MAHMUD KOSHGʻARIYNING "DEVONU LUGʻATIT TURK" ASARINING ILMIY VA MA'NAVIY AHAMIYATI
Full text
1001 MAHMUD KOSHGʻARIYNING “DEVONU LUGʻATIT TURK” ASARINING ILMIY VA MA’NAVIY AHAMIYATI Mamasaidova Ruxshona Qarshi qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi [email protected] Usmonov Nurmuhammad Eshmahmat o'g'li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933957 Annotatsiya: Ushbu maqola XI asr allomasi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad alKoshgʻariy tomonidan yozilgan “Devonu lugʻatit turk” asarining ilmiy va ma’naviy ahamiyati haqida so‘z yuritadi. Asarda turkiy tillarning o‘zaro farqlari, lug‘aviy boyligi, tarixiy-geografik ma’lumotlari hamda turkiy xalqlarning madaniyati yoritilgan. Maqolada asarning ilmiy jihatlari, ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan jihatlari va bugungi kunda tutgan o‘rni keng tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar:Mahmud Koshg‘ariy, Devonu lug‘atit turk, tilshunoslik, turkiy xalqlar, Qoraxoniylar davlati, turkiy lahjalar, ilmiy meros, xalq og‘zaki ijodi, qadriyatlar, madaniyat, xarita, ma’naviyat, tarixiy manba. Аннотация: В трёх статьях рассматривается научное и духовное значение произведения «Девунулугатит Тюрк», написанного учёным XI века Махмудом ибн Хусейном ибн Мухаммадом аль-Кашгари. В работе рассматриваются различия между тюркскими языками, их лексическое богатство, историко-географические сведения и культура тюркских народов. В статье представлен комплексный анализ научного изучения произведения, духовных ценностей, которые оно воплощает, и его места в современном мире. Ключевые слова: Махмуд Кашгари, «Девунулугатит Тюрк», языкознание, тюркские народы, государство Караханидов, тюркские диалекты, научное наследие, устное народное творчество, культура, духовность, исторический источник. Abstract: Three articles discuss the scientific and spiritual significance of the work "Devunulugatit Turk" written by the 11th century scholar Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad alKashgari. The work covers the differences between Turkic languages, their lexical richness, historical and geographical information, and the culture of the Turkic peoples. The article provides a comprehensive analysis of the scientific study of the work, the spiritual features it embodies, and the place it occupies today. Keywords: Mahmud Kashgari, Devunulugatit Turk, linguistics, Turkic peoples, Karakhanid state, Turkic dialects, scientific heritage, folk oral literature, culture, culture, culture, spirituality, historical source. Kirish: Turkiy xalqlar tarixida XI asr ilm-fan va madaniyatning yuksalish davri sifatida e’tirof etiladi. Aynan shu davrda Mahmud Koshgʻariy o‘zining buyuk asari “Devonu lugʻatit turk”ni yozadi. Mahmud Koshg‘ariy ibn Husayn ibn Muhammad (XIasr) - turkshunoslik ilmining asoschisi. filolog olim. Ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan qoraxoniylar sulolasiga mansub. Otasi Husayn ibn Muhammad o‘sha davrdagi Baregan elining amiri bo‘lgan. Koshg’ariy boshlangich ma’lumotni o‘z qishlog‘ida, yuqori
1002 ma’lumotni Koshg‘ar madrasalarida olgan, arab, fors, turkiy kabi 7—8 tilni puxta egallagan. So‘ng u Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur shaharlarida bilimini oshirgan. Koshgʻariy hayoti haqida yagona manba uning oʻz qalamiga mansub asarlaridir. Bizga maʼlum maʼlumotlarga koʻra u Qoraxoniylar davlatida qoraxoniylar sulolasiga aloqador zodagon oilada tugʻilgan. Qoraxoniylar davlatidagi ichki nizolar tufayli vatanini tark etib, 15 yil davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur boʻlgan va Bagʻdodga yetib borgan. Koshgʻariy Bagʻdodda olimlar oʻrtasida turkiy xalqlar va ularning tillariga katta qiziqish borligini kuzatgan, shu sabab bu mavzuda ikki asar yozishga qaror qiladi. Bunday asarlardan biri uning jahonga mashhur “Devonu lug‘atit turk” asaridir. Bu asar arab tilida bitilgan bo‘lsa-da, butun mazmuni turkiy xalqlar hayoti, tili, madaniyati va tarixiga bag‘ishlangan. Mahmud Koshgʻariy Qoshg‘ar shahrida tavallud topib, o‘z davrining yetuk allomalari qatoriga ko‘tarildi. U ko‘p yillar davomida turkiy qabilalar orasida yashab, ularning tillarini, shevalarini, urf-odatlarini, xalq og‘zaki ijodini yig‘ib chiqdi. Natijada 1072–1074-yillar oralig‘ida Bag‘dod shahrida o‘z asarini yozib tugatdi va xalifa al-Muqtadiyga taqdim etdi. “Devonu lugʻatit turk” nafaqat tilshunoslikning buyuk yodgorligi, balki turkiy xalqlarning ma’naviy dunyosini yorituvchi bebaho manba sifatida ham qadrlanadi 1 Muhokama va natijalar: Mahmud Koshgʻariy asarni yozishdan oldin turkiy qabilalar tilini mukammal o‘rgangan. O‘sha davrda turkiy xalqlar keng hududlarga tarqalgan va turli lahjalar bilan so‘zlashar edi. Arab dunyosi bilan aloqalar kuchaygan davrda turkiy tilni o‘rgatish, ularni madaniy jihatdan tanitish zarurati tug‘ilgan. Shu bois Koshgʻariy arab tilida yozilgan ammo turkiy tillarni izohlagan ilmiy lug‘at yaratdi. “Devon”ning ilmiy ahamiyatiga keladigan bo‘lsak “Devonu lugʻatit turk” asari ilm-fan sohalari uchun ulkan manba hisoblanadi. Tilshunoslik nuqtai nazaridan asarda 7500 dan ortiq turkiy so‘z arab tiliga tarjima qilinib ularning talaffuzi, ma’nosi va grammatik shakllari izohlangan. Bu jihatdan asar turkiy tillarning birinchi qomusi (ensiklopediyasi) bo‘lib xizmat qiladi. Mahmud Kosh’gariy mazkur asariga o‘zi tuzgan dunyo xaritasini ilova qiladi. Xaritada mamlakat, shaxar, qishloq, tog‘, cho‘l, dengiz, ko‘l, daryo qabilalarning nomlari yozilgan. Xaritada aks etmagan ba’zi bir nomlar lug‘at matnida izohlangan. Xarita asosan Sharqiy yarim sharga to‘g‘ri keladi. Bu haqida Mahmud Koshg‘ariyning o‘zi “Rumdan Mochingacha bo‘lgan shaharlar o‘rnini aniqlash maqsadida ularning hammasini yer shaklidagi doirada ko‘rsatdim” - deb yozadi. Shartli qabul qilingan bo‘yoqlar rangi doira tashqarisida to‘rt joyda so‘z bilan izohlangan. Ayrim kamchiliklariga qaramay Mahmud Koshg‘ariyning XI-asrda tuzilgan xaritasi o‘z davri uchun mukammal hozirgi davr uchun geografik ma’lumotlar beruvchi muhim manba hisoblanadi. Fonetik va grammatik ma’lumotlar jihatdan turkiy so‘zlarning talaffuzi, tovush o‘zgarishlari, ot va fe’l yasash usullari aniq qayd qilingan. Etnografiya va adabiyotshunoslik jihatidan “Devon”da xalq maqollari, topishmoqlari, qo‘shiqlari, she’riy parchalar jamlangan. Bu o‘rinda u xalq og‘zaki ijodini yozma manbada saqlab qolgan 2 . Demak “Devonu lugʻatit turk” ko‘p qirrali ilmiy 1 Mahmud Koshgʻariy. Devonulugʻatitturk. — Toshkent: Fan, 1960. 2 Abdurahmonov Q. O‘zbektilshunosligitarixi. — Toshkent: Fan, 1980.
1003 asar bo‘lib, tilshunoslikdan tashqari boshqa fanlarga ham xizmat qiladi. Asarning ma’naviy ahamiyati Mahmud Koshgʻariy o‘z asarida turkiy xalqlarning ma’naviy olamini ham yoritgan. Asarda ezgulik, vatanparvarlik, do‘stlik, halollik kabi tushunchalar turli maqollar va hikmatlarda ifodalangan. Koshgʻariy turkiy tillarni arab tilidan kam emasligini ilmiy asoslab berdi. Bu orqali turkiy xalqlar o‘z o‘tmishidan faxrlanishlari uchun zamin yaratdi. She’riy parchalar va xalq ijodi namunalarida insoniylik, jasorat, sadoqat singari qadriyatlar targ‘ib qilinadi. Shu bois “Devon” oddiy lug‘at emas, balki turkiy xalqlar ruhiy dunyosining aks-sadosi bo‘lib, ma’naviy meros sifatida bebaho ahamiyatga ega. Ma’lumotlarga ko‘ra Mahmud Kosh’gariyning “Devonu lug‘otit turk” dan avvalroq yaratilgan “Javoqirun-nahvi fi lug‘otit-turk” (“Turkiy tillar sintaksisi qoidalari”) deb nomlangan asari ham bo‘lgan. Ushbu asar hozircha topilgani yo‘q. Mahmud Koshg‘ariy 1080-yilda (yoki 1118 yilda) vataniga qaytib kelib O‘paldagi Aziq qishlog‘ida, Hazrati Mullom tog‘i etagidagi tepalikda joylashgan madrasada dars bergan va ilmiy ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan hozirda mazkur madrasaning faqat poydevorlari saqlanib qolgan. Mahmud Koshg‘ariy 1105-yilda (yoki 1126-yilda) 97 yoshida vafot etib, O‘paldagi uning ajdodlari maqbarasiga dafn etilgan. Maqbara hozirgacha “Hazrati Mullom mozori” nomi bilan mashhur 3 Bugungi kunda “Devonu lugʻatit turk” turkologiya, adabiyotshunoslik, tarix va madaniyatshunoslik fanlari uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Vasiliy Bartold „Devonu lugʻotit turk“dan oʻz ilmiy ishlarida keng foydalanganini sharqshunos S. Volin koʻrsatib oʻtgan. Tilshunos olim Viktor Ivanovich Belyayev „Devonu lugʻotit turk“ haqida shunday yozadi: „Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz kerak, chunki u kitoblardan olib yozilmagan balki jonli materialni shaxsan kuzatishga asoslangan. Muallif bergan maʼlumotlar arxeologik kashfiyotlar bu maʼlumotlarning aksariyatini isbot etmoqda“. Nemis sharqshunosi Karl Brokelmann „Devonu lugʻotit turk“ asarini 1928-yil nemis tiliga tarjima qildi. „Devonu lugʻotit turk“ qoʻlyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli, 1915-1917-yillar) keyinchalik Besim Atalay tomonidan (3 jildli, 1939-1941-yillar) turk tiliga tarjima qilinib chop etilgan. „Devonu lugʻotit turk“ ning turk tilidagi keyingi qayta nashri 1957-yil amalga oshirildi. „Devonu lugʻotit turk“ ikkinchi boʻlib oʻzbek tiliga tarjima qilinib, muhim izoh va tafsirlari bilan 1960-1963-yillari Toshkentda „Fan“ nashriyotida 3 jildda chop etilgan. Bu tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Solih Mutallibovning 35 yillik mehnati natijasi edi. Ushbu nashr faqat tarjima boʻlmay turkcha tarjimaga munosabat, baho, atamalar, shaxs nomlari, shahar va joy nomlariga izoh va tafsir hamdir. Oʻzbekcha nashrining muqaddima qismida XI asr filologlari, „Qutadgʻu bilig“ asari, Maxmud Koshgʻariyning lingvistik qarashlari, turkiy qabilalar, ularning shakllanishi, bu urugʻ va qabilalar, tillarning hozirgi turkiy xalqlar va ularning tiliga munosabati, tarjima transkripsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. „Devonu lugʻotit turk“ oʻzbekcha nashrining oxirida turkiy urugʻ, qabila, shaharlar va boshqalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar bor. Asarning har bir jildida havolalar berilib, unda uchragan soʻz va iboralar keng taʼriflanadi va izohlanadi. Oʻzbekcha nashrining muhim tomonlaridan 3 Karimov N. Mahmud Koshgʻariyvauningilmiymerosi. — Toshkent: O‘zbekiston, 1995.
1004 biri uning har bir jildi asosida tuzilgan koʻrsatkichdir. Unda „Devonu lugʻotit turk“da uchragan soʻzlar alifbo tarzida keltirilib, soʻzning oʻzbek va rus tilida tarjimasi beriladi. Mazkur soʻzning „Devonu lugʻotit turk“ ning qaysi betlarida uchrashi (oldin oʻzbekcha, soʻng turkcha nashrlarining beti, satri) koʻrsatib oʻtiladi. turkiy xalqlar o‘zining qadimiy tarixini va til boyligini o‘rganishda asosiy qo‘llanma sifatida foydalanib kelishmoqda. Bu asar yoshlar ongida milliy g‘urur va tarixiy xotirani mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi va O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa turkiy mamlakatlarda ilmiy tadqiqotlarda asosiy manbalardan biri sifatida o‘rganilmoqda 4 Xulosa:Mahmud Koshg‘ariy turkiy xalqlarning tarixiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotini o‘z asari orqali jahon ilm-faniga tanitgan ulug‘ olimdir. “Devonu lug‘atit turk” nafaqat tilshunoslikning ilk qomusiy asari, balki turkiy xalqlar hayoti, urf-odatlari, dunyoqarashi, qadriyatlari va adabiy ijodini o‘zida mujassam etgan noyob manbadir. Unda 7500 dan ortiq so‘zning ma’nosi, grammatik xususiyatlari va talaffuzi qayd etilgani, shuningdek, xalq maqollari, qo‘shiqlari, hikmatlari, she’riy parchalar kiritilgani turkiy xalqlarning boy og‘zaki ijodini saqlashga xizmat qilgan. Mahmud Koshg‘ariyning dunyo xaritasi ham o‘z davrida ulkan ilmiy yangilik bo‘lib, bugungi kunda geografik va tarixiy tadqiqotlar uchun muhim manba sanaladi. Asarda yoritilgan ezgulik, vatanparvarlik, halollik, mehnatsevarlik, do‘stlik kabi qadriyatlar esa uning ma’naviy ahamiyatini yanada oshiradi. Demak, “Devonulug‘atitturk” — bufaqatlug‘atemas, balkiko‘pqirraliensiklopedikmerosdir. U tilshunoslikdantortib, tarix, etnografiya, adabiyotshunoslik va falsafaga qadar ko‘plab fanlar uchun beqiyosmanbabo‘libqolmoqda. Bugungikunda ham buasarnafaqato‘zbekxalqi, balki barcha turkiy xalqlar uchun g‘urur manbai va ilmiy-ma’naviy meros sifatida qadrlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mahmud Koshgʻariy. Devonu lugʻatit turk. - Toshkent: Fan, 1960. 2. Abdurahmonov Q. O‘zbek tilshunosligi tarixi. -Toshkent: Fan, 1980. 3. Karimov N. Mahmud Koshgʻariy va uning ilmiy merosi. -Toshkent: O‘zbekiston, 1995. 4. Yoqubov H. Turkologiya asoslari. -Toshkent: Universitet, 2001. 5. Rahmonov Sh. Turkiy xalqlar ma’naviy merosi. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010. 6. Qosimjonov H. O‘zbek adabiyoti tarixi manbalari. -Toshkent: Universitet, 2015. 4 Yoqubov H. Turkologiyaasoslari. — Toshkent: Universitet, 2001.