Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 63 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY JIHATLARI QURBONOV NURIDDIN RO‘ZIQULOVICH Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Soliq va soliqqa tortish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kirish. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti eng avvalo investitsiya faoliyatining hajmi, tarkibi va samaradorligi bilan belgilanadi. Aholi daromadlarining o‘sishi, turmush sharoitining yaxshilanishi, ishlab chiqarish quvvatlarining modernizatsiya qilinishi hamda yangi texnologik loyihalarning amalga oshirilishi milliy iqtisodiyotga yo‘naltirilayotgan investitsiya oqimlari bilan uzviy bog‘liqdir. Shu boisdan, har bir davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhit yaratishga intiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyaviy jozibadorlikning oshishi milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi bilan bir qatorda korporativ sektor, xususan, aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy salohiyatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonning yaqin istiqboldagi strategik maqsadlaridan biri rivojlangan davlatlar darajasiga mos iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga erishishdan iborat bo‘lib, bu borada investitsiya jarayonlarini ilmiy asosda takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Prezident Sh. Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan uzoq muddatli rivojlanish konsepsiyalari doirasida mamlakatning investitsiya salohiyatini oshirish, davlat dasturlarini moliyalashtirishning barqaror mexanizmlarini yaratish va jamiyatda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Aholi qo‘lida jamg‘arilgan moliyaviy resurslarni investitsiya oqimiga jalb etish mexanizmlari ishlab chiqilishi esa iqtisodiyotni ichki manbalar hisobidan rivojlantirishning muhim omilidir.[1] Investitsion faoliyatni moliyalashtirish mexanizmlarining nazariy asoslari iqtisodchi olimlar tomonidan turli yondashuvlar asosida tadqiq qilingan. Masalan, professor Ya. Mirkin investitsiyalarni moliyalashtirishning istiqbolli shakli sifatida korporatsiyalarning jamg‘armalarini ikkilamchi bozor orqali aksiyadorlik kapitaliga yo‘naltirishni taklif etadi. Uning fikricha, ushbu mexanizm investitsiya resurslari hajmini oshirishga xizmat qilsa-da, ko‘plab davlatlarda kapital bozorining yetarli rivojlanmagani sababli investitsiyalarning moliyaviy bazasi past darajada shakllanmoqda. Mashhur iqtisodchi U. Sharpe esa investitsion jarayonlarni fond bozori orqali moliyalashtirishning ustuvorligini ta’kidlaydi. Uning portfel nazariyasiga ko‘ra, risk va daromadlilik o‘rtasidagi mutanosiblik investitsion strategiyaning asosiy mezonini
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 64 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us tashkil etadi. Fond bozori ishtirokchilari – tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari va boshqa moliyaviy vositachilar korporatsiyalarning kapital bozoridan qo‘shimcha mablag‘ jalb etish imkoniyatlarini kengaytiradi, shu tariqa investitsiya loyihalarining moliyalashtirilishida muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy iqtisodiy taraqqiyot bosqichida biron bir mamlakat investitsiyasiz barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishi mumkin emas. Investitsiya resurslarini o‘z vaqtida milliy iqtisodiyotga jalb qila olmagan davlatlar rivojlanish sur’atlarida ortda qolishi ehtimoli yuqori. Shu nuqtayi nazardan, ortiqcha kapitalga ega bo‘lgan rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy resurslarini rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotiga jalb qilish iqtisodiy siyosatning eng samarali yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bunday resurslar yordamida infratuzilma takomillashtiriladi, yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi, innovatsion texnologiyalar joriy qilinadi va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik mustahkamlanadi.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 65 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 1-rasm. Mamlakatimizda asosiy kapitalga jalb etilgan investitsiyalar dinamikasi [4] Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024yilning yanvar-mart oylarida jami 107,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 174,5 foizni tashkil etdi. Asosiy kapitalga investitsiyalarning tarkibida 75,9 foiz yoki 81,3 trln. so‘m investitsiyalar jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 24,1 foiz yoki 25,8 trln. so‘m moliyalashtirildi. Shuningdek, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 7,6 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, markazlashmagan moliya-lashtirish manbalari hisobidan 99,5 trln. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirildi. So‘nggi besh yil ichida o‘sish sur’atlarini ko‘radigan bo‘lsak, 2020-yilda 104,6 foiz ga yetgan, 2021yilda bir oz pasayib 97,8 foiz ni tashkil etgan, 2022yilda ko‘payib – 115,2 foiz kuzatildi, hozirgi davrgacha yana o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib – 174,5 foizni tashkil etdi. Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar va o‘sish sur’atlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga to‘g‘ri kelib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 258,0 foiz ni tashkil etdi. 2024-yilning yanvar-mart oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 18,8 trln. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 17,6 foizini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 6,5 foizi yoki 6,9 trln. so‘mi o‘zlashtirildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 33,3 trln. so‘mni tashkil etdi va jami investitsiyalardagi ulushi 2023-yilning mos davriga nisbatan 10,1 foiz punktga ko‘payib, 31,1 foiz ni tashkil etdi. Shuningdek, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 5,2 trln. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 4,8 foiz ini tashkil etdi), O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 5,2 trln. so‘m (4,8 foiz), kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 35,3 trln. so‘m (33,0 foiz), Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 0,4 trln. so‘m (0,4 foiz), Respublika budjeti 1,7 trln. so‘m (1,6 foiz), Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 0,2 trln. so‘m (0,2 foiz) miqdorida asosiy kapitalga inestitsiyalar o‘zlashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 54,5 trln. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 50,9 foizini tashkil etdi, qurilish-montaj ishlari bo‘yicha 42,7 trln. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 39,9 foiz) va boshqa xarajatlarga 9,8 trln. so‘m (9,2 foiz) o‘zlashtirildi.Davlat byudjeti hisobidan
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 66 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us moliyalashtiriladigan investitsion faoliyat hajmining kamayishi natijasida ustuvor tarmoqlarga investitsiya kiritish bo‘yicha mas’uliyat tobora ko‘proq xususiy sektorga korxonalar, banklar va uy xo‘jaliklariga – yuklanmoqda. Biroq, xususiy sektorning investitsiya jarayonlaridagi ishtiroki kengayib borayotgan bo‘lsa-da, uning iqtisodiy taraqqiyotdagi roli hali davlatning ulushi bilan tenglashganicha yo‘q. Bu esa investitsiya faoliyatini yanada rivojlantirish, moliyalashtirishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va aksiyadorlik jamiyatlarida investitsion boshqaruv madaniyatini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi. Shu tariqa, aksiyadorlik jamiyatlarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning nazariy asoslari milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, korporativ sektorning raqobatbardoshligini oshirish va uzoq muddatli barqaror rivojlanishni ta’minlash jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, aksiyadorlik jamiyatlarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni rivojlantirish nazariy jihatdan investitsiya siyosatining samaradorligi, moliyaviy bozorlarning rivojlanganlik darajasi, korporativ boshqaruv tamoyillari va moliyaviy resurslarni shakllantirish mexanizmlariga bevosita bog‘liqdir. Faol investitsiya siyosati orqali shakllantiriladigan qulay investitsiya muhiti aksiyadorlik jamiyatlarining iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlaydi, innovatsion jarayonlarni jadallashtiradi va bozor sharoitida barqaror raqobatbardoshlikni mustahkamlaydi. Investitsiya siyosati, davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi sifatida, korporativ sektor uchun strategik vazifalarni belgilaydi hamda qisqa va uzoq muddatli rivojlanish maqsadlariga erishishni ta’minlaydi. Uning mazmuni aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va investitsion xavflarni minimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui bilan belgilanadi. Aksiyadorlik jamiyatlarida investitsiya loyihalarining muvaffaqiyati moliyalashtirish manbalarining barqarorligi va diversifikatsiyasiga kuchli darajada bog‘liqdir. Ichki kapital, aksiyadorlik sarmoyasi, obligatsiyalar chiqarilishi, bank kreditlari, xorijiy investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan oqilona foydalanish loyihalarning moliyaviy asosini mustahkamlaydi. Moliyalashtirishning bu manbalari korporativ tuzilmalarning modernizatsiya jarayonlariga moslashuvchan bo‘lishini, bozor talablariga javob beradigan investitsion qarorlarni qabul qilishini ta’minlaydi. Umuman olganda, aksiyadorlik jamiyatlarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni rivojlantirishning nazariy asoslari investitsiya muhitini yaxshilash, moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini shakllantirish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladi. Zamonaviy investitsiya yondashuvlariga tayangan holda shakllangan moliyalashtirish
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 67 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us tizimi korporativ sektorning raqobatbardoshligini, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sur’atlarini va milliy iqtisodiyotning strategik rivojlanish salohiyatini oshirib boradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси, халқ сўзи 2017 йил 22 декабрь. 2. Миркин Я. Рынок ценных бумаг России: воздействие фундаментальных факторов, прогноз и политика развития. – Москва: Альпина Паблишер. 2002. – С. 117. 3. Шарп У. идр. Инвестиции. Пер. с англ.-М. ИНФРА-М, 2001.-С. 9-10. 4. https://invexi.org/ sayti ma’lumotlari