ILK O'RTA ASRLARDA SO'G'DIYONA DAVLATINING GEOGRAFIK JOYLASHUVI
Full text
992 УДК: 9:433:908 ILK O’RTA ASRLARDA SO‘G‘DIYONA DAVLATINING GEOGRAFIK JOYLASHUVI Xayrullayrva Dilnoza Narzullayevna, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi, e-mail: xayrullayev[email protected], Ibragimova Manzura Maxmasiddiq qizi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi e-mail: [email protected], DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933944 Annotatsiya: Maqolada Soʻgʻdiyona davlatining geografik joylashuvi, tabiiy sharoitlari va hududiy chegaralari keng yoritilgan. Unda Zarafshon va Qashqadaryo vohalarining iqlimiy hamda geologik xususiyatlari, unumdor tuproqlari va sugʻorma dehqonchilik uchun yaratilgan imkoniyatlari tahlil qilingan. Soʻgʻdiyonaning markazi hisoblangan Marokanda (hozirgi Samarqand) hamda boshqa yirik shaharlarning shakllanishida tabiiy-geografik omillarning oʻrni ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, maqolada Soʻgʻdiyonaning shimolda Sirdaryo bo‘ylari, janubda Baqtriya, gʻarbda Xorazm va Buxoro, sharqda Fargʻona vodiysi bilan chegaradosh boʻlganligi ilmiy manbalar asosida tasvirlangan. Bu hudud Buyuk Ipak yoʻlining muhim chorrahasida joylashgani sababli savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalarning markaziga aylangan. Qulay geografik sharoit Soʻgʻdiyona shaharlarining tez rivojlanishiga, hunarmandchilik va savdo-sotiqning yuksalishiga asos bo‘lgan. Kalit so‘zlar: Eron, Xorazm, S.P.Tolstov,Aria, Ak, Zarafshon, Naxshab, Narshaxiy, Kesh, Yunon, Ahamoniylar,O‘rta Osiyo, Al-Muqaddasiy, Jayhoniy. Abstract: The article provides a detailed analysis of the geographical location of the Sogdian state, its natural conditions, and territorial boundaries. It examines the climatic and geological features of the Zarafshan and Kashkadarya valleys, highlighting their fertile soils and the opportunities they offered for the development of irrigated agriculture. The role of natural and geographical factors in the formation of Maracanda (modern Samarkand) and other major cities of Sogdiana is also emphasized. Furthermore, the article, based on scholarly sources, describes that Sogdiana bordered the Syr Darya region in the north, Bactria in the south, Khwarezm and Bukhara in the west, and the Ferghana Valley in the east. Special attention is given to its advantageous position at a key crossroads of the Silk Road, which turned the region into a center of trade, economic, and cultural interactions. Favorable geographical conditions contributed to the rapid growth of Sogdian cities, the flourishing of crafts, and the rise of commercial activity. Keywords: Iran, Khwarezm, S.P. Tolstov, Aria, Ak, Zarafshan, Nakhshab, Narshakhi, Kesh, Greeks, Achaemenids, Central Asia, Al-Muqaddasi, Jayhani. Аннотация: В статье подробно освещено географическое положение государства Согдиана, его природные условия и территориальные границы. Рассмотрены климатические и геологические особенности долин Зарафшана и Кашкадарьи, их плодородные почвы и возможности для развития ирригационного земледелия. Показана роль природногеографических факторов в формировании Мароканды (нынешний Самарканд) и других крупных городов Согдианы. Кроме того, в статье на основе научных источников описано, что Согдиана граничила на севере с приаральскими районами Сырдарьи, на юге с Бактрией, на западе с Хорезмом и Бухарой, а на востоке с Ферганской долиной. Особое
993 внимание уделено выгодному расположению региона на важном перекрёстке Великого шёлкового пути, благодаря чему он превратился в центр торговых, экономических и культурных связей. Удобные географические условия способствовали быстрому развитию городов Согдианы, росту ремёсел и торгово-экономической активности. Ключевые слова: Иран, Хорезм, С.П. Толстов, Ария, Ак, Зарафшан, Нахшаб, Наршахи, Кеш, Греки, Ахемениды, Средняя Азия, Аль-Мукаддаси, Джайхани. Kirish. Sugʻdning geografik joylashuvi haqida gapirganda mahalliy manbalarga murojaat qilishga toʻgʻri keladi. Chunki qadimgi Eron va Yunon mualliflari Sugʻdni yaqindan bilmaganliklari sababli oʻz asarlarida Sugʻd maʼmuriy birliklari va geografiyasiga oid aniq maʼlumotlar bera olishmagan. Ulardagi maʼlumotlar umumiy tasavvur beradi, xolos. Masalan, Y. Markvart Aryanam-Vayja mamlakati Ahamoniylargacha mavjud boʻlgan Oʻrta Osiyodagi yirik davlat ekanligi, uning markazi Xorazm boʻlganligi toʻgʻrisidagi taxminni yunon-rim manbalariga asoslangan holda ilgari surgan. Keyinchalik bu gipoteza V.B.Henning va I.Gershevich tomonidan, rus tarixshunosligida esa S.P.Tolstov tomonidan qoʻllab-quvvatlangan edi. Ularning fikricha, mazkur mintaqa Xorazmdan janubga qarab joylashgan boʻlib, uning markazida Marv va Hirot (qadimgi Aria) turgan. Ushbu gipotezaning vujudga kelishiga Gerodot bergan maʼlumotlar asos boʻlib xizmat qilgan, unda keltirilgan Ak daryosidagi toʻgʻon xorazmliklarga qaragan hamda Xorazm, Parfiya, Aria va Sugʻdiyona Ahamoniylar satrapliklari boʻlgan. Lekin ushbu maʼlumotlarda Sugʻdning tarixiy-geografik chegaralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar juda tarqoq. Sugʻd tarixiy geografiyasi va maʼmuriy tuzulishi xususida Yunon-Rim tarixchilaridan farqli oʻlaroq, oʻrta asr arabfors tarixchilari keltirgan maʼlumotlar tarixiy haqiqatga yaqinligi bilan ajralib turadi. Asosiy qism: Arab manbalarida Mugʻ togi sugʻdiy hujjatlariga nisbatan Sugʻd geografiyasi va maʼmuriy boʻlinishi xususidagi maʼlumotlar anchayin noaniq. Masalan, Karmanadan gʻarbga tomon Buxoro Sugʻdini “Katta Sugʻd”ga qoʻshmay qaralgan manbalar ham mavjud. Xuddi shu kabi Qashqadaryo vohasiga nisbatan Sugʻdga tegishli hudud sifatida qarashda ham har xillik mavjud. Masalan, baʼzi mualliflar Sugʻd deb Zarafshon daryosining yuqori oqimidan to quyi oqimigacha barcha yerlarni, jumladan, bu hududga Buxoro vohasini ham kiritishlari bilan birgalikda Kesh, Naxshab vohalarini Sugʻdga kiritilganligi. Biroq, Ibn Xavqal arablar joriy qilgan soliq-moliya maʼmuriy boʻlinishidan kelib chiqib, Sugʻdni Buxorodan, Kesh va Naxshabdan ajratganligi hamda Al-Istaxriy maʼlumotlarida esa Sugʻdni uch qismga boʻlingan bo‘lib Samarqand, Buxoro, Kesh-Naxshab hududlari hisoblangan Istaxriy oʻz bayonini osonlashtirish uchun Sugʻdning qismlarini bir-biridan ajratib bergan. Sugʻdning tarixiy chegaralari toʻgʻrisida tarixchi-sayyoh Ibn Xurdodbeh maʼlumotlarida Samarqand va Sugʻd alohida hudud sifatida taʼriflanadi. Aftidan, bu narsaga isbot talab qilmas haqiqat deb qaralgan. Holbuki, Samarqand koʻpgina manbalarda Sugʻdning
994 markaziy qismi deb keltiriladi. Ehtimol, arab tarixchilari Sugʻdni yaqindan bilmaganlar, natijada uning tarixiy chegaralarini aniq tasvirlay olishmagan [1]. Arab muallifi al-Muqaddasiy esa Jayhoniy maʼlumotlari asosida ilk oʻrta asrlarda Sugʻdga Kesh va Nasaf (Naxshab) yerlari kirgan, deb koʻrsatadi. Lekin u Samarqand yaqinidagi Ishtixonni kuchli mavqeiga qaramay, Sugʻdga kiritmaydi. Vaholanki, Xitoy yilnomalariga koʻra, Ishtixon (Cao) Sugʻdning muhim markaziy tumanlaridan boʻlib, bu hududda Kushoniya (He) ham joylashgan. Baʼzi hollarda Kushoniya va Ishtixonga bir hudud sifatida qaraladi. Bunga al-Muqaddasiyning quyidagi soʻzlarini misol keltirish mumkin: “Sugʻdning asosiy bosh shahri – Samarqand, keyin esa Kesh, soʻngra Nasaf, undan keyin esa Kushoniya – to uning oxirigacha”. Yunon manbalarida Sugʻd deb Zarafshon va Qashqadaryo vohasigina tushunilgan boʻlsa, baʼzi oʻrta asr mualliflari (masalan, as-Samʼoniy. “Kitob al-ansob”) Sugʻdni Samarqand deb tushunadilar [2]. Sugʻd konfederatsiyasining tarixiy geografiyasi va maʼmuriy boʻlinishi xususida Xitoy manbalarida keltirilgan maʼlumotlar yanada muhim ahamiyatga ega. 629–630 yillarda Toxariston hududi orqali Hindistonga oʻtgan xitoy budda rohibi Syuan-tszyan kundaliklari “Da Tan Siyuy tszi”da (“Buyuk Tan sulolasi davrida gʻarbiy mamlakatlar haqida xotiralar”) VII asrning birinchi choragida Samarqand shahri xalqaro savdo markazlaridan biri sifatida gullab-yashnagan shahar deb keltiriladi. Manbada keltirilishicha, Samarqand mamlakatining chegarasi uzunligi 1251–1267 kilometrga teng. Bozorlari turli xorij mahsulotlari va qimmatbaho buyumlar bilan toʻla, aholisi gavjum ekanligini aytib o‘tadi . Syuan-tszyan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Choch, Ustrushona kabi hududlardan oʻtadi. Samarqandga yetib kelgach u bir muddat bu shaharda qoladi, shunda Syuan-tszyan So‘g‘d mazkazi Samarqand ekanligini yozib qoldiradi [3]. So‘g‘diyona qulay geografik hududda joylashgani tufayli, uning savdodagi o‘rni ham yuqori bo‘lgan. Sugʻdlar Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi Zarafshon vodiyasida yashagan eron tilli xalq bo‘lib, ular VI asrdan X asrgacha manbalarda tilga olingan. Samarqand va Buxoroga asos solgan bu xalq keyinchalik islomiy eron tilli xalqlar bilan qorishib ketgan. Ilmiy adabiyotlarda esa sugʻdlar milodiy I mingyillikda savdo faoliyatining bosh tashuvchisi sifatida tasvirlanadi [4]. So‘g‘d savdogarlari O‘rta Osiyoda mashhur bo‘lib, ular o‘z tijoratini Buyuk Ipak yo‘lida olib borgan. So‘gd savdosi haqidagi manbalarning aksariyati mavhum bo‘lsada, aniq bir malumotni ko‘rsatib beroladi. Mazkur ma’lumotlarning ayrimlari So‘gd jamiyati va iqtisodiyotining ichki xususiyatlarini ochib beradi. Shuningdek, So‘gd savdogarlari muhitidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqqan hujjatlar guruhi ham mavjud. Ular kamyob, biroq ishonchli manbalar bo‘lib, ayrim gipotezalarni ilgari surish va ularni tashqi manbalar bergan tavsiflovchi elementlarga bog‘lash imkonini beradi [5].
995 Sugʻd konfederatsiyasi hududida yashagan oʻtroq madaniyat vakillari mintaqada yashagan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi bilan bevosita yoki bilvosita aloqalarga kirishib kelganlar. Bevosita aloqa – mintaqada yashagan prototurk va sharqiy eroniy tilli aholi bilan xo‘jalik, madaniy aloqalarda bo‘lgan. Bilvosita – ayrim sugʻdiylar faoliyati, xususan, Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Sugʻd koloniyalari orqali oʻtroq va ko‘chmanchi xalqlar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini yaqinlashtirishga, ularning integratsiyasiga xizmat qilgan. Sugʻdiylar ular atrofidagi aholi oʻrtasida oʻziga xos madaniyat tashuvchi boʻgʻin vazifasini oʻtagan. Ular egalik qilgan oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan sugʻdiy yozuv madaniyati qadimgi turkiy, uygʻur, moʻgʻul va manjur yozuvlarining shakllanishida zamin vazifasini bajarishgan [6]. Sugʻdiylar dunyo dinlari: buddaviylik, xristianlik, moniylikning Markaziy Osiyo xalqlari orasida tarqalishida faol ishtirok etgan. Birinchi Turk xoqonligining tashkil topishida sugʻdiylarning oʻrni katta boʻlib, bu keyinchalik vujudga kelgan Turk xoqonliklari va Sugʻd konfederatsiyasi manfaatlarini ifodalar edi. Ushbu omil Xitoy, Eron va Vizantiya bilan tashqi munosabatlarda tomonlarning hamjihatligini taʼminlagan. Strabon oʻzining “Geografiya”sida Oʻrta Osiyoda yashovchi xalqlar (sak, skif, sugʻd, massaget qabilalari)ning hammasining hayot tarzi bir xilligi va saklarni sugʻdiylardan Yaksart (daryosi), sugʻdiylarni baqtriyalardan Oks (daryosi) ajratib turishi hamda sugʻdiylar va baqtriylar turmushi va urf-odati nomad (koʻchmanchi)lardan farq qilmasligini taʼkidlanadi. Antik maʼlumotlarni qadimgi va ilk oʻrta asr xitoy manbalari toʻldiradi. Ularda sak va sugʻdiylar “xu shang” (“xoʻr savdogarlari”) deb atalgan. Xitoy tarixchisi Byan Tsi: “Suyob shahridan Szeshuyanna (Sugʻdning dastlabki poytaxti – Kesh)gacha boʻlgan mamlakat Suli deb nomlanadi” degan maʼlumotni beradi. Suli yoki Su-i – Sugʻd va tashqi koloniyalari, yaʼni sugʻdiylar yashaydigan barcha hududlarni ifodalagan [6]. Xulosa. Soʻgʻdiyona davlatining geografik joylashuvi va savdo aloqalari uning tarixiy taraqqiyotida muhim oʻrin tutgan. Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan bu hudud tabiiy sharoit jihatidan qulay boʻlib, unumdor tuproqlar va sugʻorishga yaroqli daryolar mavjudligi dehqonchilikning rivojlanishini taʼminladi. Shu boisdan Soʻgʻdiyona qadimdan zich aholi yashaydigan, urbanizatsiyasi yuqori boʻlgan mintaqalardan biri sifatida shakllandi. Uning markaziy shaharlari – Samarqand, Buxoro, Kesh va Panjikent nafaqat siyosiy-administrativ, balki savdo, madaniyat va hunarmandchilik markazlari sifatida ham taraqqiy etdi. Hududning Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida, Buyuk Ipak yoʻlining asosiy tarmoqlaridan biri chorrahasida joylashgani Soʻgʻdiyonaning xalqaro savdodagi mavqeini yanada mustahkamladi. Sugʻd savdogarlari Xitoy, Hindiston, Eron, Vizantiya va boshqa koʻplab mamlakatlar bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, ipak, qimmatbaho toshlar, ziravorlar, metall buyumlar
996 va sanʼat asarlarini olib kelish hamda eksport qilishda asosiy vositachilardan boʻlgan. Bu jarayon nafaqat iqtisodiy, balki madaniy almashinuvni ham kuchaytirib, sugʻdlarning diniy eʼtiqodlari, yozuv tizimi va sanʼati keng hududlarga tarqalishiga sabab boʻldi. Foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Otaxo‘jayev, A. Ilk O‘rta Asrlar Markaziy Osiyo Sivilizatsiyasida Turk-So‘g‘d Munosabatlari. Toshkent: ART FLEX nashriyoti, 2010. 2. G‘oyibov, B. So‘g‘d Tarixidan lavhalar. Samarqand: 2020. 174 b. 3. Xayrullayev, M. M. O‘rta Osiyoda IX-XII Asrlarda Madaniy Taraqqiyoti. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Fan” nashriyoti, 1994. 4. Isxoqov, M. M. So‘g‘dshunoslikka kirish: so‘g‘diy til va numizmatika. Toshkent, 2018. 5. Sagdullayev, A. Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarida. Toshkent, 1996. 6. Isxoqov, M. Unitilgan podsholikdan xatlar. Toshkent, 1992.