AZIM SUYUN SHE'RIYATIDA MAVZU VA OBRAZ MUNOSABATI
Full text
605 AZIM SUYUN SHE’RIYATIDA MAVZU VA OBRAZ MUNOSABATI Naima Keldiyorova Renessans ta’lim universiteti, dotsenti Telefon: 909358998 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933275 Annotatsiya: Ushbu maqolada she’riyatdagi mavzu va obrazning o‘zaro munosabati aks etgan. Adabiyotshunoslik ilmida badiiy obrazga berilgan ta’riflar muhokama qilinib, Azim Suyun she’riyatidagi obrazlarning tasnifi keltirilgan. Kalit so‘zlar: mavzu, obraz, badiiy obraz, poetic obraz, konsepsiya, badiiy tasvir. Аннотация: В статье рассматривается соотношение темы и образа в поэзии. Обсуждаются определения художественного образа в литературоведении, а также представлена классификация образов в поэзии Азима Суюна. Ключевые слова: тема, образ, художественный образ, поэтический образ, концепт, художественный образ. Ma’lumki, adabiyotshunoslikda mavzuga turli ta’riflar berilgan. Xususan, “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da “...badiiy mazmun komponenti, asarda qo‘yilgan ijtimoiy, falsafiy, ma’naviy-axloqiy va h.k. muammolarni badiiy idrok etish uchun tanlab olingan va tasvirlangan hayot materiali” deyilgan 1 . Lekin ana shu “hayotiy material” asosida inson va uning obrazi yoki hayot tasviri turishi, shoirning uslubini yuzaga chiqaruvchi vositalar mavjudligi haqida fikr bildirilmagan. To‘g‘ri, qaysidir ma’noda bu ta’rif o‘zini oqlaydi. Lekin bir qarashda tushunarlidek tuyulgan mavzu (tema) degan terminga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi. Chunki so‘z va atama ma’nosiga chuqurroq kirib borilsa, uni bir qancha variantda qo‘llanishi ayon bo‘ladi. “Mavzu – 1. Qo‘yilgan, tartibga solingan, qarorlashtirilgan; 2. Ega (mantiqda); 3. Uydirma; 4. “Tuzilgan tema” kabi ma’nolarda ishlatilishi mumkinligi izohlangan 2 . Rus tilidagi manbalarda esa yunonchadan olingani va “asosida bo‘lmoq” ma’nosidan olingan bo‘lib 3 , “1) bayon qilish, tasvirlash, tadqiq etish, muhokama qilish predmeti; 2) muammolarning qo‘yilishi, hayotiy materiallarni oldindan tanlash va badiiy asar rivoyasini xarakterlash...” kabi ma’nolarda qo‘llanishi yozilgan 4 . Diqqat qilinsa, asardagi aytilayotgan voqea, muhokama qilinayotgan hodisa predmeti mavzu sanaladi. Muammolarning qo‘yilishi, asar uchun tanlangan hayotiy materiallarning oldindan tanlangan qismi va ularni qay tarzda bayon qilish ham mavzu 1 Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. ‒ Тошкент: Akademnashr, 2010. ‒ Б.157. 2 Навоий асарлари луғати. Тузувчилар: П.Шамшиев, С.Иброҳимов. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1972. – Б.344. (784 б.) 3 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5томли. Ж.4. –Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008. – Б.61 (608 б.). 4 Словарь иностранных слов. – Москва: Русский язык, 1989 – C.501 (624).
606 hisoblanmoqda. Demak, mavzu asardagi asosiy gap nima haqida borayotgani va uni qanday tanlanganidan tortib, qay tarzda ifodalashgacha bo‘lgan chegarani qamrab oladi. Shu yerda obraz ham mavzu bilan o‘zaro munosabatga kirishishi oydinlashadi. Chunki shoir tasvirlayotgan kechinma, o‘y-fikr, voqea real mavjudlikning tasviri ham hisoblanadi. Bu esa mavzu va obrazning zich munosabati borligini ko‘rsatadi. Ya’ni tema lirik asar (umuman olganda, har qanday badiiy asar)dagi voqealarni anglatsa, demak u obrazni ham, aniqrog‘i, ma’lum davr, jamiyat, hodisa, vaziyat obrazini ham anglatishi mumkin. Masalan, shamol tabiat hodisasi, uni she’riy asarda aks ettirgan shoir shamolni obraz darajasiga olib chiqishi mumkin. Shu yerda u real voqealikdagi shamoldan obraz darajasiga o‘sib chiqadi va insoniy xarakter yoki xususiyat kasb etadi. Masalan, shunga o‘xshashlikni Azim Suyun she’ri misolida isbotlashga harakat qilamiz: Qoramtir, qontalash, qumlar tusida, Quti o‘chgan, malla, qizilbulutlar, Qandaydir vahmkor xil-xil bulutlar, Shoshqin to‘planmoqda cho‘qqi ustida 5 . Mazkur she’rning bosh mavzusi tabiatda uchraydigan hodisa, aniqrog‘i, lirik subyekt yaxshi ko‘radigan cho‘qqi ustida qora bulutlarning to‘planishi, so‘ngra, chaqmoq va shamol natijasida ularning tarqalib, cho‘qqi yana bor bo‘yicha ko‘rinishi haqida bo‘lib, shoir bulut, cho‘qqi, shamol, momoqaldiroqlarni obraz darajasiga olib chiqqan hamda she’r mavzusiga ijtimoiy-ma’naviy muammolarni joylay bilgan. Xususan, bu yerda zulm, shaxs erki va oydinlarni qatag‘on qilishga qarshi isyon g‘oyalari bo‘lib, biror jamiyat, jila qursa, biror tashkilotda buzilayotgan ma’naviyijtimoiy inqiroz tasvirlangan. Qoramtir bulutlar timsolida hayotda uchraydigan ichiqora, hasadchi, xudbin, o‘zidan ustun kishilarga qarshi yomonlik sog‘inuvchi kishilarni anglash mumkin. Bunda cho‘qqi ozod va erkin shaxs sifatida, kishilarni ziyoga undovchi, xalq oldida ma’lum vazifalarni beg‘araz, chin ko‘ngildan bajaruvchi kishi sifatida tilga olinadi. Bulutlar o‘zlari cho‘qqi bo‘lmagach, cho‘qqi va uning xalqqa kelayotgan yaxshiliklarini to‘sib qo‘yishmoqchi bo‘lishadi. Ular cho‘qqini yo‘q qilishga chog‘langan. Buni anglagan lirik subyekt shamol va momoqaldiroqni yordamga chaqirgan. Demak, she’r tabiat hodisasi haqida bo‘lsa-da, shoir obrazlar yordamida real hayotda uchraydigan ma’naviy zulm, hasad, ma’naviy qashshoq kishilar tasvirini ham bergan. Bu esa shoir she’rlarida obraz mavzu va uning zamiridagi badiiy g‘oyadan kelib chiqib, ramzga aylanishi mumkinligini ko‘rsatadi. 5 Суюн Азим.Танланган асарлар. 7 китоб.Ж.3. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2015. –Б.59 (408)
607 Ma’lumki, mavzu nisbatan anchayin keng tushuncha bo‘lib, u bir qancha poetik masalalarga ham bevosita ta’sir etadi. Masalan. V.M.Jirmunskiy “Ashyoviy ahamiyatga ega bo‘lgan har bir so‘z til haqidagi fanda, faqat umumiy tushunchalarni ifodalaganda, san’atkor uchun poetik mavzu, badiiy ta’sirning o‘ziga xos usullari hisoblanadi. Shuning uchun lirikada ko‘pincha butun boshli poetik yo‘nalishlar mavzular yordamida aniqlanadi. Masalan, sentimental-shoirlar uchun “g‘amgin”, “horg‘in”, “majolsiz”, “g‘ira-shira payt”, “ko‘zyosh”, “qayg‘u”, “jasad qutisi” kabi so‘zlarni qo‘llash odatga aylangan” 6 , deb qayd etgan. Ko‘rinadiki, mavzu she’riy asardagi yo‘nalishni belgilaydi. O‘z navbatida esa olim sanagan so‘zlarni ma’lum obrazning holati, kechinmalariga nisbatan qo‘llangan esa aniq obrazni nazarda tutgan bo‘ladi. Shu ma’noda, mavzu to‘g‘ridanto‘g‘ri obraz bilan munosabatga kirishadi, deyish to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki har qanday mavzu ma’lum kechinma, o‘y-fikr, mulohaza ko‘rinishida ifodalanar ekan, u qaysidir lirik subyektga mansub bo‘ladi. Yana ham aniqroq aytganda, lirik qahramonga (ba’zan u shoirning o‘zi ham bo‘lishi mumkin – N.K.) tegishli bo‘ladi. Shuning uchun mavzu va obraz yoki obraz va mavzu muammosi dolzarblik kasb etadi. Aslida, Azim Suyun she’riyati mavzu ko‘lamining kengligini, rang-barangligi bilan ajralib turadi. She’rning zaminida Vatanga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat, borliq – ona tabiat go‘zalligini ulug‘lash, insonni anglashga intilish, oddiy kishilarning olamni anglashi kabi mavzularning asosida Hazrati insonni tushunish, insonni kuylash, hayotsevarlik, ishq-muhabbat motivlari yotadi. Shoirning tabiat mavzusida bitilgan she’rlarida borliq ham vatanning bir bo‘lagi sifatida kuylanib, butun go‘zalligi jonli va nafis manzaralarda tasvirlanadi. Shoir yaratgan poetik obrazlar zamon, davrning global muammolari bilan, tinchlik, ozodlik, vatanparvarlik motivlari bilan sug‘orilgan. Shoir ijodining mavzu ko‘lami, yo‘nalishlari, voqelikni ko‘ra olishi, ifodadagi an’anaviylik, tasvirdagi o‘ziga xoslik kabilar ijodiy olamni bezovchi vositalar sanaladi. Binobarin, shoir she’riyatining mavzu ko‘lami ham ayricha e’tibor qaratishni taqozo etadi. Shuning uchun shoir she’rlarini jiddiy o‘rganib, mavzu jihatidan quyidagi guruhlarga bo‘lishni lozim topdik: 1. Vatan va vatanparvarlik mavzularida yozilgan she’rlar. 2. Tabiat tasvirlari, ona zamin tabiati kuylangan mavzular. 3. Inson va insoniyatga xos bo‘lgan falsafiy ruhda yozilgan she’rlar. Ma’lumki, Vatan madhi adabiyotning boqiy mavzularidan biridir. Ko‘p shoirlar o‘z ijodining bir yo‘nalishini vatan bilan, ona zamin bilan bog‘laydi. Ular ijodida 6 Жирмунский В.М. Теория литературы. Поэтика. Стилистика. –Ленинград: Наука, 1977. –С.30 (406)
608 vatan o‘ziga xos poetik obrazga aylanib, turli timsoliy va ramziy ma’nolarni ifodalab keladi. Azim Suyun she’riyatida ham ko‘p va xo‘p kuylangan mavzulardan biri vatan va vatanparvarlikdir. Shoir she’rlarida vatan tushunchasi keng qamrovli mazmunga ega bo‘lib, kindik qoni to‘kilgan ona zaminni ham, insoniy burch va sadoqatni ham, eng qadrdon insonlarni ham, milliy qadriyatlarni ham o‘zida mujassam etadi. Adabiyotshunos Ulug‘bek Hamdam bu haqida o‘rinli fikrlarni aytib o‘tgan edi: “Ijtimoiy adolat, vatanparvarlik, inson manfaatlari 70-yillar avlodining kredosiga aylandi. Shunday qilib, bir necha o‘n yillardan beri asosiy e’tibori hukmron mafkuraga qaratilgan o‘zbek she’riyati 60 va 70-yillar avlodi siymosida yana abadiy o‘zanlarga qayta boshladi, insonni, uning manfaatlarini, Vatanni, uning dardlarini tarannum etmoqqa tutindi” 7 . Azim Suyunning “Vatan” nomli she’ri bilan “Nakurt qishlog‘i” she’rida o‘ziga xos hamohanglik bor. Garchi “Vatan” she’rida ikkita kichik sahna tasviri orqali “har kimga o‘z tug‘ilgan go‘shasi aziz” degan hikmat mujassam bo‘lsa-da, uning mohiyatida vatanga, tug‘ilgan ona zaminga mehr-muhabbat yotadi. Dialog asosiga qurilgan ushbu she’rda bir umr tog‘li hududlarni o‘zlariga maskan tutib yashaydigan birodar-ovuldoshlari shoirga sahro-yu cho‘lni o‘zlariga makon tutgan odamlar u yerlarda qanday chidab yashab kelar ekan, deya savol berishadi. Keyingi safar esa sahroliklar uni savolga tutishadi : ‒ Ular qanday yashaydi, oshnam, Qon qaqshagan tog‘ orasida? 8 Ko‘rinib turibdiki, shoir she’rda kontrast tasvir orqali vatan tushunchasini ikkita hayotiy manzarada - tog‘liklar nigohi orqali cho‘lda yashovchilarga bo‘lgan hayratni, cho‘ldagilarning esa tog‘ sharoitiga ko‘nikib yashayotganlar haqida tug‘ilayotgan savollari tasviri orqali mohiyatda har birining tug‘ilib o‘sgan zaminga bo‘lgan mehr-muhabbatni ifodalamoqda. Umuman olganda, Azim Suyun ijodining she’rlari orasida vatan, tabiat va insonga bo‘lgan munosabat doimo yetakchilik qilgan. Bunda shoir obrazga badiiy mazmunning mavzu, g‘oya, lirik kechinma, muammo kabi tarkibiy qismlarini o‘zaro, mutanosib ravishda beradi, natijada she’rlari shakl va mazmun nuqtayi nazaridan yetuklik kasb etadi. 7 Ҳамдамов У. ХХаср ўзбек шеърияти бадиий тафаккур тадрижининг ижтимоий-психологик хусусиятлари. Филология фанлари доктори илмий даражасини олиш учун тайёрланган диссертацияси. Тошкент, 2017. ‒ Б. 117 8 Суюн Азим.Танланган асарлар. 7 китоб.к 2. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2015. – Б.27.
609 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Афоқова Н. Жадид шеърияти поэтикаси. ‒ Т.: Фан, 2005. ‒ 140 б. 2. Бобоев Т. Шеър илми таълими. ‒ Т.: Ўқитувчи, 1996. ‒ 344 б. 3. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. ‒ Т.: Ўқитувчи, 2002. ‒ 556 4. Жабборов Н. Замон, мезон, шеърият. ‒ Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт матбаа ижодий уйи, 2015. ‒ 304 б. 5. Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. ‒ Т.: Янги аср авлоди, 2006. ‒ 548 б. 6. Суюн А. Танланган асарлар. 7 жилдлик. Жилд 5. ‒ Т.:Ғ.Ғулом номидаги нашриёт-матбаа, 2014. ‒ 399 б 7. Суюн А. Танланган асарлар. 7 жилдлик. Жилд 6. ‒ Т.:Ғ.Ғулом номидаги нашриёт-матбаа, 2014. ‒ 426 б 8. Суюн А. Танланган асарлар. 7 китоб. Жилд 7. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2015. – 408 б. 9. Суюн А. Жавзо. ‒ Т.:Адабиёт ва санъат, 1986. ‒ 176 б 10. Суюн А. Сарбадорлар. ‒ Т.:Чўлпон, 1984. ‒ 90 б 11. Суюн А. Сайланма. ‒ Т.:Шарқ, 1997. ‒ 416 б 12. Суюн А. Хаёлот. ‒ Т.:Адабиёт ва санъат, 1984. ‒ 88 б