scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YUKSAK MAQSADLAR SARI

Hayitbayeva Robiya Farxodovna

Full text

725 YUKSAK MAQSADLAR SARI Hayitbayeva Robiya Farxodovna Renessans ta’lim universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish o‘zbek tili yo‘nalishi 1-bosqich talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933486 Annotatsiya: Ushbu maqolada muallif o‘zining hayotiy qarashlari, orzu va maqsadlari, ularga erishish yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlari haqida so‘z yuritadi. Asarda insonning hayotdagi yutuqlari tasodif emasligi, balki sabr-toqat, mehnat va qat’iyat orqali qo‘lga kiritilishi alohida ta’kidlanadi. Muallif shaxsiy tajribasi misolida har qanday orzuni aniq maqsadga aylantirish zarurligini va unga erishish uchun to‘xtovsiz harakat qilish lozimligini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, xorijiy tillarni o‘rganish, xalqaro dasturlarda qatnashish kabi imkoniyatlarning shaxsiy taraqqiyotda tutgan o‘rni yoritiladi. Maqola o‘quvchilarda yuksak marralar sari intilish, orzu va maqsadlariga sodiq qolish g‘oyasini shakllantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Orzu, maqsad, talabalik, motivatsiya, mehnat, sabr-toqat, qat’iyat, til o‘rganish, imkoniyat, yoshlar, rivojlanish, yuksalish, kelajak, intilish, muvaffaqiyat. Аннотация: В данной статье автор рассказывает о своих жизненных взглядах, мечтах и целях, а также о тех усилиях, которые он прилагает для их достижения. В работе подчеркивается, что достижения человека в жизни не случайны, а достигаются благодаря терпению, трудолюбию и целеустремленности. На примере своего личного опыта автор показывает необходимость превращать любую мечту в конкретную цель и неустанно работать над ее достижением. В статье также подчеркивается роль возможностей, созданных для молодежи, таких как изучение иностранных языков и участие в международных программах, в личностном развитии. Статья служит формированию у студентов идеи стремления к высоким целям, сохранения верности своим мечтам и целям. Ключевые слова: Мечта, цель, студент, мотивация, труд, терпение, решимость, изучение языка, возможность, молодежь, развитие, продвижение, будущее, стремление, успех. Abstract: In this article, the author talks about his life views, dreams and goals, and the efforts he makes to achieve them. The work emphasizes that a person's achievements in life are not accidental, but are achieved through patience, hard work and determination. Using the example of his personal experience, the author shows the need to turn any dream into a specific goal and to work tirelessly to achieve it. The article also highlights the role of opportunities created for young people, such as learning foreign languages, and participating in international programs, in personal development. The article serves to form in students the idea of striving for high goals, remaining faithful to their dreams and goals. Keywords: Dream, goal, student, motivation, work, patience, determination, language learning, opportunity, youth, development, advancement, future, aspiration, success. Inson hayotining mazmuni va mohiyati uning orzu va maqsadlarida namoyon bo‘ladi. Orzu – bu qalbda uyg‘ongan umid chirog‘i, maqsad esa uni amalga oshirish sari eltuvchi yo‘l va rejalardir. Kimdir orzularini faqat tasavvur darajasida qoldiradi, 726 kimdir esa uni aniq maqsadga aylantirib, unga erishish yo‘lida qat’iy harakat qiladi. Hayotda muvaffaqiyat qozongan har bir insonning ortida katta sabr-toqat, tinimsiz mehnat va qat’iyat yotadi. Bugungi kunda yoshlarga o‘z iste’dodini ro‘yobga chiqarish, bilimini boyitish va dunyoqarashini kengaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratilib, ular uchun turli loyihalar va dasturlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Shunday imkoniyatlardan samarali foydalanish va o‘z ustida muntazam ishlash insonni maqsadlariga yaqinlashtiradi. Men, Hayitbayeva Robiya, bolaligimdan orzu qilardim. Goho hayollarimda kelajakdagi kasbimni, hayotimni, kim bo‘lishimni tasavvur qilardim. Dastlab men orzular o‘z-o‘zidan amalga oshadi deb o‘ylardim. Lekin hayot menga o‘rgatdiki, hech narsa mehnatsiz berilmaydi. Har bir yutuqning ortida insonning tinimsiz harakati, qat’iyati va sabr-toqati yotadi. Shu boisdan, kichikligimdan boshlab berilgan vazifalarni erinmasdan, astoydil bajarishga odatlandim. Bu odat meni sabrli, talabchan va mehnatkash bo‘lishga o‘rgatdi. Bugun men talaba bo‘lib, ota-onamning ishonchini oqlayotganimdan baxtiyorman. Ammo bu — xotima emas, balki buyuk hayotning boshlanish nuqtasi, yangi ufqlar sari tashlangan ilk qadamdir. Albert Eynshteyn aytganidek: “Muvaffaqiyat faqat A+B+C formulasiga asoslanadi: A — mehnat, B — dam olish, C — esa tilini tiyishdir.” Men uchun eng katta orzu bo‘lgan talabalik bugun faqatgina kichik bir marraga aylangan. Oldimda yangidan-yangi yuksak maqsadlar turibdi. Masalan, hozir men turk tilini o‘rganmoqdaman va kelajakda kamida beshta tilda bemalol so‘zlashishni niyat qilganman. Mashhur yozuvchi Abdulla Qodiriy ham yoshlik chog‘ida ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelgan. Ammo u o‘qish, yozishga bo‘lgan ishtiyoqidan hech qachon voz kechmagan. Unga to‘siq bo‘lgan hayot sinovlari keyinchalik buyuk adib bo‘lishiga, millat tafakkurini yuksaltirishiga sabab bo‘ldi. Bu misol bizga shuni o‘rgatadi: insonning intilishi va qat’iyati eng og‘ir vaziyatlarni ham yengishga yordam beradi. Bir kuni kechqurun deraza yonida kitob o‘qib o‘tirganimda, tashqarida yomg‘ir yog‘ar, shamol esa barglarni shitirlatardi. Shu payt kitob sahifalaridagi so‘zlar ham xuddi yomg‘ir tomchilaridek qalbimga singayotganday tuyuldi. O‘shanda o‘zimga shunday deb qo‘ydim: “Har bir o‘qilgan kitob – hayotimga qo‘shilgan yangi bir qanotdir. Men qanotlarimni kuchaytirib, albatta, yuksaklarga uchaman.” 727 Shu bilan birga, “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali til o‘rganishim, 2+2 dasturi orqali Turkiyada tahsil olish niyatim – bularning barchasi mening kelajakka bo‘lgan ishonchimni yanada mustahkamlamoqda. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy shunday degan: “Har kimki, yuksak maqsadlar sari intilsa, albatta o‘z yo‘lini topadi.” Shu bois men doimo o‘zimga shior qilib olganman: “Imkonsiz narsa yo‘q, agar insonning niyati sof va harakati sobit bo‘lsa.” Har bir inson hayotida orzular va maqsadlar bo‘ladi. Orzular qalbimizni yorituvchi umid chirog‘i bo‘lsa, maqsadlar bizni harakatga chorlaydigan kuch manbaidir. Men ham hayotim davomida orzularimni aniq maqsadlarga aylantirishni, ularni amalga oshirish uchun tinimsiz mehnat qilishni o‘z oldimga vazifa qilib qo‘yganman. Albatta, bu yo‘l oson emas. Ba’zan odamlar kuladi, ba’zan ishonchsizlik uyg‘otadi, hatto to‘siqlar ham chiqadi. Ammo inson maqsadida sobit qolsa, ularni hammasini yengib o‘tadi. Shunday ekan, men o‘zimga va kelajagimga ishonaman. Chunki maqsad sari tashlangan har bir qadam — orzularimni amalga oshirish sari qo‘yilgan qadamdir. Hayot inson oldiga doimo turli sinov va vazifalarni qo‘yadi. Kimdir bu sinovlardan qo‘rqib ortga chekinadi, kimdir esa ularni o‘zini chiniqtiruvchi maktab deb biladi. Insonning qadr-qimmati ham aynan uning hayotiy sinovlarga qanday yondashuvida namoyon bo‘ladi. Orzu – qalbimizdagi ilhom chirog‘i bo‘lsa, maqsad – unga eltuvchi aniq yo‘l va harakatdir. Orzusini maqsadga aylantirgan, unga tinimsiz intilgan kishi albatta manziliga yetadi. Bugungi kunda men ham shunday hayotiy haqiqatni anglab yetdim: hech narsa o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, mehnat, sabr va qat’iyatgina insonni yuksaltiradi. Talabalik yo‘lim – mening ilk marram, ammo bu marradan keyin yanada ulkan maqsadlarim bor. Xorijiy tillarni o‘rganish, chet elda tahsil olish, ilmiy izlanishlar olib borish va kelajakda jamiyatim uchun foydali mutaxassis bo‘lish – bularning barchasi mening hayotiy yo‘nalishimni belgilab bergan. Shubhasiz, bu yo‘l davomida to‘siqlar, qiyinchiliklar, shubhalar uchrashi mumkin. Ammo inson o‘ziga ishonsa, niyatiga sodiq qolsa, albatta, ularni yengib o‘tadi. Zero, “Harakat qilgan inson manzil topadi” degan hikmat bejiz emas. Men ishonamanki, kelajakda ham orzularimni aniq maqsadlarga aylantirib, ularga qat’iyat bilan intilaman. Chunki hayotdagi eng katta g‘alaba – bu o‘z mehnating samarasini ko‘rish, orzularing ro‘yobini guvohi bo‘lish va Vataning ravnaqiga hissa qo‘shishdir. Har kim o‘z yo‘lida bardavom bo‘lsa, uning oldida hech qanday to‘siq tura olmaydi. 728 Shunday ekan, hayotiy shiorim bitta: “Orzu qil, maqsad qo‘y va unga yetguningcha taslim bo‘lma!” Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Navoiy, A. Xamsa. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2011. 2. Maslou, A. Motivatsiya va shaxsiyat. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. 3. Konfutsiy. Hikmatlar xazinasi. – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2005. 4. Eynshteyn, A. Hayot haqida fikrlar. – Toshkent: Fan, 2010. 5. Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2014.