scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ALISHER NAVOIYNING RAMAL BAHRIDA YOZILGAN G'AZALLAR BADIIYATI

Saidg'oziyeva Gulsanam Furqat qizi; T.R.Dusanova

Full text

692 ALISHER NAVOIYNING RAMAL BAHRIDA YOZILGAN G’AZALLAR BADIIYATI Saidg’oziyeva Gulsanam Furqat qizi Renessans ta’lim universiteti talabasi Ilmiy Rahbar: T.R.Dusanova DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933429 Annotatsiya: Maqolada Alisher Navoiyning ramal bahrida yozilgan g‘azallari tahlilga tortilgan. Dilnavoz Yusupovaning fikrlari iqtibos sifatida olingan. Ramal bahrining turli shakllariga misollar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, ramal, bahr, vazn, g‘azal. Аннотация:В статье рассматриваются газели Алишера Навои, написанные в размере рамаль. Приведены мнения Дильнавоз Юсуповой в виде цитат. Также даны примеры различных форм размера рамаль. Ключевые слова: Алишер Навои, рамаль, размер, стихотворный размер, газель. Annotation:The article examines Alisher Navoi's ghazals composed in the ramal poetic meter. Opinions by Dilnavoz Yusupova are quoted. Examples of various forms of the ramal meter are also provided. Keywords: Alisher Navoi, ramal, poetic meter, rhythmical pattern, ghazal. Kirish. Alisher Navoiyo‘zbek mumtoz adabiyoting eng yirik siymosi, nafaqat o‘z davrining, balki jahon adabiyoti tarixining ham zabardast vakilidir. Bu mumtoz siymo Maqsuda Shayxzoda tomonidan “G‘azal mulkining sultoni” deya e’tirof etgan. Uning g’azallari Sharq she’riyati badiiyatining eng yuksak namunalaridan biri sanaladi. Istiqlol yillarida olimlarimiz Alisher Navoiy merosini to‘liq, hech qanday qisqartmalarsiz keng o‘quvchilar ommasiga yetkazib, shuning bilan birga bu bebaho xazinaning mazmun –mohiyatini tushuntirish yo‘lida ham ancha salmoqli ishlarni amalga oshirdilar [Davlatov O, 2021.7] Manbalarda yozilishicha, Sharq mumtoz poetikasining asosini ilmlar uchligi tashkil etadi. Bular: ilmi aruz, ilmi badi’ hamda ilmi qofiyadir. Adabiyotimiz tarixida bu uch ilm birgalikda mumtoz she’rning nafosati va shoirning salohiyatini belgilovchi mezon hisoblangan. Navoiy o‘z ijodida bu ilmlar uchligidan o‘rni bilan foydalangan. Ayniqsa, aruzning turli bahrlarini mohirlik bilan qo‘llagan, ulardan biri ramal bahridir. Asosiy qism. 693 Ramal bahrida yozilgan g‘azallar o‘zining lirizimi va ruhiy nozikliklari bilan ajralib turadi. Bu bahr ko‘pincha muhabbat, sadoqat, g‘am va hijron kabi nozik kechinmalarni ifodalash uchun qulay hisoblanadi. Shu sababli Navoiy ramal bahrini asosan orifona va oshiqona mazmundagi g‘azallarida qo‘llagan. Ramal bahridagi birinchi shakl ramali musammani solim deb ataladi.Ya’ni foilotun rukni mazkur baytda 8 marta hech qanday o‘zgarishlarsiz, to‘liq holda takrorlanadi. Taqtiyi quyidagicha: -V--/-V--/-V--/-V – -V--/-V--/-V--/-V -- Aruzshunos olima Dilnavoz Yusupova “Aruz va mumtoz poetika asoslari” kitobida shunday yozadi: “Ammo bunday vazn xush ohangga ega emas, shu sababli mumtoz adabiyotimizda ushbu vaznda dеyarli shе’r bitilmagan. Hazrat Navoiy bu vaznni tajribadan o‘tkazish maqsadida bir g‘azal yozgan bo‘lib, u “Navodir ushshabob” devonidan 199-raqam ostida o‘rin olgan.G’azal matla’si quyidagicha: Ey jalol-u rahmatingdin gar zalil-u, gar muazzaz, Safhayi kavnayn o‘lub, oting tarozidin mutarraz. [ Yusupova D, 2018. 30] Olimaning fikrlariga qaraganda, Ramali musammani mahzuf vazni turkiy she’riyatda eng ko‘p istifoda etilgan bo‘lib, “Xazoyin ul-maoniy”dagi 2600 g‘azaldan 1101 tasi ushbu o‘lchovda bitilgan. Orazin yopqach, ko‘zumdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh. Ramali musammani mahzuf ( foilotun foilotun foilotun foilun ) bahrida yozilgan ushbu bayt so‘zlarining taqte’i quyidagicha: - V - -/ - V - -/ - V - -/ - V - - V - -/ - V - -/ - V - -/ - V - O-ra-zin-yop/qoch-ko‘-zum-din/so-chi-lur-har/lah-za-yosh Fo-ilotun / fo - i - lo – tun/fo – i – lo -tun /fo -i – lun Bo‘y-la-kim-pay/do-bo‘-lur-yul/duz-ni-hon-bo‘l/g‘och-qu-yosh Fo – i – lotun/fo – i – lo -tun/fo – i – lo – tun / fo – i - lun Ko‘rinadiki, vazn paradigmasiga tushirish uchun yopqoch, paydo, yulduz, bo‘lg‘och so‘zlarini avvalgi bo‘g‘inlarini o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib talaffuz qilish kerak. Ammo bunda talaffuz tabiiy va ravon chiqishi, sun’iylik yuz bermasligi kerak. “Kelmadi” radifli g‘azal. G‘azal o‘n besh hijodan iborat bo‘lib, oxirgi rukni zihof, ya’ni o‘zgarishga uchragan. G‘azal matla’si quyidagicha: 694 Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi, - V - -/ - V - -/ - V - -/ - V - Ko‘zlarimg‘a kecha tong otguncha uyqu kelmadi. - V - -/ - V - -/ - V - -/ - V - Vazni ramali musammani mahzuf (foilotun,foilotun,foilotun,foilun). Ko‘rinadiki, g‘azal boshidan oxirigacha bir xil vaznda yozilgan. Maqta’: Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘ngul uyin, Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi. Qofiyadosh so‘zlar: Gulro‘ (tojikcha), uyqu, Badxo‘ (tojikcha) qorong‘u, Otro‘ (tojikcha) qayg‘u. Radifi:kelmadi Oshiqona g‘azal bo‘lib munojot ham deyiladi. G‘azalning har bir baytida tazod san’ati qo‘llangan. Xulosa. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” chordevonidan o‘rin olgan mashhur “Ashraqat min aksi...”, “Shahr bir oy...”, “Mubtalo bo‘ldum sanga”, “Ne navo so‘z aylagay...” kabi mingdan ortiq g‘azallari ham ramal bahrida yozilgan. Ko‘pchiligi ravon va musiqaga o‘ng‘ayligi uchun hofizlarimiz tomonidan kuyga solinib ijro etilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Алишер Навоий. Тўла асарлар тўплами. 10 жилдлик. Ж-1: “Xazoyin ul-maoniy”. - Т.: Ғ. Ғулом номидаги НМИУ, 2011. Б. 804. 2. D.Yusupova . Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari. Toshkent. 2018. B-204. 3. Davlatov O.Ma’nolar xazinasi. Toshkent. 2021. Б. 329.