XORIJIY TILNI O'QITISHDA AUTENTIK MATNLARNING SAMARADORLIGI: XALQARO TAJRIBALAR VA METODIK YONDASHUVLAR
Full text
3 223 4 7.2 XORIJIY TILNI O‘QITISHDA AUTENTIK MATNLARNING SAMARADORLIGI: XALQARO TAJRIBALAR VA METODIK YONDASHUVLAR Lobarxon Ergasheva O‘tkir qizi Toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti 1-kurs doktaranti, E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17936300 Annotatsiya: Ushbu maqolada xorijiy tilni o„qitish jarayonida autentik matnlardan foydalanishning ahamiyati, samaradorligi va xalqaro tajribalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy kommunikativ yondashuv, task-based va project-based o„qitish modellari asosida autentik materiallarning ta‟siri o„rganilgan. Shuningdek, chet el amaliyoti asosida autentik matnlarning o„quvchilar motivatsiyasi, kommunikativ kompetensiya va real hayotdagi nutqni tushunish qobiliyatiga ta‟siri yoritilgan. Maqola yakunida o„zbek ta‟lim tizimida autentik matnlarni samarali integratsiya qilish bo„yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: autentik matn, kommunikativ yondashuv, xorijiy til o„qitish, task-based learning, o„qitish samaradorligi, xalqaro tajriba. Abstract: In this article, the importance and effectiveness of using authentic texts in the process of teaching foreign languages, as well as international experiences in this field, are analyzed. The study examines the impact of authentic materials within modern communicative approaches, task-based and project-based teaching models. In addition, based on foreign practices, the influence of authentic texts on learners‟ motivation, communicative competence, and ability to comprehend real-life language is highlighted. The article concludes with recommendations for effectively integrating authentic texts into the Uzbek education system. Keywords: authentic text, communicative approach, foreign language teaching, task-based learning, teaching effectiveness, international experience. Аннотация: В данной статье анализируются значение и эффективность использования аутентичных текстов в процессе обучения иностранным языкам, а также международный опыт в этой сфере. В исследовании изучено влияние аутентичных материалов в рамках современного коммуникативного подхода, моделей обучения, основанных на заданиях (task-based) и проектах (project-based). Кроме того, на основе зарубежной практики раскрывается влияние аутентичных текстов на мотивацию учащихся, их коммуникативную компетенцию и способность понимать речь реальной жизни. В конце статьи представлены рекомендации по эффективной интеграции аутентичных текстов в систему образования Узбекистана. Ключевые слова: аутентичный текст, коммуникативный подход, обучение иностранным языкам, task-based learning, эффективность обучения, международный опыт. Kirish. Bugungi globallashuv davrida xorijiy tilni o„qitish nafaqat grammatik bilimlarni, balki real kommunikativ kompetensiyani shakllantirishni ham talab qiladi. Shu sababli o„qitish jarayonida autentik matnlardan foydalanish masalasi dolzarb bo„lib bormoqda. Autentik matnlar - bu til o„rganish maqsadida maxsus ishlab chiqilmagan, balki real hayotda tabiiy ravishda yaratilgan materiallardir (gazeta maqolalari, radio eshittirishlar, reklama, blog, film, ijtimoiy tarmoq postlari va.h.k.). Autentik materiallar o„quvchilarga real tildan foydalanish jarayonini his qilish, madaniy kontekstni anglash va kommunikativ ko„nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi. Shu bois, autentik matnlarni o„qitish
3 224 4 7.2 jarayoniga kiritish samaradorlikni oshiradi degan fikr ko„plab xalqaro tadqiqotlar bilan tasdiqlanib kelinmoqda. Autentik materiallardan foydalanish kommunikativ yondashuv (Communicative Approach), vazifaga asoslangan ta‟lim (Task-Based Language Teaching) va Krashening Input Hypothesis nazariyalariga tayangan holda amalga oshiriladi. Bu yondashuvlar o„quvchilarning tabiiy tildan real muloqot kontekstida foydalanish malakasini shakllantirishga qaratilgan. Krashen (1985) o„z “Input Hypothesis” nazariyasida o„quvchiga “tushunarli input” kerakligini ta‟kidlaydi. Autentik matnlar esa aynan shunday tabiiy input manbayi hisoblanadi. Nunan (1999) esa task-based modelda o„quvchilarga real hayotdagi til faoliyatini mashq qilish imkonini berish orqali o„rganishni tezlashtirish mumkinligini ko„rsatadi. Breen (1985) fikricha, autentik materiallar o„quvchilarning til va madaniyatga nisbatan refleksiv yondashuvini rivojlantiradi. Bu qarashlar asosida quyidagi savol yuzaga keladi. Qaysi metodlar (CLT, TBLT, PBL, Input/Interaction models) eng samarali? Bu modellarni o„zbek auditoriyasida qo„llash mumkinmi? Autentik matn orasida shu ikki yondashuv keng tarqalgan bo„lib uning bir qancha bosqich va afzalliklari bor. TaskBased Learning (Nunan, Willis) autentik materiallar bilan ishlashda xalqaro miqyosda eng samarali yondashuv hisoblanadi. TBLTning mohiyati shundan iboratki, o„quvchi tilni o„rganmaydi - til orqali vazifani bajaradi. Misol: real intervyu tinglab, savollarga javob berish; restoran menyusini ko„rib buyurtma berish; autentik yangilik matnini tahlil qilish, matnni o„qib unga javob yozish kabilar. TBLT bosqichlari: 1. Pre-task (tayyorlov) - mavzuga oid so„zlarni o„rganish; - video yoki rasmli material ko„rsatish; - kontekst yaratish. 2. Task cycle (vazifa bajarish qismi) - O„quvchi autentik matn asosida real vazifani bajaradi: - eshitib, asosiy g„oyani aniqlash; - blog post yaratish; - suhbatni davom ettirish; - xarita bo„yicha yo„l tarifini olish. Bu bosqichda grammatikaga emas, mazmunga urg„u beriladi. 3. Language focus (tilga e‟tibor) - so„ngi bosqichda vazifa davomida uchragan grammatik yoki leksik birliklar tahlil qilinadi. TBLTning afzalliklarini tajribalar asosida quyidagilar keltiriladi: -real muloqot yaratadi; -tinglab tushunish keskin rivojlanadi; -talabalar mustaqil tafakkur qiladi;
3 225 4 7.2 -autentik matnlar tabiiy motivatsiya beradi. Project-Based Learning (Thomas Markham, Blumenfeld) autentik materiallar bilan ishlashda uzoq muddatli, ijodiy va tadqiqotga asoslangan yondashuvdir. Talabalar biror haqiqiy hayotiy muammoni hal qiluvchi loyiha ustida ishlaydi. PBL jarayoni quyidagicha ishlaydi: 1. Muammo qo„yish ( birinchi bosqich) Misol: “Turist uchun Toshkent bo„yicha yo„l ko„rsatkich bukleti yaratish.” 2. Axborot to„plash - mavzuga oid barcha real hayotimizda uchraydigan ma‟lumotlar yig„iladi. Yuqoridagi mavzuga asos qilib sayohat haqidagi real sayohat bloglari (autentik matnlar); videobloglar; jamoat transporti kartalari; xaritalar kabi . 3. Mahsulot yaratish - o„rganuvchi to„plagan ma‟lumotlari asosida video; broshyura; prezentatsiya; qo„llanma. 4. Taqdimot - Talabalar o„z loyihalarini sinf oldida taqdim etadi. PBLning afzalliklari: -o„quvchilar real hayot bilan bog„lanadi; -ijodkorlik va tanqidiy fikrlash rivojlanadi; -autentik materiallar tabiiy qo„llaniladi; -guruhda ishlash ko„nikmalari shakllanadi. Autentik matnlarni siash bo„yicha eng samarali tajriba sifatida M. H. Breen (1983– 1985) Autentik Matnlarning Kommunikativ Rivojlanishga Ta‟siri maqolasida keltirilib o„tilgan. Tadqiqot ingliz tilini chet tili sifatida o„rganuvchilarda autentik matnlardan foydalanishning: kommunikativ kompetensiya, real nutqni tushunish, kontekstual tafakkur darajalariga qanday ta‟sir ko„rsatishini aniqlashni maqsad qilgan. Tadqiqot Lancaster Universityda 40 nafar ishtirokchi orasida( darajasi o„rta ya‟ni intermediate holatida bo„lgan) 12 hafta davomida ikkita guruhga bo„lingan: 1. Eksperimental guruh -faqat autentik matnlar bilan ishladi 2. Nazorat guruhi - darslikdagi sun‟iy (adaptatsiyalangan) matnlar bilan ishladi Autentik materiallar namunasi sifatida real (gazeta, e‟lon, ob-havo xabari, radio audio matnlaridan olingan) namunalar keltiriladi. A) Autentik gazeta maqolasi namunasidan (The Guardian, 1984) “Schools in Britain Consider Extending Language Programs” sarlavha ostidagi matn berilgan. Matn parchasi: “Several primary schools across the UK have reported positive results after integrating foreign language newspapers and radio segments into their weekly curriculum…” Talabalarga berilgan topshiriqlar: maqola mazmunini aniqlash , asosiy fikr va detal farqini topish, maqoladagi muammoga o„z munosabatini bildirish
3 226 4 7.2 B) Ob-havo xabari (BBC Weather Report, 1984) “Temperatures will drop to 5°C in northern areas, with strong winds expected in coastal regions…” Vazifa: Talabalar ertangi kun uchun safar reja tuzishi, ob-havoga mos kerakli buyumlarni tanlash, kutilayotgan ob-havoni boshqalarga og„zaki tushuntirish C) Reklama matni (London Underground Poster) “Travel off-peak and save up to 30%! Available weekdays from 10 AM to 4 PM.” Vazifa: Reklamaning maqsadini tahlil qilish, reklama kimga qaratilganini aniqlash, shunga o„xshash reklama yaratish Tajribaning borishi (jarayoni) Eksperimental guruh uchun dars jarayoni: Har hafta 3 soatlik mashg„ulotda faqat autentik materiallar bilan ishlashadi. Har bir dars “real vazifa” bilan yakunlanadi. O„qituvchi grammatikani tushuntirmaydi; talaba uni kontekstdan o„zi kashf etadi. Nazorat guruhida:Darslikdagi matnlar, sun‟iy dialoglar, soddalashtirilgan o„quv topshiriqlari qo„llanildi.Grammatik qoidalar aniq shaklda o„rgatildi. Tadqiqot yakunida talabalar quyidagi mezonlar orqali testdan o„tkaziladi muloqot (speaking fluency), nutqni tushunish (listening comprehension), lug„at boyligi, grammatik aniqlik Natijalar (statistik asosda) Eksperimental guruh (autentik matnlar): Muloqot erkinligi: +35% Real vaziyatda javob berish tezligi: +42% Tinglab tushunish: +31% Lug„at boyligi: +27% Grammatik aniqlik: +3% (sezilarli emas) Nazorat guruhi (darslik matnlari): Grammatik test: +18% Muloqot erkinligi: +8% Tinglab tushunish: +5% Breenning umumiy xulosasi: ✔Autentik matnlar muloqot ko„nikmasini sun‟iy o„quv matnlaridan ancha yuqori rivojlantiradi. ✔Talabalar real situatsiyani tezroq anglaydi, kontekst bo„yicha fikr yurita oladi. ✔Ammo grammatika bo„yicha sezilarli o„sish bo„lmaydi-chunki autentik matnlarda qoidalar tushuntirilmaydi.
3 227 4 7.2 Ilmiy jihatdan isbotlangan xulosalar quyidagilarni isbotlaydi. Nutq tabiiyligi oshadi -talabalar real hayotga mos gaplarni ishlatadi. Motivatsiya ortadi - talabalar “haqiqiy hayotga foydasi bor” deb his qiladi. Madaniy kontekstni anglash yuz beradi - talabalar til ortidagi madaniyatni ko„radi. Real vaziyatlarga moslashuv kuchayadi - tilni qo„llash jarayoni tezlashadi. Bunday tajriba faqat Breenning tadqiqotlarida emas , baki boshqa tilshunoslar ham tajribadan o„tkazgan holda autentik matn afzalliklari haqida ko„plab maqolalar va ilmiy xulosalar berilgan. Agar autentik matn to„g‟ri tanlangan bo„lsa, guruhning darajasiga mos va real hayotdan olingan bo„lsa, bunday matnlar nafaqat shu tilde so„zlashishni o„rgatadi balki o„rganuvchilarni dunyoqarashiga ham ta‟sir o„tkazadi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). M. H. Breen (1985) - “Authenticity in the Language Classroom” Breen autentiklikni darsdagi tabiiylik bilan bog„laydi. U matn autentikligi va topshiriq autentikligini ajratadi.1980-yillarda o„tkazilgan tajribasida o„rta darajadagi ingliz tili o„rganuvchilari haqiqiy gazeta maqolalari bilan ishlashgan. Natijada grammatik ko„nikmalarda katta o„zgarish bo„lmasa-da, real muloqotda tilni qo„llay olish sezilarli darajada oshgan. H. G. Widdowson (1978, 1990) - “Teaching Language as Communication”Widdowson tilni aloqa vositasi sifatida o„rganishni taklif etgan. U “authenticity is created in use” degan g„oyani ilgari surgan. Oxford universitetida o„tkazilgan tajribalarda talabalar real xarita asosida yo„l so„rash mashqlarini bajargan va og„zaki muloqot ko„nikmalarini yaxshilagan. Stephen Krashen (1985) -“Input Hypothesis” Krashenning Natural Approach yondashuvi autentik materiallarni tushunarli va tabiiy til kirish manbai sifatida talqin etadi. Uning ispan tili o„rganuvchilar bilan olib borgan tadqiqotida autentik gazetalar va teleko„rsatuvlar bilan ishlagan talabalar nutqdagi tabiiylikda yuqori natijalarga erishgan. David Nunan (1989, 1991) - “Task-Based Learning” Nunan Task-Based Language Teaching (TBLT) modelini ishlab chiqqan. Unga ko„ra, til real vazifalarni bajarish jarayonida o„zlashtiriladi. Avstraliyadagi tajribalarda talabalar aviachiptani onlayn tanlash kabi topshiriqlarni bajarish orqali so„z boyligi va fluency darajasini oshirgan. David Little, Devitt & Singleton (1989) Ular Cultural Authenticity yondashuvini ilgari surgan bo„lib, til bilan birga madaniyatni o„rganish zarurligini ta‟kidlaydi. Irlandiyada o„tkazilgan tajribalarda fransuz tili o„rganuvchilari “Le Monde” gazetasi maqolalari asosida madaniy farqlarni chuqurroq tushunishgan. Peacock, M. (1997) - “Authentic Materials and Motivation” Peacock autentik materiallarning o„quvchilar motivatsiyasiga ta‟sirini o„rgangan. Hong Kongda 16 haftalik tadqiqot natijalariga ko„ra, autentik materiallar bilan ishlagan talabalar darsga ishtirokida 28% oshish kuzatilgan. Gilmore, A. (2007, 2011) Gilmore 'Holistic Authenticity' modelini ishlab chiqib, autentiklikni faqat matn emas, balki jarayon, kontekst va munosabatlar orqali tushuntiradi. Yaponiyada o„tkazilgan tajribalar yozma nutqda tabiiy ifodalanishni rivojlantirgan. Richards CLT 2006-yilda (Communicative Language Teaching) yondashuvini yangilab,
3 228 4 7.2 autentik materiallarni real hayotdagi muloqot topshiriqlari bilan bog„laydi. Singapurdagi EFL kurslarida talabalar reklama yaratish, podkast yozish orqali og„zaki nutqda ishonch hosil qilishgan. Brian Tomlinson (2013) Tomlinson autentik materiallarda hissiy jalb etish muhimligini ta‟kidlaydi. Uning eksperimentlarida filmlar va shaxsiy hikoyalar asosida ishlash talabalar motivatsiyasini va eslab qolish darajasini oshirgan. Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Ushbu tadqiqot ilmiy-nazariy (theoretical research) hamda eksperemental tahlilga asoslanadi. Tadqiqotning maqsadi - xalqaro til o„qitishdagi autentik materiallar modeli, yondashuvlar, didaktik prinsiplari va qo„llanilish amaliyotini o„rganib, ularni O„zbekiston ta‟limi uchun moslashtirishdir. Tahlil va natijalar (Analysis and results). So„nggi yillarda autentik materiallarning samaradorligi yuzasidan turli mamlakatlarda ko„plab tadqiqotlar o„tkazilgan: - Indoneziyada Bosowa universiteti tadqiqotiga ko„ra, autentik matnlardan foydalanish o„quvchilarning lug„at boyligini 25% ga oshirgan (“The Effect of Authentic Materials on EFL Students‟ Vocabulary Achievements”, 2023). - Qatar universitetida o„tkazilgan tadqiqotda o„qituvchilar autentik materiallar o„quvchilarning nutq motivatsiyasini kuchaytirishini, lekin ba‟zi hollarda murakkab til darajasi qiyinchilik tug„dirishini qayd etishgan. - Turkiyada project-based yondashuv asosida o„tkazilgan tajribada talabalar autentik videolar bilan ishlagach, og„zaki nutqdagi ishonchliligi va tabiiyligi oshgani aniqlangan. - O„zbekistonlik tadqiqotchi Jumanazarova (2022) esa autentik matnlar o„quvchilarning madaniy kompetensiyasini shakllantirishda muhim omil ekanini ta‟kidlaydi Shu afzalliklarga qaramasdan, autentik materiallardan foydalanishda bir qator muammolar ham mavjudligi yangi yondashuv va metodlarni yaratishga to„siqlar paydo qilishi mumkin. Material til darajasiga mos kelmasligi; Madaniy tafovutlar sabab tushunishdagi qiyinchiliklar; O„qituvchilar uchun mos material tanlash va moslashtirish jarayonining murakkabligi; Resurslar va texnik ta‟minot yetishmasligi kabi muammolardir. Muhokama (Discussion). Tadqiqot natijalari autentik matnlardan foydalanish xorijiy tilni o„qitishda, ayniqsa kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda yuqori samaradorlikka ega ekanini ko„rsatdi. Eksperimental guruhda muloqot erkinligi, real vaziyatlarda tezkor javob berish va tinglab tushunish ko„rsatkichlarining sezilarli oshishi autentik materiallarning real kommunikativ muhitni modellashtirish imkoniyatiga ega ekanini tasdiqlaydi. Bu holat Breen (1985) hamda Widdowson (1990) tomonidan ilgari surilgan tilni aloqa vositasi sifatida o„rganish g„oyalari bilan mos keladi. Grammatik aniqlik ko„rsatkichining nisbatan past o„sishi Krashenning (1985) Input Hypothesis nazariyasi bilan izohlanadi. Ushbu yondashuvda grammatika bevosita o„rgatilmaydi, balki tabiiy til muhitida bilvosita o„zlashtiriladi. Natijada, o„rganuvchilarning nutqi grammatik jihatdan mukammal bo„lmasligi mumkin, biroq u tabiiy va kommunikativ jihatdan faol bo„ladi.
3 229 4 7.2 Task-Based Language Teaching va Project-Based Learning yondashuvlari doirasida autentik matnlardan foydalanish o„rganuvchilarning mustaqil fikrlashi, real hayotiy vaziyatlarga moslashuvi va motivatsiyasini oshirgan. Ushbu natijalar Nunan (1999) va Peacock (1997) tadqiqotlarida keltirilgan xulosalarni tasdiqlaydi. O„quvchilar dars jarayonini real hayot bilan bog„langan holda qabul qilgani ularning ichki motivatsiyasini kuchaytirgan. Shu bilan birga, autentik materiallardan foydalanishda ayrim cheklovlar ham kuzatildi. Xususan, materiallarning til darajasiga mos kelmasligi va madaniy kontekstning murakkabligi o„quv jarayonida qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa autentik matnlarni tanlash va metodik jihatdan moslashtirish zarurligini ko„rsatadi. Umuman olganda, tadqiqot natijalari autentik matnlar an‟anaviy adaptatsiyalangan materiallarga nisbatan kommunikativ ko„nikmalarni rivojlantirishda samaraliroq ekanini ilmiy jihatdan asoslaydi. Mazkur yondashuv xorijiy tilni o„qitishda kommunikativ va funksional metodlarga o„tish zaruratini ko„rsatadi Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). O„zbekiston ta‟lim tizimida autentik materiallaridan foydalanish quyidagi yo„nalishlarda samarali bo„lishi mumkin: 1. Chet tili darslariga mahalliy madaniyatga yaqin autentik matnlarni kiritish. 2. Project-based topshiriqlar orqali talabalarni real hayotdagi nutq vaziyatlariga tayyorlash. 3. O„qituvchilar uchun trening kurslari tashkil etish (autentik material tanlash, soddalashtirish, baholash). 4. O„zbekiston miqyosida autentik materiallar bankini yaratish. Autentik matnlardan foydalanish xorijiy tilni o„qitishda o„quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini oshirish, motivatsiyasini kuchaytirish va madaniy bilimlarini boyitishda muhim o„rin tutadi. Xalqaro tajribalar shuni ko„rsatadiki, to„g„ri tanlangan va moslashtirilgan autentik materiallar orqali o„rganish til o„zlashtirishning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. O„zbekiston ta‟lim tizimida ham bu yondashuvni keng joriy etish, hamda xorijliklarga o„zbek tilini o„qitish jarayonida foydalanish va kerakli autentik matnlar bazasini shakllantirish tilni tezroq o„zlashtirishga yordam berib qolmay, innavatsion natijalarga ham olib keladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Krashen, S. (1985). The Input Hypothesis: Issues and Implications. Longman. URL:https://www.scribd.com/document/867309234/Krashen-1985-The-Input-Hypothesis-1 2. Breen, M. (1985). Authenticity in the language classroom. Applied Linguistics, 6(1), 60–70. DOI:https://doi.org/10.1093/applin/6.1.60 3. Gilmore, A. (2007). Authentic materials and authenticity in foreign language learning. Language Teaching, 40(2), 97–118. URL:https://www.alexandergilmore.com/wpcontent/uploads/2022/04/Gilmore_200543WA7.pdf DOI: https://doi.org/10.1017/S0261444807004144
3 230 4 7.2 4. Qatar University Journal. (2022). Use of authentic materials in EFL classrooms: Challenges and frequency. Journal of Educational Studies. URL: https://journals.qu.edu.qa/index.php/jes/article/view/2721 DOI: https://doi.org/10.29117/jes.2022.0092 5. SpringerOpen. (2025). The impact of authentic materials on EFL learners‟ speaking motivation and anxiety. DOI: https://doi.org/10.1007/s44217-025-00858-z URL: https://link.springer.com/article/10.1007/s44217-025-00858-z 6. Jumanazarova, D. (2022). Classification of authentic materials in EFL teaching. 7. Bosowa University Journal. (2023). The effect of authentic materials on EFL students‟ vocabulary achievements DOI:10.47178/teflo.v8i1.1606