“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 268 DOI: https://10.5281/zenodo.17936802 O‘ZBEKISTONDA TASHKIL ETILAYOTGAN XUSUSIY OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM OLISHNING AFZALLIKLARI Dexqonov Abdulaziz Abdubannon o‘g‘li Al’Fraganus universiteti psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi E-mail:
[email protected] ANNOTATSIYA Ushbu tezis Respublikamizda tashkil etilayotgan xususiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishning afzalliklarini tahlil qiladi. Ishda xususiy oliy ta’limning zamonaviy pedagogik metodlari, moslashuvchan o‘quv dasturlari, kichik guruhlar va individual yondashuv, amaliyot va ishbilarmonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, xalqaro standartlar va sertifikatlar bilan ishlash imkoniyatlari yoritilgan. Tezisda xususiy va davlat oliy ta’lim muassasalarining ta’lim sifatini solishtirish, xususiy ta’limning talabalar uchun yaratadigan raqobatbardosh afzalliklari ko‘rsatilgan. Ishning natijasi shundan iboratki, xususiy oliy ta’lim muassasalari talabalar uchun sifatli, amaliy va xalqaro standartlarga mos ta’lim olish imkoniyatini ta’minlaydi. Kalit so‘zlar: Xususiy oliy ta’lim, ta’lim sifati, talaba yondashuvi, amaliy ko‘nikmalar, moslashuvchan o‘quv dasturi, xalqaro standartlar, innovatsion pedagogik metodlar. ПРЕИМУЩЕСТВА ОБУЧЕНИЯ В ЧАСТНЫХ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ, СОЗДАВАЕМЫХ В УЗБЕКИСТАНЕ Деҳқонов Абдулазиз Абдубаннон ўғли Преподаватель кафедры «Психология», Университет «Al’Fraganus» E-mail:
[email protected]
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 269 АННОТАЦИЯ Данный тезис анализирует преимущества получения образования в частных высших учебных заведениях, создаваемых в нашей Республике. В работе освещаются современные педагогические методы частного высшего образования, гибкие учебные программы, работа в малых группах и индивидуальный подход, развитие практических и предпринимательских навыков, а также возможность работы по международным стандартам и получения сертификатов. В тезисе проводится сравнение качества образования в частных и государственных вузах и выявляются конкурентные преимущества частного образования для студентов. Результат исследования показывает, что частные высшие учебные заведения обеспечивают студентам возможность получения качественного, практического образования, соответствующего международным стандартам. Ключевые слова: Частное высшее образование, качество образования, подход к студенту, практические навыки, гибкая учебная программа, международные стандарты, инновационные педагогические методы. ADVANTAGES OF STUDYING AT PRIVATE HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS ESTABLISHED IN UZBEKISTAN Dexqonov Abdulaziz Abdubannon o‘g‘li Lecturer at the Department of Psychology, « Al’Fraganus University » E-mail:
[email protected] ABSTRACT This thesis analyzes the advantages of studying at private higher education institutions established in our Republic. The work highlights the modern pedagogical methods of private higher education, flexible curricula, small group classes and individual approach, development of practical and entrepreneurial skills, as well as the possibility of working according to international standards and obtaining
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 270 certificates. The thesis compares the quality of education in private and public universities and identifies the competitive advantages of private education for students. The findings indicate that private higher education institutions provide students with the opportunity to receive high-quality, practical education that meets international standards. Keywords: Private higher education, quality of education, student-centered approach, practical skills, flexible curriculum, international standards, innovative pedagogical methods. KIRISH Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ta’lim tizimida izchil islohotlar olib borilmoqda. Xususan, xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyati kengayib, talabalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda. Xususiy oliy ta’lim muassasalari nafaqat davlat ta’lim muassasalari bilan raqobatlashmoqda, balki o‘ziga xos o‘quv dasturlari, innovatsion metodlari va zamonaviy infratuzilmasi bilan talabalar uchun qo‘shimcha afzalliklar yaratmoqda. Yangi O‘zbekistonda xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyati 2016-yildan boshlab jadallik bilan shakllana boshladi. Hozirgi kunda ular: - Iqtisodiyot, menejment, huquqshunoslik, tibbiyot, IT va boshqa sohalarda faoliyat yuritadi. - Zamonaviy o‘quv dasturlari va ilg‘or pedagogik metodlarni tatbiq etadi. - Talabalarni amaliyotga yo‘naltirish, xalqaro sertifikatlar va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi. Xususiy oliy ta’limning afzalliklari sifatida quyidagilarni alohida takidlash lozim. 1. Moslashuvchan o‘quv dasturi. Xususiy oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini talabalar va bozor ehtiyojlariga moslashtira oladi. Talabalar: - Individual o‘quv rejasini tanlash imkoniyatiga ega; - Ixtisoslik va qo‘shimcha kurslarni tanlashda erkinlikka ega; - Zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlarga yozilishi mumkin.
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 271 2. Innovatsion pedagogik metodlar. Xususiy oliy ta’lim muassasalari interaktiv ta’lim, loyihaga asoslangan o‘qitish, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar asosiy o‘quv jarayonida qo‘llaniladi. Bu talabalarni nafaqat nazariy bilim bilan, balki amaliy ko‘nikmalar bilan ham ta’minlaydi. 3. Kichik guruhlar va individual yondashuv. Darslar odatda kichik guruhlarda o‘tkaziladi, bu esa talabaga o‘qituvchi bilan yaqindan ishlash imkonini beradi. Talabaning kuchli va zaif tomonlari aniqlanadi va individual rivojlanish rejasiga muvofiq o‘quv jarayoni olib boriladi. 4. Xalqaro standartlar va sertifikatlar. Bugungi kunda ko‘plab xususiy oliy ta’lim muassasalari xalqaro akkreditatsiya va sertifikatlash tizimlariga moslashgan. Talabalarni xorijiy universitetlar bilan almashinuvi, amaliyot va stajirovkalar bilan ta’minlaydi. Til va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini beradi. 5. Amaliyot va ishbilarmonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish. Xususiy oliy ta’lim muassasalari talabalarni ishbilarmonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirmoqda: Loyihalar, startaplar va biznes simulyatsiyalari, korxona va kompaniyalarda amaliyotlar, mentorlik va treninglar o‘qish davrida joriy etilgan. 6. Tashkiliy va kommunikativ afzalliklar. Talabalar tashkilotlari, klub va ijtimoiy faoliyat, sport va madaniy tadbirlar, talabalar orasida tarmoq yaratish va professional aloqalarni rivojlantirish yo‘lga qo‘ylgan. 7. Qisqa va tezkor rivojlanish. Xususiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni tezkor o‘zgaruvchan bozor talablariga moslashgan. Yangicha o‘quv metodlari va zamonaviy texnologiyalarni tezroq tatbiq etadi, talabalar bozor uchun mos ko‘nikmalarni tezroq egallaydi. 1-jadval. Xususiy va davlat oliy ta’lim muassasalarini taqqoslama tahlili. № Afzalliklar Xususiy oliy ta’lim Davlat oliy ta’lim 1 Guruh hajmi Kichik Katta 2 O‘quv dasturi moslashuvi Yuqori Pastroq 3 Amaliy mashg‘ulotlar Ko‘p Kamroq 4 Xalqaro sertifikatlar Mavjud Kamroq 5 Talabaga individual yondashuv Yuqori O‘rtacha 6 Innovatsion metodlar Faol qo‘llaniladi Cheklangan
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 272 XULOSA O‘zbekistonda xususiy oliy ta’lim muassasalari nafaqat sifatli va zamonaviy ta’limni ta’minlaydi, balki talabaga individual yondashuv, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, xalqaro tajriba va tarmoqlarni yaratish imkoniyatini ham beradi. Bugungi kunda xususiy oliy ta’lim muassasalari: Moslashuvchan o‘quv dasturiga ega, innovatsion pedagogik metodlarni qo‘llaydi, kichik guruhlar va individual yondashuvni ta’minlaydi, xalqaro standartlar va sertifikatlar bilan ishlaydi, amaliyot va ishbilarmonlik ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shu sababli, xususiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish bugungi kunda O‘zbekistondagi talabalar uchun qo‘shimcha afzallik va raqobatbardosh ustunlik yaratmoqda. Tavsiyalar 1). Xurmatli ota-onalar farzandlaringizni xususiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga bering. Ular kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib chiqishadi.; 2). Xususiy oliy ta’lim muassasalarida o‘quv dasturlari tezkor ravishda mehnat bozori talablariga moslashtirib boriladi. Bu esa mexnat bozorida o‘z o‘rningizni topishda yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi, PQ-2909-son qarori. 2. https://www.lex.uz/uz/ 3. https://ziyonet.uz/