ABDUDULLA QODIRIY "MEHROBDAN CHAYON''ROMANI TAHLILI
Full text
721 ABDUDULLA QODIRIY “MEHROBDAN CHAYON’’ROMANI TAHLILI Mamatova Sadbara, Renessans ta’lim universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori [email protected] Abdulazizova Laylo Sherqo‘zi qizi Renessans ta’lim universiteti Filologiyа va tillarni o’qitish (o’zbek tili) ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933480 Annotatsiya: “Mehrobdan chayon” yangi davr boshidagi Turkiston hayotining keskin o‘zgarishlar davrida yozilgan. Qodiriy roman orqali axloqiy tanazzul, mansabparastlik, nodonlik, johillik, adolatsizlik kabi illatlarning ildizini ko‘rsatadi. Asar “mehr” va “adolat” timsoli yoniga yashiringan “chayon” – xiyonat, riyo, zulm hikoyasini qo‘yadi. Kalit so’zlar: Konflekt, Anvar, Ra’no, ijod, obraz, so‘z sehri, tarkibiy qism, tahlil, personaj. Аннотация: «Скорпион из алтаря» был написан в период резких перемен в жизни Туркестана в начале новой эры. В романе Кадыри раскрывает корни таких пороков, как падение нравов, карьеризм, невежество, невежество и несправедливость. В произведении представлена история «скорпиона», спрятанного рядом с символом «любви» и «справедливости» – предательством, лицемерием и угнетением. Ключевые слова: Конфликт, Анвар, Рана, креативность, образ, магия слова, компонент, анализ, персонаж. Abstract: "The Scorpion from the Altar" was written during the period of sharp changes in the life of Turkestan at the beginning of the new era. Through the novel, Kadiri reveals the roots of such vices as moral decline, careerism, ignorance, ignorance, and injustice. The work presents the story of the "scorpion" hidden next to the symbol of "love" and "justice" - betrayal, hypocrisy, and oppression. Keywords: Conflict, Anvar, Rana, creativity, image, word magic, component, analysis, character. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abdulla Qodiriy ijod maktabiga tashrifi davomida yozuvchi va shoir adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar bilan muloqot qildi “Bitta narsani hammamiz bilishimiz kerak. Adabiyotsiz iqtisodiyot ham, ma’naviyat ham bo‘lmaydi. O‘zini hurmat qilgan inson Abdulla Qodiriynining “O‘tkan kunlar” ini bir emas bir necha marta o‘qigan bo‘ladi. Nega desangiz, uni o‘qigan odam hech qachon oilaga xiyonat qilmaydi, kerak bo‘lsa vatanga xiyonat qilmaydi. Jadid bobolarimiz Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Behbudiy ular imorat qurmagan, o‘zizga boylik izlamagan. Bitta-yu bitta xazina ne mashaqqat bilan topgan pullariga kutubxona qurganlar. Shu “Turon” kutubxonasini
722 ham o‘zlarining mablag‘lariga qurib, mana shu elimizga, kerak bo‘lsa, o‘zligimizga namoyon qilib tirik haykal qilib ketgan desak to‘ri bo‘ladi. Bu kutubxona namuna bo‘lishin kerak. Bu kutubxonada ma’rifat nuri bizga har tomonlamayangi yangi yangi zafarlar, natijalarga madatkor bo’lishi kerak. Bu kutubxonaning nuri hammamizga kuch quvvat berib turishi kerak. 1 Atoqli o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy ”Mehrobdan chayon” romanini 1928-yilda yaratadi. Bu roman o‘zbek adabiyoti tarixida adibning “O‘tkan kunlar” dan keying ikkinchi asari bo‘ladi. Asar huddi “O‘tkan kunlar” kabi keng kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Roman qahramonlari Anvar va Ra’nolar ham Otabek va Kumush kabi xalqimizning sevimli qahramonlariga aylanib ketdi. Tarkibiy qism, ma’lumki, har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib topdiruvchi unsurlardan, muayyan birliklardan iborat bo‘ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnini shakllantirishi yoki matnni bo‘laklarga ajratganda qanday birliklar ayanan matn birligi, deb hisoblanishi borasida ancha-muncha munozaralar mavjud. Romanning kompozitsiyasi voqealar ketma-ketligi bilan emas, balki personajlar xarakterlarining ochilishi orqali rivojlanadi. Qodiriy turli sahnalarni bir-biriga bog‘lab, badiiy vaqt va makonni mahorat bilan uyg‘unlashtiradi. Agar Farhodning Shirin, bo‘lsa Majnunlarning Laylosi Nasib o‘lmish menga gulashan aro gullarning – Ra’nosi (Mirzo) Agar or etsa Layli haqlidir Qaysning jununidin, Ne baxt, Ra’no, xaridoringtalab ahlining -Mirzosi (Ra’no) Qodiriy asarlarida sevgi ko‘pincha insonlarning ichki dunyosini ochib beruchi kuch sifatida tasvirlanadi. Masalan “mehrobdan chayon” romanida do‘stlik va sadoqat qahramonlar hayotidagi qiyinchliklarni yengishda muhim rol o‘ynaydi do‘stlar o‘rtasidagi munosabatlar, bir-biriga bo‘lgan ishonchi va yordam berish istagi asarlarni yanada qiziqarli va hayajonli qiladi. Akademik Matyoqub Qo‘shjonovning “O‘zbekning o‘zligi” kitobi shu jihati bilan etborga molik. Risolaning birinchi bobi “O‘tkan kunlar” romani tahlilga bag‘ishlangan bo‘lsa, ikkinchi bobida “Mehrobdan chayon” asari tahlilga tortiladi. Olim o‘z tadqiq usuliga sodiq qolib, roman tahlilida asosiy etborni yozuvchning poetik olamini yoritishga qaratadi. Olim Anvar harakteri haqida fikr yuritganda ham uning mantig‘iga e’tibor qaratadi. Zarur o‘rinlarda Otabek bilan qiyoslanadi. Tanqidchi Anvar obrazini batafsil tahlilini beradi. Uning kamtarin yigit ekani, Solih Mahdum eshigida asrandi sifatida 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yil26-dekabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabidagi tashrifi davomida so‘zlagan nutqidan
723 ta’lim olishi, iste’dodli va qobilyatli bo‘lsada, uning jamoatchlikda ko‘z-ko‘z qilavermasligi, hatto uni mirzabishi qilib tayinlamoqchi bo‘lishganda ham o‘zini bu mansabga munosib, deb biladi…, chunki u yosh bo‘loshiga qaramay O‘rdada bir necha yil oddiy mirzo bo‘lib ishlab vaziyatni, muhit oqimini, odamlararo ziddiyatni to‘la anglab yetgan va mirzaboshi etib tayinlansa hasadgo‘ylik illatlari ishga tushishni aniq his qiladi. 2 Ra’no obrazi orqali Qodiriy ayolning jamiyatdagi o‘rniga e’tibor qaratadi. Ra’no go‘zallik va sadoqat timsoli bo‘lish bilan birga, davr ayollarining fojeasini ham mujassamlashtiradi. Uning murakkab taqdiri jamiyatdagi adolatsizlikning oqibatlarini ko‘rsatadi. Boylikka mahliyo, lekin irodasi sust inson. Qodiriy bu obraz orqali boylar tabaqasining ichki bo‘shligini, ma’naviy ojizligiga tanqidiy munosabat bildiradi. Tadqiqot jarayonida ko‘rinib turibdiki konflikt hosil qiluvchi tugunlar haqida gap ketganda, uning bir uchi Solih Maxdum bilan bog‘lansa, boshqa bir tomoni Abdurahmon domlaga borib taqalishi asoslanadi. Solih Maxdumga aloqador jihatini munaqqid Anvar mirzaboshi bo‘lgandan keyin uni qizi Ra’noga uylantirish rejasi bilan asoslanadi. Kitobda Abdurahmon domla obrazi ham tahlilga tortilib, uning Buxoro madarasasida tayinli tahsil olmay boshqa nojoiz ishlar bilan shug‘ullangani, o‘qishni zo‘rg‘a tugatib oddiy bir imomlikka ilingani haqiagi tasvirlarga to‘xtalar ekan,uning tabiatiga xos bo‘lgan hasadgo‘ylik hususiga to‘xtaladi. 3 Munaqqid tahlilga etibor qaratgan masalalardan biri realistik asarlarda tasodiflarni qo‘llash masalasidir. Gap shundaki, romanda Anvarning boshiga mushkul ish tushgan vaqtda, yani Sultonali qamalib, uning hayoti xavf ostida turgan bir paytda bolaligida onasi tomonidan kimlargadir berib yuborilgan akasi Qobil o‘rtoqlari bilan Samarqand tomonlardan ukasini so‘roqlab kelib qoladi munaqqid oshnolarning “pul oshnasi emas odam oshnasi” ekani haqida kattagina parchani keltiradi va bu yozuvchi mahoarati sifatida baholaydi. Xullas Qobil va uning o‘rtoqlarining qaltis paytida Anvarga yordam berishi, Safar bo‘zchi va Anvar taraf xalq hamkorligida o‘limdan qutqarib Toshkentga qochirib yuborishlari bir tasodifday tuyulsada, lekin yozuvchining badiiy asoslashi tufayli badiiy haqiqatga aylangani ta’kidlanadi. Bundan tashqari olim, bu holni asarni yaratilgan davri bilan izohlaydi ya’ni o‘tgan asrning 20-yillarida adabiyot hali xalq og‘zaki ijodi ta’siridan butkul uzoqlashib ketmagani, shu bois yozuvchi tasodiflardan unumli foydalangan, badiiylikni kuchaytirish uchun o‘ziga xos badiiy usulni qo‘llagan. 2 Dilafro‘z Jabborova “Mehrobdan chayon” romani talqiniga doir maqola 3 Matyoqub Qo‘shjonov ”O‘zbekning o‘zligi” Toshkent Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti 1994-yil 2bob 70-bet
724 Badiiy adabiyotning aynan san’at ma’nosida dargohi keng adabiyot hayotda keng bo‘lgan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalarni ham, hayotda bo‘lmagan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lmagan narsalarni ham gohida qamrab olaverar ekan. Asar yakunidagi kabi Anvar qiyofasidagi Qodiriyni xalq qutqarishaga umid bog‘ladi. Zero Cho‘lpon aytganidek “Xalq dengizdir, xalq to‘lqindir, xalq kuchdir”. Ming afsus…Abdulla Qodiriy hayotida uni qutqarguvchi xalq bo‘lmadi. Lekin yozuvchining davrdosh-u davradosh, lek, darddosh bo‘lolmagan hamkasblari mehrobdan chiqqan chayonlik vazifasini to‘liq ado etdilar. Bundayin ruhdagi asarlari orqali Qodiriy o‘z xalqiga, yurtdoshlariga, katta lavozimli amaldorlarga ko‘zgudagi asl turqini ko‘rsatib, rohat botqog‘idan chiqishga chorladi. Ammo qon rangi xush ko‘rguchi qizil imperiyaga Otabek-u Anvar emas, Obid ketmonlar kerak edi. Hammasi tugadi.1938-yil 4-oktyabr millatimiz tarixidagi qonli sana. Abdulla Qodiriyning so‘ngi so‘zlari esa hukmni ijro qiluvchi zobitga bo‘ldi. So‘nggi istagim, iltimos ikki rakat namozimni o‘qib olay … . Non so‘rab kelganga joningni berding Sendadir matonat,sendadir toqat. Qon so‘rab kelganga shoningni berding Yurtingni berding,sen qattol xiroji O‘ldirsang o‘zingni o’ldirding faqat, Assalomu alaykum dorning og‘ochi. Xulosa qilib aytganda “Mehrobdan chayon” Abdulla Qodiriyning badiiy mahorati kamolga yetgan yirik asarlaridan biridir. Romanda ijtimoiy hayotning og‘riqli nuqtalari, insoniylik va razillik kurashi, shaxsiy manfaat va adolat o‘rtasidagi ziddiyatlar chuqur tahlil etilgan. Qodiriy bu asar orqali o‘zbek adabiyotini yangi pog‘onaga olib chiqdi, realistik roman maktabining shakllanishiga ulkan hissa qo‘shdi. Asar bugun ham ahamiyatini yo‘qotmagan, insonni o‘ylashga, o‘zligini anglashga chorlaydigan badiiy yodgorlik sifatida qadrlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Shavkat Mirziyoyev “Insonparvarlik ezgulik va bunyodkorlik-milliy g‘oyamizning poydevoridir”. – T: 2021. 2. Matyoqub Qo‘shjonov “O’zbekning o‘zligi” Toshkent Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 3. B.Karim adabiy tanqid yangilanish jarayonlari. - T:2009. 4. ”Mehrobdan chayon” romani, Toshkent:O‘zbekiston davlat nashriyoti,1940 5. Matyoqub Qo‘shjonov tanlangan asarlar -Tosh: 2018. 6. Rasulov. B. Adabiy tahlil asoslari. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1999. 7. Jo‘rayev. N. Qodiriy romanlarida obraz yaratish mahorati. – Toshkent: “Yozuvchi”, 1985. 8. Habibullayev. K. O‘zbek realizmi poetikasi. – Toshkent: “Fan”, 1992.