scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK TARBIYACHILARDA KASBIY-PEDAGOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHDA MADANIY-INSONPARVARLIK YONDASHUVNING MOHIYATI

Giyasova, Mushtariy Abdiganiyevna

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy, jamiyat talablariga javob beradigan oliy ta’limni moderenezatsiya qilishning ahamiyati haqida bayon qilingan. Oliy ta’limda tahsil olayotgan bo‘lajak tarbiyachilardan kasbiy-pedagogik madaniyatni rivojlanitirshning mazmuni, ahamiyati, usullari, vositalari haqida fikr yuritilgan.

Full text

SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 32 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17940211 BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA KASBIY-PEDAGOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHDA MADANIY-INSONPARVARLIK YONDASHUVNING MOHIYATI Giyasova Mushtariy Abdiganiyevna Angren universiteti, “Pedagogika va psxilogiya” kafedrasi o‘qituvchisi. ANNOTATSIYA Ushbu maqolada zamonaviy, jamiyat talablariga javob beradigan oliy ta’limni moderenezatsiya qilishning ahamiyati haqida bayon qilingan. Oliy ta’limda tahsil olayotgan bo‘lajak tarbiyachilardan kasbiy-pedagogik madaniyatni rivojlanitirshning mazmuni, ahamiyati, usullari, vositalari haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: madaniy-insonparvarlik yondashuvi, kasbiy-pedagogik madaniyat, bo‘lajak tarbiyachi, pedagogik etika, muloqot madaniyati, ekologik madaniyat, ma’naviy qadriyatlar, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, pedagogik ta’lim. АННОТАЦИЯ В статье рассматривается важность модернизации высшего образования в соответствии с потребностями современного общества. Рассматриваются содержание, значение, методы и средства формирования профессиональнопедагогической культуры будущих педагогов, обучающихся в системе высшего образования. Кльючевые слова: культурo-гуманистический подход, профессиональнопедагогическая культура, будущий педагог, педагогическая этика, культура общения, экологическая культура, духовные ценности, личностноориентированное образование, педагогическое образование. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 33 ANNOTATION This article examines the importance of modernizing higher education to meet the needs of modern society. It examines the content, significance, methods, and means of developing the professional and pedagogical culture of future teachers studying in the higher education system. Key words: cultural-humanistic approach, professional and pedagogical culture, future teacher, pedagogical ethics, communication culture, environmental culture, spiritual values, personality-oriented education, pedagogical education. Globallashuv jarayonlari bashariyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga, kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Jahon maydonida xalqlarning milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora kuchaymoqda. Faqat o‘zini o‘ylash, hayotga, mehnatga, kasbga, oilaga yengil qarash, iste’molchilik kayfiyati singari illatlar turli yo‘llar bilan aholi, ayniqsa, hali oq-qorani farqlay olmaydigan yoshlar ongiga turli usullar va media olami orqali keng va faol singdirilmoqda. Shunday global jamiyatda ta’lim tizmining har bir bo‘g‘ini yoshlarni nafaqat ilm-ma’rifatli qilib yetishtirishi balki, insoniyatga xos insonparvarlik, vatanparvarlik, qahramonlik, mardlik, mehnatsevarlik, do‘stlik va sadoqat kabi oliyjanob fazilatlarga ega shaxsni tarbiylash maqsadga muvofiq. Hozirgi kunda jamiyatimizda taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yoshlarga ta’lim va tarbiya berish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlarda yoshlarga ta’lim beruvchi tashkilotlar, ular bevosita ta’sir o‘tkaza oladigan, bo‘lajak tabiyachilarni, pedagoglarni tayyorlovchi oliy ta’lim tashkilotlari ham o‘z hissasini qo‘shmog‘i lozim. Bo‘lajak pedagoglarni tayyorlovchi oliy ta’lim tashkilotlari - oliy ma’lumotli, jamiyat talablariga javob beruvchi, turli vaziyatlarda pedagoglik sifatlarini namoyon qila oladigan, yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga ega o‘z mutaxassisligi SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 34 bo‘yicha chuqur bilimga ega, har tomonlama rivojlangan pedagoglarni tayyorlab berishni nazarda tutadi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimi uchun tarbiyachilar nafaqat bilim va mutaxassislik sohalari bo‘yicha ko‘nikmalarga, balki yuqori darajada madaniyinsonparvarlik qarashlari, kasbiy odobi, pedagogik mahorati va ijtimoiy-hissiy savodxonlikka ega bo‘lishi zarur. Madaniy-insonparvarlik yondashuvi tarbiyachi shaxsini markazga qo‘ygan, uni bola shaxsi rivojiga mas’ul bo‘lgan yetuk mutaxassis sifatida shakllantirishga yordam beradi. Bo‘lajak tarbiyachilarda kasbiy-pedagogik madaniyatni rivojlantirish– juda dolzarb va keng qamrovli vazifadir. Bu mavzuda tadqiqot olib borish pedagogik faoliyatda madaniy va insonparvarlik tamoyillarining ahamiyatini chuqurroq o‘rganishga, shuningdek, tarbiyachilarni tayyorlash tizimida bu tamoyillarni qanday qo‘llash mumkinligini ko‘rsatishga yordam beradi. Shunday ekan, bo‘lajak tarbiyachilarda kasbiy-pedagogik madaniyatni rivojlantirish muammmosi pedagogika sohalarining dolzarb masalasi sifatida qaraladi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy-pedagogik madaniyatini shakllantirishda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalar, kommunikativ madaniyatni rivojlantirish ham muhim ahamiyatga ega. Xitoy faylasufi Konfutsiy ilmiy-ma’naviy merosida ham inson shaxsiga hurmat, axloqiy yetuklik va ustoz shaxsining namunadorligi alohida e’tirof etilgan. Konfutsiy “Bolalar to‘g‘ri intizomli bo‘lib tug‘ilmaydilar: ularning harakterlari tarbiyada shakllanadi, ustoz esa to‘g‘ri tarbiyaga mas’uldir. Tarbiyachilar o‘ta bosiq, qat’iyatli bo‘lishlari lozim”, - deya ta’kidlagan. Inson mehnati va faoliyatining ma’lum bir sohasi bilan shug‘ullanuvchi kishilarga taalluqli axloqiy normalar, talablar mavjud. Bunday axloq, kasb (professional) axloqi deyiladi. Har bir jamiyatda mavjud axloq, kasb axloqi bilan ma’lum bir munosabatda bo‘ladi. Bu, umumiylik bilan xususiylik o‘rtasidagi munosabatdir. Kasb axloqi umuminsoniy axloq, nazariyasining qoidalarini, tamoyillari va tushunchalarini, afzalliklari va kamchiliklarini o‘zida mujassamlantiradi, oydinlashtiradi va SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 35 rivojlantiradi. Bundan tashqari, kasb axloqi faqat shu soha kishilari uchun xos bo‘lgan ayrim odob, axloq, normalari va qoidalarini ham ichiga oladi. Ayrim kasblar ya’ni inson-inson kasblaritarbiyachi, o‘qituvchi, shifokor, tijoratchi, huquqshunos, artist, rahbar xodimlar, aktyorlar uchun “Inson” — mehnat obyekti hisoblanadi. Bu kasblarda mehnat obyektining — shaxsning taqdiri ko‘p jihatdan shu kasb egasining axloqiy faoliyatiga bog‘liq. Bunday kasb egalaridan faoliyat obyekti bo‘lgan odamlar bilan o‘zaro muomala-munosabatlarini tartibga soluvchi axloqiy normalarga qat’iy amal qilish talab etiladi. Bu esa shu kasb egalarining axloqiy mas’uliyatini oshiradi. Jamiyatning, davlatning bunday kishilarga ishonchi ham boshqacha bo‘ladi. Shuning uchun ham bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlashda ularni bola shaxsiyatini rivojlantiruvchi, komil inson, har tomonlama rivojlangan shaxs qilib tayyorlash muhim va murakkab jarayon hisoblanadi va bunda zamonaviy oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy yondashuvlarni, ta’limtarbiya berish metodlarining nazariy asoslarini ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqaradi. Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi o‘rganilganda ularda ta’lim tizmida o‘zining aniq bir maqsadli ko‘rsatkichlarni rivojlantirishga yondashuvning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xususan Koreya va Yaponiyada qadriyatlarga asoslangan ta’lim tizimi orqali so‘nggi yillarda jahon hamjamiyatining e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Rossiyada ta’lim tizimi - ta’lim oluvchiga madaniy konteksni singdirishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Ya’ni ta’lim tizimi maktabgacha ta’limdan boshlab bolani madaniyatli shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan. O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizmi orqali shaxsni O‘zbekistonning ravnaqi uchun xizmat qiladigan barkamol inson bo‘lib yetishishlariga zamin hozirlaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglar jamoasining kasbiy-pedagogik madaniyati, maktabgacha ta’limning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlash bolalarning rivojlanishi uchun juda muhimdir. Bunga malakali tarbiyachilar, tegishli o‘quv dasturi, rag‘batlantiruvchi ta’lim muhiti va oila va maktab o‘rtasidagi mustahkam aloqa kiradi. Bo‘lajak tarbiyachilarni malakasini oshirish va sifatni baholashning kompleks asoslari maktabgacha ta’lim sifatini yaxshilashga yordam beradi. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 36 Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalariga ta’lim-tarbiya berish bilan chegaralanmay, balki ularning kasbiy-pedagogik madaniyatini yuksaltirish, tabiat boyliklarini asrash va tabiatni muhofaza qilishga bo‘lgan madaniy ehtiyojlarini qondirishda “Yashil makon” umummilliy loyihasida ishitrok etishmoqda. Yosh avlodlar qalbida tabiatga nisbatan muhabbat uyg‘otish talabalarning ekologiya haqidagi bilimlariga ham bog‘liq. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2025 yildagi qarorida “Har yili oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targʻibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” kabi turli nominatsiyalar boʻyicha tanlovlar tashkil etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish” 7 belgilab berilgan. Shu kabi loyihalar oliy ta’lim tashkilotlari talabalari orasida keng targ‘ib qilinsa, talabalarning kasbiy-pedagogik madaniyatlarining rivojlanishiga zamin yaratiladi. So‘nggi yillarda yurtimizda oliy ta’lim sohasidagi siyosat aholining ko‘plab qatlami uchun oliy o‘quv yurtlari darvozasini keng ochdi. Talabalarni ijtimoiy himoyalash maqsadida, ta’lim harajatlarini qoplash uchun banklardan imtiyozli muddatlarda ta’lim kreditlarining berilishi, xotin-qizlarning ta’lim olishi, jamiyatda ayollarning ilm-ma’rifatli bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida ayollar uchun ta’lim kreditlarining foizsiz miqdorlarda berilishi buning yaqqol misolidir. Ma’lumki, insonning tashki va ichki olami; bo‘y-basti, ko‘rinishi, kiyinishi, xattiharakati, yashashdan maqsadi fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, xis-tuyg‘ulari kasbiy-pedagogik, ekologik, jismoniy, ruhiy, axloqiy madaniyatiga bog‘likdir. Oziqovqatlar odamni jismoniy va fiziologik jihatdan rivojlantirsa, kasbiy-pedagogik madaniyat inson va inson o‘rtasidagi munosabatni takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi. Kasbiy-pedagogik madaniyat axloqiy madaniyat bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini mustahkam qiladi, yuksak insoniy his-tuyg‘ularni rivojlantiradi, vijdonini uyg‘otadi. 7 2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi PQ184-sonli qaror . SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 37 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. 2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi PQ-184-sonli qaror. 2. B.Xodjayev “Qiyosiy pedagogika” darslik. 2017-yil.