SIROJIDDIN SAYYID SHE'RLARIDA ANAFORA VA EPIFORANING QO'LLANISHI
Full text
718 SIROJIDDIN SAYYID SHE’RLARIDA ANAFORA VA EPIFORANING QO‘LLANISHI Jumaboyev Shohruh G'ayratjon o‘g‘li Renessans ta’lim universiteti talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933477 Annotatsiya. Ushbu maqolada S.Sayyid sherlaridagi takrorning qo‘llanilishi tahlil qilingan, takror qo‘llanilgan misralarning ahamiyati va qanday yasalganligi ko‘rsatib o‘tilgan, shuningdek, takrorlar tufayli yuzaga kelgan sheriy joziba ochib berilgan. Kalit so‘zlar: takror, anafora, epifora, ta’kid, emotsionallik, uslubiy ma’no, darajalanish. Abstract. This article incorporates public domain information from the. The use of the repeat in Sayyid Lions has been analyzed, showing the importance and how the repeated verses were made, as well as revealing the sherry charm caused by the repetitions. Keywords: repetition, anaphora, Epiphora, interpretation, emotionality, methodological meaning, grading. Sirojiddin Sayyid she’rlarida takrorlarning qo‘llanishi faol bo‘lib, shoir vatan madhini keltirgan o‘rinlarda takrorlarga ko‘p murojaat qiladi, shoir takrorni o‘zgarishlar bilan qo‘llar ekan, bu albatta, she’riy vazn talablariga moslashtirish, intonatsion butunlikni saqlash, ma’noni ta’kidlash, she’rning shakl jihatdan tuzilishiga yangicha ko‘rinish kiritish maqsadi bilan bog‘liq bo‘ladi. Quyida ana shunday o‘zgarishlarga uchragan takrorlarni tahlil qilamiz. Har qarichi, har g‘ubori imlo, yurtim, Har bir toshi, har chinori mullo, yurtim. Keltirilgan misol “Ustodi avval” she’ridan keltirilgan bo‘lib, shoir uchun Vatan birinchi ustoz sifatida sifatlangan har so‘zining 2 misrada to‘rt bora takrori Vatanni sevishni ta’kidlab ko‘rsatgan. Bu usul anafora sanalib, “(yun. anaphora – yuqoriga chiqarish). Parallel tuzilgan nutq parchalari (mas., misralar) boshida aynan bir unsurning takrorlanishidan iborat uslubiy qo‘llanish” sanaladi [1,14]. Vatan. Vatan. Vatan. Vatan. Nadur manga durri Adan? Keltirilgan she’riy parchada Vatan so‘zi kontakt holatda 4 marta takrorlanib, natijada takror tufayli darajalanish yuzaga kelgan. Anaforada qanday birlik takrorlanishidan qat’i nazar, misralar boshida yoki har bir gaplar boshida bir til birligining takror kelishidir. Band doirasidagi anaforalarda bandning turli misralari boshida takrorlar mavjud bo‘lsa, she’rning turli qismlarida qaytarilgan birliklar she’r miqyosidagi anaforani hosil qilgan. “Anafora misrada qayd etilgan fikrning eng keskin, ta’kidlangan nuqtasini ifoda etar ekan, u
719 albatta, mantiqiy urg‘u bilan bog‘liq bo‘ladi. Mantiqiy urg‘u gapning yangiligi (yoki yangilik o‘rami)da aks etadi” [2,22]. S.Sayyid “Hayot qo‘shig‘i” she’rida dastlabki uch bandning har birining dastlabki ikki misrasini anafora bilan beradi, masalan: 1-band: Kimlar alvon kiydilar, Kimlar armon kiydilar. 2-band: Kimlar gul deb suydilar, Kimlar tushga yo‘ydilar. 3-band: Kimlar yonmay kuydilar, Kimlar qonmay to‘ydilar. Kimlar so‘zi jamlash, umumlashtirish ma’nosida kelib, har bir takrorda, ya’ni takrordan takrorga kimlar so‘zining ma’nosi ta’kidlanib, misralarning ta’sirchanligi ortib borgan. Sizning sha’ningizga o‘qilsin deyman, Sizning yelkangizga to‘kilsin deyman. Siz olmoshi takrori ko‘plik ma’nosi bilan birga hurmatni ham ta’kidlagan. - ning qo‘shimchasi takror so‘zga qo‘shilib o‘ziga xoslikni ta’minlagan, vatan posbonlariga atab yozilgan ushbu she’rda anafora ta’sirchanlikni oshirib, jamlash, umumlashtirish ma’nolarini ifodalagan. Shoirning she’rlari qalb qo‘ridan yaralgan. Ularning har biri – shoir hayotining ma’lum bir bo‘lagi. S.Sayyid ularga ichki tug‘yonini singdirgan. Jumladan, she’rlarida Vatan so‘zi ishtirokidagi takrorlar epifora ko‘rinishida ham ko‘p qo‘llangan. Ma’lumki, epifora “ (gr. yepi – so‘ng, phoros – olib boruvchi) so‘zlaridan olingan [3,253] bo‘lib, “takrorning bir turi..., tovushlar tugallanishi ham deb yuritiladi” [4,51]. Shoir “marsiya” she’rida shunday keltiradi: Ey bulbullarga Kuy-g‘azal, Vatan. Sen — abad Vatan, Sen — azal Vatan. Kim sendan yuldi, Kim — o‘sal, Vatan. Gul, asal Vatan, Sen yuksal, Vatan, Sen yuksal, Vatan, O‘yladi bolang, Kuyladi bolang,
720 Ey, go‘zal Vatan! Ey, go‘zal Vatan Epifora qat’iy tizimli takror bo‘lib, misrada kelish o‘rniga ko‘ra anaforaga ziddir. Chunki anafora misra boshidagi takror bo‘lsa, epifora – misra oxiridagi takrordir. Shuningdek, anaforada misralar boshida ohangning ko‘tarilishi kuzatilsa, epiforada misralar oxiriga urg‘u beriladi yoki ohangning ko‘tarilishi yuzaga keladi. Natijada epiforada misra oxiriga tomon ohangning ko‘tarilishi yuzaga kelib, mantiqiy urg‘u ham shu takrorlanuvchi birlikka tushadi. “Ikki yulduz” to‘rtligida epiforaning betakror namunasini qo‘llanib, ta’kid mazmuni kuchaytirilgan: Bu oqshom meningdir, bu ayyom mening, Bu soqiy meningdir, bu Xayyom mening. Ko‘kdan jilva qilsa Surayyom mening, Yerda ishva aylar Muhayyom mening. Epifora takrorning boshqa turlari singari hozirgi zamon o‘zbek she’riyatida keng qo‘llanmoqda. S.Sayyid she’riyatida epifora turlicha uslubiy ma’no ifodalab, she’riy misralarning o‘ziga xos jozibasini ta’minlagan. Shoirning 4 misrali she’rining dastlabki uch misrasida qaytdi so‘zi epifora shaklida takror qo‘llanadi: Teskariga oqqan daryolar qaytdi, Tog‘larda yo‘qolgan sadolar qaytdi. Meni izlab ketgan nidolar qaytdi, Bolalik qaytmadi. Qaytmadi Demak, so‘z takrori sanaluvchi anafora va epifora she’riyatimizda, shu jumladan, S.Sayyid she’rlarida keng tarqalgan usullardan biri bo‘lib, u she’rda ta’kid, nadomat, o‘tinch, ishonch, sog‘inch ma’nolarini kuchaytirish, darajalash, bo‘rttirish, tasvirni yanada teranlashtirish, qiyoslash kabi turli vazifalarni ado etish uchun qo‘llanilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Hojiev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – T.: O‘zME, 2002. 2. Rixsieva G. She’riyatdagi gaplarning aktual bo‘linishida anaforalar o‘rni: Filol. fanlari nomzodi ... diss. avtoref. – T., 1999. 3. Homidiy H., Abdullaeva Sh., Ibrohimova S. Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati. – T.: O‘qituvchi, 1967. 4. Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. – T.: O‘qituvchi, 1995.