TALABALARGA SPORT PSIXOLOGIYASI FANINI O'QITISHNING AFZALLIKLARI
Abstract
Mazkur maqolada sport psixologiyasi fanini talabalarga o‘qitilishining dolzarbligi, bu fan orqali yoshlarda psixologik barqarorlik, o‘zini boshqarish, musobaqalarga tayyorgarlikdagi ruhiy muvozanatni saqlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, sport psixologiyasi darslari orqali talabalar o‘zlarining shaxsiy salohiyatlarini ochib bera olishlari va sportdagi muvaffaqiyatlarga qanday erishishlari mumkinligi tahlil qilingan.
Full text
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 263 DOI: https://10.5281/zenodo.17936757 UO‘K:1.740 TALABALARGA SPORT PSIXOLOGIYASI FANINI O‘QITISHNING AFZALLIKLARI Malikzoda Abdulatif Abdubannon o‘g‘li Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i. Toshkent shahri O‘zbekiston Respublikasi ANNOTATSIYA Mazkur maqolada sport psixologiyasi fanini talabalarga o‘qitilishining dolzarbligi, bu fan orqali yoshlarda psixologik barqarorlik, o‘zini boshqarish, musobaqalarga tayyorgarlikdagi ruhiy muvozanatni saqlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, sport psixologiyasi darslari orqali talabalar o‘zlarining shaxsiy salohiyatlarini ochib bera olishlari va sportdagi muvaffaqiyatlarga qanday erishishlari mumkinligi tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: sport psixologiyasi, talabalar, motivatsiya, stressni boshqarish, o‘zini anglash, psixologik tayyorgarlik. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается актуальность преподавания спортивной психологии студентам. Раскрываются вопросы формирования у молодежи психологической устойчивости, самоконтроля и навыков поддержания душевного равновесия при подготовке к соревнованиям. Также анализируется, как с помощью занятий по спортивной психологии студенты могут раскрыть свой личностный потенциал и достичь успеха в спорте.
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 264 Ключевые слова: спортивная психология, студенты, мотивация, управление стрессом, самопознание, психологическая подготовка ABSTRACT This article explores the relevance of teaching sports psychology to students. It highlights the development of psychological resilience, self-regulation, and the ability to maintain mental balance during competition preparation among young people. The article also analyzes how sports psychology classes can help students unlock their personal potential and achieve success in sports. Keywords: sports psychology, students, motivation, stress management, selfawareness, psychological preparation. Kirish. Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda talabalar orasida sport bilan shug‘ullanish faolligi ortib borayotgan bir paytda, ularning psixologik holatini boshqarish, stressga qarshi kurashish, raqobatga tayyorlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, sport psixologiyasi fanini talabalarga o‘qitish zaruriyati ortib bormoqda. Tadqiqot ob’ekti: oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar. Tadqiqot predmeti: talabalarga sport psixologiyasi fanini o‘qitish jarayoni va uning ta’lim-tarbiyaviy hamda psixologik ta’siri. Tadqiqotning maqsadi: talabalarga sport psixologiyasi fanini o‘qitishning afzalliklarini aniqlash, bu fanning ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga ta’sirini ilmiy asosda tahlil qilish va uni o‘qitish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Tadqiqotning vazifalari: 1. Talabalarda sport psixologiyasiga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonini o‘rganish. 2. Sport psixologiyasi fanining talabalarning shaxsiy rivojlanishiga ta’sirini aniqlash.
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 265 3. Talabalar orasida o‘tkazilgan amaliy tadqiqotlar asosida sport psixologiyasi fanini o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Xorijiy tajribalar. Sport psixologiyasi dunyoning rivojlangan mamlakatlarida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, nafaqat professional sportchilar, balki sport sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun ham muhim fan sifatida o‘qitiladi. AQShning ko‘plab universitetlarda sport psixologiyasi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida alohida mutaxassislik sifatida o‘qitiladi. Talabalarga stressni boshqarish, sportdagi motivatsiya nazariyalari, maqsad qo‘yish va diqqatni jamlash bo‘yicha chuqur bilim beriladi. Buyuk Britaniyada talabalar sport psixologiyasining amaliy jihatlarini o‘rganadilar. Maktab va kollej darajasidayoq sportchi yoshlar uchun psixologik tayyorgarlik, motivatsiya va o‘zini baholash mavzulari o‘qitiladi. Avstraliyada esa sport psixologiyasini sportchilar va murabbiylar o‘rtasida keng targ‘ib qilish yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston tajribasida. Yangi O‘zbekistonda so‘ngi yillarda sportga bo‘lgan e’tibor yanada oshib bordi. Sport psixologiyasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbeksiton davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarida sport psixologiyasi fani alohida fan sifatida o‘qitilmoqda. Muammo: Mahalliy tajribada hali ham sport psixologiyasiga amaliy fan sifatida qarash, maxsus laboratoriyalar, individual yondashuvlar yetarlicha rivojlanmagan. Xorijiy tajribalardan farqli o‘laroq, sport psixologiyasi ko‘proq nazariyalar asosida o‘rgatilmoqda. Shu bois, amaliyotga ko‘proq urg‘u berish zarurati mavjud. Ushbu maqolada sport psixologiyasi fanini talabalarga o‘qitishning afzalliklarini aniqlash va tahlil qilish maqsadida quyidagi metodlardan foydalanildi: Adabiyotlar tahlili – mavzuga oid ilmiy maqolalar, kitoblar va internet manbalarining o‘rganilishi orqali sport psixologiyasining talabalarga ta’siri va uning afzalliklari o‘rganildi.
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 266 1-rasm so‘rovnomadan olingan natijalarni statistik ko‘rinishi. So‘rovnoma. So‘rovnoma savoli quyidagicha: Sport psixologiyasi fanini o‘qitilishi mening ....... nuqtalar o‘rniga o‘zingizga mos javobni belgilang! Deya savol beriladi. 22 % musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishimda yordam bermoqda deya javob berishgan. Albatta sport psixologiyasi fani sportchilarning psixologik tayyorgarligi, stressni boshqarishi, motivatsiyasi va emotsional barqarorligi bilan shug‘ullanuvchi ilmiy soha bo‘lib, musobaqalarda g‘alaba qozonishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 17% sinaluvchilar - menga motivatsiya beradi va maqsadga erishishni o‘rgatadi. Deya javob berishgan. Bunda psixologik yondashuvlar yordamida talabalarda ichki motivatsiyani uyg‘otish, o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yish va ularga erishish strategiyalarini ishlab chiqish o‘rgatiladi. 19% sinaluvchilar jamoada ishlash ko‘nikmamni rivojlantiradi. Demak sport psixologiyasi shaxsiy psixologik xususiyatlarni aniqlash bilan birga, jamoaviy ishda muvofiqlik, yetakchilik, o‘zaro ishonch va muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa talabalarni kelajakdagi kasbiy faoliyatga ham tayyorlaydi. 12% sinaluvchilar psixologik chidamliligimni oshirmoqda. Demak sportchilar uchun uzoq davom etuvchi mashg‘ulotlar, muvaffaqiyatsizliklar va muhim musobaqalarda qatnashish doimo katta bosim bilan kechadi. Talabalar sport psixologiyasi orqali bunday bosimlarga bardosh berish, o‘zini boshqarish va sabr-toqat qilishga o‘rganadilar. 15% 22% 17% 19% 12% 15% Sport psixologiyasi fanini o‘qitilishi mening ....... nuqtalar o‘rniga o‘zingizga mos javobni belgilang. 1 Psixologik barqarorligimni shakllantirmoqda 2 Musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishimda yordam bermoqda 3 Motivatsiya beradi va maqsadga erishishni o‘rgatadi 4 Jamoada ishlash ko‘nikmamni rivojlantiradi 5 Psixologik chidamliligimni oshirmoqda 6 O‘zimni anglash va o‘z ustida ishlashni o‘rgatmoqda
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 267 15% sinaluvchilar o‘zimni anglash va o‘z ustimda ishlashni o‘rgatmoqda. Deya javob berishgan. Demak talabalarga sport psixologiyasini o‘qitish ularga o‘zlarini chuqurroq anglash, zaif va kuchli jihatlarini tahlil qilish, o‘zlarining hissiy reaksiyalarini boshqarish imkonini bermoqda. XULOSA Sport psixologiyasi fani talabalarda sog‘lom raqobat muhitida harakat qilish, o‘ziga ishonch, ichki intizom va yetakchilikni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, sport psixologiyasi talabalarning nafaqat sportdagi, balki hayotdagi muvaffaqiyatlariga ham ta’sir etuvchi fandir. O‘zbekiston bu yo‘nalishda sezilarli qadamlar tashlamoqda, ammo mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish lozim. Xorijiy tajribani moslashtirish va amaliyotni kuchaytirish orqali sport psixologiyasi fanining samaradorligini oshirish mumkin deb hisoblayman. Tavsiyalar. 1. Sport psixologiyasi darslarini Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun ham fan sifatida o‘qitilishi lozim. 2. Sport psixologiyasini o‘quv dasturlariga kengroq joriy qilish va amaliy mashg‘ulotlar orqali boyitish zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Hayitov O.E. Sport faoliyati psixologiyasi: Darslik / O.E. Hayitov; O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi. – T.: 2020. – 180 b. 2. Cox, R. H. Sport Psychology: Concepts and Applications. — McGraw-Hill Education, 2011 (7th edition).