ABDULLA ORIPOVNING "JANNATGA YOʻL" ASARI: VIJDON VA MAS'ULIYAT MUHORABASI
Full text
614 ABDULLA ORIPOVNING “JANNATGA YOʻL” ASARI: VIJDON VA MASʼULIYAT MUHORABASI Qutbiddinxon ISKANDAROV, Renessans ta’lim universiteti 5-kurs talabasi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Davronbek ORIPOV tahriri ostida e-mail:[email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933294 Annotatsiya.Mazkur maqolada Abdulla Oripovning “Jannatga yo‘l” dostoni (dramaturgik doston)ning mazmun-mohiyati, asosiy g‘oyasi, janr xususiyati, uslubiy vositalari va asosiy obrazlari, ayniqsa, Yigit, Tarozibon, Ona va Hur qiz kabi personajlar tahlil qilinadi. Asarda diniymifologik ramzlar — arosat, tarozi, farishtalar, jannat va do‘zax orqali zamonaviy ijtimoiy-axloqiy muammolar, adolatsizlik, hasad, vijdonsizlik, shaxsiy va ijtimoiy javobgarlik fojiali va satirik tarzda ko‘tarilgan. Kalit so‘zlar: Abdulla Oripov, Jannatga yo‘l, doston, satira, tarozi, arosat, Abdulla Oripov ‒ o‘zbek adabiyotining klassik shoirlaridan biri boʻlib, milliy g‘urur va ma’naviyat timsolidir. U xalq qalbidan joy olgan she’rlari bilan tanilgan bo‘lsa-da, “Jannatga yo‘l” dostonida shoirlik mas’uliyatini, inson va jamiyat oldidagi vijdon masalasini butun badiiy kuch bilan ko‘taradi. Doston diniy-mifologik obrazlarga tayanadi, ammo unda real hayot manzaralari, zamonaviy inson ruhiyatidagi ziddiyatlar, befarqlik va riyokorlik aniq ko‘rinadi. Abdulla Oripov bu asarda qiyomat va jannat tasvirlari orqali bugungi hayotdagi haqiqatlarni ochadi. Asarning markazida ‒ inson va uning qiyomatdagi javobgarligi turadi. Tashqi jihatdan bu doston qiyomat maydonida sodir bo‘ladigan voqealar haqida, ammo aslida, muallif bu orqali insonning hayotdagi mas’uliyati, vijdoni va ijtimoiy faoliyatini ko‘rsatadi. Asar qahramoni o‘zini benuqson, halol deb biladi. U hayotda she’r yozgan, go‘zallikni kuylagan, lekin zulmat, adolatsizlik, hasad va yovuzlikka qarshi chiqmagan. Shuning uchun tarozida savobi kam chiqadi. Shoir bu orqali “ijodkorning vazifasi faqat chiroyli narsalarni tasvirlash emas, balki jamiyatdagi illatlarga qarshi kurashishdir” degan g‘oyani ilgari suradi. Haqiqiy san’atkor nafaqat oy, yulduz va gullarni madh etadi, balki hayotdagi qorong‘iliklarga ham yorug‘lik soladi. Yigit ‒ bosh qahramon, inson timsoli. Asarning markazida turgan Yigit o‘zini pok va halol deb biladi. U o‘z umrini san’atga, so‘zga, go‘zallikka bag‘ishlagan. Ammo tarozida uning savobi og‘ir kelmaydi. Sababi ‒ u yovuzlikni ko‘rib, jim
615 turgan. Shoir bu obraz orqali shaxsiy vijdon va ijtimoiy mas’uliyat o‘rtasidagi muvozanatni ko‘rsatadi. Yigitning o‘zini oqlashga urinishlari, ichki iztiroblari va tarozibon bilan suhbatlari orqali inson ruhidagi murakkablik, o‘zini anglash, tavba va kechirim masalalari ochiladi. Tarozibon ‒ dostonning eng falsafiy obrazidir. U insonning hayoti davomida qilgan amallarini o‘lchaydi, ammo bu o‘lchov nafaqat amalda, balki niyat va mas’uliyatda ham bo‘ladi. Tarozibon Yigitga uning “savoblari kam, chunki sen jim turgan paytda zulmat kuchaydi” deya eslatadi. Bu obraz orqali shoir o‘quvchiga ogohlantiruvchi xulosani beradi: inson jim turgan paytda ham gunoh qilishi mumkin. Adolatsizlikni ko‘rib sukut saqlash ‒ eng katta xato. Asarda nomi tilga olinmagan, ammo har bir sahnada yashirin turgan “jamiyat obrazi” mavjud. Bu ‒ hasadgo‘ylar, laganbardorlar, tekinga yashovchilar, riyo va manmanlikka berilgan insonlar timsolidir. Shoir ularni tanqid qilib, aslida real hayotdagi illatlarni fosh etadi. “Jannatga yo‘l” ‒satirik va dramatik doston. Unda dialoglar, sahnaviy sahnalar va monologlar orqali fikr ifoda etiladi. Shoir diniy-mifologik ramzlardan vosita sifatida foydalangan: Tarozi ‒ adolat mezoni, insonning hayotiy o‘lchovi; Arosat ‒ hayot bilan o‘lim orasidagi maydon, vijdon sinovi; Farishtalar ‒ inson ruhining ichki ovozi; Jannat va do‘zax ‒ mukofot va jazoning ramziy manzili. Abdulla Oripovning tili o‘tkir, poetik va xalqona yozgan . U kinoya, tazod, ramziy obrazlardan mohirona foydalangan. Masalan, nur va zulmat, savob va gunoh, hayot va o‘lim qarama-qarshiligi dostonning asosiy dramatizmini yaratadi. “Jannatga yo‘l” asarida shoir shaxsiy poklik bilan ijtimoiy mas’uliyatni bir butun qilib ko‘rsatadi. Har bir inson o‘zini pok deb bilsa-da, aslida jamiyatdagi illatlarga befarqlik bilan hissa qo‘shadi. Asar o‘quvchini o‘zini anglashga, vijdonini tekshirishga undaydi. Shoir ogohlantiradi: inson jamiyatdagi yovuzliklarga qarshi kurshmasa, u o‘z “jannat yo‘lini” yo‘qotadi. Abdulla Oripovning “Jannatga yo‘l” dostoni ‒ o‘zbek adabiyotida satira, falsafa va dramani birlashtirgan noyob asardir. Shoir diniy-mifologik ramzlar orqali inson va jamiyat hayotidagi eng muhim masalani ‒ vijdon va mas’uliyatni ko‘taradi. Asar o‘quvchiga chuqur hayotiy saboq beradi: har bir inson o‘z “tarozisi” oldida javob beradi. Poklik faqat niyatda emas, balki jamiyat uchun qilinadigan amallarda namoyon bo‘ladi.
616 “Jannatga yo‘l” bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib, u o‘quvchini halollik, haqiqat, ezgulik va adolat sari chorlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Oripov A. Jannatga yo‘l. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980. 2. Qo‘shjonov M. Saylanma. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982. 3. Tabaev H. Nasr va uslub. – Toshkent: Fan, 1992. 4. Solijonov Y. Nutq va uslub. – Toshkent: Cho‘lpon nashriyoti, 2002. 5. O‘zbekiston adabiyotidagi falsafiy va satirik dostonlar haqida maqolalar to‘plami. – Toshkent: Fan, 1994.