PSIXOLOG SHAXSI KASBIY KOMPETENTLIGI XUSUSIYATLARI
Abstract
Psixolog o‘z kasbiy kompetentligini doimiy ravishda oshirib borishi, psixologiyaning maxsus muammolari bo‘yicha seminarlarda ishtirok etishi ham uning kasbiy kompetentligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Muallif fikricha kasbiy kompetentlik talabalik yillaridan shakllanishni boshlaydi va uzoq yillar davom etadi. Har qanday kasbiy guruh faoliyatida o‘z normalari, professional xulq-atvor qoidalari, professional etika bo‘ladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 92 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us PSIXOLOG SHAXSI KASBIY KOMPETENTLIGI XUSUSIYATLARI Sayitova Umida Hikmatillo qizi Alfraganus universiteti, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsent v.b., psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Psixolog o‘z kasbiy kompetentligini doimiy ravishda oshirib borishi, psixologiyaning maxsus muammolari bo‘yicha seminarlarda ishtirok etishi ham uning kasbiy kompetentligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Muallif fikricha kasbiy kompetentlik talabalik yillaridan shakllanishni boshlaydi va uzoq yillar davom etadi. Har qanday kasbiy guruh faoliyatida o‘z normalari, professional xulq-atvor qoidalari, professional etika bo‘ladi. V.S.Lebedeva fikriga ko‘ra psixologning eng muhim sifati–kasbiy kompetentligidir. U o‘z ichiga kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalar va qobiliyatlarni oladi.[1] G.S.Abramova fikricha, juda ko‘p mijozlar psixologik konsultatsiya va psixoterapiya jaraѐnida qilinishi kerak bo‘lgan vazifalardan birortasini ham bajarmagan holatlar bo‘ladi. Biroq bu o‘zaro ta’sir samarasini belgilab berishi ham mumkin.[2] Ish muvaffaqiyati ko‘rsatkichi – bu mijozning unga psixologik ѐrdam ko‘rsatish jaraѐnida kechinaѐtgan holatlaridagi o‘zgarishlardir. Mazkur o‘zgarishlarni ajrata bilish va mijozga ko‘rsatib bera olish malakasi mutaxassisning asosiy qoidasidir. M.V.Zavorotnaya kasbiy faoliyatdagi shaxs yo‘nalganligi ijtimoiypsixologik tafovutlari, o‘zini o‘zi dolzarblashtirish hamda xulq-atvorning jinsiy ustanovkalari darajasi farqlariga urg‘u beradi.[3] Bunda jinsiy rolli ustanovkalar va xulq-atvordagi turg‘unlik ham individual-tipologik xususiyatlar (mazkur holatda u ustanovkalar va xulq-atvorning umumiy turg‘unligi bilan korrelyasiyada bo‘ladi) hamda vaziyat yoki faoliyat turiga qarab qat’iy o‘zgarib turadigan jinsiy rolli tizim funksiyalari bo‘lishi mumkin. Konsultant shaxsi konsultatsiya jarayonidagi muhim to‘laqonli vosita sifatida xamma nazariy tizimlarda ajratiladi. Uning turli sifatlariga urg‘u beriladi. Asli vengriyalik bo‘lgan taniqli ingliz psixoanalitigi M. Balint 1957 - yilda psixoterapiya – bu nazariy bilimlar emas balki shaxs ko‘nikmalari ekanligini ta’kidlagan edi. Gumanistik psixologiya vakili S. Rogers (1991), konsultantning nazariyasi va metodlari o‘z rolini amalga oshirishidan ko‘ra kamroq ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.[1]
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 93 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us V.S.Lebedeva fikriga ko‘ra psixologning eng muhim sifati –kasbiy kompetentligidir. U o‘z ichiga kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalar va qobiliyatlarni oladi.[2] Kasbiy kompetentlik xarakteristikalariga shuningdek quyidagilar kiradi: kasbiy imkoniyatlar diapazoni, instrumentariyni etarlicha o‘zlashtirish, kasbiy faoliyat usullari va texnologiyalari borasida yuksak malakaga ega bo‘lish, novatorlik ѐndashuvlari va innovatsion texnologiyalarni egallagan bo‘lish, shaxsiy tashabbuskorlik va professional muloqotmandlik. Psixologning kasbiy faoliyati alohida prinsiplar va etika qoidalarini talab qiladi. Bular: ➢ Kasbiy kompetentlik prinsipi. ➢ Boshqa odamga zarar еtkazib qo‘ymaslik prinsipi. ➢ I l miy asoslanganlik va ob’ektivlik prinsipi. Mijozni hurmat qilish prinsipi. ➢ Kasbiy konfidensiallikka rioya qilish prinsipi. Avvalambor, kasbiy ko‘nikma va malakalar ta’lim muhiti shart-sharoitlari bilan uzviy bog‘liq sanalib, keyinchalik ular kasbiy gendirlik xususiyati bilan to‘ldiriladi. Tahlil etilgan nazariy qarashlar, yondoshuvlarning mazmuniga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak psixolog kadrlarni professional tarzda shakllantirish ishlarida quyidagi tamoyillarni o‘z ichiga olishi lozim: – O‘quv-tarbiya jarayonida kasbiy xususiyatlarni hisobga olish tamoyili; – Ta’lim muhitini professional to‘ldirish tamoyili; – Kasbiy ko‘nikma va malakalarning ta’lim standartlariga muvofiqligi tamoyili; – Faoliyat va xizmat ko‘rsatishda bir-birini to‘ldirish tamoyili; Ya’ni bo‘lajak mutaxassislar faoliyatiga xos bo‘lgan kasbiy rivojlanish omili, kasb haqidagi bilimlarning ongda integratsiyalashuvi bo‘lib, u shaxsning dunyo va o‘zi haqidagi bilimlari bilan tushuntiriladi. Umuman olgnada, bo‘lajak mutaxassislarning gendir mazmunida besh muhim tarkib ajaratiladi: – Intellektual jihat; – Individual-psixologik jihat; – Psixofiziologik jihat; – Jismoniy jihat va boshqalar. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Кузнецова О. В. Введение в профессию психолог. Москва-Юрайт-2019 2. Маклаков А.Г. Профессионалный психологический отбор персонала «Питер» 2008 3. Маркова А.К. Психология профессионализма. – М.: Дрофа, 1996. – 298 с. 4.