BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QUVCHILAR NUTQINI O'STIRISHNI XALQARO DASTURLAR TASNIFIDA PIRLS
Full text
379 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISHNI XALQARO DASTURLAR TASNIFIDA PIRLS Kushnazarova Yulduzxon Kulnazarovna Renessans Ta’lim unversiteti Pedagogik ta’lim va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932949 Annotatsiya: Maqolada nutq tushunchasi, xalqaro baxolash dasturi nutq o‘stirish metodikasi, uning ahamiyati, o‘quvchilar nutqini rivojlantirish yo‘llari, metodikasi, nutqni egallashning qator aspektlari, nutq o‘stirish yo‘nalishlari, o‘quvchilar nutqini o‘stirishda aniq belgilangan talablar, ta’lim-tarbiya jarayonida nutq o‘stirishga erishish orqali o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalar haqida so‘z boradi. Annatation: The article discusses the concept of speech, the international assessment program for speech development methodology, its importance, ways and methods for developing students' speech, a number of aspects of speech acquisition, areas of speech development, clearly defined requirements for developing students' speech, and life skills that should be formed in students by achieving speech development in the educational process. Kalit so‘zlar: PIRLS xalqaro baxolash , nutq, metodika, nutq aspektlari, hayotiy ko‘nikmalar, insonkamoloti, buyuk allomalar, ma’naviy meros, sharqona ta’lim va tarbiya, adabiy tilnormalari, tafakkur va notiqlik san’ati, ta’lim sifati. “O‘zbekiston Respublikasini Yangi xayot yangi fikrlash ,oldinga qoyilgn marralarni tezkorlik va strategik Omillarga suyangan xolda barpo etish xar bir pedagog o’qituvchining oldiga qoyilgan oliy vazifadir . Shunday ekan maktabda olingan bilim insonning kelgusi hayot yo‘lini belgilaydi. Ko‘pchilik uni baho bilan o‘lchaydi. Ammo baho bilimni belgilovchi aniq mezon emas. U o‘quvchilarni faollikka undovchi, rag‘batlantiruvchi vosita, xolos. Har bir o‘qituvchining o‘z ish uslubi, baholash metodi bor. Qaysidir o‘qituvchi uchun baho bu – rag‘bat yoki o‘quvchini 45 daqiqa ushlab turish vositasi. Shundanmi, bir sinfdan ikkinchi sinfga o‘tgan bolaning bahosida keskin o‘zgarish yaqqol namoyon o‘ladi. Yana pedagoglar orasida bahoni nisbatan yuqoriroq qo‘yuvchi yoki o‘quvchining bilim darajasi talabga javob bersa-da, “5” ni tejaydiganlari bor. Bu usullarning qaysi biri to‘g‘riligi esa doimiy bahstalab mavzu. O‘quvchilarning bilim va malakasini umumiy ravishda tahlil qilish mamlakatdagi ta’lim sifati darajasini belgilaydi. Shu maqsadda o‘quv yili davomida har bir ta’lim muassasasida ichki va tashqi monitoring o‘tkazib boriladi. Uning natijasiga ko‘ra, eng namunali maktablar ketma-ketligi, o‘qituvchilar salohiyati va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi aniqlanadi. Bu jarayon ta’lim taraqqiyotini belgilovchi muhim mezon bo‘lgani uchun Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlarni amaliyotga joriy etish maqsadida
380 ilk qadamlar tashlandi. Ya’ni o‘quvchilar bilimini xalqaro talablarga yetkazish, unga mosligini o‘rganib borish maqsadida PISA (Programme for International Student Assesment), TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) kabi baholash dasturlaridan foydalanil-moqda. O‘quvchilarni mazkur dasturlar talablari asosida tayyorlash maqsadida “Milliy dastur” va u asosida darsliklar yaratilib amaliyotga joriy qilinmoqda. PIRLS xalqaro boshlang‘ich sinf bitiruvchi o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushish savodxonligini baholash dasturi o‘tkazish davrlarida zamonga moslashtirib, topshiriqlar mazmuni va mohiyatini takomillashtirib boradi. Masalan, 4-o‘tish davri (PIRLS-2016 yil)da o‘quvchilar topshiriqlarni kompyuterda onlayn tarzida o‘tkazilib, natijalari elektron hisoblashga o‘tkaziladi. 2021-yilda o‘tkaziladigan PIRLS tadqiqotlarida raqamli format, internet orqali muloqot qilishning ko‘p sonli turlari (forum, chat, blog), ko‘p hollarda matn o‘zaro bog‘langan veb-saytlar kabi raqamli shakllarga o‘tish rejalashtirildi. Lekin, shu bilan birga, an’anaviy format, ya’ni kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalardagi kabi an’anaviy yozuv shakllarida ham beriladi. O‘quvchilarga beriladigan materiallar rag‘batlantiradigan va bir butun samaradoralikni oishiradigan va qiziqarli va Ammo agar bolalarga oddiy matn berilgan bo‘lsa yoki matn qismlarga bo‘lib taqdim etilsa, ular og‘zaki va noverbal tekshiriladigan ma’lumotni topib chiqarib (grafikalar yoki diagrammalar yordamida), voqealari va qahramonlar harakatlarining sabablari to‘g‘risida sodda xulosalar chiqarishlari, voqealar va asosiy g‘oyani sharhlay boshlaydilar. PIRLSning muhim maqsadi – to‘rtinchi sinfda o‘qish yutuqlari bilan bog‘liq uy, jamoat, maktab va o‘quvchi omillarini o‘rganish. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun o‘quv sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘quvchilar, shuningdek, ularning ota-onalari, o‘qituvchilari va direktorlari tomonidan to‘ldirilgan so‘rovnomalar orqali to‘planadi. PIRLSning vazifa sifatida topshiriqlarning 10 ta varianti taklif qilingan. Sinovlarda adabiy matn qo‘llanilgan: “Inverted sichqonchalar”, “Bir loy parchasi”, “Gulda gular”, “Qovoq zilzilani ogohlantiradi”; “Leonardo da Vinchi”, “Antarktida” kabi mashhur ilmiy matnlar va "Daryo bo‘ylab marshrutda" matnlari berilgan. Sinov topshiriqlarining barcha versiyalari bir xil tuzilishga va qiyinchilik darajasiga ega. Sinovning barcha variantlari ikki qismdan iborat bo‘lib, ularning har biriga 11 dan 14 tagacha savol topshiriqlari berilgan 2016-yilda o‘tkazilgan PIRLS tadqoqotida materiallar 16 variantda ishlangan bo‘lib, ularning har biri bir xil qiyinchilik darajasiga ega bo‘lgan. Har bir o‘quvchiga ikkita, ya’ni badiiy va ilmiy-ommabop matnlar va har bir matn uchun 12-17 ta topshiriqlar berilgan. PIRLS tadqiqotlari boshlang‘ich sinf bitiruvchilarning monitoringi bo‘lib hisob-lanadi. PIRLS topshiriqlari xaqaro
381 hamjamiyat jamoatchiligi tomonidan kitobni o‘qiydi-gan o‘quvchilar uchun eng yaxshi zamonaviy o‘qish savodxonligi deb tan olingan. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlarstrategiyasi”da belgilab berilgan “mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish vafuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish”vazifasi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarining mustaqil fikrlash salohiyatinikengaytirish tub islohotlar zamirida rivojlanayotgan davlatimizda faol, izlanuvchan vazamon bilan hamnafas bo‘lishni taqozo etadi.Shu bois ilm berishda sharq allomalari mustaqil fikrlash,fikrni bayon qilish, nutqtuzish jarayonidagi muhim jihatlarni qamrab oluvchi ilmiy qarashlarini qayd qilganlarva shu bilan bir qatorda, nutqning ilmiynazariy tomoni lug‘atlarda, darslik va o‘quv vametodik qo‘llanmalarda izoh berib, atroflicha yoritilgan.Forobiyning fikricha, qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qandayifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganda,bu haqdagi ilmlarning eng birinchisi jismlarga, ya’ni substansiya va aksidensiyalargaism beruvchi til haqidagi ilmdir. Ikkinchisi ilm grammatikadir. U jismlarga berilganism (nom)larni qanday tartibga solishni hamda substansiya va aksidensiyaningjoylashishiga va undan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so‘zlarni va nutqniqanday tuzishni o‘rgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir. U ma’lum xulosalar keltiribchiqarish uchun mantiqiy figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilinmagan narsalarni bilib olamiz hamda nimato‘g‘ri va nima yolg‘on ekanligi haqida hukm chiqaramiz”.O‘quvchilar nutqida mantiq ilmiga asoslanib fikr-mulohaza bildirish maqsadga muvofiq. Shu bois ular xotirasidagi so‘z zahirasini o‘z nutqi orqali harakatga keltiradi.Nutq va uni o‘stirish tushunchasi. Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z,so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabarfunksiyasini, o‘zaro fikrni his-hayajonbilan ifodalash va ta’sir etish vazifasini bajaradi.Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim vositalaridanbiri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’limolish qurolidir.Nutq o‘stirish nima? Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa,nutq o‘stirish deganda, tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishini,bog‘lanishli nutqni) aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zdatutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilar tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishiva bog‘lanishli nutqni muhim aktiv egallashlariga yordam beradigan metod va ish turlarini qo‘llash tushuniladi.Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir nechashartga rioya qilish zarur:
382 1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilapnutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki yoki yozmabayon xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi, 2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu materialqanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi.yordamida ifodalansagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatlio‘stirishning uchinchi sharti - nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi.Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. Bular: 1. Adabiy til normalarini o‘zlashtirish. 2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish. 3. O‘quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish. Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi: 1) so‘z ustida ishlash; 2) so‘z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash. So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo‘lib leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog‘lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi. Nutq o‘stirishda izchillik to‘rt shartni, ya’ni izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil turlarini umumiy maqsadga bo‘ysundirish ko‘nikmasini oshirish bilan ta’minlanadi. Nutq turlari. Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifagida foydalanadilar. Ular o‘z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o‘ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, «o‘ylangan» (fikrlangan) nutqdir. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi. Fikrni ifodalash usuliga ko‘ra nutq og‘zaki va yozma bo‘ladi. Og‘zaki nutq ko‘pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo‘ladi. O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi. 1. O‘quvchilar nutqi mazmundor bo‘lsin. 2. Nutqda mantiqiylik bo‘lsin.
383 3. Nutq aniq bo‘lsin. 4. Nutq til vositalariga boy bo‘lsin. 5. Nutq tushunarli bo‘lsin. 6. Nutq ifodali bo‘lsin. 7. Nutq to‘g‘ri bo‘lsin. 8. Nutq madaniyatli bo‘lsin. Nima uchun aynan o‘qish savodxonligi ta’lim tizimidagi yutuqlarning markaziy ko‘rsatkichi sifatida tan olingan? Chunki matnlardan olingan ma’lumotlarni tushunish va ishlatish qobiliyati har bir bola taqdiriga va mamlakat farovonligiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Tadqiqotlar natijasida o‘n bir yashar o‘quvchiga o‘qish savodxonligini juda yuqori darajada bo‘lishi umumiy o‘rta ta’lim maktabini tugatgandan keyin ham ta’lim olishni davom ettirish ehtimolini kuchaytiradi. PIRLS boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sinf va sinfdan tashqari o‘qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga, ya’ni “badiiy tajriba orttirish”, “axborotni olish va undan foydalanish”ga qaratiladi. O‘z navbatida, ushbu maqsadlarning har biri to‘rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular: diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish; to‘g‘ridanto‘g‘ri xulosalar chiqarish; kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish; g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Адизова Нигора Бахтиёровна. Оқсоқол Бува, Бола Ва Хон Образлари Қизиқмачоқлар Талқинида. Journal of innovations in social sciencesjournal of innovations in social sciences. 02 Issue: 01 | 2022. 2. Adizova Nigora Bakhtiyorovna. The Arrival of Great, Child and Khan Images in Interesting. European journal of life safety and stability (ejlss). www.ejlss.indexedresearch.org Volume 14, 2022 3. Nigora Adizova Baxtiyorovna. 3-4-sinf ona tili darslarida qoʻllanadigan tayanch kompetensiyalar. Journal of Advanced Research and Stability. Volume: 02 Issue: 01 | 2022 4. A.B. Rakhmonovich, A.N. Bakhtiyorovna. The main motives and tasks of children’s folklore. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL) 5. Нигора Бахтиёровна Адизова, Ҳилола Худойбердиева. Қизиқмачоқларда оқсоқол ва хон образлари. Scientific progress1. Дилова Н.Г. (2021). Педагогик ҳамкорлик жараёнининг мазмуни ва уни ташкил этиш тамойиллари. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 547-557 бетлар. 6. Расулова З. (2021). Педагогик дастурий воситалардан фойдаланиб бўлажак технология фани ўқитувчиларининг касбий маҳоратини ошириш йўллари. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 416-426 бетлар.