scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"QISASI RABGʻUZIY" ASARI YARATILISHIDA XALQ OG'ZAKI IJODINING AHAMIYATI

S.X. Bo'ltakov

Full text

624 “QISASI RABGʻUZIY” ASARI YARATILISHIDA XALQ OG‘ZAKI IJODINING AHAMIYATI S.X. Bo‘ltakov Jizzax davlat pedagogika universiteti “Boshlang’ich ta‘lim pedagogika kafedrasi” o‘qituvchisi [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933320 Annotatsiya: Mazkur maqolada turkiy tilda yozilgan asrlardan biri bo‘lgan “Qisasi Rabgʻuziy” asarida mujassamlashgan ulugʻvor gʻoyalar zamiridagi hayotsevarlik tuygʻusi koʻp asrlar mobaynida xalqimiz taraqqiyotining eng kuchli va oʻziga xos jihati boʻlib kelganligi, hamda asarda keltirilgan xalq og‘zaki ijodi va uning ahamiyati, hamda asardagi xalqona uslublar haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: “Qissasi Rabg‘uziy”, qissa, roman, adabiyotshunoslik, xalq og‘zaki ijodi, turkiy tillar, xalqona usullar, milliy urf-odatlar, etnografiya, o‘zbek xalqi tarixi, badiiy xususiyatlar. Аннотация: В этой статье ощущение жизненной силы, воплощенное в великих идеях, воплощенных в произведении «Кисаси рабгузи», одном из веков написанных на тюркском языке, было самым сильным и неповторимым аспектом развития нашего народа на протяжении многих веков, как а также представленное в произведении народное устное творчество и его значение, а также фольклор в стилях произведения. Ключевые слова: «Повесть о Рабгузи», рассказ, роман, литературоведение, фольклор, тюркские языки, народные приемы, национальные традиции, этнография, история узбекского народа, художественные особенности. Annotation: In this article, the feeling of vitality embodied in the great ideas embodied in the work "Qisasi Rabguzi", one of the centuries written in the Turkish language, has been the strongest and unique aspect of the development of our nation for many centuries, as well as the folk oral creativity presented in the work and its importance, as well as the folklore in the work styles are discussed. Keywords: "The story of Rabguzi", short story, novel, literary studies, folklore, Turkish languages, folk methods, national traditions, ethnography, history of the Uzbek people, artistic features. Oʻtgan asrning 70-90-yillarida “Qisasi Rabgʻuziy” haqida keltirilgan axborot tipidagi ma’lumotlar, ayrim sharhlar bu asar haqida muayyan tasavvur uygʻotadi. Jumladan, 1977 - yili chop etilgan “Oʻzbek adabiyoti tarixi” besh jildligining I jildida “Qissasi Rabgʻuziy” haqida keltirilgan ma’lumotda muxtasar tahlillar koʻzga tashlanadi. XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida islom dinini qabul qilgan moʻgʻul beklaridan biri boʻlgan Nosiruddin Toʻqbugʻaning topshirigʻi va homiyligida yozilgan nasrning yirik namunalaridan biri “Qisasi Rabgʻuziy” hijriy 709 yil, milodiy 1309–1310 yil (ba’zi manbalarda 1311–yil) yaratilgan deb koʻrsatiladi. Yuqorida e’tirof etganimizdek, Toʻqbugʻabek Rabgʻuziyga paygʻambarlar haqida 625 asar yozishni topshiradi va natijada “Qisasi Rabgʻuziy” yuzaga keladi. Bu asar “Qisas ul–anbiyo”, “Qisas ul–anbiyoi turkiy” nomlari bilan ham mashhur boʻlgan. Asosan, paygʻambarlar hayotini hikoya qiluvchi bu asarning oʻziga xos yaratilish tarixi bor. “Qissasi Rabgʻuziy” o‘zbek adabiyoti tarixida dastlabki nasriy asar namunasi sifatida ham, yuksak ahloqiy-ta’limiy g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi badiiy yodgorlik sifatida ham muhim qimmatga ega. Asar sodda va ravon xalq tiliga yaqin ohang va uslubda yaratilgan. Shu bilan bir qatorda unda turkiy va boshqa xalqlarning ayrim rasm– rusumlari va odatlari ham muallif nazaridan chetda qolmagan: «Xalq orasinda rasm bor, do‘st-do‘stga safar qilib yonar bo‘lsa bir hadya, ya’ni bo‘lak ola berurlar». Asardagi insonlarni o‘zaro to‘g‘ri munosabatlarda bo‘lishga, bir-birlariga nisbatan jabr – zulm qilmaslikka, nohaq qon to‘kmaslikka undovchi o‘gitlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. «Qissasi Rabg‘uziy» o‘ziga xos betakror badiiy xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Asarda turli mazmundagi qissalar, ma’rifiy didaktik ahamiyatga ega bo‘lgan hikoyatlar, latifalar yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan bo‘lib, hikoyatlarning tarixiy ildizi bir tomondan Tavrotga, Qur’onga va Sharq adabiyotida keng tarqalgan naql va rivoyatlarga borib taqalsa, ikkinchi tomondan, turkiy xalqlar ijodi bilan bog‘liq afsona va rivoyatlarga bog‘lanadi. “Qissasi Rabg‘uziy” o‘ziga xos betakror badiiy xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Asarda turli mazmundagi qissalar, ma’rifiy didaktik ahamiyatga ega bo‘lgan hikoyatlar, latifalar yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan bo‘lib, hikoyatlarning tarixiy ildizi bir tomondan Tavrotga, Qur’onga va Sharq adabiyotida keng tarqalgan naql va rivoyatlarga borib taqalsa, ikkinchi tomondan, turkiy xalqlar ijodi bilan bog‘liq afsona va rivoyatlarga bog‘lanadi. “Qissasi Rabg‘uziy” asosan, payg‘ambarlar hayoti bilan bog‘liq voqea hodisalarni badiiy lavhalar vositasida ifodalagan rang – barang qissalardan tashkil topgan. Ushbu qissalarning zamiriga xalq og‘zaki ijodida mavjud bo‘lgan ko‘plab hikoyat va rivoyatlarning mazmuni singdirilgan. Shu o‘rinda qissa janri va uning o‘ziga xos xususiyatlari, xalq qissachiligi haqida to‘xtalib o‘tish lozim. O‘zbek adabiyoti tarixida payg‘ambarlar sulolasiga bag‘ishlangan qator asarlar mavjudki, ularning har qaysisi o‘ziga xos, shu bilan birga umumiy bir mavzuga bag‘ishlanganligi bilan mushtaraklikka ega. Bu asarlarning har biri islom tarixini targ‘ib qilish bilan bir qatorda ulug‘ zotlar obrazlari orqali yuksak insoniy fazilatlarni tarannum etish uchun ham xizmat qilib kelgan. Shular jumlasiga Rabg‘uziyning «Qissasul-anbiyo», So‘fi Olloyorning «Sabot ul-ojiziyn», Mashrabning «Mabda’ un-nur», Huvaydoning «Rohati dil» va Sobir Sayqaliyning «Qissai Sayqaliy» asarlarini kiritish mumkin. Og‘zaki adabiyot ilk shakllangan davrlardan boshlab xalq qissachiligi yuzaga kelgan. Yozma adabiyot vujudga kelishi 626 bilan qissalarning yozma ko‘rinishlari ham yaratila boshlandi. Bunday qissalarga esa xalq orasida keng tarqalgan afsona, rivoyat va hikoyatlar muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Og‘zaki adabiyot ilk shakllangan davrlardan boshlab xalq qissachiligi yuzaga kelgan. Yozma adabiyot vujudga kelishi bilan qissalarning yozma ko‘rinishlari ham yaratila boshlandi. Bunday qissalarga esa xalq orasida keng tarqalgan afsona, rivoyat va hikoyatlar muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. «Qissasi Rabg‘uziy» asaridan o‘rin olgan qissalar badiiyatida ham xalq og‘zaki ijodi motivlari nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Rabg‘uziy asar bayonida xalq ijodiga xos bir qancha badiiy xususiyatlardan mohirlik bilan foydalangan. «Qissasi Rabg‘uziy» hikoyatlariga nazar tashlar ekanmiz, ularda rang – barang obrazlarning mavjudligini ko‘ramiz. Rabg‘uziy xalq og‘zaki ijodi namunalariga suyangan holda, turli – tuman obrazlar yaratadi. Chunonchi, ertaklarga xos devu parilar, insu jinslar, turli tabiat jonzotlari, (chumoli, qaldirg‘och, ari, bulbul va boshqalar) g‘aroyib xususiyatli insonlar tasviri badiiy vositalar yordamida obraz darajasiga ko‘tarilgan. «Qissasi Rabg‘uziy»dagi hikoyatlarda ba’zi personajlar tasvirida xalq og‘zaki ijodining ta’siri kuchli seziladi. Masalan, Amalqa qabilasi odamlarini tasvirlashda muallif xalq ijodida keng tarqalgan o‘ta kuchli mubolag‘a san’atini mohirlik bilan qo‘llaydi: Amolqa qabilasining odamlari uzun bo‘ylik, bo‘yi uch yuz qarich, ko‘ksi yetti qarich edi. Bani Isroil ularga o‘n ikkita baquvvat, baland bo‘ylik kishilardan elchi yuboradi. Bu kabi o‘xshatishlar xalq og‘zaki ijodida ko‘plab uchratish mumkin. Asarda xalq ijodiga aloqador bir qancha rivoyat va hikoyatlar yoritib beriladi. Bunga misol qilib Yusuf, Sulaymon payg‘ambar, Luqmoni Hakim to‘g‘risidagi qissalarni olishimiz mumkin. «Qissasi Rabgʻuziy»dagi qissalarning koʻpchiligi kompotsizion qurilishi nuqtai nazaridan hikoya ichida hikoya qolipida tuzilgan. Ya’ni umumiy qissa ichida uning mazmunini toʻldirib, boyitib turuvchi bir qancha mustaqil syujetli hikoyalar ham keltiriladi. Bu hikoyalar yagona qoliplovchi hikoya mazmuniga singdiriladi. Jumladan, yuqorida kuzatganimizdek, Hazrati Dovud haqidagi qissa tarkibidan turli mazmundagi hikoyatlar oʻrin olgan. Ularda asosan, halollik, mehnatsevarlik, insonparvarlik gʻoyalari ilgari surilgan. Masalan, bir hikoyada inson qalbi, koʻngil dunyosi bilan bogʻliq ibratli voqea tasvirlanadi: Dovud paygʻambar bir xotinni yoqtirib qoladi. Uning erini urushga yuboradi. Maqsad, u oʻlsa xotiniga uylanish edi. Shunday boʻladi ham. Xotin agar oʻgʻil koʻrsam podshohligingni berasan, degan shart bilan Dovudga tegadi. Bir kun ikki aka-uka kelib Dovudga arz qiladi. Biri aytadi: biz aka-ukamiz, akamning toʻqson toʻqqizta sovliq qoʻyi bor, mening bitta qoʻyim bor edi, uni ham tortib oldi. 627 Dovud aytadiki, mening zamonamda kishi kishiga shunday zulm qiladimi, buni qanday izohlaysan deydi. Dovud oʻz savoliga shunday javob eshitadi: «Siz oʻzingiz toʻqson toʻqqizta xotiningiz boʻlaturib, ularning ustiga Uryoni gʻazotga yuborib, oʻldirib, xotinini oldingiz, bunday ziyoda zulm boʻladimi?» Dovud anglasa ular farishtalar ekan. Dovud oʻzining osiy boʻlganidan xabar topib xudoga nola qiladi. Sahroga chiqib ertayu – kech koʻz yosh toʻkadi. Koʻzidan oqqan yoshiga atrofida giyohlar oʻsib, Dovud orasida koʻrinmay qoladi. Inson suratidagi farishtalar tomonidan uning xotin masalasida qilgan ishi adolatsizlik, zulm ekanligi ta’kidlanadi. Hatto paygʻambardek zot ham gunohlardan holi emasligi koʻrsatiladi. Bunday hol faqat Dovud yoki Sulaymon toʻgʻrisidagi qissalardagina emas, boshqa qissalarda ham uchraydi. Ma’lumki, xalq ogʻzaki ijodida yoki yozma adabiyot namunalarining koʻpida yomon xulq-odatlar qattiq qoralanadi, fosh etiladi va asar oxirida bunday shaxslar yo jazolanadi, yoki adolatga yuz oʻgiradi. Bu qissalarda esa gap paygʻambarlar ustida borayotganligi uchun ularning osiylikka yoʻl qoʻyganlari biror mo‘jiza, yo farishta, yoki Jabroil orqali ogohlantiriladi. Ular gunohi koʻp toat ibodat qilib, xudoga tavba qilgach kechiriladi. “Qissasi Rabgʻuziy” hikoyatlariga nazar tashlar ekanmiz, ularda rang – barang obrazlarning mavjudligini koʻramiz. Rabgʻuziy xalq ogʻzaki ijodi namunalariga suyangan holda, turli – tuman obrazlar yaratadi. Chunonchi, ertaklarga xos devu parilar, insu jinslar, turli tabiat jonzotlari, (chumoli, qaldirgʻoch, ari, bulbul va boshqalar) gʻaroyib xususiyatli insonlar tasviri badiiy vositalar yordamida obraz darajasiga koʻtarilgan. Asardagi «Nuh toʻfoni» qissasi esa bundan ham qiziqarlidir. Hikoyatdagi arining gʻoʻngʻillashi, qaldirgʻochning odamlar orasida boʻlishi, ilonning qurbaqaga oʻchligi bular hayotiy hodisalardir. Shu bilan birga ular haqidagi hikoyatlar oʻquvchini zeriktirmaydigan, qiziqarli folklor namunasining oʻzginasidir. «Qissasi Rabgʻuziy» asarini kuzatar ekanmiz uning tarkibidagi qissalar zamirida afsonalar mavjudligini koʻramiz. Rabgʻuziy paygʻambarlar haqidagi xalq orasida keng tarqalgan afsonalarni qayta ishlab, ularni badiiy mukammal darajaga koʻtargan. Afsonalarda qadim zamonlarda yashagan ajdodlarimiz oʻzlariga homiy deb hisoblagan shaxslarni ulugʻlaganlar va shu bilan oʻz diniy e’tiqodlarini ham namoyon etganlar. Masalan, xalqimizda har bir insonning taqdiri tangri tomonidan belgilangan boʻladi, ammo inson hatti-harakati, niyati bilan oʻz qismatini oʻzgartirishi mumkin degan tushunchalar bor. Asarda shu fikrni tasdiqlash uchun quyidagi afsona keltiriladi. 628 «Muso kunlardan bir kuni tangri Taolo oldiga ketayotganida, yoʻlda oyoq qoʻli yoʻq majruh bir odamni koʻribdi. Odam undan oʻzining taqdiriga jannat yoki doʻzax yozilganini bilib berishni soʻrabdi: Tangri paygʻambarga: «U odamning oxirgi joyi doʻzax boʻladi. Chunki umr boʻyi uni yemak – ichmakka muhtoj qilmadim, ammo biron marta «Xudoga shukur» demadi, - debdi. Muso paygʻambar qaytishida haligi odam undan javob kutibdi. Paygʻambar bor gapni aytibdi. Shunda haligi odam: «Boʻlmasa yaratgan egamga ayt, men oʻlganimda tanamni shunaqa katta qilib yuborsinki, boshqa hech kimga doʻzaxdan joy qolmasin, - debdi. Ana shu gapdan keyin bechora banda jannati boʻlgan ekan. Shunday qilib, Nosiriddin Burxoniddin o‘g‘li Rabg‘uziy “Qissasi Rabg‘uziy” asarida xalq og‘zaki ijodidagi an’anaviy obrazlardan, badiiy tasvir usuli va uslubidan mahorat bilan foydalangan. Bu esa asarning badiiy mukammal va ta’sirchan bo‘lishini ta’minlagan omillardan biridir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Abdushukurov B. “Qisasi Rabg‘uziy” leksikasi. Monografiya. – T.: Akademiya, 2008. – 192 b. 2. Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob. –T.: O‘qituvchi,1976. -664 b. 3. Nosiriddin Burxonuddin Rabg‘uziy. Qisasi Rabg‘uziy.1-kitob. – T.: Yozuvchi, 1990. B-11 Muhiddinov M. Barhayot an’analar. – T.: Fan. 1987. - 79 b. 4. Muhammad payg‘ambar alayhis-s-salom qissasi. Hadislar. – Toshkent.: Kamalak, 1991. - 304 bet. 5. Is’xoqov Yo. So‘z san’ati so‘zligi. Toshkent: Zarqalam, 2006-128 b. 15.Karomatov H. Qur’on va o‘zbek adabiyoti. – Toshkent: Fan, 1993. 96 b. 6. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. Birinchi kitob. – T.: Yozuvchi, 1996. - 272 b. 7. Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziy. Qisasi Rabg‘uziy. 2-kitob. –T.: Yozuvchi. 272 b. 8. Safarov, B.N. (2022). PIRLS-XALQARO OʻQISH SAVODXONLIGINI OʻRGANISH BOʻYICHA TARAQQIYOT. Ta'lim faoliyatida innovatsion rivojlanish , 1 (5), 134-138. 9. O‘zbek adabiyoti tarixi, besh tomlik. 1-tom, – T.: Fan, 1977. – B. 179-