PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https:// worldlyjournals.com 475 ISLOMDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TA`MINLASHNING O`ZIGA XOS JIHATLARI Shahrisabz Davlat Pedagogika Insitituti Ped 1\24 guruh talabasi Normurodova Feruza Farhod qizi [email protected] Shahrisabz Davlat Pedagogika insitituti o`qituvchisi Mahmudov G`ayrat
[email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada Islom dinida inson huquq va erkinliklarini ta`minlashning asosiy tamoyillari, ularning manbalari hamda amaliy jihatlari o`rganiladi. Qur`on va Hadislarning inson sha`ni, qadr-qimmati, tengligi, adolat, erkin tanlov, mulk dahlsizligi, din va e`tiqod erkinligi kabi fundamental huquqlarni ta`minlashga doir ko`rsatmalari tahlil qilinadi. Shuningdek, Islom huquqi – fiqhda shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy huquqlarni tartibga soluvchi me`yorlar, ularning tarixiy rivoji hamda hozirgi zamon demokratik tamoyillariga uyg`un jihatlari yoritiladi. Maqolada Islomning inson huquqlariga oid yondashuvi umuminsoniy qadriyatlar bilan qiyoslash asosida o`rganilib, uning bugungi globallashuv davrida barqaror jamiyat va adolatli boshqaruvni shakllantirishdagi o`rni ilmiy asosda ko`rsatib beriladi. Kirish so`zlar: Islom; inson; huquq; Qur`on; Hadis; e`tiqod; fiqh; erkinlik; konsititutsiya;qadr-qimmat; Abstract: This article examines the basic principles of ensuring human rights and freedoms in Islam, their sources and practical aspects.The Qura and Hadiths instructions on ensuring fundamental rights such as human dignity, worth, equality, justice, free choice, property inviolability, freedom of religion and belief are analyzed . In also covers the norms regulating personal, social, economic and political rights in Islamic jurisprudence, their historical development nd their compatibility with modern democratic principles. The article studies the Islamic approach to human rights on the basis of comparison with universal human values, and shows its role in forming a stable society and just governance in today`s era of globalization on a scientific basis. Keywords: Islam; law; Hadith; Quran; belief; jurisprudence; freedom;constitution;dignity O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, jamiyatimizning barcha jabhalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning zamirida, insonning huquq va erkinliklariga bo‘lgan e’tibor, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson manfaatlarini eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etish kabi g‘oyalar bosh maqsad sifatida mustahkamlangan. Shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida, avvalo, inson manfaati, uning qadr-qimmatining ulug‘vorligi yotadi. Joriy 2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi ham bu bora olib borilgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https:// worldlyjournals.com 476 Milliy qadriyatlarimiz bilan chambarchas bog‘lanib ketgan muqaddas dinimiz – islom dinida ham inson, shaxs manfaati eng birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Zotan, islom dinining nozil qilinishining bosh sababi ham va bu muqaddas dinning asl mohiyati ham inson manfaatini oliylarga ko‘tarish edi. Qur’oni karimning bir qator o‘rinlarida bu umuminsoniy yuksak qadriyat alohida ta’kidlangan. Inson manfaatlari haqida so‘z yuritilar ekan, avvalo islom dini inson zotiga dunyodagi barcha narsalar unga beminnat xizmat qilishi uchun yaratilgan zot sifatida qarashligini alohida ta’kidlashimiz lozim. Islom inson uchun lozim bo‘lgan ma’naviy va moddiy manfaatlar uyg‘unligini o‘zida mujassam eta olgan dindir. Bu haqda Alloh taolo Qur’oni karimning “Isro” surasida: لا ي ضِفْت اَََِِْْْْْمَيمِر ٍايَِْى ََِْْْٰهُاََِْمضْفْ ويِاَْيمامَّل ْْيمِ ْهُاَََِْْْْْ وي ٍَِِّْْل ْ ويمٍَِّْل ييفِْهُاََََِْْْْ وََْْآ ييََْ اَِِْمٍَِّْْْْْْ و “Batahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qo‘ydik va ularni quruqligu dengizda (ulov-la) ko‘tardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni O‘zimiz yaratgan ko‘p narsalardan mutlaqo afzal qilib qo‘ydik” degan. Alloh taolo quruqlikda ham, dengizda ham inson bolasi manfaati uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni muhayyo qildi hamda uni ikki dunyo saodatiga yetkazadigan qonunqoidalarni joriy qilib qo‘ydi. Bu ham Alloh odam bolasini azizu mukarram qilganidandir. Afzallikda unga yaqin kela oladigan maxluqot olamda yo‘qdir. Barcha maxluqotlar odam bolasi uchun beminnat xizmatkordir. Shubhasiz, bu dunyoda ham oxiratda ham bu afzallik va ne’matlarning mas’uliyati va javobgariligi bor. Qur'onda inson huquqlari ilohiy amr va tavsiyalar doirasida muhokama qilinib, ko'p oyatlarda o'rin olgan. Qur'on 114 iborat muqaddas kitobdir. 113 sura basmala bilan boshlanadi. Qur'onda musulmonlar amal qilishi kerak bo'lgan qoidalar chegaralarini belgilab qo'ygan. Bu chegaralar ichida Qur'on odamlarga teng yondashadi va insonning ma'lum huquqlarga, demak, inson huquqlariga ega ekanligiga ishora qiladi. Qur'onda odamlarga berilgan huquqlar orasida yashash va tinch yashash huquqi, shuningdek, iqtisodiy huquqlarga ega bo'lish, ularni himoya qilish huquqi kiradi. Shuningdek, Qur'onda odamlarning bir-birlari bilan o'zaro munosabatlari qoidalari, ayollar huquqlari va harbiy asirlarga qanday munosabatda bo'lishini belgilash mezonlari mavjud. “BMTning Inson huquqlari deklaratsiyasi va Qur’on” va “Islom 101: Asosiy inson huquqlari” maqolalaridan olingan har bir bobda Qur’on oyatlari keltirilgan. Qur'oni karimda butun insoniyat bir insonning farzandlari va bir-biriga aka-uka ekanligi ta'kidlangan. Qur'ondagi tenglik va adolatga urg'u oyatlarda tez-tez uchraydi va bu urg'u hatto insonning dushmanini ham o'z ichiga oladi. Musulmonlarning adolatli va solih bo'lish burchi Qur'oni karimda yuqori o'rinda turadi va shunday ta'riflanadi: “Ey iymon keltirganlar! O'zingga, ota-onangga yoki yaqin qarindoshlaringga ziyon bo'lsa ham Alloh uchun guvoh bo'l, adolat qo'riqchisi bo'l. Boymi, kambag'almi, Alloh har ikkisiga rahm-shafqat bilan yaqinroqdir. Shuning uchun, past istaklaringizga mos kelmang. Agar adashsangiz yoki yuz oʻgirsangiz, albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir” Qur'on shuningdek, mo'minlarni muhtojlarga yordam berishga da'vat etadi, lekin ular yolg'on yoki tajovuzkorlik qilmoqchi bo'lganlarida, "yaxshilik va taqvoda bir-biringizga yordam bering, lekin gunoh va tajovuzda emas" deyiladi. Qolaversa, Qur’on musulmonlarga boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilarga nisbatan adolatli va mehribon boʻlish aqida ekanini tavsiya qiladi.
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https:// worldlyjournals.com 477 Erkinlik, tenglik, adolat, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi, hokimiyatning saylov asosida vujudga kelishi, hokimiyatlar bo‘linishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud qarorisiz mahrum etib bo‘lmasligi, aybsizlik prezumpsiyasi bularning barcha-barchasi demokratiyaning eng muhim belgilari bo‘lib, demokratik davlatlar konstitutsiyalarining muhim prinsiplarini tashkil etadi. Shu ma’noda aytish joizki, yuqorida keltirib o‘tilgan demokratik prinsiplarni o‘zida mujassam etgan mo‘‘tabar Qomus — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun - mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida beqiyos siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga molik tarixiy kun bo‘lib qoldi. Mana, qariyb o`ttiz uch yildan beri, hayotimizning asosiy qomusi bo‘lmish, davlatimiz va jamiyatimizning nafaqat buguni, balki kelajagini ham belgilab, ezgu maqsadlarimizning huquqiy poydevorini muhrlab beruvchi Konstitutsiyamiz qoidalari asosida yashab kelmoqdamiz. Shu davr mobaynida barchamiz vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalq farovonligining huquqiy kafolatini o‘zida mujassam etgan Konstitutsiyamizda zikr etilgan maqsad va muddaolarga erishish yo‘lida mehnat qilmoqdamiz. Mana shu o`ttiz uch yil mobaynida jamiyatimizda, har qaysi oila va vatandoshlarimiz hayotida qanday ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bo‘lsa, bularning barchasi Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklarga oid qoidalarning hayotimizdagi amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizning asosiy mohiyati ham insonga munosib hayot sharoitlari yaratish, uni baxtli qilishdan iboratdir. Jahonda bo‘lib o‘tayotgan voqealar ham shuni yaqqol tasdiqlamoqdaki, agar inson va davlat manfaatlari o‘zaro uyg‘unligi buzilsa, davlatda olg‘a siljish bo‘lmaydi. Mamlakatimizda esa, bu masala davlatimiz rahbarining oqilona va dono siyosati tufayli Konstitutsiyamizda jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i - inson degan fikrni ilgari surildi va shu asosda “fuqaro - jamiyat – davlat” o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona huquqiy yechimini topishga intildik Konstitutsiya davlat bilan shaxs o‘rtasidagi o‘zaro huquqlar va burchlar belgilab olingan o‘ziga xos ahdnoma desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki Konstitutsiyamizning 19moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar, deb mustahkamlab qo‘yilgan. Shu ma’noda Asosiy qomusimizda davlat o‘ziga bir qator o‘ta muhim majburiyatlarni olganki, unga ko‘ra davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi, davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Fuqarolar esa Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajarish, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga, O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga, harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar. Har bir mamlakatda u yoki bu joriy qonunlar bo‘lishi va u muayyan vaqtdan so‘ng nomi o‘zgarishi yohud bekor bo‘lishi mumkin. Biroq, Konstitutsiya inson, jamiyat, davlat manfaatlarini va irodasini o‘zida ifodalovchi, davlat tuzilishi va boshqaruvi shakli asoslarini belgilovchi, hokimiyat idoralari faoliyatining tashkil etilishi tartibi va prinsiplarini mustahkamlovchi oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjat bo‘lib, u o‘zining yagonaligi va barqarorligi bilan ajralib turadi.
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https:// worldlyjournals.com 478 Asosiy qomusimiz 128 moddadan iborat bo‘lgani holda uning 30 dan ortiq moddalari bevosita inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangandir. Konstitutsiyamiz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining deyarli barcha prinsipial qoidalarini o‘zida mujassamlantirib, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi ta’minlanishini qayd etadi, unga kafolatlar beradi. O‘tgan yillar davomida parlamentimiz tomonidan insonning asosiy huquq va erkinliklarini tartibga soladigan 16 ta kodeks va 400 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. O‘zbekiston birinchi ratifikatsiya qilgan hujjat ham Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bo‘ldi. Istiqlol yillarida mamlakatimiz inson huquqlari bo‘yicha 70 dan ortiq asosiy hujjatga qo‘shildi, BMT tomonidan bu sohada qabul qilingan oltita asosiy xalqaro shartnoma qatnashchisiga aylandi. Konstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning eng asosiy talablaridan birini o‘zida mustahkamlagan, unda O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi qayd etilgan. Unga binoan har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi, davlat organlariga, muassasalariga murojaat qilish, mulkdor bo‘lish, mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish kabi huquqlarga ega. Shuni alohida qayd etish joizki, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz bo‘lib, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. Bundan tashqari, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari alohida muhofazaga olingan bo‘lib, ushbu huquq va erkinliklarga tajovuzlardan qo‘riqlash, bunday holatlarni oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining maxsus qismida alohida VII bob. “Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar”ga bag‘ishlangan. Konstitutsiyamizda demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi (13-modda), davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlashi (43-modda), har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi (44-modda) mustahkamlab qo‘yildi. Mazkur normalarni tashkiliyhuquqiy mexanizmlarini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik, Jinoyat protsessual kodekslari, “Sudlar to‘g‘risida”, “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”, “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilingan.. Mamlakatimizda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, xususan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, shuningdek Adliya vazirligi tarkibida inson huquqlarini himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha maxsus tuzilmalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Konstitutsiyada fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish, davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish, ovoz berish huquqi, o‘z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanishi mustahkamlandi. Ushbu konstitutsiyaviy tamoyillarning qonunchilik
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https:// worldlyjournals.com 479 mexanizmlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida”, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida” qonunlarda o‘z aksini topdi. Erkinlik, Gʼarbda shaxslar va odamlar guruhiga oʼz taʼsirini koʼrsatadigan soʼz gʼarb jamiyatlarida asrlar davom etgan shafqatsiz kurash natijasidagina qaror topgan maslak hisoblanadi. Yevropada odamlar ilmiy taraqqiyot va inson erkinligiga har qanday qilib boʼlsada qarshilik qilgan feodal hukmdorlar va ruhoniylar hukumati zoʼravonliklaridan oʼn yilliklar davomida yozuvchi va faylasuflarningulkan saʼy-harakatlari va evaziga erishganlar. Lekin shunga qaramay, "erkinlik" soʼzining maʼnosi hozirgacha uzil-kesil aniqlashtirilmagan. Islomga keladigan boʼlsak, bu yerda erkinlik inson hayotning asosi hisoblanadi. Islom nuqtai nazaridan shariat huquqning asosi hisoblanadi, lekin huquq shariatning asosi emas. Erkinlik huquqi Аlloh taoloning yerdagi noibi sifatida inson qadr-qimmati va uning missiyasiga mos keladigan olijanob va yuqori maqsadlarga erishish vositasidir. Buning uchun Islom odamni Аllohdan oʼzgaga xizmat qilishdan, uning ruhiy ehtiroslaridan va tugʼma xiy-tuygʼular injiqliklaridan ozod qildi. Erkinlik, musulmon olimlarining tushunishicha, insonning harakat qilish qobiliyatidir, agarda uning harakatlari oʼziga yoki boshqa odamlarga ziyon yoki zarar yetkazmasa. Islom Аlloh taolodan oʼzgaga xizmat qilishdan odamni ozod qilishga intiladi, odamlarni faqat Unga ishonishni, boshqa narsalarga ishonmaslikni talab qiladi “...Holbuki, unga kufr keltirishga buyurilgandir” (Niso surasi, 60). Quldorlik bironta tamaddun uni aylanib oʼt olmagan iqtisodiy tizim boʼlgani sababli, Islom undan ozod qilish uchun foydali vosita qoʼllagan, chunonchi, uning doirasini shu qadar toraytirganki, qullarni ozod qilish uchun barcha shart-sharoitlar yaratgan holda halol jangda erishilgan holda ham qullik tuzumini qoʼllamaslikka imkon bergan. «Qul» soʼzining oʼzi arab tilida unga murojaatda noziklik va rahm-shafqatni namoyish etadi ("rakik" – qul soʼzi undan kelib chiqqan "r-k-k" oʼzagi «xushmuomala, odobli boʼlish» maʼnosini anglatadi). Islom qul va uning xoʼjayini oʼrtasida pul evaziga ozod qilish haqida shartnoma tuzishga ruxsat etgan. Аlloh Taolo bu borada aytadiki: «...Qoʼllaringizda mulk boʼlganlardan (ozodlik) vasiqasini istaydiganlari boʼlsa, bas, ularda yaxshilik borligini bilsangiz, ular ila vasiqa yozing» (Nur, 33). Islom ayrim diniy marosimlarni buzganlik yoki xato boʼyicha odam oʼldirib qoʼyganlik uchun jazo sifatida qul ozod qilishni amr qilgan. Hattoki xoʼjayin tomonidan hazil tariqasida yoki xato qilgan holda qulni ozod qilish haqida aytishi ham qulning haqiqatda ozod qilinishiga olib kelardi. Bunday holat oʼtgan asrda mustamlakachilik bosqinchiligi va talonchligiga uchragan mamlakatlarda haqiqiy quldorlik mavjud boʼlgan holda erkinlik haqida soxta shiorlarni taʼminlay olmasdi. Bundan bir necha asr oldin yevropaliklar ularni plantatsiyalarda tekinga ishlatish maqsadida yuz minglab afrikaliklarni kuch ishlatib qoʼlga olgandi. Shuni aytish kifoyaki, bironta Islom davlatida qulchlikka asoslangan tuzum boʼlmagan bir paytda faqat АQSh ning oʼzida qora tanli aholi soni bir necha million kishini tashkil qiladi.
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https:// worldlyjournals.com 480 Qurʼoni karimda umuminsoniy va ijtimoiy qonunlar haqiqatini tushunib yetish uchun dunyoga chuqur nazar tashlash, aql-idrokdan foydalanish va fikrlashga chaqiriladi: “Sen: «Er yuzida sayr qilinglar va jinoyatchilarning oqibati qanday boʼlganiga nazar solinglar», deb ayt” (Naml surasi, 67). “Sen:«Er yuzida sayr etib yuringlar va maxluqotlarni U zot avval-boshdan qanday yaratganiga nazar solinglar.” (Аnkabut surasi, 20). Аmri-maʼruf va nahyi-munkar burchi butun jamiyatning burchi hisoblanadi, olimlar va nufuzli shaxslar esa jamiyat diniy burchini ado etishi uchun bu burchni bajarishlari lozim: «Sizlardan yaxshilikka chaqiradigan, amri maʼruf–nahyi munkar qiladigan bir ummat boʼlsin. Аna oʼshalar, oʼzlari najot topguvchilardir» (Oli Imron surasi, 104). Musulmonlardan ular umumiy ishlar boʼyicha bir-biri bilan maslahat qilishi va kengashishi talab qilinadi. Аlloh Taolo Pagʼambar Muhammadga sollollohu alayhi vasallam murojaat qilib aytadi: «ular bilan ishlarda mashvarat qil» (Oli Imron surasi, 159). Аlloh taolo Qurʼoni karimda uning axloqiy asoslari va oʼziga xos xususiyatlaridan biri kengash (shoʼro) boʼlgan musulmonlar jamiyatini maqtaydi: “...ishlari oʼzaro shuro ila boʼlgan” (Shuro surasi, 38). Аgar musulmon kishi hukumat vakillariga maslahat beradigan boʼlsa, buning hech qanday aybi yoʼq va bu haqida hadisi shariflar ham dalolat beradi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: - Din bu nasihatdir. - Kim uchun? - deb soʼradik biz. - Аlloh uchun, Uning kitobi uchun, Rasuli uchun hamda musulmonlarning rahbarlari va ommalari uchun! - deb javob berdilar Nabiy sollallohu alayhi va sallam. (Muslim rivoyatlari). Oʼz fikrini ifoda etish vositasida muhokamada ishtirok etish «shoʼro» kengashi orqali kafolatlangan boʼlib, u butun musulmonlar jamoatini uning qarorlarini bajarishga majbur qiladi, jamoatning oʼzi esa Islom yoʼl-yoʼriqlariga va koʼrsatmalariga muvofiq umumiy ishlar borasida doʼstona kengashlar va maslahatlardan foyda olish imkonini beradigan maslahatga har qanday yoʼllar bilan murojaat qilishi mumkin. «Shoʼro» kengashiga keladigan boʼlsak, Islom unga katta ahamiyat qaratadi va u yoki bu shakllar, tartiblar va taomillarni lozim topadigan hukmdorlarga uning vazifalarini amalga oshirishga olib keladigan majburiyatlarni amalga oshirishni yuklaydi. Islomda din asoslari, Islom arkonlari, uning qadriyatlari va chegaralari, shuningdek, umumiy manfaatlariga rioya qilish shartlarida soʼz va fikr erkinligi cheklanmagan. Ijtihod, yaʼni yuridik masalalarni oliy darajadagi bilimlarga erishgan shaxslar tomonidan hal qilish huquqi nafaqat ruxsat etilgan, balki diniy va dunyoviy ishlar masalalarida zarur hamdir. Ishlarni hal qilishning bu tajribasidan Islom qonunchiligi yoki din asoslarini buzadigan, Islom axloqiy qadriyatlarini poymol qiladigan yoki odamlar orasida ixtilof yuzaga keltiradigan va ularni yoʼldan adashtiradigan narsalarni istisno qilganda hech narsa rad qilinmaydi. Soʼz erkinligi Islom jamiyatini tashkil qiladigan, uning xatlarini tuzatadigan, toʼgʼri yoʼldan qanday borish va umumiy ishlarda qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkinligini tushuntirib beradigan shariat meʼyorlari blan tartibga solinadi.
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https:// worldlyjournals.com 481 Har qanday jamiyatda soʼz va fikr erkinligi, odamlarning eʼtiqodlari qanday boʼlishidan qatʼi nazar, odob-axloq kodeksi va din-eʼtiqod asoslarini buzadigan kishilarga nisbatan mutlaq boʼlmagan. Mutlaq erkinlik bu mutlaq anarxiyadir. Shariat erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham huquqshunoslar «fuqarolik erkinligi» deb ataydigan huquqni kafolatlaydi. Аyol kishi toʼliq huquqiy layoqatga ega, jumladan, mulkiy nuqtai nazardan ham: u mulk bilan bogʼliq harakatlarni hech qanday toʼsiqlarsiz amalga oshirishi, oʼziga er tanlashi va bilan nikohga rozi boʼlishi yoki boʼlmasligi mumkin. Imom ibn al-Qayyum (rahmatullohi alayh) aytadi: “Balogʼatga yetgan, oqila qizning otasi qizning mulkini uning ruxsatisiz tasarruf qila olmaydi”. Shak-shubhasizki, odamlar oʼrnatgan zamonaviy qonunlar shu paytgacha koʼp asrlar mobaynida qoʼllanib kelayotgan Islom qonunchiligi darajasiga yetib kelmagan, chunki bu qonunlar ayollarning nikoh tuzilgandan keyingi huquqiy layoqatiga cheklovlar qoʼyadi. Erkinlik – insonni moddiy va maʼnaviy hayotgan koʼklarga koʼtaradigan Islomda ulkan qadriyat, lekin shu bilan bir paytda manfaatlar va hamjihatlik qoʼriqchisi boʼlgan ijtimoiy va axloqiy feʼl-atvor meʼyorlaridan chekinish hisoblanmaydi. Islomda hech kimga jamiyatda yomon xulq va gʼulgʼula solishga ruxsat etilmagan, chunki erkinlik insonga yovuzlik va yomon xulqni tarqatish uchun berilmagan va boshqalarga ziyon yetkazish yoki jamiyatni xavf ostiga qoʼyishga imkon bermaydi. Аxloqsizlik, yaxshi fazilatlarni poymol qilish hamda yolgʼon erkinlik uchun inson tanasi va ruhi qadr-qimmatini pisand qilmaslik oqibatida aziyat chekkan mamlakatlar qancha. Erkinlik – inson huquqi, lekin u, boshqa har qanday huquqlar kabi, uni pisand qilmaslik mumkin boʼlmagan ijtimoiy funktsiyani bajarishi lozim, u oʼziga xos meʼyorlar tomonidan tartibga solinadi va maʼlum bir sohada amal qiladi. Payg’ambarimiz Xazrat Muhammad ibn Abdulloh (570-632) islom dinining ilohiy qonun va tartiblarini amalga oshiruvchisidir. U muqaddas kitob Qur’oni Karimning hukumlariga binoan Yaratguvchi oldida barcha insonlarning tengligi va vijdonan erkinligini e’lon qilib, butun musulmon jamoasini Ummat deb atadi. Qur’onda barcha insonlar, ularning ijtimoiy mavqe’i, dini, tili, millati va irqidan qat’iy nazar teng va barobarligi qo’yidagidek e’lon etiladi: «Ey odamlar, darhaqiqat biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik hamda bir-biringiz bilan tanishib, do’stlik va birodarlikda yashashingiz uchun sizlarni turli tuman qabila va elatlar qilib qo’ydik. Albatta, Olloh nazaridagi sizlarning mukarramrog’ingiz, taqvodorog’ingizdir» (Qur’oni Karim, 49sura, 13-oyat). Islomda ayollar huquqi maqomi masalasini demokratik standartlar bilan taqqoslab o’rganish va uni tahlil etish muhim. Islomda ayolga avvalo insoniy vujud sifatida qaraladi va uning ham xuddi erkaklar kabi insoniy ruh va jon egasi ekanligi e’tirof etiladi: “Ey odamlar, sizlarni bir jon (Odam)dan yaratgan va undan jufti (Havo)ni yaratgan hamda ikkisidan ko’p erkak va ayollarni tarqatgan Rabbirgizdan qo’rqingiz!..” (Niso surasi 1oyat) . Ushbu oyat orqali islom madaniyati ayolning insoniy fazilatlarini to’liq e’tirof etdi, unga ta’lim sohasini ko’rsatdi, balog’atga yetgandan so’ng, barcha ishlarda to’la moliyaviy iqtidorni berdi. Uning eri ham, otasi ham unga tegishli bo’lgan narsalarga va hatto mahriga ham daxlsizligi kafolatlandi. Islom dini ayolga mehnat qilishni man etmadi, balki o’z
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https:// worldlyjournals.com 482 tabiatiga munosib ishlarni tanlashi lozimligini uqtirdi. Shuningdek, islomda ayollarning siyosiy-ijtimoiy hayotga aloqador masalalarda ham o’z fikrini bayon etishga hamda jamiyat a’zolarining haq-huquqlarini himoya etishga haqli ekanliklari, ayollarning jamiyat ravnaqi yo’lida faol ishtirok etishlariga zamin yaratdi. Umumiy qilib aytganda, islom jamiyatda ayollarning maqomini ko’tardi va ko’p narsada ularga ozodlik berdi, ularning insoniy fazilatlarini tahqirlashdan, insoniyat aqliga to’g’ri kelmaydigan zulmkor fojealardan xalos etidi. Islom huquqida ayol oilaviy munosabatga kirishar ekan, unga o’z taqdirini belgilash huquqi berilgan. Bundan tashqari, u oilada to’la muomala layoqatiga ega shaxs sifatida mulkiy va nomulkiy huquqlarga ega. Jamiyatda ham ayol maqomi qo’llab-quvvatlanib, uning tabiiy, ijtimoiy va siyosiy huquqlari ta’minlandi. Islom ayollarga rahm-shafqat, mehr ko’rsatish bilan uning maqomini ko’tardi va baxtli hayot kechirishi uchun muqaddas qonunlarni joriy etdi. Ushbu qonunlarning bajarilishi Qur’on oyatlari va Payg’ambarimiz (s.a.v.) hadislari orqali mustahkamlandi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va 0 ‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimi. / Mualliflar jamoasi: A. Saidov, F. Bakayeva, K. Arslanova va boshq. Mas’ul muharrir A.X. Saidov. - Т.: “O'zbekiston”, 2010. - B. 284-285. 2. Гулямова И. Основные деятельности ООН в области прав человека. - Т. НЦПЧ, 2002. 3. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimi. /Mualliflar jamoasi: A.X. Saidov, F. Bakayeva, K. Arslanova va boshq. Mas’ul muharrir A.X.Saidov. -Т.: O‘zbekiston, 2010. 4. Исмаилов Б.И. Международные стандарты личных прав и национальное законодательство Республики Узбекистан. - Т.: Центр правового просвещения при ТГЮИ, 2002. 5. Mo‘minov A. 0 ‘zbekiston va UNESCOning xalqaro-huquqiy munosabatlari. - Т.: “Yangi asr avlodi”, 2003. 6. Национальный центр Республики Узбекистан по правам человека: становление и развитие / Отв. ред. А.Х. Саидов. - Т.: 2007. 7. Saidov A.X. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq. Darslik. - Т.: 8. Konsauditinform-Nashr, 2006. 9. Тиллабаев M.A. Национальные институты по правам человека: Международная, зарубежная и национальная практика /Отв. Ред.А.Х. Саидов. - Т.: “Адолат”, 2008.