scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

«NAZM UL-JAVOHIR» SHARQONA HIKMATLAR DURDONASI

Karimova Moxlaroy Azizmurod qizi; U.M.Yusubova

Full text

689 «NAZM UL-JAVOHIR» SHARQONA HIKMATLAR DURDONASI Karimova Moxlaroy Azizmurod qizi Renessans ta’lim universiteti talabasi Ilmiy rahbar: U.M.Yusubova DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933423 Annotatsiya. Tezisda A.Navoiyning «Nazm ul-javohir» asarida keltirilgan sharqona odobaxloqqa doir didaktik qarashlar, masalan, til odobi, ilm olishning afzalligi kabi masalalar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: ruboiy, odob-axloq, til odobi, yaxshilik, ilm, hikmatli so‘z. Abstract. In The Thesis A."Nazm ul-javohir" by Nawai analyzed the didactic views on Oriental etiquette, such as language etiquette, the advantage of obtaining science. Keywords: ruboi, etiquette, language etiquette, good, science, wise word. A.Navoiy ruboiylaridagi Sharq adabiyoti didaktikaga yo‘g‘rilgan adabiyot bo‘lib, unda sharq xalqlarining dunyoqarashi, saviyasi mujassamdir, masalan, Alisher Navoiyning ta’limiy qarashlarida ham til odobiga, so‘zlash madaniyatiga, go‘zal muomalaga e’tibor qaratilgan. Navoiy kishi boshiga balo tili orqali kelishini, o‘ylamay so‘zlash natijasida o‘z tili uning qotiligi aylanishi mumkinligini “иnsonning balosi tildandir” деган хулосани quyidagi ruboiylarining birida yozgan: So‘zidin kishiga g‘amu balo hosilidur, Har nuktada tili desa balo doxilidur, Besirfa degan kishiga til qotilidur, Alqissaki, kimsaning balosi tilidur. Til odobi sharqona tarbiyada eng ustuvor qarash sanaladi, bunday uyg‘unlikning o‘q ildizlarini ajdodlarimiz qoldirgan sarchashmalardan izlash pand bermaydi. Chunki barcha zamonlarda yashab faoliyat ko‘rsatgan qalamkashlar uchun ayni xazina bo‘lib xalq og‘zaki namunalarimiz, muqaddas dinimiz manba hisoblangan. Shirinso‘zlilik, suhbatda muloyim bo‘lish go‘zal xulqlardandir, shirinso‘zlilik ko‘ngillarga shodlik va xursandchilik baxsh etuvchi ezgulik, yaxshiliklardandir. G‘arib dillarni ocmon qadar yuksakka ko‘taruvchi ilohiy qudrat ham shirinso‘zlilik va muloyimlikdir. Kamtar, xushfe’l, nozik tabiatli bo‘lmoq insoniy fazilatdir. So‘zingni yumshoq qil – sevimli bo‘lasan fazilatи quyidagicha nazm qilingan: Xo‘b el bila suhbat tutubon xo‘b o‘lg‘il, Yaxshini talab qilg‘ilu matlub o‘lg‘il, Shirin so‘z ila xalqqa marg‘ub o‘lg‘il, 690 Yumshoq de hadisingniyu – mahbub o‘lg‘il. Inson uchun eng go‘zal ziynat odobdir, odobli insonda hayo, sabr va qanoat, halollik va saxiylik kabi axloqiy fazilatlar mujassam bo‘ladi, tilning boshi odob bo‘lgani Alisher Navoiy ruboiylarida yomonlik tarafida turuvchi bandalar qalbi ham mana shunday go‘zal axloq bilan zabt etiladi degan hikmat bor. Kishilarning bezagi odobdir деган hikmatli so‘z va dilbar ruboiy fikrimizni tasdiqlaydi: Zevar kishiga ne toju ne afsar bil, Ul zevar adab bila hayo darxur bil, Har kimki adabsizdur ishin abtar bil, Alqissa, eranlarga adab zevar bil. Insondagi shaxsiy xususiyatlarning rivojlanganlik darajasini belgilashda, ruboiylardan ko‘rinib turganidek, faqat o‘sha fazilatlarning o‘zigina kifoya qilmaydi. Balki har bir insondagi o‘ziga xos xususiyatlarni vujudga keltiruvchi, uning rivojlanishiga, o‘zgarishiga turtki berib turuvchi holatlarga e’tibor ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Alisher Navoiy bu omillarga, ko‘p hollarda, ruboiyning dastlabki misralaridan joy ajratadi va keyingi misralarni asosiy g‘oyani nasriy hikmatlarning badiiy tarjimasini ifodalashga qoldiradi. Ruboiy o‘z davridagi inson borlig‘ining eng muhim ko‘rsatkichlarini qamrab olgan. Insonning shaxsiy sifatlari, ijtimoiy malakalarini rivojlantirishda eng muhim omil – uning o‘zligini anglab yetishi ekani mazkur ruboiy ruhidan yaqqol ko‘rinib turadi. O‘z tabiatida nima yaxshi-yu, nima yomon ekanini idrok etish insonning o‘zligini anglab yetishi, uning o‘ziga xos xususiyatlarining shakllanishiga chinakam madad beradi. «Nazm ul-javohir» ruboiylaridagi axloqiy qarashlarda insonning o‘zligini anglab yetishi yo‘lida ilmning qudrati, jaholatning zarari, tilni tiyish, kibr va hasadning illati to‘g‘risidagi fikrlar ham muhim o‘rin tutadi. Zero, o‘quvchi barkamol inson tarbiyasida zarur bo‘lgan sifat va xislatlarni «Nazm ul-javohir» tarkibidagi ruboiylardan anglab olishi ham uni ilm-ma’rifat sari boshlaydi. Shunga asoslangan holda, e’tiborni yuksak insoniy fazilatlarga bag‘ishlangan hikmatlar orasida ajralib turgan – barkamol insonning ma’naviy sifatlaridan biri – ilm-ma’rifatga, bilim olishga da’vat qiluvchi hikmatli so‘zlarga qaratmoqchimiz. Ilm insonni gumrohlik va nodonlikdan xalos etish bilan birga, yomon xislatlardan qutilish, yaxshilikka yuz tutishga ham o‘rgatishini quyidagi ruboiyda yanada ravshanroq ko‘ramiz: Omiy kishining zohidligi gumrohlikdir. Gar bor eca haqg‘a dargohlig‘i, Ilm ortuqkim ikki jahon shohlig‘i, Olam fisqida bordur ogohlig‘i, Omi kishi zuhdi bo‘ldi gumrohlig‘i. 691 «Nazm ul-javohir»da muloyimlik, yumshoq fe’llilik, odob, nafsga qarshi turish, yomonga ham yaxshilik qilish, zaiflarning holidan xabar olish, qalb go‘zalligi, thurmat saqlash kabi tushunchalar yetakchi o‘rin egallagan deyish mumkin. Quyidagi ruboiydan nafsdan qochish, sherdan qochishdan ko‘ra foydaliroqdir degan xulosa kelib chiqadi: Kim kinavar o‘lsa, ista ondin qochmoq, Nechunki, zarurdur yomondin qochmoq, Er o‘g‘lig‘a nafsi ginarondin qochmoq Anfa’durkim, sheri jayondin qochmoq. Umuman olganda, Alisher Navoiyning «Nazm ul-javohir»ni 1485-yilda yozganini hisobga olsak, шарқона фазилатлар Навоийнинг кейинги devonlaridan o‘rin olgan she’rlarida ham rivojlantirganligi ўз даври муаррихлари таъкидлаганлари, тавсифлаганларидек. Навоийнинг ўзи гўзал одоб эгаси бўлганлигини кўрсатади. Alisher Navoiy qoldirgan ma’naviy meros yaxlit olinganda, barkamol inson qiyofasi manzaralarining miqyosi yanada ortadi. Ulug‘ shoirning zikri o‘tgan hikmatli so‘zlarga qo‘l urganining sabablaridan biri, ulardagi buyuk mutafakkirga manzur bo‘lgan chuqur falsafiylikdir.