BELBOG'LI KURASHCHILARDA KO'TARIB TASHLASH USULLARINI O'RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Full text
480 BELBOG‘LI KURASHCHILARDA KO‘TARIB TASHLASH USULLARINI O‘RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Artikov Z.S., Renessans ta’lim universiteti, Sport kafedrasi dotsenti p.f.b.f.d. (PhD), DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933090 Annotatsiy. Mazkur maqolada belbog‘li kurash bо‘yicha musobaqalarda yuqori tezkorlik bilan bajariladigan texnik usullardan foydalanish samaradorligi va uning natijaviylikka ta’siri tahlili yoritilgan. Kalit sо‘zlar: belbog‘li kurash, musobaqa, kiftlash, texnik usullar, malakali belbog‘li kurashchilar. Аннотатсий. В данной стате проведен анализ эффективности исползования скоростних технических приемов в соревнованиях по борбе на поясах и ее влияние на резултати. Ключевие слова: борба на поясах, соревнование, технические приеми, висококвалифитсированние борси. Tadqiqotning dolzarbligi. Bugungi kunda belbog‘li kurash Jahonning turli davlatlari, ularda yashovchi aholi, ayniqsa bolalar о‘rtasida о‘ta jozibali, о‘ziga rom qiluvchi sport turi sifatida tan olinmoqda. Belbog‘li kurash sport turini millatimizning qadimiy qadriyati о‘rnida uning salohiyatini yanada kо‘tarish, ushbu sport turini yurtimiz va jahon xamjamiyatida yanada ommaviylashayotgan sport turlaridan biri ma’lumki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, kо‘plab sport turlari qatori milliy kurashimiz bо‘lgan belbog‘li kurash ham jadal rivojlanib kelmoqda. Bunga asosiy sabab yurtimizda yurtimizda milliy kurash turlariga karatilayotgan katta etibordir. Chunki avvallari faqatgina vodiyda Toshkent va Toshkent viloyatlarida belbog‘li kurash bilan shug‘ullanib kelishar edi. Hozirgi kunga kelib voha viloyatlaridan ham kо‘plab Respublika, Osiyo, Jahon chempionlari yetishib chiqmoqda. I, II hamda III belbog‘li kurash bо‘yicha о‘tkazilgan Jahon chempionatlarida milliy terma ja’moa a’zolari yuqori natijalarga erishib kelgan. Keyingi yillarda chet davlatlar murabbiylari О‘zbekiston tajribasini о‘rganib turli musobaqalarda munosib qarshilik kо‘rsata boshlashdi. Ular bizdan avvalombor kiftlash, qо‘lni yetrazib ushlash va ayrim texnik usullarni о‘rganishdi. Biz bu borada tо‘xtab qolmadik, masalan belbog‘li kurashda belbog‘ni tо‘g‘ri ushlash raqib ustidan ellik foiz g‘alabani bildiradi. Keyingi yillarda kо‘plab ilmiy izlanishlar natijasida boshqacha, yani teskari ushlash amalini kurashchilarimizga о‘rgatdik va bu borada kо‘plab yuqori natijalarga erishdik [1].
481 Yurtimizda azal azaldan belbog‘li kurash usullari kо‘tarish bilan bajarilgan, masalan о‘nga va chapga kо‘tarib tashlash, qaytarma usulida tashlash, kо‘tarib tо‘sib tashlashlar kо‘proq xalq orasida yoki kurashchilar orasida keng tarqalgan. Muqaddam bizning mamlakat terma jamoa a’zolari B. Tо‘xtasinov, E. Sotvoldiyev, Z. Artiqov, B.Odilov, R.Umarov va boshqalar jahon chempionatlarida ishtirok etib kelgan davrda ushbu sportchilarimiz Yevropa kurashchilarining kо‘krakdan oshirib tashlash usuliga qarshilik kо‘rsata olishmas edi. 1-rasm Belbog‘li kurash usulini о‘rgatish metodikasi Biz Yevropalik kurashchilarning aynan shu usulini о‘rgandik va biz murabbiylar bilan bu usulga qarshi himoya ishlab chiqdik. Belbog‘li kurash bо‘yicha oxirgi yillarda bо‘lib о‘tayotgan halqaro musobaqalarda yurtimiz sportchilari eng chiroyli usullarni bajarish orqali hammani lol qoldirish orqali boshqa mamlakatlarga namuna bо‘shilmoqda. Biz tomondan ishlab chiqilgan metodikaning qay darajada axamiyatli ekanligini va tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash uchun murabbiylar hamda sportchilar о‘rtasida sо‘rovnoma о‘tkazildi. Sо‘rovnomada ishtirok etgan 50 nafar sportchi va 30 nafar murabbiylar siz “belbog‘ni qaysi holatda ushlashni xoxlaysiz” yoki “shogirdlaringizga belbog‘ni qanday ushlab kurashishni о‘rgatasiz” degan savolimizga sportchi va murabbiylarning 61 foizi an’anaviy shaklda yani chap qо‘llar raqibning о‘ng yonidan о‘ng qо‘l esa chap qо‘lga yaqin holda degan javobni
482 berishgan bо‘lsa, respondentlarning 26 foizi i ikkala qо‘llarni teng ushlagan holatda о‘rgatish kerak deyishgan, respandentlarimizning 13 foizi esa mashg‘ulotlarda qiyin bо‘lsa musobaqada osonligini inobatga olib belbog‘ni keng bog‘lab teskari ushlash orqali bellashuvlarni tashkil qilishini aytishgan. Biz respondentlarga mashg‘ulot jarayoni va musobaqalarda olib borgan tadqiqotlarimiz natijalarini vizual ravishda va videotasmaga yozilgan holatda namoyish qilib berdik va taxlillarimiz natijalari bilan tanishtirdik. Shuningdek, murabbiylarga belbog‘ni teskari ushlab о‘ngdan chapga qaytarib tashlash usulini bajarish bо‘yicha ishlab chiqqan modulimizni tavsiya qildik. (2-rasmga qarang). 2-rasm Belbog‘li kurash usulini о‘rgatish metodikasi Belbog‘li kurashda texnik usullarni bajarishga qaraganda himoyalanish qiyinroq bо‘lib qolmoqda. Chunki himoyalanishning uch xil yо‘li mavjud qо‘l bilan tirab (blok), qadamlab yoki sakrab о‘tib qarshilik kо‘rsatish mumkin. Lekin kurashchi himoyalanish maqsadida raqibi biqiniga qо‘lini tirab yursa hakam tomonidan jazolanadi, agar raqib xujum qilganda xarakatni tо‘xtatish maqsadida raqibining oyoqlari yoniga qadamlab bosib qо‘ysa, qadamlagan kurashchiga jazo ogohlantirishi beriladi [3]. Kurashchi hujum paytida oyoqda qolish uchun sakrab о‘tsa qaytarma usuliga tushib qolishi mumkin. Shuni aytish mumkinki, hozirgi zamonaviy belbog‘li kurashda himoyalanishga qaraganda qarshi hujum yoki himoyaga xos texnik usullardan foydalanish kо‘proq samara berishi mumkun. Sо‘ngi yillar davomida
483 murabbiylarimiz tomonidan belbog‘li kurash bо‘yicha о‘tkazib kelinayotgan aksariyat halqaro musobaqalarda yetakchi kurashchilarning tajribasi, ularning hujum, himoya va qarshi hujum kambinatsiyalari vizual yoki videokamera yordamida tasvirga olinib, ushbu texnik-taktik harakatlarning ilmiy asoslari о‘rganilmoqda [2]. Xulosa. Bu borada bir qator ilmiy tatqiqotlar о‘tqazib kelinmoqda. Tatqiqot natijalari asosida belbog‘li kurashchiga xos ustuvor jismoniy sifatlarni praporsional tartibda rivojlantirish va ularni qarshi xujumda qо‘llaniladigan texnik usullarni barbod qilishga mos taktik elementlar shakllantirib borilmoqda. Ayni kunda belbog‘li kurashchilar mashg‘ulotlarini, unda qо‘llaniladigan jismoniy va texnik mashqlarni inovatsion texnalogiyalar asosida shaklantirish sirlarini ochib beruvchi maxsus о‘quv qо‘llanmalarni tayorlash kerakligini bildiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Artikov Z.S. Belbog‘li kurashchilarni texnik harakatlarga o‘rgatishda noan’anaviy mashqlar yordamidan foydalanish uslubiyati. /diss. .p.f.b.f.d.,CH., 2023. – 30 b. 2. Mirzaqulov SH.A. Yosh belbog‘li kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi. / Xalqaro ilmiyamaliy anjuman “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyatining zamonaviy muammolari”, II qism. Toshkent, 2015, - B. 83-84. 3. Mirzaqulov Sh.A. Belbog`li kurash nazariyasi va uslubiyati., T., 2014.