AHOLINI IPOTEKA KREDITLARI BILAN TA'MINLASH SAMARADORLIGI
Abstract
So’ngi yillarda respublikamiz aholisi uchun namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi va ko’p qavatli uy-joylar qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi ahamiyatlidir. Faqatgina 2023-2024-yillar davomida qishloq joylarda 1308 turar joy massivida umumiy maydoni 9 573 ming kvadrat metr bo‘lgan 69 557 ta shinam uy-joy qurildi. Qishloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 418 AHOLINI IPOTEKA KREDITLARI BILAN TA’MINLASH SAMARADORLIGI Sobirov I.X. Sam DAQU, “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, if.n. Yormuhammedov Ibrohim Sam DAQU, “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti 3 kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17937182 So’ngi yillarda respublikamiz aholisi uchun namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi va ko’p qavatli uy-joylar qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi ahamiyatlidir. Faqatgina 2023-2024-yillar davomida qishloq joylarda 1308 turar joy massivida umumiy maydoni 9 573 ming kvadrat metr bo‘lgan 69 557 ta shinam uy-joy qurildi. Qishloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi. Xususan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 noyabrdagi “2022-2030 yillarda shaharlarda arzon ko'p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2660 sonli qaroriga asosan: Aholini, shu jumladan yosh oilalarni, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarni va uy-joy sharoitlarini yahshilashga muhtoj bo'lgan boshqa fuqarolarni arzon, qulay, zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlash ishlari amalga oshirildi va bu ishlar davom etmoqda. Respublikamiz tijorat banklari xususan “Ipoteka bank” tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 noyabrdagi PQ-2660 sonli qaroriga ijrosini taminlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarnini natijalarini tahlil qilamiz. Dast avval “Ipoteka bank”ning 2024-yil III chorak yakunlari bo’yicha asosiy ko’rasatgichlarini (1-jadvalda keltirilgan) ko’rib chiqamiz. 1-jadval Ipoteka bankning asosiy ko'rsatkichlari 1 Yo'naltirilgan soha (2024 yil III chorak yakuniga ko'ra) Yo'naltirilgan mablag' (2024 yil III chorak yakuniga ko'ra) Sanoat 5614,4 mlrd. so'm Qishloq xo'jaligi 293,7 mlrd. so'm Savdo va umumiy ovqatlanish 306,2 mlrd. so'm Kommunal soha 139,6 mlrd. so'm Qurilish 215,3 mlrd. so'm Transport va aloqa 245,5 mlrd. so'm Moddiy texnika ta'minotiga 25,2 mlrd. so'm Boshqa maqsadlar 2797,5 mlrd. so'm 1 Ipoteka bank malumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 419 1-jadval malumotlaridan ko’rishimiz mumkinki eng katta ulish sanoatga to’g’ri kelsa, eng past ko’rsatkich moddiy texnik taminotga to’g’ri keladi. Shu o’rinda aytish joyizki qurilish uchun 215,3 mlrd so’mni tashkil etib umumiy ulushning qarib 2% tashkil etgan (1-diagramma) 1-diagramma Ipoteka bankning 2024-yildagi asosiy ko'rsatkichlari Diagramma ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki eng katta ulish sanoat 58%,boshqa maqsadlar 29%, qishloq xo’jaligi 3%, savdo umumiy ovqatlanish 3%, transport va aloqa 3%, komunal soha 2%, va qurilishga 2% ni tashkil etgan. 2024-yil III chorak yakuni natijalari ko’ra “Ipoteka bank” tomonidan kredit liniyalari bo’yicha ajratilgan kreditlar va ulushlarini quyidagi keltirilgan jadvaldan ko’rishimiz mumkin. 2-jadval Ipoteka bank tomonidan 2024 yilda ajratilgan kreditlar miqdori 2 № Kredit turi Summasi 1 Kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar 1,125 trln. 2 Kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan mikrokreditlar 257,9 mlrd. 3 Yosh oilalarga ajratilgan kreditlarning umumiy miqdori 156,8mlrd. 4 Yosh oilalarga ajratilgan mikro-kreditlar 16 mlrd, 5 Yosh oilalarga ajratilgan ipoteka kreditlari 131,7 mlrd. 6 Yosh oilalarga ajratilgan iste’mol kreditlari 91 mlrd. 7 Yosh oilalarga ajratilgan iste’mol kreditlari 124 mlrd. 8 Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining tadbirkorlik loyihalariga berilgan kreditlar 27,7 mlrd. 9 Oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ajratilgan mikrokreditlar 14,5 mlrd. 10 Xizmat ko’rsatish va servis sohalarini rivojlantirish uchun ajratilgan 237,6 mlrd. 2 Ipoteka bank malumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 420 kreditlar 11 PQ-1047 sonli qarorga asosan oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishga ajratilgan kreditlar 157,4 mlrd. 12 PQ-1050 sonli qarorga asosan nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishga ajratilgan kreditlar 277,6 mlrd. Jadval malumotlaridan ko’rishimiz mumkinki “Ipoteka bank” tomonidan biz tahhil qilayotgan yo’nalish “Yosh oilalarga ajratilgan ipoteka kredit”lari bo’yicha 131,7 mlrd so’m ajratilgan bolib bu Yosh oilalarga ajratilgan kreditlarning umumiy miqdori yaniy 156,8 mlrd so’mning qarib 84% ni tashkil qiladi va jadvalda keltirilgan kreditlarning umumiy summasini qarib 9% ni tashkil qiladi. Jadvalda keltirilgan kreditlar summasining foiz ko’rinishidagi ulishini quyidagi 2diagramma orqali kuzatishimiz mumkin. 2-diagramma Ipoteka bank tomonidan 2024-yilda ajratilgan kreditlarda yosh oilalarga uchun ipoteka kraditining ulishi (foizlarda) 3 Diagramma ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki Ipoteka bank tomonidan ajratilgan kreditlar umimiy miqdorida 1493,325 mlrd so’mni tashkil qilib 100% ulishda yosh oilalar uchun ajratilgan ipoteka krediti ulishi 8,8% ni tashkil etib summasi 131,7 mlrd.so’mga teng. 3 Ipoteka bank malumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 421 Biz yuqorida “Ipoteka bank” tomonidan ajratilgan kreditlarniva ularning miqdo’rini (so’mda) ko’rib chiqqan bo’lsak endi bu kreditlarni bank tomonidan berilishida o’rnatilgan kredit stavkalari bilan o’raganib tahlil qilamiz, quyidagi keltirilgan 3-jadvalda “Ipoteka bank” tomonidan beriladigan kredit stavkalari keltirilgan 3-jadval 2024-yilda Ipotekabankning kredit stavkalari bo'yicha ma'lumit (tarif) № Kredit nomi Foizi 1. Investision xarakterdagi kreditlar Yillik 14 % dan plyus oylik 0,1-1%; 2. Kapital qurilishni moliyulashtirishga yo’naltirilgan kreditlar Yillik 14 % dan plyus oylik 0,1-1%; 3. Xizmatlar sohasini rivojlantirishga yo’naltirilgan kreditlar Yillik 14% dan plyus oylik 0,2-1%; 4. Aylanma mablag’ni to’ldirishga yo’naltirilgan kreditlar Yillik 14%dan plyus oylik 0,1-1%; 5. Kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar Yillik 14% dan plyus oylik 0,1-1%; 6. Kasb hunar kollejlari bitiruvchilarining o’z bizneslarini yo’lga qo’yishlari uchun mikrokreditlar Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi asosida 7. Yosh oilalarga o’z bizneslarini ochishlari uchun mikrokreditlar Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi asosida 8. Lizing amaliyotlari uchun Yillik 14 % dan plyus oylik 0,35-1%; 9. Qishloq xo’jalik texnikalarini sotib olish ushun yo’naltirilgan kreditlar Yillik 14 % dan plyus oylik 0,1-1%; 10. Baliqchilik tashkilotlariga ajratilgan kreditlar Yillik 14 % 11. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik xo’jaliklari uchun urug’ va ko’chatlar sotib olish issiqxonalar qurish va intensiv bog’lar yuratish maqsadida yo’naltirilgan kreditlar Yillik 14 % dan plyus oylik 0,1-1%; 12 Yosh oilalarga ajratiladigan ipoteka kredit stavkalari Yillik 7%, Jadval ma’lumotlarini tahlil qiladigan bo’lsak, bank tomonidan o’rnatilgan kredit foiz stavkalarida eng kam foizli ulishni yosh oilalar uchun ajratiladigan ipoteka kreditlari hisoblanadi. O’z o’rnida bu ham bank tomonidan yosh oilalarga qilinayotgan etiborga yaqqol misoldir. Bank tomonidan uy-joyga muhtoj fuqarolar arzon xonadonlarga ega bo'lish bo'yicha quyidagi tartibda murojaat etishlari lozim: Viloyatlarda shahar (Toshkent shahrida tuman) hokimliklarida tashkil etilgan hududiy komissiyasiga yozma ravishda ariza bilan murojaat etiladi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 422 Tashkil etilgan hududiy komissiya tomonidan fuqaroni uy-joyga muhtojligi bo'yicha mezonlardan kelib chiqqan holda o'rganib chiqiladi va ushbu fuqaroga qurilayotgan ko'p xonadonli uy-joydan xonadonlardan biri biriktiriladi. Shu vaqtning o'zida xonadon qiymatining kamida 25 foiz miqdoridagi boshlang'ich badal mablag'lari fuqarolar tomonidan Ipoteka bank filiallarida shakllantirilishi lozim; Ko'p kvartirali uy-joylar qurib bitkazilganidan so'ng, Ipoteka-bankning tegishli filiallariga ushbu biriktirilgan xonadonni sotib olish uchun ipoteka krediti ajratishni so'rab ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) pasporti asl nushasi (bank tomonidan nusxalar olinadi); qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) tomonidan oxirgi 12 oyda olingan daromadlari to'g’risida ma'lumotnoma. Ipoteka bank tomonidan quyidagi shartlarda imtiyozli ipoteka kreditlari ajratiladi: Kredit muddati - 20 yil Imtiyozli davr - 3 yil Kredit uchun foiz to'lovlari - dastlabki besh yilda yillik 9%, keyingi yillarda Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasida. Ipoteka krediti sotib olinadigan uy-joy qiymatining 75 foizi miqdorigacha beriladi. Fuqaro kredit olish jarayonida quyidagi harajatlarni amalga oshiradi: uy-joy sotib olish bilan bog’liq hujjatlarni rasmiylashtirish bo'yicha xarajatlar; kreditning butun davrida sotib olingan uy-joyni sug’urta qilish bo'yicha xarajatlar. Ipoteka bank tomonidan uy-joyga muhtoj deb topilgan fuqaroga biriktirilgan honadonni sotib olish uchun imtiyozli ipoteka krediti ajratiladi va ushbu ipoteka kreditini fuqaro tomonidan 20 yil davomida har oyda belgilangan to'lovlarni amalga oshirilishi lozim. Imtiyozlar: Qarz oluvchini (oila a'zolar) kredit bo'yicha oylik to'lovlarni so'ndirish uchun yo'naltirgan daromadlari soliqqa tortilmaydi. Korxonalarning qaytib olmaslik sharti bilan o'z xodimlariga ipoteka kreditining boshlang’ich badalini to'lagan daromadi soliqqa tortilmaydi. Kredit hisobiga sotib olingan xonadon bo'yicha kredit to'liq qaytgunga qadar molmulk solig’i to'lanmaydi. Xulosa sifatida aytish mumkinki ko‘rilgan chora-tadbirlar va qilingan ishlar oilalarni zamonaviy, sifatli, shinam uy-joy bilan ta’minlashga, qishloqda yangi muhandislikkommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini shakllantirishga ko‘maklashdi, qishloqlar va shaharlarning qiyofasini yangi darajaga ko‘tarish va shu asosda qishloq hamda shahar aholisining hayot darajasini yaxshilash va dunyoqarashini o‘zgartirish imkonini berdi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 423 Shu bilan birga, ushbu sohani o‘rganish aholining real ehtiyojlari va xarid qobiliyatini, shuningdek milliy mentalitetni va qishloq va shahar joylarda yashash sharoitlarining xususiyatlarini to‘liq hisobga olib qurilish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan prinsipial jihatdan yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi PF-60son Farmoni. 2. Sobirov, I. X., and SH. Atabaeva. "RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MASOFAVIY BANK XIZMATLARIDAN FOYDALANISH USULLARI." Arxiv nauchnыx issledovaniy 2.1 (2022). 3. Sobirov, I. X., and R. Ganiev. "RAQAMLI BANK-TARAQQIYOT TALABI." BBK 65.011. 6 I 26 (2021): 642.