scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA INGLIZ TILI TA'LIMIDA VIZUAL (KO'RGAZMALI) SAN'ATDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Qudratova Sultonposhsha Otabek qizi; Ziyotova Umida Otabek qizi

Full text

514 INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA INGLIZ TILI TA’LIMIDA VIZUAL (KO‘RGAZMALI) SAN’ATDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI Qudratova Sultonposhsha Otabek qizi, O‘qituvchi, Navoiy shahar politexnikumi Ziyotova Umida Otabek qizi, O‘qituvchi, Navoiy davlat universiteti [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933144 Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz tili va tasviriy san’at fanlarini integratsiyalash orqali o‘quvchilarning ijodiy va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Integratsion yondashuvning afzalliklari, dars jarayonida san’at elementlaridan foydalanishning didaktik ahamiyati hamda o‘quvchilarning estetik tafakkuri va muloqot madaniyatini shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: integratsiya, ingliz tili, tasviriy san’at, ijodkorlik, kommunikativ kompetensiya, interaktiv metodlar, estetik tafakkur. Abstract. This article explores the development of students’ creative and communicative competences through the integration of English language and visual arts. The advantages of an integrated approach, the didactic importance of incorporating artistic elements into language lessons, and their role in fostering students’ aesthetic thinking and communication culture are analyzed. Key words: integration, English language, visual arts, creativity, communicative competence, interactive methods, aesthetic thinking. Bugungi globallashuv davrida xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida an’anaviy yondashuvlar o‘rnini integrativ, ijodiy va faol o‘qitish usullari egallamoqda. Shulardan biri — ingliz tili ta’limini boshqa fanlar bilan, xususan, tasviriy san’at bilan uyg‘unlashtirishdir. Vizual san’at o‘quvchilarning tilni anglash, estetik didni shakllantirish, ijodkorlikni rivojlantirish va nutqiy faolligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda ta’lim tizimida fanlararo integratsiyani kuchaytirish, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini, estetik didini va kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish masalalari davlat siyosati darajasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ–3931-son “Xorijiy tillarni o‘rganish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2020-yil 6-noyabrdagi PQ–4884-son “Xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarida ta’lim jarayonida zamonaviy metodlarni joriy etish, fanlararo integratsiyani yo‘lga qo‘yish, shuningdek, o‘quvchilarda ijodiy va kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish zarurligi ta’kidlangan. 515 Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”da fanlararo yondashuv asosida o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tahliliy va estetik idrokni shakllantirish asosiy vazifa sifatida belgilangan. Ushbu hujjatlar ingliz tili va tasviriy san’at fanlarini integratsiyalash orqali o‘quvchilarda kompleks ko‘nikmalarni rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi. Ingliz tili ta’limida vizual (ko‘rgazmali) san’at elementlaridan foydalanish bugungi kunda samarali pedagogik yondashuvlardan biri hisoblanadi. Chunki vizual san’at orqali o‘quvchilar nafaqat so‘z boyligini kengaytiradilar, balki rang, shakl, hissiyot, kompozitsiya kabi tushunchalar bilan tanishish orqali dunyoqarashini kengaytiradilar. Bu esa ingliz tilini o‘rganish jarayonini yanada mazmunli, qiziqarli va ijodiy tusga keltiradi. Ilmiy adabiyotlarda ham integrativ yondashuvning samaradorligi ko‘plab olimlar tomonidan asoslab berilgan. Xususan, O‘zbekistonda pedagog olimlar O. Hasanboyeva, N. Sayidahmedov, Sh. To‘raeva, D. Yuldashevalarning tadqiqotlarida integrativ ta’lim o‘quvchilarda mustaqil, ijodiy va muloqotga yo‘naltirilgan tafakkurni rivojlantirishda muhim omil sifatida ko‘rsatilgan. Xorijiy tadqiqotchilar — Howard Gardner, J. Dewey, L. Vygotsky, S. Krashenlarning ishlanmalarida esa fanlararo bog‘liqlik, vizual idrok va ijodiy fikrlash o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir chuqur tahlil qilingan. Shu sababli ingliz tili ta’limida vizual san’at elementlaridan foydalanish integrativ yondashuvning amaliy ko‘rinishi sifatida nafaqat til o‘rganish samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchilarda estetik madaniyatni, tildan ijodiy foydalanish malakasini ham rivojlantiradi. Integrativ ta’lim — bu fanlararo bog‘liqlik asosida bilimlarni yaxlit holda shakllantirish jarayonidir. Ingliz tili darslarida tasviriy san’at elementlarini qo‘llash orqali o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish, ranglar, shakllar, tabiat va histuyg‘ular haqida ingliz tilida fikr bildirish malakasi rivojlanadi. Vizual san’at va til o‘rganish o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘quvchilarni nafaqat lingvistik jihatdan, balki emotsional, estetik va madaniy jihatdan ham rivojlantiradi. Masalan, “Colors and Emotions”, “My Favourite Season”, “Nature Around Us” kabi mavzularda ingliz tilidagi mashqlarni rasm chizish, tasvirni tavsiflash yoki o‘z ishlari asosida hikoya tuzish bilan birlashtirish o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undaydi. Ingliz tili ta’limida vizual san’at elementlaridan foydalanish o‘quvchilarning til o‘rganish motivatsiyasini oshiruvchi, estetik didini shakllantiruvchi va ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi muhim pedagogik vosita sifatida qaraladi. Integrativ yondashuvning mohiyati — fanlararo uzviylikni ta’minlash, o‘quvchilarni turli bilim 516 sohalaridagi tushunchalarni birlashtirishga o‘rgatishdan iborat. Bu, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ingliz tilini o‘rganishda ijodiy yondashuvni qo‘llashga katta imkon yaratadi. Vizual san’at va ingliz tili o‘rtasidagi tabiiy o‘rtasida tabiiy bog‘liqlik mavjud. Har ikkisi ham obrazli ifoda vositalariga tayanadi: til orqali so‘z bilan, san’at esa rang va shakl bilan fikrni ifodalaydi. Shu bois, ingliz tili darslarida rasm, plakat, kollej, tasviriy loyiha kabi vizual materiallardan foydalanish o‘quvchilarning muloqotga kirishish istagini kuchaytiradi. Masalan, “My Family”, “Seasons”, “Fruits and Vegetables”, “Animals”, “Nature” kabi mavzularda o‘quvchilar chizgan rasmlar asosida ingliz tilida gap tuzish, tavsif berish yoki qisqa hikoya yozish orqali tildan faol foydalanishni o‘rganadilar. Psixolingvistik tadqiqotlarga ko‘ra o‘quvchilarning o‘rganish samaradorligi ularning hissiy tajribasi bilan bevosita bog‘liq. Vizual san’at ana shu hissiy tajribani faollashtiradi, shuning uchun ingliz tili darslarida san’at elementlarini qo‘llash o‘quvchilarning diqqatini, xotirasini va tasavvurini rivojlantiradi.[ Vygotsky, L. S.,2004] Howard Gardnerning “Ko‘p intellektlar nazariyasi”ga ko‘ra, har bir bola o‘zining vizual, verbal yoki kinestetik intellekti orqali yaxshiroq o‘rganadi. Shu sababli ingliz tili darslarida vizual san’atdan foydalanish bu turli intellekt turlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.[ Gardner, H.,1983] Amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ingliz tili va tasviriy san’atni integratsiyalash orqali tashkil etilgan darslarda o‘quvchilarning darsdagi faollik darajasi 25–30% ga oshadi, so‘z boyligi tezroq mustahkamlanadi, ijodiy fikrlash va tasviriy ifoda ko‘nikmalari rivojlanadi. Masalan, ingliz tili darsida “My Dream House” mavzusida o‘quvchilar o‘z orzu uylarini chizib, so‘ng ingliz tilida uyning qismlarini, ranglarini, joylashuvini tavsiflaydilar. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarni og‘zaki nutqni mustahkamlashga, shuningdek, so‘zlar bilan tasvir o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglashga o‘rgatadi. O‘qituvchi darsda integrativ metodlardan foydalanishda ko‘rgazmali vositalar, tasviriy topshiriqlar, ijodiy loyihalar, rolli o‘yinlardan samarali foydalanishi mumkin. Masalan: “Describe the picture” — o‘quvchilar tasvirni ingliz tilida tavsiflaydi; “Art Gallery” — sinfda mini-ko‘rgazma tashkil etilib, har bir o‘quvchi o‘z ishini ingliz tilida taqdim etadi; “Draw and Tell” — o‘quvchi o‘z chizgan rasmini asos qilib hikoya tuzadi. 517 Bu metodlar o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiya, ijodkorlik, va estetik tafakkurni birgalikda rivojlantirish imkonini beradi. Integrativ yondashuv quyidagi afzalliklarni beradi: • Motivatsiyani oshiradi. O‘quvchilar darsni qiziqarli ijodiy faoliyat sifatida qabul qiladi. • Ko‘rgazmali idrokni kuchaytiradi. Rasm va tasvir orqali so‘z va iboralar tezroq esda qoladi. • Kognitiv faoliyatni rivojlantiradi. Tasviriy ifoda orqali o‘quvchi tildan ijodiy foydalanishni o‘rganadi. • Madaniyatlararo kompetensiyani shakllantiradi. Mashhur rassomlar, san’at asarlari orqali ingliz tili mamlakatlarining madaniyati bilan tanishadi. • Ijodkorlikni rivojlantiradi. O‘quvchi o‘z tasavvurini ingliz tilida ifodalashga o‘rganadi. Bundan tashqari, ingliz tili o‘qituvchilari uchun bu usul STEAM-ta’lim (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvi bilan hamohang bo‘lib, o‘quvchilarni zamonaviy integrativ fikrlashga tayyorlaydi. Xulosa qilib aytganda, ingliz tili ta’limida tasviriy san’at elementlarini qo‘llash o‘quvchilarning ijodiy va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Bu yondashuv o‘quvchilarda tildan foydalana olish, fikrni obrazli ifodalash va estetik idrokni rivojlantiradi. Integrativ ta’lim orqali o‘quv jarayonini qiziqarli, samarali va maqsadga yo‘naltirilgan shaklda tashkil etish mumkin. Shu bois, ingliz tili darslarida vizual san’atdan foydalanish metodikasini keng joriy etish ta’lim sifatini oshirishning dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Hasanboyeva O., To‘raeva Sh., Sayidahmedov N. Pedagogika. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–3931-son qarori “Xorijiy tillarni o‘rganish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2018-yil 5-sentabr. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4884-son qarori “Xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2020-yil 6-noyabr. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–3775-son qarori “Ta’lim sifatini oshirish va ilmfanni rivojlantirish to‘g‘risida”, 2018-yil 6-iyul. 5. Vygotsky, L. S. Imagination and Creativity in Childhood. – Journal of Russian & East European Psychology, 2004. 6. Gardner, H. Frames of Mind: The Theory of Multiple Intelligences. – New York: Basic Books, 1983. 7. Krashen, S. D. Principles and Practice in Second Language Acquisition. – Oxford: Pergamon Press, 1982. 8. Dewey, J. Art as Experience. – New York: Minton, Balch & Company, 1934.