KORXONANING ASOSIY VOSITALARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Abstract
Ushbu ilmiy maqolada korxonaning asosiy vositalar samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar hamda korxonada ishlab chiqrish texnologiyasining asosiy vositalari tadqiq qilib aniqlangan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 549 UDK: 338.5 KORXONANING ASOSIY VOSITALARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI Aliyeva Nigora Bozor qizi Djurayeva Maxzuna Azamovna Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti o’qituvchilari. https://doi.org/10.5281/zenodo.17935609 Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada korxonaning asosiy vositalar samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar hamda korxonada ishlab chiqrish texnologiyasining asosiy vositalari tadqiq qilib aniqlangan. Kalit so’zlar: vositalar, rentabellig, sof foyda, mahsulot, korxona mahsuldorlik, fond, daromad, mablag’. Annotation. In this scientific article, the indicators representing the efficiency of the enterprise's main assets and the main means of production technology in the enterprise are determined by research. Key words: tools, profitability, net profit, product, enterprise productivity, fund, income, funds. Kirish. Asosiy vositalardan foydalanish va ularning samaradorligiga berish moliyaviy taxlilning zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanganligini o’rganish bilan bir qatorda ularning samaradorlik ko’rsatkichlarini o’rganish asosiy o’rinda tur Chunki, asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlangan bo’ls lekin ulardan samarali foydalanilmasa, u holda korxona samarador pasayib ketadi. Asosiy vositalarning samaradorlik kursatkichlari korxona xo’jalik faoliyatiga baho berishning muhim ko’rsatkichlaridan biri sifatida olinadi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya Korxonaning asosiy vositalari va ulardan foydalanish samaradorligi tadqiqot mavzusi bo’yicha bir qator tadqiqotchi olimlar ilmiy ishlar olib borishgan. Bu boradagi ilmiy ishlar Tuychiyev N.J., Alimov R.X., Axmedov I., Ploxtiy K. va boshqalarning asarlarida chop qilingan. Vatanimiz olimlari bilan bir qatorda xorijlik tadqiqotchi olimlar ishlarida, teriladi. Sharp U., Aleksandr G., Beyli Dj., Asaul A.N., Smeonova N.Ye. va boshqalarning ishlarida tadqiq etilgan va muhim ilmiy-amaliy xulosalar shakllantirilgan. Tadqiqotning asosiy metodologiyasi quyidagilardan tashkil topgan, ya’ni asosiy vositalardan (Av) foydalanish samaradorligi darajasidan umuman ishlab chiqarish samaradorligi kelib chiqadi. Asosiy vositalardan qanchalik ko’p foydalansa, shunchalik ko’p mahsulot chiqariladi, uning tannarxi arzonlashadi, mehnat samaradorligi, foyda va rentabellik yuqori bo’ladi. Natijalar va muhokama. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligyni ifodalov ko’rsatkichlarga: Av mahsuldorligi, Av daromadliligi, Av rentabelligi, mashina va uskunalar quvvatlaridan foydalanish koeffisiyenti kiradi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 550 Asosiy vositalar samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar Ko’rsatkichlar nomi Nimani ifodalashi (mazmuni) Anikdanish formulasi 1.Av. Rentabelligi Av. O’rtacha qiymatiga nisbatan SF*100/Avo’r, 2.Av. Daromadliligi Av. o’rtacha qiymatiga necha foiz Daromad to’g’ri kelishini ko’rsatadi D*100/Av Z.Av. Natijaviyligi (fond qaytimi) 1 so’m Av. o’rtacha qiymatiga qancha miqdorda natijaviy ko’rsatkichning (sotilgan mahsulot, tovar mahsuloti, tovar oboroti va h.k.) to’g’ri kelishini ifodalaydi Q/Av 1. Av. rentabelligi asosiy vositalarning 1 so’miga to’g’ri keladigan foyda summasini ifodalaydi. U sof foydaning asosiy vositalar o’rtacha yillik qiymatiga nisbati bilan quyidagicha aniqlanadi: Raf = SF*100/Avo’r, bunda: Raf – asosiy vositalar rentabelligi; SF – sof foyda. 2.Asosiy vositalar daromadliligi Av.d = D*100/Av 3. Asosiy vositalar natijaviyligi (fond qaytimi). Asosiy vositalar mahsuldorligi tahlil o’ilinayotgan davrda (odatda, bir yilda) ishlab chiqarilgan (sotilgan) mahsulotning Av o’rtacha yillik ^iymatiga nisbati shaklida quyidagi formula orqali topiladi: Av.d.=D*100/Avo’r, Bunda: Avm – asosiy vositalar mahsuldorligi; M – tahlil qilingan davrda ishlab chiqarilgan (sotilgan) mahsulot hajmi; Avo’r – asosiy vositalar o’rtacha yillik qiymati. Bozor munosabatlari sharoitida sotilgan mahsulot hajmi xo’jalik faoliyatini to’la hajmda aks ettiradi. Foyda va rentabellik kabi korxonaning moliyaviy holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar ham ushbu ko’rsatkichlarga bevosita bog’liqdir. Shuning uchun Av. Mahsuldorligini ishlab chiqarilgan mahsulot bo’yicha emas sotilgan mahsulot hajmi bo’yicha aniqlash to’g’ri bo’ladi. Buning uchun quyidagi formula tavsiya etiladi: Avm=S/Avo’r bunda: S-sotilgan mahsulot hajmi. Asosiy vositalarning daromadliligi ko’rsatkichining o’zgarishi ham huddi shunday tendensiyani takrorlaydi 2024 yilda uning qiymati 152% bo’lsa, keyingi yilda bo’lsa, keyingi yilda 149 %gacha, 2025 yilga kelib esa 128% gacha tushib qolgan.. Tahlil davrining birinchi va oxirgi yili o’rtasidagi «aprining oirinchi Ye ko’rsatkichning farqi - 24 punkt bo’lgan. Bunga sabab daromadning o’sish sur’ati bilan asosiy vositalar qiymatining o’sish sur’ati o’rtasida keskin farq mavjud, Bu holatni ijobiy deb baholab bo’lmaydi. Fond qaytimi ko’rsatkichinig o’zgarishi tahlil davrining boshi va oxirida - 0.58 ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich dastlabki ikki yilda 0,12 punktga keskin ortib 3,83 yetgan 2024 yilda esa 3,13 ga tushib qolgan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 551 Bunga sabab maxsulot sotish xajmining o’sishi asosiy vositalar qiymatining o’sishidan ortda qolgan, demak bu yili asosiy vositalardan to’liq foydalanilmagan. [2,3]. Korxonada-ishlab ishlab chiqarish texnologiyasisining asosiy vositalari, bu qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini qayta ishlash jarayonlari yig’indisi natijasida tayyor qurilish maxsulotlari, bino va inshootlar barpo bo’lishini ta’minlash uchun materiallar ishlab chiqarishdir. Hozirgi vaqtda bu ishlarning barchasini qurilish va montaj ishlariga aniq ajratib bo’lmaydi. Chunki, qurilish ishlab chiqarishini industrlashtirishning rivojlanishi munosabati bilan ko’pgina^ qurilish jarayonlari o’z mazmunini o’zgartirib, montaj ishlariga aylanmoqsa. Masalan, yirik bloklardan g’isht-tosh devorlar ko’tarish jarayoni endilikda ananaviy qurilish jarayoni elementlari (uzatish, yotqizish, qorishma • yoyish va boshqa operasiyalar)ni o’z ichiga olishiga qaramay, u montaj ishi hisoblanadi. Biroq, ayni ish uchun qaysi jarayon. asosiyligiga qarab, ishlarni qurilish yoki montaj ishlari deb atash qabul qilingan. Bunda, asosan, tayyor detallar, elementlar, konstruksiyalardan foydalanib bajariladigan ishlar montaj ishlariga kiradi. Masalan, temir-beton konstruksiyalarni montaj qilish, g’isht, shlako-blok terish va xokazolar. Xulosa Bugungi kunda ish yuritish sharoitida korxonalar mulkining tarkibini o’rganishda texnik va texnologiyani ko’paytirish yo’llarini anikdash xo’jalik faoliyatining tahlilida muhim o’rin tutadi. Ayniqsa, balansga qarab korxona mol-mulki va boyligining tarkibini kuzatish, sof mablag’ holatini aniqlash, imkoniyat me’yorini o’lchashga yordam beradi. Odatda, korxona mablag’lariga asosan vositalar va oborotdan tashqari aktivlar hamda material (me’yorlashtirilgan) aylanma pul mablag’lari kiradi. Ularning miqdori hissadorlik, hamkorlik, kichik va boshqa korxonalarning katta-kichikligiga, ixtisoslashuvi va bozor sharoiti raqobatlariga bardoshligiga bog’likdir. Umuman olganda, tahlil korxonaning qoniqarli moliyaviy ahvoli va ijobiy tomonlarini ko’rsatdi. Ushbu xulosalar «STROYMIX-SAMARKAND ta’mir qurilish MChJ ning investision jalb qiluvchanligidan dalolat beradi. Yuqoridan kelib chiqqan holadn maqsad korxona uchun baholanayotgan investision loyihani joriy etishdir. Shuning uchun, O’zbekiston Respublikasida baholash faoliyatining vujudga kelishi va shakllanishi uning huquqiy-me’yoriy asosini yaratish va takomillashtirish bilan bir vaqtda olib borilmoqda. Adabiyotlar ro’yxati: 1. Aliyeva N.B. Innovasion loyihalarga investisiyalarni jalb qilish va baholash usullarini takomillashtirish. Magistrlik dissertasiya ishi. Samarqand 2020. 99 bet. 2. Alimov R.X. va boshqalar. Ko’chmas mulkni baholash. Toshkent: «Fan», 2005 – 231 b. 3. www.cer.uz – Iqtisodiy tadqiqotlar markazining rasmiy sayti.