scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Rivojlangan davlatlarda iqtisodiyotida aloqa sohasini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirishning xorij tajribasi

Ismoilova Nodira

Abstract

Maqolada raqobatbardoshlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning turli yoʻnalishlar — tamoyil, strategiya, taktika, funksiya, jarayon va natija sifatida talqin etilishi nazariy va amaliy jihatdan chuqur tahlil qilingan. Xizmatlar bozorida raqobatbardoshlikning nisbiy kategoriyasi sifatida namoyon boʻlishi, ayniqsa xizmat raqobatbardoshligi iste'molchi ehtiyojlarini qondirish darajasi, xarajatlar tuzilmasi va xizmatning texnik, ergonomik, me'yoriy, estetik hamda iqtisodiy parametrlar majmuasi orqali ifodalanishi yoritilgan. Tadqiqotda raqobatning narxli va narxsiz shakllari, “narxlar jangi”, chegirmalar tizimi, toʻlov va yetkazib berish shartlari, kafolat va sotuvdan keyingi servis kabi omillarning xizmat raqobatbardoshligi darajasiga ta'siri koʻrib chiqilgan.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 105 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Rivojlangan davlatlarda iqtisodiyotida aloqa sohasini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirishning xorij tajribasi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Ismoilova Nodira Annotatsiya. Maqolada raqobatbardoshlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning turli yoʻnalishlar — tamoyil, strategiya, taktika, funksiya, jarayon va natija sifatida talqin etilishi nazariy va amaliy jihatdan chuqur tahlil qilingan. Xizmatlar bozorida raqobatbardoshlikning nisbiy kategoriyasi sifatida namoyon boʻlishi, ayniqsa xizmat raqobatbardoshligi isteʼmolchi ehtiyojlarini qondirish darajasi, xarajatlar tuzilmasi va xizmatning texnik, ergonomik, meʼyoriy, estetik hamda iqtisodiy parametrlar majmuasi orqali ifodalanishi yoritilgan. Tadqiqotda raqobatning narxli va narxsiz shakllari, “narxlar jangi”, chegirmalar tizimi, toʻlov va yetkazib berish shartlari, kafolat va sotuvdan keyingi servis kabi omillarning xizmat raqobatbardoshligi darajasiga taʼsiri koʻrib chiqilgan. Kalit soʻzlar. raqobatbardoshlik; xizmat raqobatbardoshligi; narxli raqobat; narxsiz raqobat; isteʼmol narxi; texnik va ergonomik parametrlar; meʼyoriy talablar; ekspert baholash; sotsiologik usul; bozor mexanizmlari; xizmat sifati; isteʼmolchi ehtiyoji; raqobat omillari. Telekommunikatsiya bozorining jozibadorligi iqtisodiyotning ushbu sektorida qattiq raqobatni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, yanada rivojlanishi uchun kompaniyalarning raqobatbardoshligi va muvaffaqiyatli ishlashining zarur sharti nafaqat yangi noyob texnologiyalar, balki iste’molchiga aniq e’tibor va marketing strategiyalarini har tomonlama qo‘llashdir. Shuning uchun tadqiqot mavzusining dolzarbligi, birinchi navbatda, telekommunikatsiya bozori rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini o‘rganish zarurati bilan bog‘liq bo‘lib, ular o‘z navbatida fan va texnika yutuqlarini boshqa sohalarga olib keladi, globallashuv rivojlanishiga yordam beradi. Jahon iqtisodiy munosabatlari, shuningdek, telekommunikatsiya sohasida raqamli texnologiyalarni shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha boy xorijiy tajribani o‘rganish zarurati bilan bog‘liq. Raqamlashtirish tashkiliy, bozor va texnologik yangiliklarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Ushbu imkoniyatlar xar qanday sohada to‘plangan raqamli ma’lumotlarning katta hajmi va qurilmalarni - internet kontsepsiyasida yotadigan yangi innovatsiyalari to‘plami tufayli yaratilmoqda. Bugungi kunda dunyoda Internetga ulangan milliardlab qurilmalar mavjud. Kelgusi bir necha yil ichida ularning soni sezilarli darajada ko‘payadi, bu dasturiy ta’minotlar va raqamli CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 106 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us qurilmalar xizmat ko’rsatish tizimini tubdan o‘zgartirishga olib keladi va aloqa tizimlarini innovatsiyalar yordamida avtomatlashgan yaxlit tizimli sistemaga aylantiradi bu esa mamlakatda ish samaradorligini oshiradi shu bilan birga xarajatlar sarfini kamaytirish imkoniyatini beradi. XX asr oxirida rivojlangan davlatlar korxonalarida “Sanoat 4.0” inqilobi bo‘yicha yondashuvlar va prinsiplar sezilarli darajada o‘zgardi. Mamlakatlarda aloqa va kommunikatsiya korxonalarining texnik holati, mexanizmlari va inson omilining aralashuvi kamayishi boshlandi. Aloq va telekommunikatsiya korxonalaridagi innovatsiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Yaponiya, AQSH, Xindiston va Erondagi muvaffaqiyatli xalqaro tajribalar o‘rganib chiqildi. O‘tgan yillar mobaynida innovatsiyalardagi o‘sish va ularning hayotimizga ta’siri sezilarli darajada o‘zgardi. Aloqa va telekommunikatsiya sektordagi kompaniyalari faoliyatiga talab ortishi natijasida birinchi o‘ringa chiqadi va iqtisodiyotni raqamli resurs bilan ta’minlanishi lozim bo‘lgan o‘sish nuqtalariga aylandi. O‘zbekistonda xususiy kompaniyalar tomonidan raqamlashtirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar YAIMning 0,12% ini tashkil etadi. Taqqoslash uchun, AQSH dunyoda eng yuqori darajani 5% da, G‘arbiy Yevropa esa 3,9% da ikkinchi o‘rinda, Braziliya esa 3,6% da uchinchi o‘rinda turadi. Shunday qilib, hozir O‘zbekiston umumiy raqamlashtirish darajasi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallagan davlatlardan 8-10 yil orqada. Bundan tashqari, nazariy jihatdan tushunish va xorijiy tajribaga asoslanib, O‘zbekiston telekommunikatsiya kompaniyalarining samarali raqamli txnologiyalarni joriy etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga yuqori ehtiyoj bor. Taxminan 7 yil oldin O‘zbekistonda aloqa va telekommunikatsiya sohasida raqobat va bozor narxlarining o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan bozor yo‘q edi. Keyinchalik davlatning moslashuvchan siyosati tufayli sanoat monopoliyadan chiqarildi va birinchi nodavlat aloqa operatorlari paydo bo‘ldi. Aynan bozor konyunkturasi, uning ko‘rsatmalari va talablarining o‘zgarishi munosabati bilan bozorni tahlil qilish, telekommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan talabni shakllantirish va rag‘batlantirishni o‘rganish, ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida bozor omillarini hisobga olish, bozorni ratsionalizatsiya qilish zarurati tug‘iladi. Yakuniy iste’molchiga tarqatish kanallari orqali tovarlar va xizmatlarni taklif qilish, ishlab chiqarish va aylanma, narx, reklama va xalqaro faoliyatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ya’ni mavjud iste’molchilarni saqlab qolishga qaratilgan iqtisodiy tizimini shakllantirish va takomillashtirish imkonini beradi. Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatadiki, bugun mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish xizmatlariga talab yuqori bo‘lgan bir paytda, xizmat ko‘rsatishda raqobatni yaratish mijozlarga qulay tariflar va narxlar taklifni bera oladi. Bu borada Xorijiy CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 107 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us telekommunikatsiya kompaniyalari marketingi muammolarini chuqur tahlil qilish zarur. Ilmy ishimiz davomida shuni aniqladikki, rivojlangan davlatlarning telekommunikatsiya sohasini raqobatbardoshligini oshirish asosan ikki asosiy yo‘nalishda amalga oshirilayotganligi aniqlandi. Birinchi yondashuv davlat tomonidan tartibga solinadigan yagona milliy aloqa operatorini yaratishni o‘z ichiga oladi. Aloqa bozorida monopoliyaning yo‘qolishi natijasida telekommunikatsiya sohasini rivojlanadi. Ikkinchi, yanada progressiv yondashuv bu esa telekommunikatsiya bozorida raqobatning rivojlanishiga va kompaniyalar tomonidan zamonaviy raqamli texnologiyalarini ishlab chiqishga olib keldi. Osiyo mamlakatlari ichida Xitoyda raqamli itisodiyotning ulushi 2020 yilda mamlakat YAIM ga nisbatan 30 foiz (Xitoyda bu darajada yuqori bo‘lishi kipervalyutalar bilan bog‘liq bo‘lib, mamlakatda kipervalyutaning yirik mayning firmalari joylashgan)ni tashkil etgan 1 . Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, xizmat ko’rsatish raqamlashtirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini ta’minlash hamda iqtisodiy mavqeini yuksaltirishda AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy va Janubiy Korea kabi mamlakatlar zamonaviy innovatsiyalarini qo‘llash orqali yuqori natijalarga erishmoqda. Ulardan keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Avstraliya, Belarus va boshqalar turadi. Raqamlashtirish jarayonining ba’zi yetakchi mamlakatlari esa qarama - qarshi yondashuvlarni, xususan, AQSH bozor yo’nalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni tanlab olgan. Qolgan mamlakatlar ma’lum bir oraliq variantlarga rioya qiladi 2 . Osiyoda raqamli transfarmatsiyalar bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning 25 % Xitoy xalq respublikasi hissasiga to‘g‘ri keladi, Xitoyda elektron tijorat va xizmat ko’rsatih bo‘yicha tanzaksiyalar asosan Alibaba va Tencet komponiyalari tomonidan amalga oshiriladi, ular tomonidan 2022 yilda 8,3 trln Xitoy yuani miqdorida elektron raqamli xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa 2023 yil ushbu summa taxminan 9,5 trln Xitoy yuanini tashkil etgan 3 . 1 https://ruscions.info/faq/cifrovaya-ekonomika-v-rossii 2 Maxkamova M.A. Raqamlashtirish nafaqat odamlar turmush tarzi, balki tafakkurini ham o‘zgartiradi. //Halq so‘zi. 4 noyabr, 2020 yil. 3 https://www.csr.ru sayt ma’lumotlari asosida mmuallif ishlanmasi. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 108 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 1-rasm. Rivojlangan mamlakatlarda dasturiy ta’minotlar rivojlanishi natijasida ishlab chiqarishda inson omilining kamayish dinamikasi 4 Mutaxassislar raqamli iqtisodiyot sharoitida innovatsiyalar asosida jamiyatda kompyuterlashtirish jarayonlari odamlarga ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish kabilarni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi, mutaxassislarni og‘ir ishdan holos etadi, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda texnologiyalarning yuqori darajasini ta’minlaydi, deb hisoblaydilar(1-rasm). Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, xozirgi kunda ayrim korxonalarda faoliyat yuritayotgan kishilar, guruhlar, jamoalar va tashkilotlarning faoliyati borgan sari ko‘proq ularning axborotlashganligiga va ega bo‘lgan axborotlardan samarali foydalanish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lmoqda. Bu ayniqsa ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashishiga va u o‘z navbatida mahsulotni yetkazib berishdagi kechikishlarga ham yaxshi yechim bo‘la oladi. Lekin shu bilan birga yildan – yilga ishsizlik darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Vaqti kelib, inson ishtirokisiz ishlab chiqarish davri boshlananishi ehtimoldan xoli emas. 2024 yil 1 yanvar holatiga (dastlabki ma’lumotlar) ko‘ra, mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni 34 217,3 ming birlikni, shu jumladan, aholida 28 756,6 ming birlikni tashkil etdi. Har 100 kishi hisobiga aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi esa 79 birlikni tashkil etdi 5 . Bugun mamlakatimizda Beeline, Ucell, Mobiuz (UMS), Uzmobile Perfectum Mobile aloqa kompaniyalari faoliyat olib bormoqda. Shu bilan birga, uyali aloqa stansiyalari tarmog‘ini eng ko‘p qamrab olgan bozor yetakchilari «Beeline», «Ucell» va «Uzmobile» abonentlar soni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan uyali aloqa operatorlari uchligiga kiradi. “O‘zbektelekom” AK O‘zbekistonda mobil internet tezligi bo‘yicha yetakchi hisoblanib, O‘zbekistonda keng 4 https://www.csr.ru sayt ma’lumotlari asosida mmuallif ishlanmasi. 5 www.stat.uz CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 109 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us ko‘lamli telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi UZTELECOM operatori Ookla kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalariga ko‘ra 2023yilning 1 va 2-choraklarida O‘zbekistondagi “Eng tezkor mobil tarmoq” deb topildi 6 . Tadqiqot jarayonida dunyo miqyosda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish bilan bog‘liq ilmiy maqolalar va amaliy tadqiqotlarni har tomonlama ko‘rib chiqildi, shuningdek onlayn manbalar, rasmiy hisobotlar va soha nashrlari orqali innovatsiyalari va ilg‘or tajribalari haqida ma’lumotlar to‘plangan. Umumiy tendensiyalar, muvaffaqiyatli yondashuvlar va aloqa xizmatlari sifatini oshirishga hamda raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradigan asosiy omillarni aniqlash uchun to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilindi. Bu quyidagi davlatlardir: Janubiy Koreya (SK Telecom va KT Corporation): KT Corporation - Koreya kompaniyasi va Janubiy Koreyada simli va simsiz telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi eng yirik provayder. To‘liq nomi: KT Corporation. SK Telecom — Janubiy Koreyaning uyali aloqa operatori. • 5G tarmoqlari: yuqori tezlikda, kam kechikishli ulanishlarni ta’minlash orqali foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun 5G texnologiyasini joriy etishda dunyoda yetakchilik qilmoqda; • sun’iy intellektni integratsiyalash: sun’iy intellektni mijozlarga xizmat ko‘rsatishda prognozli texnik xizmat va shaxsiy mijozlar bilan muloqot orqali yaxshilash uchun foydalanish; • IoT yechimlari: mijozlarga qo‘shimcha qulaylik beradigan internet narsalari (IoT) xizmatlarini, masalan, kompyuter tarmog‘iga ulash va ularga dasturiy ta’minot, ilovalar yoki texnik qurilmalar orqali ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, qayta ishlash va boshqa obyektlarga uzatish imkonini beradi. Misol: SK Telecomning sun’iy intellektga asoslangan «NUGU» chat-boti mijozlar so‘rovlariga samarali javob beradi 7 . Yaponiya( NTT docomo va KDDI Corporation): NTT docomo - 2010 yil aprel holatiga ko‘ra Yaponiyaning eng yirik uyali aloqa operatori bo‘lib, abonentlar soni 56 million kishidan oshadi. KDDI Corporation - Yaponiyaning telekommunikatsiya kompaniyasi va au brendi ostidagi uyali aloqa operatoridir. 6 https://uztelecom.uz/uz/yangiliklar/yangiliklar/uztelecom-zafarli-yutuqlar-va-yangi-marralar-yili 7 Chanakira, M. (2012), "Factors affecting the choice of market yentry modes in the African telephony industry", International Journal of Applied Behavioral Yeconomics, Vol. 1 No. 2, pp. 1-15. Chan-Olmsted, S. and Jamison, M. (2001), "Rivalry through Alliances: competitive strategy in the globaltelecommunications market", Yeuropean Management Journal, Vol. 19 No. 3, pp. 317-331. Clarke, M. and Oxman, A.D. (2001), Cochrane Reviewersʼ Handbook (Yeds.) 4.1.4, The Cochrane Library. Update Software (Updated Quarterly), Oxford, Issue 4. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 110 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us • doimiy tarmoq yangilanishi: yuqori tezlikdagi ulanish va minimal uzilishlarni ta’minlash uchun tarmoq infratuzilmasini muntazam ravishda yangilab turish; • 5G joriy etish: mijozlarga tezroq va ishonchli internet xizmatlarini taqdim etish uchun 5G texnologiyasiga katta investitsiya ajratadi; • Tabiiy ofatlarga chidamlilik: Tabiiy ofatlarga dosh bera oladigan mustahkam tarmoqlar qurish, doimiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga harakat qiladi. Misol: NTT docomo 5G qamrovini faol kengaytirish, milliy miqyosda mavjudligini ta’minlash va xizmat sifatini oshirishga qaratilgan. Yevropa Ittifoqi davlatlari Regulyator muhiti va raqobat Vodafone va Deutsche Telekom: Vodafone - Britaniya kompaniyasi, dunyodagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri. Deutsche Telekom - Germaniya telekommunikatsiya kompaniyasi, daromadi bo‘yicha Yevropada eng yirik va dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunlari: Yevropa Ittifoqining qattiq qoidalariga rioya qilish, bu esa yuqori xizmat standartlarini va iste’molchilar huquqlarini himoya qiladi; • raqobatbardosh bozor: kuchli raqobat kompaniyalarni yangilik va sifatni yaxshilashga undaydi, chunki ular o‘zlarini ajratishga intiladi; • shaffoflik: mijozlar bilan ishonchni mustahkamlash uchun shaffof narx va xizmat shartlarini ta’minlaydi. Misol: Vodafone yuqori sifatli xizmat tashabbuslari va mijozlar qoniqishini oshirish dasturlari bilan raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun harakat qilmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari (AT&T va Verizon Communications): AT&T. (American Telephone and Telegraph) - Dunyodagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri bo‘lib, bu Qo‘shma Shtatlardagi mahalliy va shaharlararo telefon aloqalarining eng yirik provayderi, shuningdek, Qo‘shma Shtatlardagi uchinchi yirik uyali aloqa operatoridir. DirecTV orqali Qo‘shma Shtatlardagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sun’iy yo‘ldoshli eshittirishning eng yirik provayderidir. Verizon Communications - Amerika telekommunikatsiya kompaniyasi. • kompleks o‘quv dasturlari: xodimlarni eng so‘nggi texnologiyalar va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning eng yaxshi amaliyotlari bo‘yicha muntazam o‘qitish; • xodimlarni jalb qilish: xodimlarni rag‘batlantirish va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga, sodiq bo‘lishlari uchun tashabbuslar, mijoz mavqeyini rivojlantirish imkoniyatlari topadi; • mijozlarga xizmat ko‘rsatish mukammalligi: murakkab muammolarni samarali hal qilish uchun maxsus jamoalar mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 111 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Misol: AT&T xodimlarni mijozlarga yordam berishga tayyorlash uchun ilg‘or o‘quv inshootlari va dasturlariga sarmoya kiritmoqda. Avstraliya (Telstra va Optus): Telstra - Avstraliyaning eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi, internet xizmatlarini, shuningdek, telefoniya, mobil aloqa va kabel televideniyesi xizmatlarini taqdim etadi. Optus - Mobil telefon, telefoniya va kabel televideniyesi xizmatlarini ko‘rsatuvchi Avstraliyaning ikkinchi yirik telekommunikatsiya kompaniyasi. • raqamli platformalar: mijozlarga o‘z hisoblarini boshqarish, muammolarni hal qilish va mustaqil ravishda yordam olish imkonini beruvchi mustahkam raqamli platformalar rivojlantirilishi; • O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish vositalari: Mijozlarni kuchaytirish uchun keng qamrovli o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish vositalari va resurslarini taqdim etish; • Mijozlarga qulaylik: Turli xizmatlarni taklif qiladigan mobil ilovalar va onlayn portal orqali foydalanuvchi tajribasini yaxshilash. Misol: Telstraning MyTelstra ilovasi, to‘lovlarni amalga oshirish, xizmat so‘rovlari va real vaqtda yordam kabi funksiyalarni taqdim etadi 8 . Bu xalqaro misollar telekommunikatsiya sohasidagi muvaffaqiyatli strategiyalarni ko‘rsatadi, ular texnologik innovatsiyalar va reglamentlarga rioya qilishdan tortib, mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuvlar va xodimlarni jalb qilishgacha. Ushbu amaliyotlarni qabul qilish va moslashtirish orqali kompaniyalar xizmat sifatini va mijozlar qoniqishini sezilarli darajada yaxshilashlari mumkin. O‘zbekistondagi aloqa tizimida foydalanish mumkin bo‘lgan ba’zi yondashuvlar quyidagilardan iborat: 2-jadval O‘zbekistondagi aloqa tizimida foydalanish mumkin bo‘lgan ba’zi xorijiy mamlakatlar tajriba yondashuvlari 9 . 1 Mijozga yo‘naltirilgan yondashuv (Telenor) Mijoz fikr-mulohazalarini integratsiyalash: mijozlarning fikrmulohazalarini yig‘ish va tahlil qilish orqali xizmatlarni yaxshilash va mijozlar ehtiyojlariga javob berish. Foydalanuvchiga qulay interfeyslar: Intuitiv va oson foydalaniladigan mobil ilovalar va veb-saytlarni rivojlantirish. 8 Clegg. J. and Kamall, S. (1998), "The internationalization of telecommunications services firms in the Yeuropean union. Transnational Corporations, Vol. 7 No. 2, pp. 39-96. Clegg. J., Kamall, S. and Leung, M. (1996), "Yeuropean multinational activity in telecommunications services in the peoples Republic of China: firm strategy and government policy", Management International Review, Vol. 1 No. 36, pp. 111-137. 9 Muallif ishlanmasi CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 112 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Tezkor mijozlarga xizmat ko‘rsatish: Chatbotlar va sun’iy intellektga asoslangan yordam tizimlaridan foydalanish orqali kutish vaqtini kamaytirish va mijozlarga tezkor yordam ko‘rsatish. 2 Texnologik innovatsiya(Janubiy Koreya tajribasidan) 5G tarmoqlari: Yuqori tezlikda, kam kechikishi ulanishlarni ta’minlash uchun 5G texnologiyasini joriy etish. Sun’iy intellektni integratsiyalash: Sun’iy intellektdan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash va shaxsiy mijozlar bilan muloqot qilish. IoT yechimlari: Aqlli uy yechimlari va ulangan qurilmalar kabi Internet narsalari (IoT) xizmatlarini taklif qilish. 3 Tarmoq infratuzilmasiga investitsiya(Yaponiya tajribasidan) Doimiy tarmoq yangilanishlari: tarmoq infratuzilmasini muntazam ravishda yangilash va yuqori tezlikdagi ulanishni ta’minlash. 5G joriy etish: 5G texnologiyasiga katta investitsiya kiritish va bu orqali mijozlarga tezroq va ishonchli internet xizmatlarini taqdim etish. Tabiiy ofatlarga chidamlilik: Mustahkam tarmoqlar qurish, tabiiy ofatlarga dosh bera oladigan va doimiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash. 4 Mijozlarga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish (Avstraliya tajribasi) Raqamli platformalar: mijozlarga o‘z hisoblarini boshqarish, muammolarni hal qilish va mustaqil ravishda yordam olish imkonini beruvchi mustahkam raqamli platformalarni rivojlantirish. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish vositalari: mijozlarni kuchaytirish uchun kengqamrovli o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish vositalari va resurslarini taqdim etish. Mijozlarga qulaylik: turli xizmatlarni taklif qiladigan mobil ilovalar va onlayn portal orqali foydalanuvchi tajribasini yaxshilash. 5 Moslashtrilgan xizmatlar(Hindiston tajribasidan) Katta ma’lumotlar tahlili: Katta ma’lumotlardan foydalanib, mijozlarning xatti-harakatlari va afzalliklarini tahlil qilish, individuallashtrilgan xizmatlarni taklif qilish imkonini beradi. Moslashtirilgan tariflar: Shaxsiy ehtiyojlar va foydalanish odatlariga asoslangan moslashtirilgan tariflar va xizmatlarni taklif qilish. Mijozlarni jalb qilish: Maqsadli aksiyalar va shaxsiy tavsiyalar orqali mijozlarni jalb qilish. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 113 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 6 Xodimlarni tayyorlash (Amerika Qo‘shma Shtatlari tajribasidan) Kompleks o‘quv dasturlari: xodimlarni eng so‘nggi texnologiyalar va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning eng yaxshi amaliyotlari bo‘yicha muntazam o‘qitish. Xodimlarni jalb qilish: Xodimlarni rag‘batlantirish va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga sodiq bo‘lishlari uchun tashabbuslar, masalan, e’tirof etish dasturlari va martaba rivojlantirish imkoniyatlari. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish mukammalligi: murakkab muammolarni samarali hal qilish uchun maxsus mijozlarga xizmat ko‘rsatish jamoalari. Yuqoridagi yondashuvlar O‘zbekistondagi aloqa kompaniyalari uchun xizmat sifatini oshirish va mijozlarni qoniqish darajasini oshirish uchun samarali bo‘lishi mumkin albatta. Aloqa xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha qimmatli fikrlarni beradi. Dunyo bo‘ylab yetakchi telekommunikatsiya kompaniyalarining muvaffaqiyatli strategiyalari va innovatsiyalarini o‘rganish orqali biz takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashimiz va ilg‘or tajribalarni mahalliy sharoitga moslashtirishimiz mumkin. Kuchli telekommunikatsiya infratuzilmasiga ega mamlakatlar yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga erishdilar. O‘zbekiston tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirishga, jumladan, 5G texnologiyasi va optik tolali tarmoqlarni, ayniqsa, qishloq joylarda joriy etishga sarmoya kiritishga ustuvor ahamiyat ega AI va katta ma’lumotlar tahlili kabi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash xizmatlar ko‘rsatish va operatsion samaradorlikni oshirishi mumkin. O‘zbekiston yangi va takomillashtirilgan xizmatlarni taklif qilish uchun ushbu texnologiyalarni o‘rganishi kerak. Hukumat, nazorat qiluvchi organlar va telekommunikatsiya kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Telekommunikatsiya tarmoqlari rivojlangan mamlakatlardagi meyoriy-huquqiy bazadan o‘rganish siyosat va qoidalarni soddalashtirishga yordam beradi. Aholining raqamli savodxonligini oshirish va telekommunikatsiya sohasida malakali mutaxassislarni yetishtirishga sarmoya kiritish juda muhim. Ta’lim muassasalari va xalqaro o‘quv dasturlari bilan hamkorlik malakalardagi bo‘shliqni bartaraf etishga yordam beradi. Xizmatlarning arzonligi va aholining barcha qatlamlari uchun ochiq bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Raqobatbardosh narx strategiyalarini ishlab chiqish va moslashuvchan to‘lov imkoniyatlarini taklif qilish xizmatlarni yanada qamrab olishi mumkin. Kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirish va foydalanuvchi ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Kuchli kiberxavfsizlik tizimiga ega