scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INSONIYAT TAFAKKURINING ILK MEVASI

Ibragimova Manzura Maxmasiddiq qizi; Xayrullayrva Dilnoza Narzullayevna

Full text

997 INSONIYAT TAFAKKURINING ILK MEVASI Ibragimova Manzura Maxmasiddiq qizi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi e-mail: [email protected], Xayrullayrva Dilnoza Narzullayevna, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi, e-mail: xayrullayevadiln[email protected], DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933951 Annotatsiya. Ushbu maqolada insoniyat tafakkurining ilk mevasi bo‘lgan mifologiya va uning inson hayotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Mifologiya – jamiyatlar va madaniyatlarning tarixiy asosini shakllantiruvchi muhim ustunidir. Unda ibtidoiy odamlarning borliq haqidagi tasavvulari, ibtidoiy dinlarning tarkibiy qismlarini va insoniyat tarixidagi ahamiyatini ochib beradi. Shuningdek, maqolada dastlabki diniy tasavvurlar-animizm, fetishizm, totemizm va dualizm haqida so‘z boradi. Kalit so‘z. Mif, din, “To‘fon” rivoyati, ibtidoiy odam, dualizm, Avesto, zardushtiylik, sak, masaget, animizm, totemizm, fetishizm, suv, olov, but, sanam. Abstract. This article analyzes mythology, the first fruit of human thought, and its place in human life. Mythology is an important pillar that forms the historical basis of societies and cultures. It reveals the beliefs of primitive people about existence, the components of primitive religions and their significance in the history of mankind. The article also discusses the first religious ideas - animism, fetishism, totemism and dualism. Keywords. Myth, religion, "Flood" legend, primitive man, dualism, Avesta, Zoroastrianism, Saka, Massaget, animism, totemism, fetishism, water, fire, idol, idol. Абстрактный. В данной статье анализируется мифология, первенец человеческой мысли, и ее роль в жизни человека. Мифология является важной опорой, формирующей историческую основу обществ и культур. В нем раскрывается мистицизм первобытных людей по поводу существования, компонентов первобытных религий и их значения в истории человечества. Также в статье говорится о ранних религиозных идеях – анимизме, фетишизме, тотемизме и дуализме. Ключевое слово. Миф, религия, повествование о «Потопе», первобытный человек, дуализм, Авеста, зороастризм, сак, массагет, анимизм, тотемизм, фетишизм, вода, огонь, идол, дата. Kirish. Dinni o‘rganish –bu insoniyatni o‘rganish demak. Dunyodagi turli xalqlar bilan muloqot qilishda avvalambor ularning dunyoqarashi, urf-odatlari va qadriyatlarini bilish katta ahamiyat kasb etadi. Ularni bilish uchun esa mazkur xalqlarning qadimgi va hozirgi diniy e’tiqodlarini o‘rganish talab etiladi. Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning kundalik hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan muhim ishlar, jumladan, tug‘ilish, ozuqa topish, ov qilish, o‘z xavfsizligini taminlash, dafn marosimi kabilar turli diniy tasavvur va e’tiqod bilan bog ‘liq bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ibtidoiy odam hayoti haqidagi ma’lumotlarga ko‘ra, uning hayotida kelib chiqqan diniy tasavvurlartotemizm, animizm, fetishezm, 998 shomonlik, sehrgarlik kabi e’tiqod shakllarida namoyon bo‘lagan. Ibtidoiy odamning tasavvuri va e’tiqodlari majmuasi, uning real hayotdagi qiyinchiliklari, muammolari va yutuqlari og‘zaki ijodda aks etgan. Bu narsa odamning ongida qolib, turli afsonalarning yaratilishiga sabab bo‘lgan. Ibtidoiy diniy tasavvur tarkibiy qismini miflar tashkil etadi [2]. Miflar, rivoyatlarga asoslanuvchi diniy e’tiqodlar, diniy manbalar og‘zaki , suratlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Asosan qadimiy miflar, rivoyatlar og‘zaki holda uchraydi. Bu esa xilma-xillikka sabab bo‘lgan. Masalan, bir diniy e’tiqod ichidagi rivoyat ma’lum bir hududda ikkinchi bir hududiga nisbatan o‘ziga xos tarzda uchrashi mumkin. Bu esa, og‘zaki holda tarqalgan diniy rivoyatlar, miflarni talqin qilishida farqlar borligidan darak beradi. Masalan, jahon xalqlari uchun umumiy bo‘lgan “To‘fon” rivoyatining tarqalgan hududlariga qarab bir necha turlari mavjud. Bu esa, qachonlardir mazkur rivoyatlarning asosi bitta bo‘lganligini ko‘rsatadi [1]. Asosiy qism. Mif qadimgi odamlarning borliq haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui bo‘lib, koinotning yaratilishi, inson, o‘simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bo‘lishi, tabbiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, ma’budlar va ilohlar to‘g‘risida e’tiqodiy qarashlarni o‘z ichiga oladi. Miflar o‘g‘zaki hikoya qilishga, bayon etishga mo‘ljallanligi sababli og‘zaki nasr namunalari qatoriga kiritiladi. Ularda muayyan bir qisqa syujet baton etiladi, mo‘jizaviy voqelik tafasili ustunlik qiladi. Xalq prozasining baddiy shakl tiplaridan biri bo‘lgan “asotirlar “ nomi bilan ham yuritiladi,”mif” so‘zi aslida grekcha “mythosso‘z, rivoyat” so‘zidan olingan. Mif –insoniyat ma’naviy taraqqiyotining ilk bosqichiga xos bo‘lgan so‘z san’atining boshlang‘ch namunasi. U behad qadimiy so‘z san’ati bo‘lib, o‘zida juda uzoq o‘tmishda yashagan ibtidoiy ajdodlarimizning hali yozuvni bilmagan, tevarak-atrofda yuz berayotgan voqeliklar mohiyatini ilg‘amagan davrlarda paydo bo‘lgan. Ibtidoiy insonlar zamonidagi turish turmush, dunyoqarash va e’tiqodiy tushunchalarnio‘z mazmuniga singdirgan. [2]. Dualizm insonning ilk diniy e’tiqodlaridan biri. Eramizdan avvalgi IV-I asrlarda Xorazm qudratli va rivojlangan davlatga aylandi, ilohlar dunyosi ham yaxshilar va yomonlarga bo‘linadi. Borliq yaratilishida egizaklar roli, bo‘ri e’tiqodi, o‘g‘zi pastga qaratib ko‘milgan ko‘zalar, yo‘ldosh bola bilan tenglashtirilgan, bir nechta egizag tuqqan ayolni “Jannati” deyishgan. Dualizm Avestoda eng mukammal shakl va mazmunga erishadi. “To‘ra” nomini olgan sak va massaget qabilalari, Zardushtiylik dualizmi yahudiy va nasroniy dinlarining shakllanishiga ham ta’sir o‘tkazgan. Insoniyat e’tiqodi tarixida dualizm va monotezm ikki ustuvor tamal toshi sifatida 999 mujassamlashgan. Yaxshi va yovuz ilohlar va ularga tobe ruhlar orasidagi kurash barcha ibtidoiy jamiyatlarga xos e’tiqod, deb xulosa chiqaradi din olimlari. Yozma manbalar va arxeologik topilmalar asosida biz O‘zbekistonda qadimda yashagan sak va massaget qabilalarida ham ikki ibtido e’tiqodi mavjud bo‘lganini, ya’ni quyosh va suv, yoki olov va suvga topinishni belgilashimiz mumkin. Xayot va o‘lim orasidagi farq, diniy e’tiqodlar tarixi animizm – “ruhlarga ishonch” dan kelib chiqadi. XIX asrda ibtidoiy afsonalar va diniy e’tiqodlarini tahlil etfa mashhur ingliz olimi E.Taylor birinchi bo‘lib ilmga “Ibtidoiy animizm” tushunchasini kiritdi. Uning ta’biricha, animizm – ruhiy mavjudodlarga ishonch bo‘lib, birlamchi diniy e’tiqodni bildirgan. [3] G‘arb olimlarining fikricha, animizm nazariyasi ikkiga bo‘linadi. Birinchisi – tirik mavjudodlar ruhga ega va u egasining vafotidan so‘ng ham yo‘qolib ketmaydi. Ikkinchisitabiat-koinot ruhlari va qudratli xudolar mavjudodlarni boshqaradi. Umuman olganda, bu ruhlarning inson hayot-mamotini boshqarishga bo‘lgan ishonchdan ularga xush yoqish , hadya-qurbonlik keltirib, o‘zlariga nisbatan moyillik va ko‘makka erishish niyati paydo bo‘lganligi tabiiydir. Bunday yondashuv natijasida E.Taylor to‘g‘ri xulosa chiqaradi: Natijada, animizm hukmron ilohlar va ularga tobe ruhlar, inson ruhi va kelajak hayotga ishonche’tiqodlar, o‘z mohiyatiga ko‘ra, inson hayotida chinakkam topinishga anglanadi”. Ayrim olimlarning fikricha, diniy e’tiqodlar tarixi animizm – “ruhlarga ishonch”dan kelib chiqadi va u din nimaligini tushuntirish borasida enh lo‘nda tarifdir.[4] Totemizm so‘zi Shimoliy Amerika indetslarining Ojibve qabilasi tilida “uning urug‘i” ma’nosini anglatadi va mohiyatan “odamning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqasi bor”, deb e’tiqod qilishlik ehtimol, ma’lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o‘simlikka nisbatan e’tibor keyinchalik vujudga kelgan qabilaning diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo‘lishi mumkin. Totemizm diniy shakllarning dastlabkisi sanalsa-da, hozirda ham ko‘plab xalqlarning urf-odatlarida, e’tiqodlarida uning unsurlari saqlanib qolgan (masalan, Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, qirg‘izlarda oq bug‘u afsonaviy baxt keltiruvchi hayvon sifatida ulug‘lanadi). Fetishizm so‘zi fransuzcha “but”, “sanam”, “tumor” ma’nosini anglatadi. Mohiyati tabiatdagi jonsiz sig‘inishdir. Unga ko‘ra alohida buyumlar kishini o‘z maqsadiga erishtirish, ma’lum voqea-hodisalarni o‘zgartirish kuchiga ega. Fetishizm yog‘och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlarning paydo bo‘lishi bilan bir paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar g‘ayritabbiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko‘rdilar. Fetishizm unsurlari hozirgi davrda ham 1000 xalqlarning urf-odat va e’tiqodlarida saqlanib qolgan. Masalan, turli haykallar, suratlar, tumor, ko‘zmunchoq va turli ramzlar bunga yorqin misoldir. Xulosa. Ibtidoiy insonlarning borliq olam jumboqlari, tabiat va koinot sirlarini bilishga intilishi, bu bilan bog‘liqilk tasavvurlari va xulosalari, o‘simlik va hayvonot olami, ayrim narsalarning paydo bo‘lishi haqidagi qarashlari miflarda o‘z ifodasini topgan. Miflarda olam va uning yaratilishi, boshqarilishi haqida ilk tushunchalar xayoliy uydirmalar orqali bayon etilgan va bora-bora ular afsona, ertak, doston singari janrlar syujetidan o‘rin olgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Alimova, M. Ibtidoiy dinlar va mifologiya. Toshkent: Complex Print nashri, 2019. 2. Jo‘rayev, M. O‘zbek mifologiyasi. Toshkent: Excellent Polygraphy nashriyoti, 2020. 3. Karomatov, H. O‘zbekistonda moziy e’tiqodlar tarixi. Toshkent, 2008. 4. Tаylor, Yе. B. Pеrvobіtnaya kultura. Moskva, 1979. 5. Zaripov, O. Dinshunoslik. Buxoro, 2016.