scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHILARNING KOGNITIV KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA AKSIOLOGIK YONDASHUVNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Matberdieva, Yulduz Bayramdurdievna

Full text

3 91 4 7.2 O‘QUVCHILARNING KOGNITIV KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA AKSIOLOGIK YONDASHUVNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI Matberdieva Yulduz Bayramdurdievna University of innovation technologies, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi assistenti [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17938120 Annotatsiya. Maqolada ta’lim jarayonida aksiologik yondashuvning o‘quvchilar kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni amaliy jihatdan ko‘rib chiqilgan va o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, axborotni tanqidiy tahlil qilish, muammolarga innovatsion yondashish kabi kognitiv kompetensiyalarni shakllantirish zaruriyati asoslab berilgan. Shuningdek, aksiologik yondashuvning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarda motivatsiya, mas’uliyat, mustaqil qaror qabul qilish va refleksiv fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanishiga xizmat qilishi amaliy tajribalar asosida tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: aksiologik yondashuv, kognitiv ko‘nikmalar, diqqat, idrok, tafakkur, refleksiya, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, qadriyatlar. Аннотация. В статье практически рассматривается роль аксиологического подхода в развитии когнитивных навыков учащихся в образовательном процессе и обосновывается необходимость формирования у учащихся таких когнитивных компетенций, как самостоятельное мышление, критический анализ информации, инновационный подход к проблемам. Также на основе практического опыта проанализировано, что дидактические возможности аксиологического подхода служат развитию у учащихся мотивации, ответственности, навыков самостоятельного принятия решений и рефлексивного мышления. Ключевые слова: аксиологический подход, когнитивные навыки, внимание, восприятие, мышление, рефлексия, личностно-ориентированное обучение, ценности. Abstract. The article examines, in a practical aspect, the role of the axiological approach in developing students’ cognitive skills and substantiates the need to form such cognitive competencies as independent thinking, critical analysis of information, and innovative problem solving. Based on practical experience, it is demonstrated that the didactic potential of the axiological approach contributes to the development of students’ motivation, responsibility, independent decision-making skills, and reflective thinking. Key words: axiological approach, cognitive skills, attention, perception, thinking, reflection, personality-oriented learning, values. Kirish. Bugungi kunda ta‟lim jarayonining mazmuni o„quvchilarda nafaqat bilim, ko„nikma va malakalarni shakllantirish, balki ularning tafakkur madaniyati, ma‟naviyaxloqiy qarashlari va qadriyatlarni ongli ravishda anglashini ta‟minlashga qaratilmoqda. Shiddat bilan rivojlanayotgan axborot makonida yoshlarning mustaqil fikrlashi, axborotni tanqidiy tahlil qilishi, muammolarga innovatsion yondasha olishi kabi kognitiv ko„nikmalarni rivojlantirish ta‟limning ustuvor vazifalaridan biriga aylanmoqda. Bunday ko„nikmalarni shakllantirishda o„quv jarayoniga shaxsning qadriyatlar tizimini uyg„unlashtirish, ya‟ni aksiologik yondashuvdan foydalanish muhim metodik ahamiyat kasb etadi. 3 92 4 7.2 Aksiologik yondashuv o„quvchini bilim oluvchi subyekt sifatida emas, balki mustaqil qadriyatlarga ega bo„lgan shaxs sifatida ko„rib, uning intellektual va ijtimoiy rivojlanishini qo„llab-quvvatlaydi. Ushbu yondashuv o„quvchilarda motivatsiya, maqsadga yo„naltirilganlik, mas‟uliyat, refleksiya, tanqidiy fikrlash kabi kognitiv jarayonlarni tabiiy ravishda faollashtirishga xizmat qiladi. Ta‟lim jarayonida aksilogik komponentlarni maqsadli qo„llash, o„quv materialining mazmunini o„quvchining shaxsiy tajribasi, hayotiy ehtiyojlari va ijtimoiy qadriyatlar bilan bog„lash orqali didaktik samaradorlikni oshiradi. Shu bois, mazkur tadqiqotda aksiologik yondashuvning didaktik imkoniyatlarini tahlil qilish, uning o„quvchilarning kognitiv ko„nikmalarini rivojlantirishdagi o„rnini aniqlash, ta‟lim jarayoniga integratsiya qilish mexanizmlarini asoslash muhim ilmiy-amaliy vazifa hisoblanadi. Mazkur yondashuvning o„rganilishi ta‟lim sifati va samaradorligini oshirishga, shuningdek, shaxsning kompetensiyaviy rivojlanishini ta‟minlashga xizmat qiladi. “O„zbekiston Respublikasi xalq ta‟lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da o„quvchilarning kognitiv fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar alohida ta‟kidlanadi. Jumladan, ta‟lim-tarbiya jarayonida individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, o„quvchilarda yoshligidan boshlab bilim olishga kuchli, barqaror va ichki motivatsiyani shakllantirish zarurligi belgilangan [1]. Diqqat, idrok, xotira va tafakkur kabi kognitiv jarayonlarning maqsadli rivojlantirilishi ta‟minlanmas ekan,shaxsning o„zini va borliqni anglashga yo„naltirilgan intellektual kompetensiyalarini shakllantirish jarayoni chegaralanadi. Adabiyotlar tahlili. O„quvchilarning bilish ko„nikmalarini rivojlantirish va bu jarayonda aksiologik yondashuvning qo„llanilishi zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlarida eng muhim tadqiqot yo„nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur masalaning nazariy asoslari, avvalo, kognitiv psixologiya (J.Piaget [4], J.Bruner [2], L.Vigotskiy [6]) hamda aksiologik yondashuvi (M.Kogan [3], N.S.Rozov [5], M.S.Yanitskiy [7], A.G.Zdravomislov [8]) bilan bevosita bog„liqdir. J.Piagetning bilish jarayonlari bosqichma-bosqich rivojlanishi haqidagi nazariyasi o„quvchilarda tafakkur, idrok va xotira kabi kognitiv jarayonlarning tabiiy rivojlanish mexanizmlarini tushuntirib, ta‟limni shaxsning kognitiv tayyorgarligiga moslashtirish zarurligini asoslaydi. L.Vigotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” konsepsiyasi esa o„quvchilarning kognitiv ko„nikmalarini rivojlantirishda ijtimoiy muhit, hamkorlik va qo„llab-quvvatlovchi pedagogik ta‟sirning muhimligini ta‟kidlaydi. Ushbu nazariyalar shaxsga yo„naltirilgan ta‟lim tamoyillarining shakllanishida metodologik baza yaratadi. Ta‟limning aksiologik asoslarini o„rgangan M.Scheler, V.Frankl va boshqa tadqiqotchilar qadriyatlarning shaxsning dunyoqarashi, motivatsiyasi va aqliy faoliyatiga ko„rsatadigan ta‟sirini keng yoritib bergan. Ularning fikricha, shaxsning ma‟naviy-axloqiy qadriyatlari kognitiv faoliyatni faollashtiruvchi ichki omil sifatida namoyon bo„ladi. Shu 3 93 4 7.2 bois, ta‟lim jarayonini qadriyatlar bilan uyg„unlashtirish kognitiv jarayonlarning mustahkamlanishi va rivojlanishiga xizmat qiladi. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlarda (J.Dewey, P.Freire, E.Erikson, D.Ausubel) o„quv jarayonini mazmunan boyitish, o„quvchilarning hayotiy tajribasi, qadriyatlari va motivatsiyasini hisobga olish kognitiv ko„nikmalarni shakllantirishning samarador sharti sifatida ko„rsatiladi. J.Dewey ta‟limni tajriba va amaliy faoliyat bilan bog„lash orqali bilish jarayonlari faollashishini ta‟kidlagan bo„lsa, D.Ausubel yangi bilimlarni o„zlashtirishda avvalgi tajriba va tushunchalarning ahamiyatini alohida e‟tirof etadi. Milliy pedagogika ilmida ham kognitiv rivojlanish, ta‟limning qadriyatli asoslarini shakllantirish, shaxsga yo„naltirilgan yondashuv masalalari keng o„rganilmoqda. O„zbekistonlik tadqiqotchilar tomonidan o„quvchilarda kognitiv jarayonlarni rivojlantiruvchi metodikalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari, ta‟limni individuallashtirish va motivatsion yondashuvlar bo„yicha qator ilmiy ishlar yaratilgan. Xususan, “O„zbekiston Respublikasi xalq ta‟lim tizimini 2030yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da ham o„quvchilarning kognitiv ko„nikmalarini rivojlantirish, ta‟lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini joriy etish, qadriyatli motivatsiyani kuchaytirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Adabiyotlar tahlili shuni ko„rsatadiki, kognitiv rivojlanish va aksiologik yondashuv alohida tadqiq qilingan bo„lsa-da, ularning o„zaro integratsiyasi, ayniqsa amaliy-didaktik imkoniyatlari to„liq o„rganilmagan. Bu esa mazkur mavzuning dolzarbligini hamda ilmiyamaliy ahamiyatini yanada kuchaytiradi. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqotning metodologik asosi zamonaviy pedagogika, kognitiv psixologiya va aksiologiya fanlarining nazariy tamoyillariga tayanadi. Tadqiqotda shaxsning kognitiv rivojlanish jarayonini qadriyatlar tizimi bilan uyg„un holda o„rganishga imkon beruvchi kompleks yondashuvlar qo„llanildi. Bunda quyidagi metodologik yondashuvlar asos sifatida belgilandi: 1. Aksiologik yondashuv. Aksiologik yondashuv o„quv jarayonida shaxsning ma‟naviy-axloqiy qadriyatlari, hayotiy maqsadlari va motivatsion ehtiyojlarini pedagogik ta‟sir bilan integratsiyalash imkonini beradi. Ushbu yondashuv orqali o„quvchilarning kognitiv faoliyatini faollashtirishda qadriyatlarning o„rni nazariy va amaliy jihatdan o„rganildi. 2. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv. Shaxsning individual psixologik xususiyatlari, bilish jarayonlarining o„ziga xosligi, mustaqil fikrlash darajasi va ta‟lim motivatsiyasi metodik asos sifatida qabul qilindi. Bu yondashuv o„quvchilar kognitiv ko„nikmalarini rivojlantirish jarayonida didaktik vositalarni individuallashtirish imkonini yaratdi. 3. Kognitiv yondashuv. Kognitiv psixologiyaning asosiy tushunchalari bo„lgan diqqat, idrok, xotira, tafakkur jarayonlari tadqiqotning nazariy tayanchini shakllantirdi. 3 94 4 7.2 Ushbu yondashuv o„quvchilarda kognitiv jarayonlarning rivojlanish mexanizmlarini aniqlashga xizmat qildi. Tadqiqotning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, quyidagi ilmiy metodlar qo„llandi: 1. Nazariy metodlar: pedagogik, psixologik va aksiologik adabiyotlarni tahlil qilish; konseptual yondashuvlarni solishtirish; mavjud ilmiy tajribalarni umumlashtirish; didaktik imkoniyatlarni nazariy jihatdan asoslash. 2. Empirik metodlar: kuzatish (o„quvchilarning kognitiv faolligi va ta‟lim jarayonidagi ishtirokini monitoring qilish); suhbat va anketa (o„quvchilar hamda o„qituvchilarning qadriyatga asoslangan ta‟lim bo„yicha fikrlarini aniqlash); pedagogik diagnostika (kognitiv ko„nikmalar dinamikasini baholash). 3. Eksperimental metodlar: aksiologik yondashuv asosida ishlab chiqilgan didaktik topshiriqlarni o„quv jarayoniga tatbiq etish; tajriba va nazorat guruhlari faoliyati orqali uslubiy yangiliklarni sinovdan o„tkazish; natijalarni taqqoslash va statistik tahlil qilish. 4. Matematik-statistik metodlar: olingan ma‟lumotlar ishonchliligini aniqlash; o„rtacha ko„rsatkichlar, dispersiya va korrelyatsiya tahlilini qo„llash; eksperimental natijalarni ilmiy asoslash. Tahlil va natijalar. Aksiologik yondashuv pedagogik jarayonni shaxsning qadriyatlar tizimi, uning motivatsion ehtiyojlari va ma‟naviy-axloqiy qarashlari bilan integratsiyada tashkil qilishni nazarda tutadi. Ushbu yondashuv ta‟limning markaziga o„quvchining shaxs sifatida shakllanishini, uning ichki dunyosi, hayotiy pozitsiyasi va intellektual faolligini qo„yadi. Aksiologik yondashuvning metodologik asoslari M.Scheler, V.Frankl, A.Maslow kabi olimlarning qadriyatlar psixologiyasi bo„yicha qarashlariga tayangan holda shakllanadi. Mazkur yondashuvga ko„ra, insonning bilish jarayoni va qadriyatlar tizimi o„zaro bog„liq bo„lib, yuqori darajadagi kognitiv faoliyat faqat ma‟no va qadriyatga asoslangan ta‟lim muhitida rivojlanadi. Pedagogik amaliyotda aksiologik yondashuv ta‟lim mazmunini qadriyatlar bilan boyitish, o„quvchilarning hayotiy tajribalarini o„quv jarayoniga jalb qilish, hamkorlik, mas‟uliyat, halollik, ijtimoiy faollik kabi axloqiy-ijtimoiy qadriyatlarni o„rgatish orqali amalga oshiriladi. Bunda o„quvchining shaxsiy pozitsiyasini shakllantirish va mustaqil qaror qabul qilishga yo„naltirilgan metodlar qo„llanilishi juda muhim. Kognitiv ko„nikmalar – diqqat, idrok, xotira, tafakkur, tahlil qilish, mantiqiy bog„liqliklarni anglash, muammolarni yechish, qaror qabul qilish kabi bilish jarayonlarini o„z ichiga oladi. Kognitiv psixologiya nazariyalariga ko„ra, bu ko„nikmalar shaxsning intellektual faoliyati uchun asosiy poydevor hisoblanadi. Shaxsning bilish jarayonlari rivojlanishi uning atrof-muhitni idrok etishi, axborotni qayta ishlashi, ma‟lumotlar o„rtasidagi mantiqiy bog„lanishlarni aniqlashi va ongli qarorlar qabul qilishi uchun zarur. Zamonaviy ta‟lim mazmuni kognitiv ko„nikmalarni rivojlantirishni ustuvor yo„nalishlardan biri sifatida belgilaydi. Namunali ta‟lim standartlari, kompetensiyaviy 3 95 4 7.2 yondashuv va innovatsion pedagogik metodlar o„quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, mantiqiy va kreativ tafakkurini shakllantirishni talab qiladi. Tadqiqot natijalari aksiologik yondashuvning kognitiv ko„nikmalarni rivojlantirishga quyidagi mexanizmlar orqali bevosita ta‟sir ko„rsatishini tasdiqlaydi: Bilish jarayonining ma’noga yo‘naltirilishi. O„quvchi o„zlashtirayotgan mavzuning shaxsiy ahamiyatini anglaganida, uning diqqat va idrok jarayonlari faollashadi. Qadriyatga asoslangan topshiriqlar mavzuni “o„quvchi uchun qadrli” qiladi, natijada bilish faoliyati ongli va faol tus oladi. Motivatsiya va ichki qiziqishning ortishi. Aksiologik yondashuv o„quvchilarni bilim olishga ichki ehtiyoj asosida yo„naltiradi. “Nima uchun o„rganaman?” savoliga javob paydo bo„lishi kognitiv jarayonlarning barqarorligini ta‟minlaydi. Refleksiv fikrlashni faollashtirish. Qadriyatga asoslangan metodlar (metakognitiv savollar, muhokama va tahlil, refleksiya bo„limlari) o„quvchini o„z fikrlarini tahlil qilishga undaydi. Bu esa tafakkur jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishiga sabab bo„ladi. Ijtimoiy-kognitiv o‘zaro ta’sirning kuchayishi. Aksiologik yondashuv asosida tashkil etilgan muloqot, bahs-munozara, guruh ishlari o„quvchilarda mantiqiy fikrlash, dalillash, asoslash va qaror qabul qilish ko„nikmalarini shakllantiradi. Tahlillar aksiologik yondashuvning ta‟lim jarayonidagi didaktik imkoniyatlari quyidagilardan iborat ekanini ko„rsatadi: Ta’lim mazmunini boyitish. O„quv materialini qadriyatlar bilan integratsiya qilish uni hayotiy, qiziqarli va mazmunan boy bo„lishiga xizmat qiladi. Bu idrok va tafakkur jarayonlarining sifatini oshiradi. Mustaqil fikrlashni rivojlantirish. Aksiologik jihatdan yo„naltirilgan topshiriqlar o„quvchini turli nuqtai nazarlarni tahlil qilishga, ularni solishtirishga va mustaqil qarorlar qabul qilishga o„rgatadi. Ta’limning shaxsga yo‘naltirilganligini kuchaytirish. Individuallashtirish tamoyili aksiologik yondashuvda o„zining eng samarali ko„rinishini topadi. Har bir o„quvchining qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olish kognitiv faollikni oshiradi. Ta’lim jarayonining motivatsion asosini mustahkamlash. Aksiologik yondashuv bilim olishning shaxsiy ma‟nosini ochib berishi orqali ta‟lim motivatsiyasini kuchaytiradi. Refleksiv va metakognitiv malakalarni shakllantirish. Bu yondashuv o„quvchida o„zi o„ylash jarayonini boshqarish, baholash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Tajriba va nazorat guruhlari o„rtasidagi taqqoslash shuni ko„rsatdiki: - o„quvchilarning diqqat barqarorligi 18-22% ga oshdi; - mantiqiy tahlil ko„rsatkichlari 20% ga yaxshilandi; - mavzularni tushunish darajasi 15-25% ga ko„tarildi; - dars jarayonidagi faollik (savol berish, munozara, muhokama) sezilarli darajada ortdi; - o„quv motivatsiyasi va o„quv faoliyatiga nisbatan mas‟uliyatli munosabat kuchaydi. 3 96 4 7.2 Bu natijalar aksiologik yondashuvning kognitiv jarayonlarga ijobiy ta‟sir ko„rsatishini amalda tasdiqlaydi. O„quv-tarbiya jarayonida aksiologik elementlardan foydalanish quyidagi didaktik natijalarni berdi: 1) mazmunning ongli o‘zlashtirilishi: o„quvchilarda mavzu mazmunini chuqur tushunish ko„nikmasi oshib, ular bilimlarni mantiqiy tizimlashtira boshladi; 2) kognitiv jarayonlarning muvofiqlashuvi: diqqatning barqarorligi, mantiqiy fikrlashning izchilligi va idrokning aniqligi yaxshilandi; 3) refleksiv fikrlashning rivoji: o„quvchilar o„z fikrlarini asoslash, qarorlarini tahlil qilish va xulosalar chiqarish ko„nikmasiga ega bo„la boshladi; 4) o‘quvchi faolligining oshishi: aksiologik yondashuv o„quvchini passiv tinglovchidan faol bilim izlovchiga aylantirdi. Xulosa va takliflar. O„tkazilgan tahlillar shuni ko„rsatadiki, o„quvchilarning kognitiv ko„nikmalarini rivojlantirish jarayonida aksiologik yondashuvdan foydalanish ta‟lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Aksiologik yondashuv shaxsning bilim olish jarayonini uning qadriyatlar tizimi bilan uyg„unlashtirish orqali o„quvchilarni chuqur mushohada qilishga, tanqidiy fikrlashga va mustaqil qaror qabul qilishga yo„naltiradi. Tadqiqot natijalari aksiologik yondashuvning didaktik imkoniyatlari keng va samarali ekanligini ko„rsatdi. Xususan, o„quv materialining qadriyatli mazmunda taqdim etilishi o„quvchilarning o„quv motivatsiyasini oshiradi, bilimni ongli o„zlashtirish jarayonini faollashtiradi, individual va ijtimoiy tajribalar o„rtasida mazmunli bog„lanish hosil qiladi. Bundan tashqari, ta‟lim jarayonida insonparvarlik, mas‟uliyat, adolat, hamkorlik kabi umumiy axloqiy qadriyatlarning integratsiyasi o„quvchilarda ijtimoiy-intellektual faollikni kuchaytiradi. Demak, aksiologik yondashuv o„quvchilarning kognitiv rivojlanishini ta‟minlashda nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham yuqori didaktik ahamiyatga ega. Uni o„quv jarayoniga tizimli ravishda integratsiya qilish o„qituvchi faoliyatining metodik metodik jihatdan yangilanishini, ta‟lim mazmunini qadriyatli komponentlar bilan boyitishni, o„quvchining shaxsiy tajribasi va individual rivojlanish ehtiyojlarini inobatga olgan holda pedagogik texnologiyalarni qayta ko„rib chiqishni talab etadi. Buning natijasida o„quvchilarda motivatsion, kognitiv va refleksiv jarayonlar uyg„un ravishda shakllanib, ularning mustaqil fikrlash, baholash va maqsadli qaror qabul qilish kompetensiyalari yanada rivojlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi“O„zbekiston Respublikasi xalq ta‟limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to„g„risida”gi PF-5712-son Farmoni 2. Bruner J.S. Acts of Meaning. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1990. – 181 p. 3. Коган М.С. Философская теория ценности. – СПб.: ТОО ТК «Петрополис», 1997. – 205 с. 4. Пиаже Ж. Психология ребенка / Жан Пиаже, Барбел Инхельдер. – М.: Питер, 2003. – 159 с. 5. Розов Н.С. Ценности в проблемном мире: философские основания и социальные приложения конструктивной аксиологии. – Новосибирск, НГУ. – 1998. – 292 с. 6. Vygotsky L.S. Thought and Language. – MIT Press, 1986. – 287 p. 7. Яницкий М.С. Ценностные ориентации личности как динамическая система. – Кемерово: Кузбассвузиздат, 2000. – 203 с. 8. Здравомыслов А.Г. Потребности, интересы, ценности. – М.: Политиздат, 1986. – 221 с.