scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JOHN MILTONNING "PARADISE LOST" ASARI MAZMUNI VA UNING JAHON ADABIYOTIGA TA'SIRI

Umrzoqova Dilnoza; A.F.Ismatov

Full text

675 JOHN MILTONNING “PARADISE LOST” ASARI MAZMUNI VA UNING JAHON ADABIYOTIGA TA’SIRI Umrzoqova Dilnoza Renessans ta’lim universiteti talabasi: Ilmiy maslahatchi:A.F.Ismatov, fil.fan.fals.doktori(PhD) email:[email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933402 Annotatsiya.Adabiyot inson ruhiyatining eng chuqur qatlamlarini aks ettiruvchi san’at turi sifatida o‘z zamonasining ijtimoiy va diniy qarashlarini ifodalaydi. Shunday ulug‘ asarlardan biri ingliz shoiri John Miltonning “Paradise Lost” dostoni bo‘lib, u insoniyatning gunohga botishi, itoatsizligi va pirovardida tavba qilishi kabi masalalarni falsafiy tarzda yoritadi. Ushbu maqolada aynan mazkur asarning mazmuni, badiiy xususiyatlari va ingliz adabiyotiga ko‘rsatgan ta’siri haqida so‘z yuritiladi. Tayanch so‘z va iboralar: gunoh, iroda, ozodlik, koinot, adolat, falsafiy va diniy qarashlar. John Milton XVII asr ingliz adabiyotining buyuk shoirlaridan biri. O‘z asarlarida chuqur diniy, falsafiy va siyosiy masalalarni yoritgan Milton 1608-yil 9dekabrda Londonda tug‘ilgan. Oilada diniy muhitda ulg‘aygan shoir tahsilni dastlab St. Paul maktabida olgan, keyinchalik o‘qishni mashhur Cambridge universitetida davom ettirgan. Miltonning eng mashhur asarlaridan biri “Paradise Lost” (“Yo‘qotilgan jannat”) bo‘lib, unda shoir insonning jannatdan quvilishi va qiyomat haqidagi diniyfalsafiy qarashlarni o‘ziga xos tarzda aks ettirishga harakat qiladi. Shu jihatdan Miltonning mazkur asari insoniyat tarixidagi eng muhim voqealardan birini tasvirlagan, deya qayd etiladi. Insonning yaratilishi va gunohga botishi to‘g‘risidagi g‘oyalarni markazida joylashgan asar “Paradise Lost” asari osmonda yuz bergan buyuk isyon voqeasi bilan boshlanadi. Asarning bosh qahramoni Iblis (Satan) o‘zining sodiq farishtalari, jumladan Beelzebub, Mammon, Moloch va Belial bilan birga Xudoga qarshi chiqadi. Ular Xudoning hukmronligini rad etib, mustaqil saltanat qurmoqchi bo‘lishadi. Ammo Archangel Michael va Gabriel boshchiligidagi sodiq farishtalar iblis boshchiligidagi boshqalarni mag‘lub etadi va ularni jannatdan quvib yuboradi. Isyonchilar do‘zax tubiga qulagach, Iblis umidsizlikka tushmasdan, Xudoning eng sevimli yaratiqlari, ya’ni, insonlardan qasos olishni rejalashtiradi va buning uddasidan chiqadi. Xudo Odam Ato va Momo Havoni jannatda yaratadi, ularga barcha ne’matlar in’om etiladi, biroq man etilgan daraxt mevasidan tatib ko‘rmaslikni buyuradi. Shu paytda Archangel Raphael jannatga kelib, Odam Atoni ogohlantiradi. Shunga 676 qaramay, asarda Iblis ilon qiyofasiga kirib, Momo Havoni vasvasaga solib, uni man etilgan mevaning ta’mini totishga va Odam Atoni ham bunga undashga chaqiradi. Xudo esa ularning itoatsizligini ko‘rib, jazo sifatida Evega tug‘ruq azobi, Adamga esa mashaqqatli mehnat bilan yashash taqdirini jazo sifatida berishiga qaramay, Archangel Michaelni ularning oldiga yuborib, Odam Ato va Momo Havoni jannatdan quvib yuboradi va kelajakda najot topish umidini beradi. Asar yakunida Odam Ato va Momo Havo jannatdan chiqib ketar ekan, ular o‘z xatolarini tan oladilar, pushaymon bo‘ladilar va tavba bilan yangi hayot sari yo‘l oladilar. Shundan xulosa qilish mumkinki, asarda tasvirlangan shu va shu kabi voqealar fonida Milton insonning ichki kurashi, irodasi va tanlovi orqali o‘z taqdirini qanday belgilashini chuqur falsafiy ma’noda ochib berishga harakat qiladi. Umuman olganda, asarda ilgari surilgan ozodlik, itoat, bilim, axloqiy tanlov va ilohiy adolat masalalari zamonaviy insoniyat uchun ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iblis obrazi esa san’at va falsafada insoniy isyon, erkinlik va o‘z yo‘lini tanlash ramzi sifatida tan olinib kelmoqda. Shu bois “Paradise Lost” nafaqat diniy poema, balki insonning o‘z mohiyatini, irodasini va mas’uliyatini anglashga chorlovchi falsafiy manba sifatida qadrlanadi, deyish mumkin. Asarning mashhurligini belgilovchi muhim jihatlardan asosiylaridan biri Miltonning til mahoratidir. U butun poemani qofiyasiz, ammo baland ohangli va she’riy uslubda yozadi. Tilining bunday yuksak darajasi uni Shekspir asarlariga tenglashtiradi. Shuningdek, Milton o‘z asarida antitezalar (qarama-qarshi fikr yoki tasvirlarni yonma-yon qo‘yish orqali ularni kuchliroq ifodalash usuli), epitetlar (ular narsaning oddiy belgisini emas, balki uning badiiy, hissiy yoki estetik jihatini ifodalaydi) va bibliyaviy ramzlardan keng foydalangan. Bu esa “Paradise Lost” asarini nafaqat diniy, balki adabiy san’atning eng yuksak namunasiga aylantiradi. Biroq, asar shu qadar mashhur bo‘lishi bilan birga, eng ko‘p bahsmunozaralarga sabab bo‘lgan asarlardan biridir. Buning asosiy sababi Iblis (Satan) obrazining odatdagidan mutlaqo farqli ko‘rinishda tasvirlanishida ko‘rinadi. Milton Iblisni yovuz kuch sifatida emas, balki ozodlikni sevuvchi, mustaqillikni himoya qiluvchi, isyonkor va jasur shaxs sifatida ko‘rsatadi. Unga tegishli mashhur satrlaridan biri “Better to reign in Hell than serve in Heaven” (“Jannatda xizmat qilgandan ko‘ra, do‘zaxda hukmron bo‘lish yaxshiroq”) jumlalarida ham ayni shu omil asoslanilayotgani ko‘rinadi. Asar siyosiy ma’noda ham munozarali bo‘lgan deyish mumkin. Zero, Milton o‘zi yashagan davrda monarxiyaga qarshi, respublika tarafdori edi. Shu ma’noda “Paradise Lost” dagi Iblis obrazi ba’zi tadqiqotchilar tomonidan ozodlik uchun kurashayotgan xalqning timsoli sifatida talqin qilingan. 677 Umuman olganda, asarda diniy, siyosiy va falsafiy qatlamlar birlashib, uni ko‘p darajali, murakkab va turlicha talqin etiladigan asarga aylantirgan. Asardagi asosiy g‘oya inson erkinligi va Xudoning adolati o‘rtasidagi murakkab muvozanatni yaqqol namoyon etadi. Muallifning fikricha, insonning eng buyuk fazilati bu erkin iroda, ya’ni tanlov qilish imkoniyatidir. Odam Ato va Momo Havo itoatsizlik qilgan bo‘lsalar ham, ularning tanlovi ularni o‘z xatolari orqali xulosa chiqarishlariga, ruhiy jihatdan yetuklashishlariga olib keladi. Shu ma’noda, Milton gunohni yovuzlik emas, balki insonning tajriba orqali kamol topish yo‘li sifatida talqin etadi. Muallif bu voqealarni tasvirlar ekan, diniy hikoyani oddiy rivoyat shaklida emas, balki chuqur falsafiy, siyosiy va ruhiy ma’nolar bilan to‘ldiradi. Uning asaridagi Iblis obrazining o‘zi ham bu murakkablikni ifodalaydi. Binobarin, u asarda nafaqat yovuzlik ramzi, balki ozodlik, mustaqillik va isyon ruhining timsoli sifatida gavdalanadi. Shu bois Milton Iblisni “qul bo‘lib xizmat qilishdan ko‘ra, do‘zaxda hukmronlikni afzal ko‘rgan” qahramon sifatida tasvirlaydi. Bu esa o‘quvchini o‘ylashga va quyidagi abadiy savolga javob izlashga majbur qiladi: haqiqiy ozodlik nimada: itoatda yoki isyonda? Asarda voqelangan badiiy vositalar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Milton boy tasviriy til, kuchli epitetlar va antitezalardan foydalanib, jannat va do‘zax, nur va zulmat, itoat va isyon o‘rtasidagi keskin qarama-qarshilikni chuqur ifodalashga harakat qiladi. Bibliyaviy ramzlar, masalan, “ilohiy nur” va “man etilgan meva” “qulagan farishta” kabi takror-takror namoyon bo‘lgan ramzlar orqali muallif asarga diniy-falsafiy chuqurlik baxsh etishga harakat qiladi. Natijada, “Paradise Lost” nafaqat diniy voqeani hikoya qiluvchi epik poema, balki inson ruhining qudrati, tanlov va tavba, ozodlik va mas’uliyat haqidagi abadiy falsafiy izlanish vositasini bajaradi. Milton bu asar orqali insonni buyuk qiladigan narsa uning qulashidan keyin ham o‘z nurini topa bilish qobiliyatidir, degan g‘oyani ilgari surishga harakat qiladi. Ushbu asar o‘zining baland uslubi “blank verse” (erkin she’r shakli) va chuqur diniy falsafiy g‘oyalari bilan keyingi davr yozuvchilariga katta ta’sir ko‘rsatgan, deyish mumkin. Ayniqsa, XVIII-XIX asr romantik shoirlari William Black, Percy Bysshe, Lord Byron, Samuel Coleridge singari adiblar Miltonni o‘zlariga ustoz deb bilishgan. Ulardan biri William Black “Paradise lost” asari orqali inson erkinligi, Miltonni obrazlarini qayta talqin qilib, “Milton” nomli she’riy asar yaratgan va unda Miltonni haqiqiy shoir va hatto “payg‘ambar” sifatida tasvirlagan. Boshqa tarafdan qaraydigan bo‘lsak, William Blake Miltonni “o‘z davrining eng buyuk shoirlaridan biri” deb tan olgan bo‘lsada, ayni paytda quyidagi tanqidiy ruhdagi qarash ham 678 bildirgan: “Milton was of the Devil’s party without knowing it” (“Milton o‘zi bilmagan holda shayton tarafida edi”) Bu jumla orqali Blake shuni nazarda tutadiki, Milton Iblis obrazini shu qadar kuchli va ruhiy jihatdan chuqur tasvirlaganki, o‘quvchi ba’zida u bilan hamdard bo‘lib qoladi. Percy Bysshe Shelley esa Miltonning “Iblis” obrazini” erkinlik uchun kurashuvchi ruh” sifatida ko‘rgan va bu g‘oyani o‘zining “Prometheus Unbound” asarida davom ettirgan. Shuningdek, u “A Defence of Poetry” nomli maqolasida ham Miltonni inson ruhining ozodligi uchun kurashgan shoir sifatida madh etadi va shunday deydi: “Milton’s Devil as a moral being is far superior to his God” (“Miltonning Iblisi axloqiy mavjudot sifatida Xudosidan ustunroq”) Lord Byron ham shular jumlasida o‘z qahramonlarida Milton ta’siridagi “yolg‘iz isyonkor” obrazini yaratishga harakat qiladi. Bunga yorqin misol sifatida, Byronning 1817-yilda yozilgan “Manfred” asari bosh qahramoni Manfredni keltirish mumkin. Zero, Manfred ham Iblis kabi yolg‘iz, isyonkor, ichki azob bilan yashaydigan, hatto ruhlar bilan kurashadigan, ularni bosh egishga majbur qiladigan qahramon edi. Shuningdek, XX asr ingliz yozuvchilaridan T.S. Elliot va C.S. Lewis kabilar ham Milton merosini chuqur o‘rganib, o‘z asarlarida uning falsafasiga murojat qilishgan. Eliot Miltonni buyuk shoir, lekin zamonaviy adabiyot uchun qiyin meros deb hisoblagan. U o‘zining 1936-yilda chop etilgan “Milton I” nomli tanqidiy maqolasida shunday deydi: “Milton wrote English like a dead language” (“Milton ingliz tilida, go‘yo u allaqachon o‘lik til kabi yozgan”) Bu bilan Eliot demoqchi bo‘lganki: Miltonning tili shu qadar baland, diniy va falsafiy ramzlarga to‘la ediki, uni oddiy o‘quvchi tushunishi juda murakkab. Ammo, shu bilan birga Eliot Miltonning intellektual kuchi va ritmik she’riy uslubini chuqur hurmat qilgan. Masalan, u “The Use of Poetry and the Use of Criticism” asarida shunday yozadi: “No poet has ever used the English blank verse with greater power than Milton...Paradise Lost gives us not a theology, but a poem about obedience, freedom, and the cost of rebellion” (“Hech bir shoir Miltonchalik kuch bilan ingliz qofiyasiz she’r shaklidan foydalangan emas...“Paradise Lost” bizga diniy ta’limot emas, balki itoat, erkinlik va isyonning natijasi haqida she’r beradi”) C.S.Lewis esa Eliotdan mutloq farqli, Milton ijodiga himoyachi va davomchi sifatida yondashgan. Zero, C.S. Lewis Miltonni chuqur e’tiqodli va falsafiy shoir deb bilgan. Jumladan, u o‘zining “A Preface to Paradise Lost” (1942) nomli kitobida 679 shunday Milton uslubini quyidagicha himoya qiladi: “Milton insoniy azob va erkinlik falsafasini ochgan shoirdir”. Xulosa qilib aytganda, John Miltonning “Paradise Lost” asari ingliz adabiyotining eng yirik yutuqlaridan biri hisoblanadi. Asar o‘z davrida diniy mavzuni yangicha badiiy shaklda yoritgani, chuqur falsafasi va kuchli obrazlari bilan alohida o‘rin egalladi. Shuningdek, Milton asarda yaratgan g‘oyalar keyingi adabiyot avlodlariga, jumladan Byron, Eliot va Lewis kabi yozuvchilarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Oddiy bir kitobxon sifatida esa shuni aytish mumkinki, “Paradise Lost” bugungi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotmagan. Zotan, u bizni tanlovlarimiz va ularning oqibatlari haqida chuqur o‘ylashga undaydi. Shuning uchun Milton ijodi har bir davrda qayta o‘qiladi va qaytadan yangi ma’no kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Milton J. Paradise Lost. – London: Penguin Classics, 2003. – 453 p. 2. Fowler A. Milton: Paradise Lost (A Student’s Guide). – London: Routledge, 1994. – 220 p. 3. Lewis C. S. A Preface to Paradise Lost. – Cambridge: Cambridge University Press, 1942. – 196 p. 4. Paradise Lost by John Milton – Summary and Analysis. – London: SparkNotes, 2020. – Available at: https://www.sparknotes.com/poetry/paradiselost 5. John Milton’s Paradise Lost – Study Guide. – New York: GradeSaver, 2021. – Available at: https://www.gradesaver.com/paradise-lost 6. Paradise Lost: Themes and Literary Influence. – Oxford: Britannica, 2022. – Available at: https://www.britannica.com/topic/Paradise-Lost-epic-poem-by-Milton.