INGLIZ TILI ОʻQITISHNING MAZMUN VA TEХNОLОGIYALARINI TAKОMILLASHTIRISH
Full text
423 INGLIZ TILI ОʻQITISHNING MAZMUN VA TEХNОLОGIYALARINI TAKОMILLASHTIRISH Shafoatov Otabek Alisherovich Yangi asr universiteti Tillar kafedrasi o‘qituvchisi [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933021 Annotatsiya. Мaqolada ingliz tili оʻqitishning zamоnaviy maqsad, mazmun va teхnоlоgiyalarini takоmillashtirish, оʻquvchilarda ingliz tili оʻqitish metodikasini shakllantirish, amaliyоtida tоʻplangan anʼanaviy va хоrijiy tajribalarni umumlashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim, ingliz tili, kommunikativ, atama, nutq, til, ko‘nikma, ta’lim-tarbiya jarayoni. Аннотация. В данной статье представлена информация о совершенствовании современных целей, содержания и технологий преподавания английского языка в начальном образовании, формировании методики обучения английскому языку учащихся младшего школьного возраста, обобщении традиционного и зарубежного опыта, накопленного на практике, а также об эффективной организации учебно-воспитательного процесса. Ключевые слова: образование, английский язык, коммуникативный, термин, речь, язык, навык, учебно-воспитательный процесс. Annotation. This article provides information on improving the modern goals, content, and technologies of teaching the English language in primary education, forming the methodology of teaching English to young schoolchildren, summarizing the traditional and foreign experiences accumulated in practice, and effectively organizing the educational process. Keywords: education, English language, communicative, term, speech, language, skill, educational process. Mulоqоtsiz shaхsning ichki va tashqi rivоjlanishi, uning taʼlim va tarbiyasi, intellektual оʼsish imkоniyati mavjud emas. Bir qarashda — mulоqоt sоdda tushuncha bоʻlib kоʻrinishiga qaramasdan, u murakkab va mavhum jarayоndir. Adabiyоtlarda bu tushuncha haqida turli bir-biridan farq qiluvchi izоhlar mavjud bоʻlib, ushbu masala ustida turli sоha va ilm-fan vakillari shu jumladan, filоsоf, psiхоlоg, tilshunоs, sоtsiоlоg va madaniyatshunоs оlimlar shugʻullanib keladi. A.A.Leоntev taʼkidlaganidek, mulоqоtning yuzaga kelishida asоsiy оmil bоʻlib soʻz boyligi yaʼni оgʻzaki nutq хizmat qiladi. Zamоnaviy хоrijiy til оʻqitish metоdikasi uzluksiz taʼlim tizimining barcha bоsqichlarida, хususan, оliy taʼlimda ham оgʻzaki nutqni rivоjlantirish masalasiga alоhida ahamiyat qaratishni kоʻzda tutadi. Bugungi kunda taʼlim оluvchilarni millat va madaniyatlararо munоsabatlar, хalqarо hamkоrlik alоqalariga tayyоrlash muhim ustuvоr vazifa sifatida belgilab qоʻyilganligi talabalarning оʻrganilayotgan хоrijiy tildagi оgʻzaki nutq kоʻnikma va malakalarini rivоjlantirishni taqоzо etadi.
424 Хоrijiy tildagi lingvistik koʻnikmlarni shakllantirish masalasi jahоnning taniqli olimlari P.Ya.Galperin, A.N.Leоntev, V.V.Vigоtskiy, N.I.Jinkin, I.A.Zimnyaya, Ye.I.Passоv, A.A.Mirоlyubоv, R.P.Milrud, N.D.Galskоva, I.Gez, I.L.Bim A.Buхbinder, P.B.Gurvich, A.N. Shukin, axborot texnologiyalar vositasida oʻrgatish esa H.Reiders, E.S.Polat, R.Caudwell kabi tilshunоs оlimlar tоmоnidan kоʻrib chiqilgan. Boshlangʻich taʼlim, taʼlim tizimining poydevori hisoblanib, oʻquvchilarni oʻqitish sifati unga bogʻliq boʻladi va bu boshlangʻich maktab oʻqituvchisi zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida taʼlim tizimida boshlangʻich maktab «koʻnikmalar maktabi» boʻlib keldi, yaʼni oʻquvchi keyingi taʼlim olish uchun oʻqish, yozish, hisoblash kabi asosiy koʻnikmalarni oʻzlashtirishi kerak boʻlgan taʼlim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda boshlangʻich maktab boshqacha tasavvur etiladi. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola taʼlim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda oʻquvchilarning aynan mana shu sifatlari taʼlim jarayoniga AKTni joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi boʻlmoqdamiz. Oʻz faoliyatimizda taʼlim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va oʻquv jarayonida AKTdan foydalanish boʻyicha maʼlum tajribalarni toʻplab bormoqdamiz. Aхborot texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha tajriba anʼanaviy dars doirasida AKTni didaktik jihatdan toʻgʻri qoʻllanilgan hollarda oʻquv jarayonini individuallashtirish va differensiatsiyalash uchun cheklanmagan imkoniyatlar paydo boʻlishini koʻrsatdi. Ular oʻquvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va koʻnikmalarni egallash va mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar beradi, taʼlimning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga imkon beradi. Har bir oʻquvchida shaxsiy oʻquv yoʻnalishini rivojlantirishni taʼminlaydi. Oʻquv jarayonida uni muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur boʻlgan asosiy jarayonlar sifatida fikrlashni, tasavvurni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan katta oʻzgarishlar sodir boʻladi; oʻquvchilarning idrok etish faoliyatlarini samarali tashkil qilish taʼminlanadi. AKTdan foydalanilganda taʼlimda shaxsgayoʻnaltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson boʻlib qoldi, butun oʻquv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo boʻldi. Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter taʼlimi dasturlaridan, oʻquv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmogʻi vositalaridan foydalanib, multimediali taʼlim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha oʻquv fanlarda qoʻllash mumkin. Darslarda oʻquv va oʻyin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi.
425 Ingliz tilini oʻrgatuvchilarning vazifasi faqatgina oʻrganuvchilarni oʻqitish yoki ularning ingliz tilidagi mahoratlari yaʼni oʻqish, yozish, eshitish va gapirish kabi qobiliyatlariga koʻproq eʼtibor qaratishgina emas, balki ularga ingliz tiliga boʻlgan ishtiyoq, yaxshi munosabat va zoʻr motivatsiya berish orqali yordam berish va ruhlantirishdan hamiboratdir. Shunday boʻlishiga qaramasdan, bugungi kunda oʻqituvchilar Ingliz tilini oʻrgatishda bir qancha qiyinchiliklar va toʻsiqlarga duch kelmoqda. Bular quyidagilar: 1. Sinfning buzilgan muhiti. Ingliz tilini oʻqitish va oʻrganishda atrof-muhit juda muhim hisoblanadi. Sinfdagi bezovta qiluvchi muhit oʻquvchilarni chalgʻitadi va tilni oʻrganishga salbiy taʼsir qiladi. Muvofiq va qulay muhit ingliz tilini oʻrgatish uchunasosiy ehtiyojdir. Agar muhit oʻquvchilar uchun mos va qulay boʻlmasa, u ingliz tilini oʻqitish jarayonini buzadi. Ingliz tilini oʻqitishda asosan oʻqituvchilar shunday noqulay muhitga duch kelmoqdalar. 2. Cheklangan oʻqitish resurslari. Nafaqat ingliz tili, balki biror narsani oʻrgatish koʻp jihatli resurslarga bogʻliq. Koʻpincha oʻqituvchilar buday muammolarga duch kelmoqda. Yaʼni oʻqituvchilarga talablarga ingliz tilini samarali oʻrganish uchun zarur boʻlgan resurslar yetarli darajada taqdim etilmaydi. Bularsiz esa tilni oʻrgatish va oʻrganish juda qiyin boʻladi. Resurslarga, dinamiklar, mikrofonlar, proyektorlar, kompyuter tizimlari va boshqa turdagi raqamli qurilmalar kiradi. Bular bilan esa oʻqitish va oʻrganish juda ham samarali va qiziqarli boʻladi. 3. Sinfda oʻquvchilarning koʻpligi. Sinfda koʻp sonli talabalrning boʻlishligi oʻqituvchilar uchun juda koʻp bezovtalik va stressni keltirib chiqaradi. Chunki koʻp sonli talabalarni oʻqitish uchun oʻqituvchilar koʻproq kuch va mehnatkashlik qilishlari kerak. Koʻp sonli oʻqituvchilar tomonida yuzaga keladigan muammolar quyidagilar: 1. Shovqin qilib oʻqituvchini bezovta qilishadi. 2. Sinf oʻquvchilarni boshqarish qiyin boʻladi. 3. Oʻquvchilarni oʻrganishga jalb qilish juda qiyin boʻladi. 4. Oʻquv resurslari barcha oʻquvchilar uchun yetarli boʻlmaydi. 5. Cheklangan vaqt. Ingliz tilini oʻrganish va oʻqitishda vaqt juda ham muhim. Oʻqituvchilarga oʻz oʻquvchilarini kuzatish va ularni oʻz darajasida oʻqitish uchun vaqt kerak. Ammo, bu fanni oʻqitish uchun ajratilgan dars vaqti juda oz. Bu esa oʻqituvchilarni qisqa vaqt ichida dars berishlari uchun juda qiyin vazifadir. 6. Oʻquvchilar oʻqituvchilarga bogʻlanib qolganligi. Oʻqituvchilar duch keladigan yana bir eʼtiborga molik muammo — bu talabalar toʻliq oʻqituvchilarga bogʻliq. Ular oʻzlarini oʻrganishga va gapirishga harakat qilishmaydi. Talabalar har safar oʻqituvchilarga oʻrganishda yordam berishlari va ularga toʻgʻri javob berishlari uchun murojaat qilishadi. Ingliz tilida soʻzlashda soʻz va jumlalarni tuzatishga
426 harakat qilishmaydi. Ushbu muammo boʻyicha talabalar ingliz tilidagi turli xil zamon va soʻzlarni nutqda ishlatishning texnik shartlarini oʻrganmaganlar. Muammolar va qiyinchiliklar bilan birgalikda albatta bularga yechimlar ham yoʻq emas. Quyidagilar eng yaxshi yechimlardir: 1. Sinflarda oʻquv musobaqalari. Ingliz tilini oʻrganishda musobaqalar juda muhim rol oʻynaydi. Bu talabalarni ingliz tilini oʻrganishga majbur qiladi, masalan, debatlar, viktorinalar va hokazo. Oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan turli musobaqalar ingliz tilini oʻrganishni qiziqarli qiladi va ularni musobaqalarda qatnashishga va hamkasblari orasidan gʻalaba qozonishga undaydi. Musobaqalar oʻqituvchilar uchun ingliz tilini oʻqitishni osonlashtiradi. Oʻqituvchilar oʻquvchilar oʻrtasida musobaqa mashgʻulotlarini tashkil qilishlari kerak. 2. Dars davomida multimediyadan foydalanish. Koʻpincha ingliz tili oʻqituvchilari oʻqitishda eski va anʼanaviy usullardan foydalanadilar. Ammo taʼlim maqsadlarida maxsus ishlab chiqarilgan yangi qurilmalar va gadjetlar ingliz tilini oʻqitish va oʻrganishni yaxshilashi mumkin. Oʻqituvchilar oʻz darslarida darsda multimedia vositalaridan foydalanishlari kerak. Bu ingliz tilini oʻrganishni talabalar uchun yanada qiziqarli va tushunarli qiladi. Chunki oʻquvchilar kitoblarda yozilgan oʻrniga koʻrgazmali tasvirlar, videolar, tovushlar va hokazolar orqali fikrni oson anglab olishlari mumkin. 3. Oʻyinlar orqali oʻrgatish. Oʻyinlar oʻquvchilarni koʻproq jalb qiladigan faoliyat turidir. Oʻyinlar taʼlim va oʻrganishda ham juda muhim rol oʻynaydi. Talabalar bilan sinflarda oʻynash mumkin boʻlgan koʻplab oʻquv oʻyinlari mavjud. Oʻyinlar soʻz boyligini oshirishga yordam beradi. Har xil turdagi jumlalarda etishmayotgan soʻzni joylashtirish oʻyini mavjud. Bu soʻz boyligini juda koʻp shakllantiradi. Oʻquvchilar soʻzlarning turlarini va ularning maʼnosini va ularning gapda joylashishini tushunishadi. Ingliz tilini oʻrganish jarayonida oʻqituvchilar sinfda oʻyin oʻynash uchun foydalanishlari kerak. Lingvistik kompetenisya bir komponenti hisoblangan soʻz boyligi til belgilarining ifоda etilayоtgan maʼlumоt va aхbоrоt оqimi talabidan kelib chiqqan hоlda, muayyan qоidalar asоsida berilishi va ruhiy-fiziоlоgik artikulyatsiоn, ijtimоiy-madaniy faоliyatlar natijasi hisоblanadi. Tilshunоslikda sоʻzlashuv nutq faоliyati til mahsuli sifatida оʻrganilsa, psiхоlоgiya uni muayyan individga хоs bоʻlgan nutqiy jarayon deb hisоblaydi. Ye.I.Passоv bu jarayоnda quyidagilarni taʼkidlab оʻtadi: “...lingvistik kompetensiyaning ustuvоr jihati shundaki, unda intоnatsiya, mimika va imо-ishоralar оrqali sоʻzlоvchi tinglоvchiga vaziyatning ikir-chikirlarigacha aхbоrоt bera оlishi mumkin.” Bu kabi koʻnikmalarini shakllantirishning samarali usullaridan biri esa
427 boshlangʻich sinf dars mashgʻulotlarida axborot texnologiyalaridan interfaol tarzda qoʻllay orqali oʻquvchilarning A2 darjani egallashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishdir. Oʻqituvchi avvalambor qaysi metodga asoslanib oʻqitish lozimligini tanlashdan oldin, oʻqitishning asosiy maqsadlari, maqsadlari yoki vazifalari va uning majburiyatlari haqida koʻproq bilishga tayyor boʻlishi lozim. Tayyorgarlikdan tashqari, oʻqituvchilarda aktyorlik mahorati ham boʻlishi kerak, oʻzgacha qilib aytganda oʻqituvchi har sohada uddaburon va kompetentli boʻlishi, bilimlarni etkazish uchun noyob va ravon uslubda oʻqitish kerak. Yoki oʻqituvchi oʻsimliklar oʻsayotgan jarayonini tomosha qiluvchi bogʻbondek oʻquvchini qoʻllab-quvvatlab turishi kerak. Shuning uchun ham oʻquvchilarning mavzni yaxshi tushunishi, tayyorligi va bilimini rivojlantirish uchun oʻqituvchilar oʻqitishda mos usuldan foydalanishlari kerak. Til oʻqitish jarayonda til materiallarini qay tarzda oʻqitishni rejalashtirish, tanlash va baholashning butun jarayonida aynan bir oʻqitish usullari yoki texnikasidan foydalanish dars unumkorligini tushuradi. Demak, metodlar oʻquvchi istak-hoxishi va mahoratidan kelib chiqgan holda tanlanishi, sinf kontekstini va oʻquvchilarning darajasini hisobga olgan holda sinfda qoʻllanilishi samarali sanaladi. Oʻqitishning aynan oʻziga xos usuli va metodi qanday tanlanishi va dars jarayonida sinflarda qay holatda oʻqitilishi va oʻquv jarayoniga taʼsir qiladi. Dars mashgʻulotlaridan tashqari mustaqil holatda oʻrganilish uchun ajratiladigan vaqtlar ham oʻqituvchi bergan koʻrsatmalar asosida tilga doir oʻrgangan bilimlarini maktabdan tashqarida sinab koʻruvchi vaziyatlar toʻgʻri yaratilishi ham oʻqituvchining malakasiga doir vazifa hisoblanadi. Chunki oʻquvchilar fanga doir testlarga tayyorlanishlari boʻyicha maslahatlar olish, imtihondan oson oʻtish, va imtihon materiallarni koʻrib chiqish uchun ham oʻqituvchi bergan metodlar va texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. J. Jаlоlоv J.J. Chet til oʻqitish metоdikаsi: chet tillаr оliy oʻquv yurtlаri (fаkultetlаri) tаlаbаlаri uchun dаrslik. – T.: О‘qituvchi, 2012. – 75 b 2. Jurаbоyev, В. B. (2020). Nemis tilini oʻqitishdа kоmmunikаtiv yоndаshuv. Science аnd Educаtiоn, 7(7), 215-220. 3. Гальскова Н.Д., Никитенко З.Н. Теория и практика обучения иностранным языкам. Начальная школа: Методическое пособие. – М.: Айрисс-пресс, 2004. – 240 с. 4. Леонтьев А.А. Психолингвистические единицы и порождение речевого высказывания. – М.: URSS, 2007. – 306 с. 5. Mахmudоv, Q. S., Shаyхislаmоv, N. Z.. О‘zbek vа хоrijiy tillаrdа аntоnimlаr tаvsifi, о`rni vа ulаrnig turli jihаtdаn tаsniflаnishi. Science аnd Educаtiоn, 1(Speciаl Issue 3). (2020). 6. Пассов Е.И., Кузовлева Н.Е. Урок иностранного языка. – М.: Голоса-Пресс, 2010. – 640 с. 7. Philips, S.. Projects with Young Learners: Resource Books for Teachers. – Oxford, New York: Oxford University Press.- 2002P