ODIL YOQUBOVNING "ULUG'BEK XAZINASI" ASARIDA ALI QUSHCHI OBRAZ
Full text
610 ODIL YOQUBOVNING “ULUG’BEK XAZINASI” ASARIDA ALI QUSHCHI OBRAZ Mamatova Sadbara, Renessans ta’lim universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori [email protected] Akromov Rustam, Renessans ta’lim universiteti Filologiyа va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi 5-kurs talabasi e-mail:[email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933281 Annotatsiya: O‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri bo‘lgan yozuvchi Odil Yoqubovning ijodiy merosida alohida o‘rin tutadi. Ular orasida “Ulug‘bek xazinasi” o‘zining chuqur falsafiy mazmunini tarixiy voqealarni badiiy talqin etishi va inson ruhiyatini nozik tahlil qilishi bilan ajralib turadi. Kalit so‘zlar: Ulug‘bek, roman, tarix, tuyg‘u, rasadxona, astranomiya, adib, obraz, fojea, oliyjanob, yetuk. Annotation: Among the prominent representatives of Uzbek literature, writer Odil Yoqubov holds a special place in his creative legacy. Among his works, "Ulug‘bek Treasure" stands out for its profound philosophical content, artistic interpretation of historical events, and delicate analysis of the human psyche. Keywords: Ulugbek, novel, history, emotion, observatory, astronomy, writer, character, tragedy, noble, mature. Davrimizning yetuk adibi Chingiz Aytmatov yaxshi kitob haqida gapirish maroqli bu yuksak va oliyjanob namunasi badiiy quvvati jihatidan salmoqdor tarixiy raman meni larzaga soldi bu esa tarixiy romanning birinchi alomatidir bundan ham muhimi shundaki romanni o‘qirkanmiz turkiy xalqlarning iftixor tuyg‘usi jo‘sh urdi. Ulug‘bek shunday dahoki u asrlar o‘sha tariximizga zaminda tutgan mavqeiga butun dunyo guvoh Ulug‘bek men uchun o‘rta asrning atoqli olimi bo‘lgani uchun emas balki xalqimiz tarixida eng murakkab voqeani boshdan kechirgani uchun ulug‘dir. Ulug‘bekning hayoti haqida ko‘plab adiblar murojat etgan Maqsud Shayxzoda Mirzo Ulug‘bek fojiasini yozgan yana bir shoir Muhammad Yusuf she’rida Samarqandga borsam men agar, Ulug‘bekni ko‘rib qaytaman. U qon yig‘lab turar har safar, Men dardimni kimga aytaman. Bag‘rimda bo‘y yetgan bo‘z bolam.
611 Mergan bolam lochin ko‘z bolam, Bo‘g‘zimga tig‘ urgan o‘z bolam. Men dardimni kimga aytaman, Sezmay qoldim o‘shanda chog‘im. Yulduzlarda ekan nigohim, Bilmadim ne edi gunohim. Men dardimni kimga aytaman, Qancha g‘amga botmagan edim. Qancha og‘u yutmagan edim, O‘z bolamdan kutmagan edim. Men dardimni kimga aytaman, Tanim muzlab goh tosh qotaman. Men shoh emas axir otaman, Go‘rimda ham o‘ylab yotaman. Men dardimni kimga aytaman, Samarqandga borsam men agar. Ulug‘bekni ko‘rmay kelayman, U menga qon yig‘lar har safar, Men dardimni kimga aytaman. Ulug‘bek umrining so‘nggi yillarida murakkab tarixiy ziddiyarlarni otaxonlik kurashlari ilm fan meroslarini saqlash masalalari yoritiladi. Ushbu maqolada asardagi Ali Qushchi obrazi tarixiy asos va psixologik chuqurligi syujetdagi roli va badiy ahamyati ko‘rib chiqiladi. Ali Qushchi to‘liq ismi Aloudddin Ali ibn Muhammad alQushchi O‘rta Osiyo maktabining yorqin vakilillaridan biri Mirzo Ulug‘bekning sevimli shogirdlaridan. U Samarqandda ovchi qushlarga qarovchi Muhammad ismli odamning o‘g‘li bo‘lib Qushchi laqabi ham shundan kelib chiqqan. Ali qushchi Ulug‘bek rasadxonasida 1420-yillarda faoliyat yuritgan unda G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy va Qozi-zoda ar-Rumiylarning shogirdi bo‘lgan. U Ziji Ulug‘bek asari mualliflaridan biri sifatida tanilgan, bu asar o‘sha davrning eng muhim astranomik yutuqlaridan biri hisoblangan. Ulug‘bek bilan munosobati o‘ta mustahkam bo‘lgan buyuk hukumdor unga to‘la ishonch bildirgan hatto unga Xitoyga elchilik kabi muhim ishni topshirgan. Kunlarning birida Mirzo Ulug‘bek Ali Qushchi va boshqa sipohlar ovga chiqqanda Ulug‘bekga yirtqich hayvon tashlanadi shunda Ali Qushchi uning hayotini saqlab qolganini aytadi Ulug‘bekning fojiali o‘limidan so‘ng Ali Qushchi Movorounnahrni tark etib Usmonli imperyasiga ketadi va u yerda; “Risola fi hall al-mushkilat” asarini va boshqa asrlar yozadi. Shuningdek Istanbulda madrasalar tashkil etib o‘zbek milliy maktabini tashkil etadi.
612 Odil Yoqubov romanida bu tarixiy shaxsni o‘z vaqtining murakkab ijtimoiy siyosiy sharoitda tasvirlaydi. Ulug‘bek saltanatini so‘ngi tahlikali damlari Abdulatifning otasiga xiyonati va rasadxona faolyatini yo‘q qilish va biroz vaqt ilgari Ulug‘bek va Ali Qushchi Urgut tog‘laridan bir joyda ulkan g‘or topilishi va bu joyni Ajdar g‘ori deb nomlab so‘ngida esa rasadxonaga olib chiqib Ali Qushchi shogirdi Miram Chalabiy bilan o‘sha yerda saqlab qolishi Ali Qushchining sadoqati omonatni kelajak avlodga yetkazish uchun qoshgan hissasi taqsinga sazovor. Ali Qushchi real va tipiklashgan obrazlarning yorqin namunasi sifatida ko‘rsatiladi. U ilm yo‘lida oilaviy baxtdan uylanish va farzand ko‘rish baxtidan mahrum bo‘lgan ammo ruhiy iztiroblarga qaramay sadoqatini yoqotmagan shaxsdir. Ali Qushchi Ulug‘bek bilan ustoz shogird rishtasidan oshib ota o‘gildek yaqinlikka ega. Tepalikda so‘nggi vidolashuvi va o‘zining shogirdi Miram Chalabiy bilan ham aynan o‘sha yerda xayrlashuvi kishini biroz ta’sirlantiradi. Ali Qushchi so‘zlari uning shaxsini ochib beradi. Masalan, Salohiddin bilan suhbatda o‘z xayollarini ifoda etadi. Musofir shoir Qalandar bilan go‘rimiz bir bo‘lsin. Yo rabbiy bu kampir ne deydi. Bu uning ichki iztirobini ko‘rsatadi. Bu usullar obrazni jonli va tipik qiladi. Bu obraz orqali Odil Yoqubov zamonaviy o‘quvchiga saboq beradi. Ilm yo‘lidagi iztirob va sadoqat bugungi kunda ham dolzarb. Roman tanqidchilari M.Qo‘shjonov bu obrazni Ulug‘bek fojiasi va Abdulatif xiyonati bilan bog‘lab psixalogik asoslagan deb baholaydi va shu bilan birgalikda tarixiy faktlar bilan oziqlangan. Odil Yoqubov romanda Mirzo Ulug‘bek va o‘g‘li Mirzo Abdulatif ziddiyatlardan uning toji taxt uchun olib borayotgan kurashlaridan istirob chekayotgan xalq hayoti juda asosli ifodalangan. Manbalarga ko‘ra Ali Qushchi Forsga ko‘chib ketadi. Ayya Sofiya masjidi qoshida madrasa tashkil qiladi va u yerda Arifmetika va Astranomiya fanlari haqida risola tuzadi. U Ulug‘bekning “Zidjiy Ko‘ragoniy” hamda Al-Koshiyning “Samolar zina-poyasi”asarlari haqida sharhlar yozgan. Ali Qushchi bir qator tilshunoslikka doir kitoblar va Xitoy haqida kitob yozgan. Olim qolgan umrining bor yog‘i ikki yilini ilmiy va talimiy faoliyatga bag‘ishlaydi. Ulug‘bekka sodiq shogird sifatida “ Zidjiy Ko‘ragoniy” asarini turk tiliga tarjima qiladi. Ali Qushchi 1474-yil 16-dekabrda Istanbulda vafot etadi. U Istanbuldagi Ayyuba masjidi huzuridagi qabristonga dafn etiladi. Masjidning kirish qismida esa marmar toshga “ALI QUSHCHI -ILM INSONI” degan yozuv o‘yib yozilgan. XULOSA Ali Qushchi nafaqat buyuk olimning hayotini aks ettiradi balki inson ruhiyatini chuqurligini sadoqatini va ilm merosini saqlash mas’ulyatini yoritadi. Zindonda qancha qiynalsa ham och nahor qolsa ham o‘z ahdiga sodiq qoladi. Obraz o‘zbek
613 tarixiy romani janirida yangi bosqich ochib adabiyot va tarix o‘rtasidagi bog‘lanishni mustahkamlaydi. O‘ylashimcha har bir asarni o‘qib insonlar o‘zi biror bir voqeadan ta’sirlanadi. Men ham ushbu asardan biroz ta’sirlandim, negaki Mirzo Ulug‘bek tepalikda O‘zining eng yaqin shogirdi Ali Qushchi bilan vidolashuvi va vaqtlar o‘tib aynan o‘sha joyda falakning gardishi bilan Ali Qushchi ham shogirdi Miram chalabiy bilan vidolashuvi va so‘ngida ikki voqeada ham Ajdar g‘ori va Urgut tog‘lariga termulib ketishlari insonni biroz g‘amgin qiladi. Roman o‘quvchilarni o‘tmishdan o‘ziga saboq olishiga ilm va adolat yo‘lida kurashishga undaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. To‘ldirilgan qayta nashr –Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyoti 1994 2. O‘zbek adabiyotidagi tarixiy romanlar Xo‘jayev Toshkent: fan nashriyoti.1980. 3. Ali Qushchi va Ulug’bek ilmiy maktabi; Mirvaliyev.S Sharq yulduz jurnali 1995. 4. Tабоев. Ҳ. (1992). Наср ва услуб. Тошкент: «Фан», Ёқубов, О. (1980). Улуғбек хазинаси. Тошкет: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашириёти. 5. Солижонов, Й. (2002). Нутқ ва услуб. Тошкент: «Чўлпон». 6. Қўшжонов, М. (1982). “Сайланма” Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашириёти.