scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TOLERANTLIK POLIMODAL TUSHUNCHA SIFATIDA

Nazaraliyeva Marxabo Xayitboyevna

Full text

389 TOLERANTLIK POLIMODAL TUSHUNCHA SIFATIDA Nazaraliyeva Marxabo Xayitboyevna RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETI Pedagogik ta’lim va psixologiya kafedrasi v/b dotsenti ps.f.f.d. (PhD) DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932963 Annotatsiya. Tolerantlik - keng ma’noda qo’llaniladigan tushuncha hisoblanib, har bir muayyan insonni uning fikri, nuqtai-nazari dunyoqarashi, e'tiqodini qanday boʻlsa shundayligicha, ya'ni, inson individualligini o’z etiqodidan voz kechmagan holda qabul qila olish qobilyatidir Kalit so’zlar: tolerantlik, tolerantlik chegaralari, polimodal, shaxs,bag’rikenglik, tan olish,evtanaziya individuallik. Abstract. Tolerance is a broadly used concept that refers to the ability to accept each individual as they are — including their opinions, viewpoints, worldview, and beliefs — without requiring them to abandon their own convictions, thus recognizing and respecting personal individuality. Key words: tolerance, limits of tolerance, polymodal personality, tolerance, recognition, euthanasia, individuality Аннотация. Толерантность — это понятие, которое широко используется и означает способность принимать каждого человека таким, какой он есть, с его мнением, точкой зрения, мировоззрением и верой, без необходимости отказываться от собственных убеждений, то есть признание индивидуальности личности. Ключевые слова: толерантность, границы толерантности, полимодальная личность, терпимость, признание, эвтаназия, индивидуальность. Jahon miqiyosida «tolerantlik» tushunchasi 1995 yilda YUNESKO Bosh konferentsiyasida tasdiqlangan “Tolerantlik tamoyillari deklaratsiyasi” kabi muhim xalqaro hujjatning yaratilishi bilan keng miqiyosda qo’llanila boshladi. Kontseptsiyaning batafsil talqinida yozilishicha «Tolerantlik o’zaro hurmat, o’zgalarni qabul qilish va madaniyatlarning butun hilma-hilligini, o'zini namoyon qilish shakllarini va inson individualligining namoyon bo'lishini to'g'ri tushunishidagi hilma-hilligidagi uyg'unlikdir. Bu nafaqat ma’naviy burch, balki siyosiy va huquqiy zaruratdir. «Tolerantlik» tushunchasining turli nuqtai nazardan ta'riflari mavjudligi uni polimadal tushuncha ekanligini ko’rsatadi. Entsiklopediyada keltirilgan ta’rifda «tolerantlik (lotincha tolerantio - sabr so'zidan) boshqa odamlarning fikrlari, e'tiqodi qarashlari va xatti-harakatlariga bag'rikeng bo’lish sifatida ta'riflanadi» [2,62b] 390 Psixologik-pedagogik lug'atda keltirilishicha tolerantlik berilgan jasorat, ichki kuch, muloqotdagi xushmuomalalik shartlari va insonning ijtimoiy-psixologik xususiyati ko'rsatkichi sifatida namoyon bo’ladi. «Sabrtoqatli bo’lish diqqatga sazovordir. Sabrsizlik shaxsning qarama-qarshi xususiyati -muvozanatsizlik va o'zini tuta olmaslik belgisi sifatida ta'riflanadi» [3,928b] Falsafiy asarlar asosida tolerantlikni qaysi o‘rinlarda namoyon bo‘lishiga qarab, turlicha guruhlaydilar: Falsafa fanlari doktori G‘.Navro‘zova talqiniga ko‘ra: Insoniy tolerantlikinsonning butun borliqqa muhabbati va uyg’un harakati. Oilaviy tolerantlik oila eshigining va oila ahli qalbining ochiqligi, mehmondo‘st mehribon va g’amhxo‘r bo‘lishi. [4,98b] Mahalliy tolerantlik - qavm-qarindosh, qo‘ni-qo‘shni, turli din va millat vakillarining hamjihatlik va hamkorlikda bir-birlariga o‘zaro yordam qo‘lini cho‘zib yashashi. El-yurt tolerantligimamlakat ahli bir-birining urf-odat, e’tiqod, g’oyalarini tan olib hamkor va hamjihat bo‘lib hayot kechirishi. Xalqlar va davlatlararo tolerantlik - millati, irqi, jinsi, darajasi, yashash joyidan qat’iy nazar birlik va do’stlikda yashashlari. Abduholiq G‘ijduvoniy ta’limotidagi bag’rikenglik turiga qarab quyidagi yo’nalishlarni o‘z ichiga olgan: Etno-psixologik bag’rikenglik - har bir xalq, qabilaning urf-odati, qadriyati ruhiy o‘ziga xosligini tan olish, qadrlash, hurmat qilish, qabul qilish Milliy bag’rikenglik - turli millatlarning yonma-yon tenglik va do‘stlik asosida yashashi. Irqiy bag’rikenglik - turli irqdarning teng huquqdiligini tan olib ular bilan bahamjihat yashashi. Jinsiy bagrikenglik - jinslar o‘rtasidagi tenglikni tan olish, ayollarni e’zozlash, qadrlash. Diniy bag‘rikenglik - turli xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir manzil-makonda ezgu niyatlar bilan hamkorlik va murosada yashashi. Iqtisodiy bag’rikenglik - iqtisodoy yordam, teng munosabatga asoslangan hamkorlik.Ijtimoiy-siyosiy bag’rikenglik - jamiyatdagi mol-mulki, nufuzi, siyosiy qarshlaridan qat’iy nazar o‘zaro teng huquqli insonlar sifatida tan olish va ular bilan muloqotda bo‘lish. 391 G.U. Soldatova tolerantlik chegaralari muammosini tolerantlik va beparvolik, konformizm, loqaydlik chegaralari muammosi bilan bog‘lab tushuntirganiga guvoh bo‘lamiz. Chidamlilik va beparvolik - bu bir-birini inkor etuvchi tushunchalardir, ya’ni chidamlilik muholiflik qiluvchi boshqa pozitsiyani, anglatadi. Bunda individ boshqa, ikkinchi fikrga qo‘shilmasa ham lekin uning mavjudlik huquqini tan oladi. Chidamlilik chegaralari haqidagi savol ko‘pchilik olimlarimizni qiziqtirgan ularda turli xulosalarni hosil qilgan 1.Etnik kelib chiqishiga ko‘ra “tolerantlik” baholovchi kategoriyadir. Biz o‘zimizga, boshqa kishilarga, o‘zimizning va boshqalarning hattiharakatlariga hamma tan olgan pozitsiyalarga mos ravishda baho berishimizdir. 2.Tolerantlik tushunchasi polimodal tushunchallar qatoriga kiradi ya’ni hamma qabul qilgan aniq bir ta’rifi yo‘q hisoblanadi. Masalan, muhabbat, rahmshafqat, hamdard bo‘lish va boshqalar hamma tan olgan ijobiy tushunchalardir. Nafrat, yovuzlik ,yolg‘onchilik va shu kabilar salbiy xislatlar xisoblanadi. Lekin bu qadriyatlar ham yetarlicha mavhumdir, shu tufayli ularga nisbatan chidamlilik chegarasini aniqlash qiyin. 3.Qadriyatlar hamma tomonidan tan olinmagan bo‘lsa ham, chidamlilik chegarasini aniqlash qiyin kechadi. Evtanaziya, najot uchun yolgon ishlatish, abort, qaytmas og‘ir simtomli bemorlar hayotini saqlab qolish, jonivorlar ustida tajriba o‘tkazish kabi ijtimoiy hodisa va hatti-harakatlarni “yaxshi-yomon” nuqtai nazaridan baholash qiyinligini misol tariqasida ko‘rsatishimiz mumkin. Fikrimizga xulosa qilib aytganda, tolerantlik - shaxsning ruhiy holatini va muvozanatini tiklash, muhitga muvafaqqiyatli moslashish, adovatga yo‘l qo‘ymaslik va uni o‘rab turgan olam bilan ijobiy munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirish maqsadida muammoli, nizoli va inqirozli vaziyatlarda tashqi muhit bilan faol murosali aloqa qilish qobilyatini belgilovchi birlashma, integral xususiyat sifatida namoyon bo’ladi va shaxsni ideallikga yetaklaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Большая энциклопедия : в 62 т. - Москва : ТЕРРА, 2006. – Т 2. Психолого-педагогический словарь / [под ред. Е. С. Рапацевич].-Минск: Современное слово, 2016. – 928 с. 3. M.N.Aminov. - T.: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti.2020 4. Вулъфов Б.З. Воспитание толерантной личности: сушностъ средства // Внешкольник. 2018. - №6.c105