scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANGʻICH TA'LIM TALABALAR OʻQUV KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA MATEMATIK MODELLASHTIRISHNING OʻRNI

Tojiyev Mamarejab; Achilova Shaxnoza Umrzoqovna

Full text

428 BOSHLANGʻICH TAʼLIM TALABALAR OʻQUV KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA MATEMATIK MODELLASHTIRISHNING OʻRNI Tojiyev Mamarejab, Renessans taʼlim universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, Achilova Shaxnoza Umrzoqovna, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi, 506 guruh talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933023 Taʼlim tizimi oldida iqtisodiyot va sotsial sohalarga zarur boʻlgan, malakaga ega, raqobatbardosh kadrlar tarkibini tayyorlash maqsadi turadi. Mamlakatimizda innovatsion rivojlanish, ishlab chiqarishni tiklash, uning ilm-fan sohalarini rivojlantirish strategiyasi belgilangan boʻlib, avvalambor, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni talab etiladi. Taʼlim tizimida mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtiruvchi, talabalarda oʻquv koʻnikmalarini rivojlantirish muammosi pedagogik fanda doimo asosiy oʻrinni egallab kelgan. Belgilangan muammoning yechimi oliy matematika oʻqitish metodikasini pedagogik texnologiya tamoyillaridan keng foydalangan holda yangilash va unda, talabalarda matematik modellashtirish koʻnikmasini shakllantirishga eʼtibor qaratishni taqozo etadi. Matematik modellashtirishga oʻrgatishlik biz tomondan boʻsh joydan boshlanmaydi – matematik modellarni qurishlikni oʻquvchilarga oʻrta taʼlim maktablardagi boshlangʻich sinflarda matnli masalalarni yechish paytida qoʻllaniladi. Odatda taʼlim muassasalaridagi bu kabi amaliy negizga ega boʻlgan masalalar talabalarga notoʻliq oʻrta taʼlim maktabdagi matematika kursini qaytarib oʻtish doiralari ichida taklif etilib, ular oʻzlarining yechimlarida chiziqli va kvadrat tenglamalarni tuzishlikni maqsad qiladi. Ularning yechimlarida qoʻllaniladigan matematik apparatning ahamiyatsizroq boʻlib koʻringaniga qaramay, bunga oʻxshash masalalar mutaxassislarning professional faoliyati davomida juda ham koʻp uchraydi. Ammo, afsuski, tenglamalarni yechish oʻz-oʻzicha talabalar uchun odatda muammolarni keltirib chiqarmasada, ularni tuzish jarayoni nihoyatda katta qiyinchiliklar bilan bogʻliqdir. Bu qiyinchiliklar koʻpincha matnli masalalarni yechishni oʻrgatilishidagi sistemalikning va izchillikning boʻlmagani bilan tushuntiriladi va amaliyotda yechilgan masalalarning sonini koʻpaytirilishi orqali hal etiladi. Ammo, bu holat ekstensiv yoʻnalish boʻlib, u har doim ham mavjud boʻlgan oʻquv vaqti bilan mustahkamlana olmaydi. Bu kabi masalalarni yechish paytida talabalar aynan qanday qiyinchiliklarga duchor boʻlayotganliklarini tushunib yetish 429 anchayin muhimroqdir. Biz amalga oshirgan kuzatuvlar esa, talabalar matnli masalalar bilan toʻqnash kelgan paytlarida, undagi tenglamani tuzish uchun mavjud boʻlgan qonuniyatlarni va keltirilgan qiymatlar orasidagi bogʻliqliklarni ajrata olmayotganliklarini yaqqol koʻrsatib berdi. Taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan talabalarning ega boʻlgan matematik bilimlarni qoʻllay olish amaliyotining sust rivojlanishi muammosi hozirgi kunda ham dolzarbligini yoʻqotmagan. Ushbu muammoning yechimlaridan biri sifatida matematikani professional yoʻnalishda oʻrgatishning kuchaytirilishidadir [2]. Bu maʼnoda pedagogik usullardan foydalanish degani tushunilib, ular yordamida talabalar tomonidan dasturiy nazardagi bilimlarni oʻzlashtirilishi, oʻrganishliklar va koʻnikmalar shakllanishi taʼminlanadi va shu paytning oʻzidayoq, tanlangan mutaxassislikka nisbatan qiziqish, unga nisbatan qiymat darajasida qarash boʻlgʻusi mutaxassisning professional sifatlari va bilimlari taʼminlanadi. Taʼlim berishning koʻrsatilgan yoʻnalishni amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi pedagogik vositalar sifatida taʼlim berish mazmunining elementlari, uni strukturlashtirishning usullari kabi oʻrgatishning uslub, metodlari va shakllarining ayrim komponentlari ham kiradi. Matematikani professional yoʻnalishda oʻrgatilishining amalga oshirishga metodik adabiyotning analizi, koʻproq vaziyatlarda u empirik xarakterga ega boʻlib, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi deyish mumkin: – matematika kursiga aniq amaliy xarakterga ega savol va boʻlimlarning kiritilishi; – ishlab chiqarish fabulasiga ega boʻlgan masala va mashqlar bilan kursni yanada ham toʻldirish; – matematika kursidagi predmetlar-aro aloqalarni proftexsikl fanlari bilan birgalikda qoʻllash; – darsdan tashqari formalarini qoʻllash. Ammo, bunday koʻrinishdagi oʻrgatilishning amalga oshirilishi koʻp sonli qiyinchiliklar bilan bogʻliq boʻlib, ular oʻquv fanlari boʻyicha fan dasturlarida qamrab olinmaganligi, oʻqituvchilar uchun mavjud boʻlgan ishlanmalarni, talabalar uchun bir qator fanlardan professional yoʻnaltirilgan tayyorlashga imkon beruvchi oʻquv materiallarini yetarli darajada joriy etilmaganligi, oliy taʼlim muassasalarida matematikani oʻrgatilishi uchun ajratilgan vaqtning yetishmovchiligidan iboratdir. Talabalarning oʻquv koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan masala keltirib oʻtish mumkin. Xulosa qilib ushbuni taʼkidlash mumkinki, oliy taʼlim muassasalarda shu kabi matematik modellashtirishga oid masalalarni oʻqitish talabalarning oʻquv koʻnikmalarini rivojlantirish, kelajakda kasbiy malakalarini oshirishga xizmat qiladi. 430 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ3775-son Qarori. 2. Tojiyev M. Oʻqituvchi faoliyatini loyihalash: Uzluksiz taʼlimda modulli texnologiya // Monografiya / M.Tojiyev, B.Ziyomuxamedov, B.Sh.Usmonov, A.J.Xurramov. Masʼul muharrir: fizika-matematika fanlari doktori Qodirov M.Q.; pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Barakayevning umumiy tahriri ostida; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi. − T.: “TURON-IQBOL”, 2017. − 246 b.