scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"O'zbektelekom" AKning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash

Gafurov Ravshan

Abstract

Ushbu maqolada “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan raqamli transformatsiya maqsadlari asosida “O‘zbektelekom” AKning ijtimoiy-iqtisodiy holati, xizmatlar diversifikatsiyasi, raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish jarayonlari hamda kompaniyaning mintaqaviy telekommunikatsiya bozoridagi o‘rni har tomonlama tahlil qilingan. MDH mamlakatlarining aloqa xizmatlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlil o‘tkazilgan bo‘lib, “O‘zbektelekom” AKning iqtisodiy salohiyati, daromadlar dinamikasi, abonentlar bazasi, aktiv va majburiyatlar tarkibidagi o‘zgarishlar ilmiy asosda baholangan.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 68 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us “O’zbektelekom” AKning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Gafurov Ravshan Annotatsiya. Ushbu maqolada “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan raqamli transformatsiya maqsadlari asosida “O‘zbektelekom” AKning ijtimoiyiqtisodiy holati, xizmatlar diversifikatsiyasi, raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish jarayonlari hamda kompaniyaning mintaqaviy telekommunikatsiya bozoridagi o‘rni har tomonlama tahlil qilingan. MDH mamlakatlarining aloqa xizmatlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlil o‘tkazilgan bo‘lib, “O‘zbektelekom” AKning iqtisodiy salohiyati, daromadlar dinamikasi, abonentlar bazasi, aktiv va majburiyatlar tarkibidagi o‘zgarishlar ilmiy asosda baholangan. Kalit so’zlar. “O‘zbektelekom” AK; raqamli transformatsiya; ijtimoiy-iqtisodiy tahlil; diversifikatsiya; telekommunikatsiya infratuzilmasi; investitsiya loyihalari; xalqaro moliyalashtirish; aktivlar dinamikasi; raqamli strategiya; abonentlar soni; MDH taqqoslov tahlili; “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi. Bugungi raqamli asrda axborot oqimlarining tezligi, uzluksizligi va ishonchliligi nafaqat texnik masala, balki milliy xavfsizlik, iqtisodiy barqarorlik va inson kapitalining samarali boshqarilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Aynan aloqa sohasining kuchli bo‘lishi sanoat ishlab chiqarishidan tortib, sog‘liqni saqlash, ta’lim, moliya, transport, energetika va hatto madaniy-gumanitar almashinuvlar uchun ham poydevor vazifasini bajaradi. Inson hayoti bilan texnologik vositalar orasidagi bu uzviy bog‘liqlik, aloqa korxonalarini nafaqat texnologik ta’minotchi, balki jamiyat taraqqiyotining axloqiy va intellektual tayanchi darajasiga olib chiqmoqda. Shu sababli, davlatlar va hukumatlar uchun aloqa tarmog‘ini strategik sektor sifatida rivojlantirish milliy taraqqiyotning insoniy maqsadlariga yo‘naltirilgan eng muhim siyosiy-ijtimoiy harakatdir. Aloqa korxonalarining xizmatlarini diversifikatsiya yo’nalishlarining kengaytirish butun jamiyatning raqamli ehtiyojlariga moslashish, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash va har bir fuqaroning hayot sifati bilan bog‘liq mas’uliyatli strategiyadir. Bugungi global raqobat va texnologik yangilanishlar sharoitida aloqa sohasida yagona xizmatga tayangan holda yashab qolish imkonsiz bo‘lib bormoqda. Shu bois, mobil aloqa, internet-provayderlik, raqamli moliya xizmatlari, sun’iy intellekt asosidagi platformalar, bulutli texnologiyalar, kiberxavfsizlik va media xizmatlarni o‘zaro uyg‘unlashtirgan ko‘p tarmoqli faoliyat modeli aloqa korxonalari uchun iqtisodiy barqarorlik, foyda manbalarining diversifikatsiyasi va mijozlar bilan uzoq muddatli CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 69 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us aloqani mustahkamlovchi vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu yo‘nalishlar nafaqat kompaniyaning ichki salohiyatini oshiradi, balki butun mamlakatning raqamli transformatsiyadagi strategik imkoniyatlarini kengaytiradi va iqtisodiy mustaqillikni zamonaviy texnologiyalar vositasida mustahkamlaydi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF №158-son ““O‘ZBEKISTON — 2030” STRATEGIYASI” to’g’risidagi Farmoniga taqdim etilgan 1-ilovaning II. Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash bo’limining “Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-HUB”ga aylantirish” 57-maqsadida “Barcha aholi punktlarini internet bilan to‘liq qamrab olish va uning tezligini 10 barobar oshirish, xalqaro internetga ulanish tezligini 5000 Gbit/s.ga yetkazish, optik tolali aloqa liniyalari va keng polosali ma’lumot uzatish tarmoqlarining qamrovini 100 foizga yetkazish”; ““Raqamli hukumat” dasturi doirasida 300 ta ustuvor loyihalarni ishga tushirish, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarini beshinchi avlod aloqa tarmog‘i bilan qamrab olish”; “IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish”; “Xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yo‘llarni to‘liq mobil internet bilan ta’minlash”” 1 singari maqsadlar tarkibidagi vazifalar bugungi kunda O’zbekistondagi aloqa korxonalarining taqdim etayotgan xizmatlarining diversifikatsiyalashgan xizmatlarini emas, balki yo’nalishlarini tadqim etishni tavsiflaysi va zaruratini oshirishni ifodalaydi. 1-jadval MDH mamlakatlari aloqa korxonalarining xizmat faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari (daromad, xodimlar soni, abonentlat soni-2024 yil) 2 Mamlakat Aloqa korxonasi Yillik daromad (mlrd AQSh dollari) Xodimlar soni (o’rtacha) Abonentlar soni (mln) Manba O‘zbekiston «O‘zbektelekom» AK 0.35 8000 12 https://»O‘zbektelekom» AK.uz Rossiya Rostelecom 5.6 140000 120.0 https://www.rostelecom.ru Qozog‘iston Kazakhtelecom 1.15 22000 13.0 https://www.telecom.kz Belarus Beltelecom 0.45 17000 5.2 https://www.beltelecom.by Qirg‘iziston Kyrgyztelecom 0.12 3000 1.4 https://kt.kg Tojikiston Tojiktelecom 0.09 2700 1.1 https://tojiktelecom.tj 1 https://lex.uz/ru/docs/-6600413 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son 2 Aloqa korxonalarning rasmiy veb sahifalaridan olindi CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 70 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Armaniston Ucom 0.11 2500 1.2 https://www.ucom.am Ozarbayjon Aztelekom 0.2 4500 2.5 https://www.aztelekom.az Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari aloqa sanoatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, har bir aloqa kompaniyasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari nafaqat texnologik infratuzilmasiga, balki mamlakat ichki bozori hajmi, raqamli transformatsiyaga yondashuvi va hukumat siyosatiga ham bevosita bog‘liqdir. Masalan, Rossiyaning “Rostelecom” kompaniyasi 5.6 milliard AQSh dollari miqdoridagi yillik daromad, 140 mingdan ortiq xodim va 120 million abonent soni bilan mintaqadagi eng yirik aloqa operatori sanaladi. Bu ko‘rsatkichlar Rossiyada keng qamrovli telekommunikatsiya tizimi, davlat tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanadigan raqamlashtirish siyosati va xizmat turlarining keng diversifikatsiyasi natijasidir. Qozog‘istondagi “Kazakhtelecom” kompaniyasi ham raqamli strategiyalarni faol joriy qilgan holda mintaqada yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda – bu mamlakat raqamli xizmatlar eksportiga intilayotganini va infratuzilmasini mos ravishda yangilayotganini anglatadi. O‘zbekistonning “«O‘zbektelekom» AK” kompaniyasi esa hozircha 0.35 milliard dollarlik yillik daromad va 12 million abonent bilan mintaqa o‘rtachasi darajasida joylashgan bo‘lib, bu aloqa xizmatlarining eksport salohiyati va raqamli xizmatlar turlarini kengaytirish orqali oshirilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Belarusning “Beltelecom” kompaniyasi daromad ko‘rsatkichlari bo‘yicha «O‘zbektelekom» AKdan ozgina yuqorida bo‘lsa-da, xodimlar soni va infratuzilma hajmi bo‘yicha farq katta – bu esa resurs samaradorligi va boshqaruv strategiyasidagi tafovutlarni ifodalaydi. Shuningdek, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armanistondagi kompaniyalar kichik abonent bazasi va daromadga ega bo‘lishiga qaramasdan, mintaqaviy darajada raqamli texnologiyalarni joriy etishda muhim sinov maydonlari bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, O‘zbekistonda «O‘zbektelekom» AK uchun asosiy istiqbolli yo‘nalish – xizmatlar turlarini kengaytirish, servis sifatini oshirish va xalqaro raqamli integratsiyada faol ishtirok etishdir. «O‘zbektelekom» AKning jahon mamlakatlari orasida erishgan yutuqlari hamda ular tomonidan e’tirofiga sazovor bo’lgan jihatlari uning ijtimoiy hamda iqtisodiy asoslarini baholashda tahliliy natijaviylikni namoyon etadi. Xususan, “2024-yilda Barselonada o‘tkazilgan nufuzli Mobile World Congress (MWC) doirasida O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasi tarixida muhim burilish sodir bo‘ldi. Xususan, “«O‘ZBEKTELEKOM» AK” milliy aloqa operatori global internet sifatini baholash bo‘yicha yetakchi tahlilchi kompaniya — Ookla® tomonidan taqdim etiladigan eng yuqori mukofotga sazovor bo‘ldi. Kompaniya tomonidan e’tirof etilgan Speed Score™ ko‘rsatkichi 36.96 ni tashkil etib, «O‘ZBEKTELEKOM» AK’ni mamlakatdagi eng tezkor mobil tarmoq operatori CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 71 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us sifatida tan oldi” 3 . Bu yutuq raqamli transformatsiyaning zamonaviy bosqichiga qadam qo‘ygan O‘zbekiston uchun nafaqat texnologik yutuq, balki ishonchli aloqa, tezkor internet va barqaror raqamli infratuzilmaga erishishda muhim bosqichdir. Mamlakatda ham ushbu kompaniyaning nufuzi yuqori bo’lib, uning abonentlari soni aholining 1/3 qismiga to’g’ri keladi. 2-jadval “O’zbektelekom” AKning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari (2020-2024 yy) 4 Ko‘rsatkichlar 2020 2021 2022 2023 2024 Umumiy aktivlar (mlrd so‘m) 6116,3 7671,7 8749,4 10407,2 13060,9 Umumiy majburiyatlar (mlrd so‘m) 3271,7 3825,2 4823,1 7962,6 10573,7 Sof foyda (mlrd so‘m) 202,4 208,7 221,3 244,5 326,2 Yillik daromad (mlrd so‘m) 2000,7 2295,6 2534,1 2820,3 3148,4 Xodimlar soni (kishi) 8000 8200 8500 8700 9000 Abonentlar soni (mln) 6,8 7 7,2 8,4 12 2020 yildan 2024 yilgacha “O’zbektelekom” AKning umumiy aktivlari 6116,3 mlrd so‘mdan 13060,9 mlrd so‘mgacha deyarli 2,1 barobar o‘sgan. Bunday izchil o‘sish asosan kapital qo‘yilmalarning kengayishi, raqamli infratuzilmaga sarmoyalar, hamda yangi xizmatlar (bulutli texnologiyalar, raqamli televideniya, IoT xizmatlari) ulushining ortishiga bog‘liq. Xususan, 2021 yildagi sezilarli o‘sish (7671,7 mlrd so‘m) abonentlar sonining o‘sishi va xizmat turlarining diversifikatsiyalashuvi bilan izohlanadi. Bu aktivlarning tarkibida asosiy vositalar ulushining ortgani va texnologik modernizatsiya strategiyasining izchil amalga oshirilganini anglatadi (2-jadval). Umumiy majburiyatlar 2020 yildagi 3271,7 mlrd so‘mdan 2024 yilda 10573,7 mlrd so‘mgacha ko‘tarilgan, bu esa 3,2 barobar o‘sishni anglatadi. Bunday tezkor o‘sish bir tomondan, kompaniyaning strategik loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilingan qarz mablag‘lari hajmining oshganidan, ikkinchi tomondan esa, ichki va tashqi investorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlar ko‘payganidan dalolat beradi. Xususan, 2023–2024 yillardagi keskin o‘sish (ayniqsa 7962,6 mlrd → 10573,7 mlrd so‘m) mobil tarmoqni kengaytirish, 5G infratuzilmasiga tayyorgarlik, va xizmatlarni raqamlashtirish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimol. Bu, korporativ moliyalashtirish mexanizmlarining yanada rivojlanayotganidan dalolat beradi. Sof foyda 2020 yildan 2024 yilgacha 202,4 mlrd so‘mdan 326,2 mlrd so‘mgacha oshgan. Bu holat foyda marjasining bosqichma-bosqich oshib borayotganidan dalolatdir. Bunda, xarajatlarning optimallashtirilishi, xizmat ko‘rsatish sifati 3 https://podrobno.uz/cat/tehnp/uztelecom-svyaz-kotoroy-doveryayut-12-millionov-uzbekistantsev/ 4 “O’zbektelekom” AKning yillik hisobotlari asosida shakllantirildi CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 72 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us yaxshilanishi, tarmoqdagi yo‘qotishlarning kamaytirilishi va servis segmentlarining yuqori foydali bo‘g‘inlarga (korporativ va data-center xizmatlari) ko‘proq e’tibor qaratilishi foyda ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Ayniqsa, 2024 yildagi keskin (326,2 mlrd) yuqori daromadli foydalanuvchi segmentlari (masalan, yirik korxonalar) ulushining ortgani bilan bog‘liq (2-jadval). Yillik daromad 2020 yilda 2000,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib 3148,4 mlrd so‘mga yetgan – bu 57foiz o‘sish demakdir. Daromadlarning bu kabi izchil o‘sishiga mobil va keng polosali internet xizmatlariga bo‘lgan talabning ortishi, abonentlar sonining keskin ko‘payishi va xizmatlar portfelining kengaytirilishi sabab bo‘lgan. Kompaniya mobil aloqa, raqamli xizmatlar va telekommunikatsiya infratuzilmasini ijaraga berish orqali daromad manbalarini diversifikatsiyalashtirishga erishgan. Ayni 2023–2024 yillardagi o‘sish intensivligi raqamli transformatsiya strategiyasining amaliy natijalarini ko‘rsatmoqda. Xodimlar soni 2020 yildagi 8000 nafardan 2024 yilda 9000 nafarga yetgan. Bu holat kompaniya faoliyatining kengayishi, xizmatlar ko‘lami ortgani va yangi texnologik platformalarning joriy etilishi sababli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengayganidan dalolat beradi. Eng muhim indikatorlardan biri bu – abonentlar sonining 6,8 milliondan 12 milliongacha o‘sishidir, ya’ni deyarli 2 barobar ortgan. Bu tendensiya aholining raqamli xizmatlarga bo‘lgan talabining oshganini va kompaniyaning bozordagi yetakchilik pozitsiyasini mustahkamlab borayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa 2023–2024 yillardagi sakrash 5G tarmog‘i joriy etilishi va raqamli xizmatlar (masalan, elektron hukumat xizmatlariga ulanish) kengayganini anglatadi (2-jadval). “O’zbektelekom” AK 2020–2024 yillar oralig‘ida barqaror va diversifikatsiyalangan iqtisodiy o‘sishni namoyon qilgan. Aktivlar va daromadlarning izchil ortishi, foydaning ehtiyotkorlik bilan o‘sishi, majburiyatlarning strategik kengayishi va abonentlar bazasining kengayishi kompaniyaning transformatsion va innovatsion rivojlanish yo‘liga kirganini tasdiqlaydi (2-jadval). 3-jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda moliyalashtirilgan 8 ta loyiha umumiy qiymati 10,6 trln so‘mdan oshgan. Bu «O‘zbektelekom» AKning milliy va mintaqaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini yangilash hamda kengaytirish strategiyasining faol bosqichga kirganini ko‘rsatadi. Bunday miqdordagi sarmoyaviy hajm kompaniyaning mamlakatdagi asosiy telekom operatori sifatidagi strategik pozitsiyasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan. 10,6 trln so‘mlik umumiy investitsiyaning 5,3 trln so‘mi xalqaro moliya institutlari mablag‘lari yoki xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lib, bu jami portfelning 50 foizini tashkil etadi. Ayrim loyihalarda xalqaro ulush 100foiz darajani tashkil etmoqda. Bu “«O‘zbektelekom» AK”ning xalqaro moliyaviy institutlar bilan barqaror va ishonchli hamkorlik o‘rnatganini anglatadi. Xususan, Deutsche Bank CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 73 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us orqali jalb qilingan 1,95 trln so‘mlik kredit bu yo‘nalishda eng yirik tashqi moliyalashtirish manbaidir. Sharqiy va G‘arbiy mintaqalarda infratuzilmani rivojlantirishga ajratilgan mablag‘lar 970 mlrd va 1 trln so‘mdan ortiq moliyalashtirilmoqda. Bu telekommunikatsiya xizmatlarida hududiy tenglik va raqamli inklyuziyani ta’minlashga qaratilgan va hukumatning mintaqaviy rivojlanish strategiyasiga mos keladi (3-jadval). “Davlat va jamoat xavfsizligini ta’minlash” loyihasigina kompaniyaning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgani (644,6 mlrd so‘m) ni tashkil etishi xavfsizlik va ichki barqarorlik masalalarida “«O‘zbektelekom» AK”ning mustaqil tashabbusni ilgari surayotganini bildiradi. Bunday selektiv yondashuv — muhim strategik loyihalarda tashqi qarzlilikka tayanmaslik siyosatining amaliy ko‘rinishidir (3-jadval). Jami 4,4 trln so‘mlik kredit yoki tovar krediti miqdori xalqaro moliyalashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kreditlar va qurilma yetkazib beruvchilarning tovar krediti mexanizmlaridan foydalanilgan. Ushbu yondashuv kompaniyaga nafaqat infratuzilmani yangilash, balki texnologik jihatdan ilg‘or yechimlarni tezroq joriy qilish imkonini beradi (3-jadval). 3-jadval «O‘zbektelekom» AK tomonidan 2024-yilda xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilaotgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kredit mablag‘lari hamda Kompaniya o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalari to‘g‘risida ma'lumot 5 Loyihaning nomi Loy iha soni Umumi y qiymati (mln so'm) 2024 yilda gi qiym at (mln so'm ) Foiz Xalqar o mabla g'lar (mln so'm) Xalq aro ulus h (foiz) O‘z mabla g‘lar (mln so‘m) Kredit/t ovar krediti (mln so‘m) Ma'lumotlarn i saqlash va qayta ishlash markazlari (Data center) 1 146062 0 1704 16 12fo iz 170416 100f oiz 0 170416 Xalqaro paketli kommutatsiy 1 752008 2527 78 34fo iz 252778 100f oiz 0 252778 5 https://uztelecom.uz/uz/kompaniya-haqida/ijtimoiy-ahamiyatga-oid-malumotlar/ CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 74 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us a markazlarini kengaytirish Ma'lumotlar uzatish tarmog‘i va transport tarmog‘ini kengaytirish 1 442930 2837 74 64fo iz 283774 100f oiz 0 283774 Sharqiy mintaqada infratuzilman i rivojlantirish 1 245908 0 9707 53 39fo iz 970753 100f oiz 71354, 7 899398 G‘arbiy mintaqada infratuzilman i rivojlantirish 1 232130 5 1025 660 44fo iz 102566 0 100f oiz 144987 880674 Deutsche Bank orqali to‘g‘ridanto‘g‘ri kredit 1 253030 8 1948 337 77fo iz 194833 7 100f oiz 0 194833 7 Davlat va jamoat xavfsizligini ta'minlash 2 644596 6445 96 100f oiz 644596 100f oiz 644596 0 JAMI 8 106108 46,60 529631 4 50foi z 860937 443537 7 Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, “O‘zbektelekom” AK O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida asosiy o‘yinchi sifatida nafaqat infratuzilma modernizatsiyasida, balki raqamli xizmatlar turlarini diversifikatsiyalashda ham eng muhim strategik vazifani bajarmoqda. 2020–2024 yillar davomida aktivlarning 2,1 barobar, daromadlarning 57 foizga o‘sishi, abonentlar sonining esa 6,8 milliondan 12 millionga oshganligi kompaniya transformatsiya strategiyasining amaliy natijalari sifatida baholanadi. Mobil internet, keng polosali aloqa, bulutli texnologiyalar va IT xizmatlariga bo‘lgan talabning ortishi kompaniyaning kelajakdagi biznes modeli aynan raqamli ekotizimga yo‘naltirilgan bo‘lishini taqozo etadi. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 75 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Xulosa. 2024-yilda amalga oshirilgan 10,6 trln so‘mlik investitsiya portfeli — xususan, Data Center, transport tarmoqlarini kengaytirish, paketli kommutatsiya markazlari, Sharqiy va G‘arbiy mintaqalarda infratuzilmalarni rivojlantirish — kompaniyaning milliy telekommunikatsiya tizimida innovatsion yechimlarning kengayib borayotganini ko‘rsatadi. Xalqaro moliya institutlari mablag‘larining 50 foizlik ulushga ega bo‘lishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlarning katta hajmi texnologik rivojlanishni tezlashtirish hamda xalqaro integratsiyani kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayon O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotga o‘tish strategiyasiga to‘liq mos bo‘lib, aloqa infratuzilmasini takomillashtirish, raqamli xizmatlar eksportini oshirish va mamlakatni mintaqaviy IT-hubga aylantirish maqsadlariga xizmat qiladi. “O‘zbektelekom” AKning iqtisodiy barqarorligi, investitsion jozibadorligi va raqamli ekotizimdagi innovatsion salohiyati O‘zbekistonning global telekommunikatsiya bozori bilan integratsiyasini kuchaytiruvchi asosiy omillar sifatida e'tirof etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Shokirovna B. Z. THE ECONOMIC ROLE OF OIL PRODUCTION IN THE BUKHARA-KHIVA REGION AND ITS SIGNIFICANCE FOR THE COUNTRY //GWALIOR MANAGEMENT ACADEMY. – С. 55. 2. Shokirovna B. Z., Xurram o’g’li X. S. INNOVATIVE FOUNDATIONS OF A UNIFIED ECONOMY IN THE FIELD OF RELIGIOUS EDUCATION //Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 110-113. 3. ЮЛДАШЕВ, Қ., Ўзбекистонда давлат-хусусий, А. Ш., ТОЖИБОЕВА, Ш., ТОШПЎЛАТОВА, Г., ТАРАХТИЕВА, Г., & БОБОЖОНОВА, З. BiznesЭксперт. 4. Shokirovna B. Z., Muxayyo Y. Xurram o'g'li XS TOPIC: DIRECTIONS FOR THE DEVELOPMENT OF INNOVATIVE ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN //Scientific Impulse. – 2023. – Т. 2. – №. 16. – С. 42-45.