi. Pedagogik texnologiya tamoyillari asosida fanlarning oʻquv mashgʻulotlarini moduli texnologiya asosida loyihalarini tuzib chiqishda albatta, ijodkor oʻqituvchilarning oʻrni beqiyosdir. Ilk bora oʻquv mashgʻulotlarning loyihalarini tuzishning ilmiy-nazariy asosini yaratgan olimlar B.Ziyomuhammedov, L.V.Golish, M.Tojiyev, D.M. Fayzullayeva, H. Qarshiboyev, D.Yunusova boshqalarning ishlarida, uning amaliyotga tadbigʻini A.Alimov, M.Qoʻchqarov, E.Sharipov, I.Zulfuqarov, M.Oʻralova, G.Izetayeva, A.Xurramov va boshqalarning ishlarida koʻrish mumkin Shuning uchun ham oʻqituvchi taʼlim jarayonidagi barcha yangiliklar modernizatsiyasining amaliy jarayonlari majmuining markaziy boʻgʻini boʻlib qolaveradi. Aytilgan fikr avvalo, oʻqituvchi mehnatida texnik yutuqlar, birinchi navbatda, kompyuter texnologiyalari yutuqlaridan foydalanish zarurligi haqidagi gʻoyani ilgari suradi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya bazasida oʻqitishning maxsus didaktik vositalarini yaratishga taalluqli ishlarni amalga oshirish, oʻtkazish zarurati, oʻquv ishida pedagogik dasturlash vositalari, oʻqitish vazifalarini hal etishga yoʻnaltirilgan kompyuter dasturlari kabi yangi tartib qoidalardan yanada kengroq foydalanilishni taqozo etadi. 369 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Tojiyev M., Salaxidinov R., Barakayev M., Abdalova S. Taʼlim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari./ Metodologik aspekt: yangi pedagogik texnologiya, muammolar, yechimlar va baholash metodlari. Toshkent, OʻzPFITI. 2001, -147 b. 2. Izetayeva G.K. Matematik fanlarni modulli texnologiya asosida oʻqitishning nazariyasi va amaliyoti. // Monografiya. Pedagogika fanlari doktori, professor M.Tojiyevning umumiy tahriri ostida T.: “FAN VA TEXNOLOGIYA MARKAZINING BOSMAXONASI, 2013. -172 b.