INGLIZ VA ARAB TILLARIDA ZAMON VA ASPEKTNING TAQQOSLAMA TAHLILI
Full text
945 INGLIZ VA ARAB TILLARIDA ZAMON VA ASPEKTNING TAQQOSLAMA TAHLILI Mamarajabov Mirqosim Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Xo‘jaqulova Feruza Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) kurs talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933876 Annotasiya: Ushbu maqola ingliz va arab tillarining taqqoslanishiga qaratilgan bo’lib, ayniqsa ushbu ikki tilni tahllil qilishda zamonga va aspektlariga asosan urg’uq aratilgan, shuningdek uni misollar bilan yoritib berilgan. Kalit so’zlar: arab tili, ingliz tili, aspect, zamon ,tizm, grammatika, kotegoriya, tahlil, taqqoslama, tarjima, tilshunoslik. Abstract: This article is aimed at comparing English and Arabic languages, especially focusing on tense and aspects in the analysis of these two languages, and also illustrating it with examples. Keywords:arabic language, English language, aspect, tense, system, grammar, category, analysis, comparison, translation, linguistics. Kirish: Tilshunoslikda zamon va aspekt kategoriyalari muhim grammatik tushunchalar hisoblanadi. Ularning o‘ziga xosligi har bir tilning grammatik tizimini chuqurroq anglash imkonini beradi. Ushbu maqolada ingliz va arab tillarida zamon va aspekt kategoriyalari qiyosiy tahlil qilinadi, ularning umumiy va farqli jihatlari yoritiladi. Ingliz tilida zamon va aspekt tizimi. Ingliz tilida zamon (tense) va aspekt (aspect) ikki asosiy kategoriya sifatida farqlanadi. Tense harakatning vaqtini (past, present, future) bildirsa, aspect harakatning davomiyligi yoki tugallanganligini ifodalaydi. Ingliz tilida quyidagi zamonlar mavjud: Present, Past, Future. Har bir zamonning Simple, Continuous, Perfect vaPerfect Continuous shakllari mavjud bo‘lib, ular jami 12 zamonni tashkil etadi. Arab tilida zamon va aspekt tizimi:Arab tilida zamon tizimi ingliz tilidagidan farq qiladi. Asosiy ikkita shakl mavjud: Mādī (o‘tgan zamon) va Mudāri‘ (hozirgi /kelasi zamon). Bundan tashqari, Amr (buyruq shakli) ham alohida qo‘llaniladi. Arab tilida zamon bilan bir qatorda aspekt juda muhim hisoblanadi. Mādī ko‘pincha tugallangan harakatni bildirsa, Mudāri‘ tugallanmagan, davom etayotgan yoki kelajakdagi harakatni ifodalaydi. Ingliz va arab tillarida zamon va spect turlicha ifodalanadi. Ingliz tilida zamon va spect ko‘proq analitik shakllar (yordamchi fe’llar) orqali ifodalansa, arab tilida esa fe’lning morfologik shakllari asosiy o‘rin tutadi. Masalan, ingliz tilidagi Present Perfect
946 zamoni arab tilida Mādī shakli bilan berilishi mumkin, ammo kontekstdan foydalanish zarur. Ingliz tilida zamon vа aspekt asosan yordamchi fe’llar (be, have, will) vа sintaktik qurilishlar orqali ifodalanadi. • He has written the letter (Perfect) • He is writing a letter (Progressive) Arab tilida esa zamon va aspect tug’ridan-tog’ri fe’lning morfologik shakllari оrqаi ifodalanadi: • َ بَتَك(kataba –u yozdi) – Mādī • ُ بُتْكَي(yaktubu –u yozmoqda/ yozadi) – Mudāri‘ Zamon va spect kategoriyalarining nazariy asoslari: Tadqiqotchilar fikricha, zamon va aspektiki mustaqil, ammo o‘zaro bog‘liq kategoriya hisoblanadi (Comrie, Quirk). Arab tilshunosligida esa ko‘proq aspektga e’tibor qaratilgan, chunki harakatning tugallanganligi yoki davomiyligi zamondan muhimroq hisoblanadi.Shuningdek zamon va aspektning birqancha pragmatic funksiyalari bor. Ingliz tilida Continuous shakllari ba’zan kelajakni ham ifodalashi mumkin (I am leaving tomorrow). Arab tilida esa Mudāri‘ shakli hozirgi hamda kelasi zamonni bildirishi mumkin (yaktubu – u yozmoqda / u yozadi).Stilistik jihatidan esa, Ingliz tilida Perfect Continuous shakli kuchli emotsional urg‘u beradi (I have been waiting for two hours!). Arab tilida esa Mādī zamoni Qur’onda kelajak voqealar uchun ishlatilishi mumkin, bu ularning mutlaq haqiqat sifatidai fodalanishini ko‘rsatadi. Zamonga oid qo‘shimcha kategoriyalar: Ingliz tilida “Modal meanings” ko’pincha zamon bilan: • He must have gone – эҳтимол у кетган. • He might go tomorrow – эҳтимолэртагакетади. Arab tilida esa modallik ko’proq maxsus so’zlar ( لعل– balki, دق – эҳтимол) yoki kontekst orqali ifodalanadi. O‘qitishda qo‘llanilish jihatidan qaraladigan bo’lsa:Tillarni o‘qitishda zamon va aspekt tushunchasi muhimdir. Ingliz tilin io‘rganayotgan o‘zbek talabalar Perfect zamonlarini chalkashtirishi mumkin. Arab tilini o‘rganishda esa Mudāri‘ shaklining ikki xil zamonni bildirishi qiyinchilik tug‘diradi, shuningdek ushbu ikki tilni tarjimada qo‘llash bo’yicha bir qancha muammolari mavjud.Masalan: Ingliz tilidagi perfect shakllari arabchaga ko‘pincha Mādī yordamida tarjima qilinadi. Arabchadagi Mudāri‘ esa inglizchada hozirgi yoki kelasi zamon sifatida tarjima qilinadi: yaktubu al-ān – He is writing now; sayaktubughadan – He will write tomorrow. Tarixiy rivojlanish:Ingliz tilida zamon tizimi tarixi davomida murakkablashgan. Ilk ingliz tilida faqat( Pastva Present bore di, keyinchalik Perfect va Continuous
947 qo’shildi. Arab tilida esa zamon tizimi an’anaviy tarzda ikki asosiy shaklga(MādīваMudāri‘) suyangan, lekin ularning ma’no qo’lami kengligi sababli xozirgi arab tilshunosligida turli talqinlar mavjud. Xulosa: Ingliz va arab tillarida zamon va aspekt kategoriyalari turlicha shakllangan bo‘lsa-da, ular bir-birini boyituvchi til hodisalari sifatida ahamiyatlidir. Ularni taqqoslash nafaqat nazariy tilshunoslik, balki tarjima amaliyoti va til o‘qitishda ham muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada qisqacha ikki tilni tahlili va taqoslanishini ko’rishingiz mumkin. Ko’rganingizdekular birbiriga o’zaro bog’liqdir. Hozirgi kunda maktabda boshlang’ich siniflarga ham ingliz tili darsliklari qo’shilgan. Ammo arab tilini ixtiyoriy til sifatida xususiy markazlarda o’rganishingiz mumkin, buning uchun yurtimizda ko’plab imkoniyatlar yaratilgan. O’ylaymanki bu maqoladan o’zingizga kerakli bo’lgan taqqoslama va tahlillarni o’rgandingiz. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Comrie, B. (1985). Tense. Cambridge University Press. 2. Quirk, R., Greenbaum, S., Leech, G., &Svartvik, J. (1985). A Comprehensive Grammar of the English Language. Longman. 3. Haywood, J. A., &Nahmad, H. M. (1965). A New Arabic Grammar of the Written Language. Lund Humphries. 4. Ryding, K. C. (2005). A Reference Grammar of Modern Standard Arabic. Cambridge University Press. 5. Crystal, D. (2008). A Dictionary of Linguistics and Phonetics. Blackwell Publishing. 6. Al-Khuli, M. A. (1982). A Contrastive Study of English and Arabic. Al-Riyadh Publishing. 7. Palmer, F. R. (1987). The English Verb. Longman. 8. FassiFehri, A. (2012). Key Features and Parameters in Arabic Grammar. John Benjamins Publishing.