KURASH TURLARIDA SHUG'ULLANUVCHI SPORTCHILARNI MASHG'ULOT JARAYONIDA JISMONIY TAYYORGARLIGI
Full text
405 KURASH TURLARIDA SHUG‘ULLANUVCHI SPORTCHILARNI MASHG‘ULOT JARAYONIDA JISMONIY TAYYORGARLIGI D.X.Mamatxojaeva O‘zDJTSU Dzyudo, sambo nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932982 Аннотация: Ushbu maqola o‘quv mashg‘ulot guruhida shug‘ullanuvchilarning umumiy va maxsus tayyorgarligini yoritadi. Umumiy tayyorgarlik jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, sog‘lomlashtiruvchi omil hisoblanadi. Maxsus tayyorgarlik esa sport turiga xos harakatlar, texnika va taktikani chuqur egallashni ta’minlaydi. Kalit so‘zlar: jismoniy tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik, taktik tayyorgarlik, metodika, mashg‘ulot jarayoni, psixologik tayyorgarlik. Аннотация: В статье рассматривается общая и специальная подготовка участников тренировочной группы. Общая подготовка направлена на развитие физических качеств и является оздоровительным фактором. Специальная подготовка обеспечивает глубокое освоение движений, техники и тактики, характерных для данного вида спорта. Ключевые слова: физическая подготовка, техническая подготовка, тактическая подготовка, методика, тренировочный процесс, психологическая подготовка. Mavzuning dolzarbligi hozirgi davrda sport mashg‘uloti sportchining jismoniy va ma’naviy sifatlarini rivojlantirishga, uning bilim darajasini to‘xtovsiz kengaytirishga qaratilgan holda har tomonlama tarbiyalash jarayonini tashkil qilgandagina to‘liq pedagogik natijaga erishiladi. Sport trenirovkasining shunday yo‘nalishi jismoniy tarbiya tizimining umumiy prinsiplariga mos keladi. Sport qayd etilganidek, yagona maqsad bo‘lmasdan shaxs qobiliyatnihar tomonlama rivojlantiruvchi, ijodiy va ongli faoliyatiga tayyorlovchi vositalardan biridir. Sport mashg‘uloti ikki yo‘nalishni; umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) jarayonini tarkiban birlash-tiradi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) jarayonida organ-lar, sistemalar va funksiyalarni umumiy rivojlantirish asosida sport ixtisosligiga mavjud shart-sharoitlarni yaratadi, kengaytiradi, shuningdek, uning turli xilharakat, ko‘nikma va malakalarining munosabatlarini boyitadi. Maxsus tayyorgarlik esa, muayyan sport turi uchun – xos bo‘lgan sifat va qobiliyatlarni rivojlantirishni taominlaydi, shuningdek, unga xos texnik va taktik bilim va malakalar bilan qurollantiradi. Umumiy tayyorgarlikniham, maxsus tayyorgarlikniham, mashg‘ulot jarayonidan olib tashlab yoki birini ikkinchisi bilan almashtirib bo‘lmaydi. Chunki umumiy va maxsus tayyor-garlikning orasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik mavjud. Ularning o‘rtasidan chegara o‘tkazish mumkin emas. Ayrim mutaxassislar shunga tayanib, sport trenirovkasining bu ji’atlarini ajrat-maslikni taklif qiladilar. Bizning fikrimizcha esa
406 umumiy va maxsus tayyorgarlik o‘zining xususiy funksiyalari, vosita-lari, usullari va shuningdek, mashg‘ulot jarayonlari bilan birmuncha farq qiladi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik sport ixtisosining mu’im omilidir, umumiy jismoniy tayyorgarlik esa sportchi rivoj-lanishining u yoki bu tomonlari orasidagi turli xil aloqalar orqali ixtisoslashish jarayoniga bilvosita taosir qiluvchi omildir.Sportchining umumiy tayyorgarligi ixtisosligi xususiyat-lariniham aks ettirishi lozim. Chunki, alo’ida jismoniy mashqlar davomida ijobiy va shuningdek, salbiy taosirlar uchrab, umumiy tayyorgarlikhar xil sport turlarida bir xil bo‘lishini cheklab turadi. Ko‘rganimizdek, umumiy tayyorgarlikhar xil sport turlarida turlicha bo‘ladi, ammo uni maxsus tayyorgarlik bilan aralashtirib bo‘lmaydi. Umumiy va maxsus tayyorgarlik sport trenirovkasidahar doim, ko‘p yillar davomida amalga oshiriladigan uzluksiz jarayon: qator mualliflar sportchining ma’orati ortib borishi bilan umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ullarining soni va unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish kerak deb ishontirishga urinadilar. UJTninghajmi unga ajratiladigan vaqtni kamaytirishhisobiga emas, balki maxsus jismoniy tayyorgarlik ustida ko‘proq ishlashhisobiga qisqartilishi kerak. Mashg‘ulot turkumlarida UJT va MJTning o‘zaro munosabatiga kelsak, u quyidagicha ifodalanadi: tayyorgarlik davrining I bosqichida ayniqsa poydevor mezotsiklida UJT ustunlik qiladi, keyin-chalik asta-sekin u kamaytiriladi, tayyorgarlikning II bosqichida va musobaqalashish davrida MJT ortadi, bu davrda UJT aktiv dam olish shaklida markaziy o‘rin egallaydi. Trenirovka jarayonining uzluksizligi quyidagi asosiy momentlar bilan xarakterlanadi: 1) Tanlangan sport turi bo‘yicha mashg‘ulot jarayoni takomillashtirishni mo’iyatini saqlaganicha bir va qator yillar davomida o‘tkaziladi; 2) navbatdagihar bir mashq oldingi o‘tgan mashqning iziga (soyasiga) joylashtirilib, musta’kamlanadi va chuqurlashti-riladi. 3) mashg‘ulotlar orasidagi dam olish intervali tiklanish va ish qobiliyatining o‘sishi umumiy tendensiyaga to‘g‘ri kela-digan darajada bo‘lishi kerak. Birinchi qoidaning mu’imligihech qanday shub’a qoldir-maydi. Ikkinchi va uchinchi masalalar baxslihisoblanadi. Navbatdagi mashg‘ulotning oldingi mashg‘ulot iziga joylash-tirish samarasi to‘g‘risida gap borganda, «iz» maonosida organizmda sodir bo‘ladigan ijobiy o‘zgarish (fiziologik, bioximik, morfologik chiziq)lar tushuniladi, ular ish qobili-yatining o‘sishi, sifatlarning, bilim va malakalarning yaxshilanishida ifodalanadi. Haftada o‘tkaziladigan barcha mashg‘ulotlarning (Haftalik soni 15-18 taga yetadi) organizmga taosiri bir xil bo‘lmaydi. Bir xil yuklamalar to‘liq tiklanishdan
407 keyin boshqalari o‘ta tiklanish yoki tiklanmaslik davrida beriladi. bu narsagahar xil funksional sistemalar va organlar turli vaqtdan keyin – geteroxronik tiklanganligi uchun erishiladi. Masalan, yurak qon tomir tizimlari – YuQCh – qon bosimi, yurak qisqa-rishining mexanik kuchi, nafas olish tizimlarining funk-siyasi nisbatan tez tiklanadi, biroq qonhosil qilish, chiqa-rish tizimlarining tiklanishi uchun uzoqroq vaqt talab qilinadi. Shuning uchun tiklanish vositalari qanchalik to‘g‘ri tan-lansa, mashg‘ulot yuklamasi shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi. Dam olish uchun passiv dam olish emas, balki tiklanish-ning barcha shakl va vositalari mashg‘ulot jarayonidahar 30-40 minut ishdan keyin, shuningdek, mashg‘ulotlar o‘rtasidaham (cho‘zish, bo‘shatish mashqlari, autogen chiqish, tashqi balandharorat sharoitida autogen mashq qilish-gipotermik pauzalar vahokazo) shuningdek, to‘q tutuvchi taom (shokolad, suzma, sharbatlar, olmalar, ko‘k choy, morfonchilar uchun piyovalar vahokazo)lar beriladi. Biroq, mashg‘ulotninghar xil davr va bosqichlaridaholatlarini davom etish turlicha, chunki ayrim bosqichlarda ishhajmini, boshqalarida esa shiddatini oshirish zarurliginihisobga olganholda belgilanadi. Yuklama va dam olishning navbatlashuvini ko‘rib chiqib biz mavxum yuklama to‘g‘risida fikr yuritdik. Biroq, amaliy mashg‘ulotda yuklamahajmi, shiddati to‘xtovsiz-navbatlashadi, shuning uchun navbatlashuvining real tizimi turli-tuman bo‘lishi mumkin. Masalan, agar butun A yuklama qo‘llanilsa, albatta, shu yuklamadan keyin to‘liq tiklanishni kutish zarur emas, balki boshqa allaqachon tiklangan B yuklamani berish mumkin va shu bilan bir vaqtda A yuklama uchun aktiv dam olish nuqta yuzaga keladi. Xulosa: Mashg‘ulot yuklamasini asta-sekin maksimal darajaga oshirish. Sport mashg‘uloti jarayonida yuqori natijaga erishish uchun, yuklamani dinamikasi (‘ajmi va shiddati bo‘yicha) maksimumgacha oshirish zarur. «Maksimal yuklama» tushuncha-sini ko‘plar organizm funksional inkoniyatining ni’oyasida turgan «o‘ta og‘ir yuklama» bilan chalkashtiradilar. Maksimal yuklama organizmga maksimal talab qo‘yadi va funksiyalar faoliyatining ortishiga yordamlashadi. Yuklamaning asta-sekin va maksimal oshirilishi bir-biriga zidham bo‘lishi mumkin. Yuklamani maksimal oshirish-dan oldin organizmni asta-sekin bunday yuklamaga ko‘niktirish lozim. Organizmni ko‘niktirish uchun esa, mashg‘ulotninghar bir bosqichida mashq qilishning-maksimal samarasiga erishish kerak, faqat shundagina moslashuv mexanizmlari egiluvchan vaharakatchan bo‘ladi.Mashg‘ulot yuklamasini oshirish davomida «sport turi-ning mo’iyatiga qarab uninghajm va shiddati o‘zgaradi. Yuklamahajmi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik izchil o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.Chidamlilikni talab qiluvchi sport turlarida yuklama asta-
408 sekin oshib borsa, tezkor kuch talab qiluvchi turlarda (o‘ta stressli yuklamalar bundan mustasno) to‘lqinsimon harakat xarakterlidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Z.S.Artikov “Sport pedagogik mahoratini oshirish” O‘quv qo‘llаnmа chirchiq 2020 2. I.B.Isayev “Belbog‘li kurash nazariyasi va ulubiyati” O‘quv qo‘llаnmа chirchiq 2022 3. E.B.Dehqonboyevich “Belbog‘li kurash nazariyasi va ulubiyati”O‘quv qo‘llаnmа chirchiq 2022