MULOQOT PSIXOLOGIYASI VA MUNOSABATNING O'ZARO BOG'LIQLIGI
Full text
8 MULOQOT PSIXOLOGIYASI VA MUNOSABATNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI Sodiqjonova Zilola [email protected] Chirchiq davlat pedagogika unversiteti Aniq fanlar fakulteti Amaliy matematika yoʻnalishi talabasi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qtuvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17938936 Annotatsiya: Ushbu maqolada muloqot psixologiyasi va insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shaxslararo muloqot jarayonining psixologik omillari, kommunikativ kompetensiya, empatiya, tinglash madaniyati hamda ular munosabatlar sifati va barqarorligiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqot natijalari muloqotning to‘g‘ri tashkil etilishi ijtimoiy, oilaviy va kasbiy munosabatlarni mustahkamlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: muloqot psixologiyasi, munosabatlar, shaxslararo aloqa, empatiya, kommunikativ kompetensiya, psixologik omillar. Annotation: This article analyzes the interrelation between communication psychology and human relationships. It explores the psychological factors of interpersonal communication, communicative competence, empathy, and listening skills, as well as their impact on the quality and stability of relationships. The research findings demonstrate that effective communication plays a crucial role in strengthening social, family, and professional relationships. Keywords: communication psychology, relationships, interpersonal communication, empathy, communicative competence, psychological factors. KIRISH Har qanday faoliyat odamlarning bir - birlari bilan til topishishni,bir - birlariga turli xil ma’lumotlar o‘zatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni, ishlarining muvoffaqiyati, obro‘si uning muloqotga kirish qobilyati bilan bevosita bog`liq. Shaxslararo muloqot jarayoni juda murakkabdir. B.F.Pariginning yozishicha, «muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi» Individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni Individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni Bir shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati jarayoni Bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni. Bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati Shaxslarning bir-birlarini tushinish jarayoni Monologik nutq bir kishining boshqa kishiga murojaati - fikrlarning mantiqan tugal bo‘lishi, grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerak. Odamlarning muloqot jarayonida so‘zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu, ohanglardan ham foydalanadilar. Mimika, ko‘z qarashlar, to‘xtashlar ifodalari va hokazo. Buyuk rus yozuvchisi L.Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi, 85 xil ko‘z qarashlar turi borligini kuzatgan. Andreyevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigohlarining 2000 ga yaqin ko‘rinishlari bor.
9 Bu noverbal muloqot vositalarining milliy va hududiy xususiyatlari bor. Masalan o‘zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o‘zaro munosabatlarning bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko‘proq ishlatilishi bilan bogliq. Bolgarlar biror fikrni tasdiklamoqli bo‘lishsa, boshlarini chayqashadi, inkor etmokchi bo‘lishsa, bosh siltashar ekan. Noverbal muloqatda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham ahamiyatga ega: Masalan, ayollar hissiyotga berilganligi uchun bir – birlari bilan yaqin turib gaplashar ekanlar, erkaklar o‘rtasida masofa bo‘lar ekan. O‘quvchilarni partada orqama – ketin o‘tkazgandan ko‘ra doira shaklida o‘tkazilsa, ularda javobgarlik hissi yuqoriroq bo‘lar ekan, emotsiyalar almashgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo‘lib, bolalarning predmetga va bir - birlariga munosabatlari ancha yaxshi bo‘lar ekan. Demak ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutqqa e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik choglaridanoq nutq madaniyatiga o‘rgatish, nutqlarini o‘stirish choralarini ko‘rish zarur. Pedagog ham nutq madaniyatiga ega bo‘lishi kerak. Muloqotning interaktiv tomoni - kishilarning birgalikdagi f aoliyatda bir - birlariga amaliy jihatdan ta’sir etishlari. Hamkorlikda ishlash, bir - birlariga yordam berish, bir - birlaridan o‘rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarni namoyon qilish mumkin. Odamlarning turli sharoitlarda o‘zlarini tutishlari xulq - atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik qonuniyatlarga bog`liqligini ko‘rish mumkin. Bunga sabab jamiyatda qabul qilingan turli normalar, qonun qoidalardir. Chunki o‘zaro muloqot va o‘zaro ta’sir jarayonlarida shunday xatti - harakatlar obrazlari kishilar ongiga singib tasavvurlar, xislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o‘zini boshqa birov bilan solishtirish, masalan: 1 - martda uchrashuvga ketayotgan yigitning holatini uning o‘rtogi yoki akasi tushunishi mumkin. Refleksiya - muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasida turib, o‘zini tasavvur qilishdir, o‘ziga birovning ko‘zi bilan qarashga intilishdir. Masalan: guruhdoshingizdan biriga ko‘ylagi yarashmaganini aytish mumkin, 2-chisiga aytsam kuyyapti deb o‘ylaydi deysiz. Stereotipizatsiya - odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o‘rnashib qolgan, ko‘nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish, bunday stereotiplar ba’zan muloqotni to‘gri yunalishini ta’minlasa, ba’zan xatoliklarga sabab bo‘ladi. Masalan: qizlarning shim kiyib yurishi yoki velosiped minishi. Ko‘pchilik bunday qizlarni odobsiz deb o‘ylaydi, bu notugri, albatta. Ba’zan kishini tashqi qiyofasidan uning xarakterini aniqlaydi. M: shunday tajriba o‘tkazilgan: talabalarga turli qiyofadagi kishilarning rasmi ko‘rsatilgan, ular iyagi katta kishilar kuchli irodaga ega, peshonasi keng odamlar - aqlli, sochi qattiq odam - qaysar, bo‘yi past odam - hokimiyatga intiluvchi, chiroyli odamo‘ziga bino qo‘ygan yoki nodon bo‘lishini aytganlar. Bular albatta, to‘g’ri emas. Lekin kishilarning ongida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Natijada odam haqida tushunchaning shakllanishida u qaqida bo‘lgan ma’lumot katta rol o‘ynaydi. M: Bodalyova talabalarning 2 - guruhiga bir odam portretini ko‘rsatib, uni 1 - guruxga - jinoyatchi, 1 - guruh talabalariga esa olim deb tanishtirgan. Psixoliklar turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va har bir vaziyatda ulardan o‘tkir didlik, odob, kishilarning psixologiyasini bilgan holda ularni to‘g’ri tushunish malakasi talab qilinadi. Bo‘lg’usi psixolog bu borada quyidagi qonuniyatlarni bilishi kerak: 1.Birinchi ko‘rgan odam haqida faqat birlamchi tasavvurgina bo‘lishi mumkin. 2. Biror kishi haqida berilgan malumotga asosan muayyan fikr hosil qilish oson, lekin uni o‘zgartirish qiyin.
10 3. Intellekt juda yuqori bo‘lsa ham, juda past bo‘lsa ham boshqa odamni tushunish qiyin. 4.Maxsus tayyorgarlik bo‘lishi kerak. XULOSA Muloqot psixologiyasi insonlar o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarning shakllanishi, rivojlanishi va mustahkamlanishida muhim o‘rin egallaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, samarali muloqotning asosiy omillari - empatiya, faol tinglash, kommunikativ kompetensiya va psixologik sezgirlik - munosabatlarning barqarorligi va sifatini sezilarli darajada oshiradi. Muloqot jarayonida paydo bo‘ladigan psixologik to‘siqlar o‘z vaqtida bartaraf etilsa, ijtimoiy, oilaviy va kasbiy aloqalar yanada mustahkamlanadi. Shunday qilib, shaxslararo muloqotni ongli ravishda rivojlantirish har bir insonning ijtimoiy hayotida ijobiy natijalarga erishishda muhim omil hisoblanadi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Андреева, Г. М. Социальная психология. - Москва: Аспект Пресс, 2021. - 352 с. 2. Карнеги, Д. Как завоёвывать друзей и оказывать влияние на людей. - Москва: Эксмо, 2020. - 416 с. 3. Bodie, G. D. Listening as Positive Communication. Journal of Positive Psychology, 2018, 13(5), 512–519. 4. Devito, J. A. The Interpersonal Communication Book. - New York: Pearson, 2019. - 480 p. 5. G‘oziyev, E. Umumiy psixologiya. - Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2019. - 540 b. 6. Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li. (2024). Rahbar va xodim munosabatlarining boshqaruv jarayonidagi psixologik xususiyatlari. Образование наука и инновационные идеи в мире, 41(1), 110 - 113. Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/12079