scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Dunyo tillari va ular orasida o'zbek tilining tutgan o'rni

Abdurahmonova Mavluda Ibragimovna; Jo'rayeva Shohista

Abstract

Tilning paydo bo‘lish masalasi qadimdan munozara bo‘lib kelmoqda. Ayrim tillarning qachon paydo bo‘lganini, qanday tarkib topganini aniq bilish mumkin. Biroq, umuman insoniyatga xos tilning qachon va qanday paydo bo‘lganini bilib bo‘lmaydi. Chunki hozir bizga ma‘lum bo‘lgan tillar-ning yozuv tarixi 10­15 ming yildan oshmaydi. Olimlarning fikricha, insonlar bundan bir necha yuz ming yil burun so‘zlasha boshlaganlar. Shunday ekan, tilning paydo bo‘lishi haqida faqat farazlar bor. Eng birinchi bo‘linib boshlagan, boshqa tillarni paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan va ishlatilmay qolgan til bobo til yoki asos til deyiladi. Juda ko‘p tillar hozirgi kunda qo‘llanilib kelishi bilan bir qatorda ba'zi tillar bizga yozma yodgorliklar orqaligina yetib kelib, tamoman iste'moldan chiqib ketgan. Shu nuqtai nazaridan tillar tirik va o‘lik tillarga bo‘linadi.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 125 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Dunyo tillari va ular orasida o‘zbek tilining tutgan o‘rni Termiz davlat universiteti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Abdurahmonova Mavluda Ibragimovna Jo‘rayeva Shohista ANNOTATSIYA Tilning paydo bo‘lish masalasi qadimdan munozara bo‘lib kelmoqda. Ayrim tillarning qachon paydo bo‘lganini, qanday tarkib topganini aniq bilish mumkin. Biroq, umuman insoniyatga xos tilning qachon va qanday paydo bo‘lganini bilib bo‘lmaydi. Chunki hozir bizga ma‘lum bo‘lgan tillar-ning yozuv tarixi 1015 ming yildan oshmaydi. Olimlarning fikricha, insonlar bundan bir necha yuz ming yil burun so‘zlasha boshlaganlar. Shunday ekan, tilning paydo bo‘lishi haqida faqat farazlar bor. Eng birinchi bo‘linib boshlagan, boshqa tillarni paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan va ishlatilmay qolgan til bobo til yoki asos til deyiladi. Juda ko‘p tillar hozirgi kunda qo‘llanilib kelishi bilan bir qatorda ba'zi tillar bizga yozma yodgorliklar orqaligina yetib kelib, tamoman iste'moldan chiqib ketgan. Shu nuqtai nazaridan tillar tirik va o‘lik tillarga bo‘linadi. Kalit so‘zlar: Dunyo tillari, o‘zbek tili, til oilasi, til guruhlari, tirik til, o‘lik til, bobo til, morfologik usul, geneologik usul. Tilni ilohiylik bilan bog'lagan bir guruh olimlar til Alloh tomonidan ato qilingan buyuk ehson deb e'tirof etishadi. Yana bir guruh materialist olimlar esa tovushga taqlid qilish orqali: kakku, shirshir, chumchuq kabi; ibtidoiy odamlarning hishayojonlari, qahrg'azablari, ixtiyorsiz baqirishlari natijasi-da: oh, voy, uf, eh kabi; mehnat qilish jarayonida mehnat qilishga unday-digan ixtiyorsiz qiyqiyrishlar natijasida: ey, ehe, oho, oh kabi; odamlar o'zaro kelishib narsaning otini qo‘yish natijasida til paydo bo‘lgan deyishadi. Lekin bu qarashlar tilning paydo bo‘lish masalasini to‘g‘ri yoritishga ojizdir. Til kishilarning birgalashib mehnat qilishlari jarayonida boshqa kishilar bilan aloqada bo‘lish zaruriyati, ehtiyoji natijasida paydo bo‘lgan. Til kishi-larning birbirlarini tushunishlariga, yashash uchun vositalarni topishda birgalashishlariga, ishlab chiqarishlariga yordam bergan. Ibtidoiy jamiyatda paydo bo‘lgan til uzoq davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib, boyib borgan. Til taraqqiyoti kishilarning turlituman tajribalarining takomillashishiga, bu tajribalarning avloddan-avlodga o‘tishiga imkon bergan. Natijada fan, madaniyat, texnika taraqqiy qilgan, ya'ni kishilik jamiyati rivojlangan. Til ham taraqqiy etib borgan, chunki til ham jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘iq. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 126 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Kishilik jamiyati tarixi shuni ko‘rsatadiki, jamiyat a'zolarining avval urug‘ tili, so‘ng qabila tili, keyin elat, xalq va borabora ayrim millat tili paydo bo‘lgan. Har qaysi qabila o‘ziga xos nom, hududga va albatta o‘z tiliga ega bo‘lgan. Keyinchalik qabiladagi kishilar soni ko‘payishi bilan qabila aholisi o‘troqlashib qolgan hudud yer, suv, oziq-ovqat va boshqa narsalarga bo'lgan ehtiyojni qondira olmaganligi yoki nizolar, urushishlar va boshqa shu kabi sabablar bilan qabilalar bo‘linib keta boshlagan. Mana shunday bo‘linish tufayli yangi qabilalar paydo bo‘lgan. Bu qabilalar bo‘linib chiqqandan keyin ham o‘zlari ajralib chiqqan burungi qabilaning tilidan foydalanavergan. Biroq bunga qaramasdan, turli shart-sharoitlar tufayli bu yangi qabilaning tillari burungi tillaridan asta-sekin farq qila boshlagan va yangi so‘zlar bilan boyib borgan. Natijada yangi qabilada paydo bo‘lgan so‘zlarni burungi qabiladagilar bilmagan va burungi qabilada paydo bo'lgan so‘zlarni, o‘zgarishlarni yangi qabiladagilar bilmagan. Bu jarayon, ya'ni yangi qabilalarni paydo bo‘lishi yana takrorlanavergan. Shu bilan birga har bir yangi qabila o‘z tiliga asos solib, yangi shevalar, dialektlarni vujudga keltirgan. Demak, qardosh tillar bir tilning bo‘linishi orqasida paydo bo‘lgan dialektlar asosida vujudga kelgan tillardir. Tarixda tillar shakllanishida ikki xil tilning qo‘shilib ketishi natijasida ham yangi til paydo bo‘lganligi haqida dalillar mavjud. Taxminiy hisoblarga qaraganda, dunyoda 3000 dan ortiq til bor. Bu tillarning ayrimlarida bir necha o‘n, hatto yuz millionlab kishilar gaplashsa, ba'zilaridan bir necha ming kishigina foydalanadi, xolos. Masalan, xitoy tilida hozir bir milliardga yaqin kishi so‘zlashsa, chukot va vele tilida atigi bir necha ming kishi muloqotda bo'ladi. Yangi Gvineyada deyarli har bir qishloq aholisi o‘z tiliga ega. Jahon tillari ichida nomi birgina tovushdan iborat bo‘lgan «I» tili ham mavjud. Kongoda aholi 500 tilda, Indoneziyada 250 tilda, Sudanda 117 tilda gaplashadilar. Angliyada, AQSH, Kanada kabi mamlakatlar fuqarolari, asosan, ingliz tilida; Ispaniya, Kuba, Chili, Meksika fuqarolari, asosan, ispan tilida gaplashadilar. Demak, tillarning tarqalish va ishlatilish doirasi har xil. Juda ko‘p tillar hozirgi kunda qo‘llanilib kelishi bilan bir qatorda ba'zi tillar bizga yozma yodgorliklar orqaligina yetib kelib, tamoman iste'moldan chiqib ketgan. Shu nuqtai nazaridan tillar tirik va o‘lik tillarga bo‘linadi. Xalqlar hozirda gaplashadigan tillar tirik tillar hisoblanadi, masalan, ukrain tili, qirg‘iz tili, qozoq tili, o‘zbek tili va hokozo. Qadimda qo‘llanib, shu tilda gaplashgan xalqning turli sabablar bilan yo'q bo'lib ketishi boshqa tilda gaplashib ketishi natijasida bizga faqat yozma manbalar orqali yetib kelgan, ammo yer yuzida yashayotgan xalqlarning hech biri hozir muomalada ishlatilmaydigan til o‘lik til deyiladi. Masalan, lotin tili, qadimgi hind yoki sanskirit CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 127 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us tili, qadimgi slavyan tili, qadimgi xorazmiy tili va boshqalar. Hozirgi paytda o‘lik tillarni shu tillarga qiziqqan olimlar, mutaxassislargina biladi. Dunyoda kam qo‘llanadigan tillar bilan birga ishlatilish doirasi juda keng, hatto turli xil tilda gaplashadigan xalqlar orasida qo‘llanadigan tillar ham bor. Bu tillar xalqaro tillar yoki jahon tillari deyiladi. Hozirda rasmiy tan olingan, xalqaro tashkilotlarda ish yuritish ishlari olib boriladigan 6 ta xalqaro til mavjud: Bu tillar ingliz, ispan, rus, xitoy, arab va fransuz tillaridir. Olimlar qadimgi davrlardan boshlab dunyo tillari va ularning tarixi bilan qiziqib kelishgan. Rangbarang tillar o‘rtasidagi yaqinlik, o‘xshashlik va buning aksini ko'rsatuvchi misollarni o‘rganib borishgan. Masalan: ruscha mat, bulg‘orcha moyka, polyakcha matka, litva tilida mamina, inglizcha maze, nemischa mutter, fransuzcha mere, tojik tilida modar kabi. Kuzatishlar va tillarni qiyoslash natijasida tillar tasnif qilingan. Dunyodagi narsalarning, hodisalarning eng asosiy, eng muhim belgilarini nazarda tutgan holda guruhlarga ajratish tasnif deyiladi. Tilshunoslik fanida tillarni tasniflashda ikki xil usul qo‘llaniladi: 1. Morfologik usul. 2. Geneologik usul. Tillarni morfologik usul asosida tasnif qilishda so‘zlarning tuzilishi eng asosiy belgi qilib olinadi. Bu usul tillarning kelib chiqishini e'tiborga olmaydi. U, eng avvalo, har bir tilning nutqida so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi, turlovchi va tuslovchi qo‘shimchalarning boryo‘qligi, so‘z yasalishi tomonlarini nazarda tutadi. Geneologik tasnif esa tillarning bir manbadan kelib chiqishini, qaysi tillar birbiri bilan qardosh ekanligini, shu bilan birga, so‘zlarni, qo‘shim-chalarni xususiyatlarini nazarda tutib tillarni guruhlarga ajratishdir. Bir bobo tildan kelib chiqib, tuzilishi va boshqa xususiyatlari birbiriga yaqin, o‘xshash bo‘lgan tillar yig‘indisi tillar oilasi deyiladi. Dunyodagi tillar qanchalik rangbarang bovlmasin, ular sanoqli tillar oilasiga birlashadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda 20dan ortiq til oilasi mavjud. Har bir til oilasi, o‘z navbatida, qarindoshlikning yaqinlik darajasiga ko‘ra bir necha guruhlarga ajralishi mumkin. Bu guruhlar turkumlar (tarmoq, shohobcha) deyiladi. Turkumlar o‘z navbatida kichik guruhlarga ajralishi ham mumkin. Jahonda keng tarqalgan til oilalari quyidagilar: 1. Hind Yevropa tillar oilasi. 2. Oltoy tillar oilasi. 3. Finugor tillar oilasi. 4. Xomsom tillari oilasi. 5. Kavkaz tillar oilasi. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 128 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 6. Xitoytibet tillar oilasi. O‘zbek tili Oltoy tillar oilasining turkiy turkumiga kiradi Ba'zi adabiyotlarda turkiy tillar alohida oila deb ko‘rsatilgan. Turkiy tillar 100 ga yaqin jonli tillarni o‘z ichiga oladi. Butun dunyoda bir necha yuz million kishi turkiy millatda gaplashadi. Turkiy tilli aholi Uzoq Sharqdan Markaziy Yevropagacha, Taymir yarimorolidan Bolqon yari-moroligacha tarqalgan. Shulardan o‘zbek tili O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston hududlariga keng tarqalgan. Hozirgi kunda o‘zbeklar Afg‘oniston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Eron va boshqa davlatlarda ham istiqomat qilishadi. Butun dunyo bo‘yicha hozirda 25 mln. dan ortiq, ba'zi manbalarda ko‘rsatishicha 40 mln. dan ortiq aholi o‘zbek tilida gaplashadi.