scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLI IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISH SHAROITIDA KICHIK BIZNES BOSHQARUVINI TAKOMILLASHTIRISH

Xo'jamurodov, Asqarjon Jalolovich; Qurbonnazarov, Kamol Sherzod o'g'li

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada raqamli iqtisodiyotning shakllanishi jarayonida kichik biznes subyektlari boshqaruvini takomillashtirish masalalari chuqur tahlil qilinadi. Raqamlashtirishning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, kichik biznes faoliyatiga ko‘rsatayotgan ta’siri, boshqaruv strategiyalarining modernizatsiya qilinishi hamda raqamli texnologiyalarning afzalliklari ilmiy yondashuv asosida yoritiladi. Kichik biznes subyektlarining raqamli transformatsiya jarayonida duch kelayotgan muammolari, ularni bartaraf etishning innovatsion mexanizmlari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash siyosatining ahamiyati ham batafsil ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra kichik biznesda raqamli boshqaruvni takomillashtirish iqtisodiyotning umumiy raqobatbardoshligi va barqaror rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.

Full text

SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 90 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17943135 RAQAMLI IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISH SHAROITIDA KICHIK BIZNES BOSHQARUVINI TAKOMILLASHTIRISH Xo‘jamurodov Asqarjon Jalolovich Dotsent, Toshkent kimyo-texnologiya instituti khujamurodovaskarjo[email protected] Qurbonnazarov Kamol Sherzod o‘g‘li Toshkent kimyo-texnologiya instituti 1-bosqich magistranti kamolqurbonnazarov[email protected] ANNOTATSIYA Ushbu ilmiy maqolada raqamli iqtisodiyotning shakllanishi jarayonida kichik biznes subyektlari boshqaruvini takomillashtirish masalalari chuqur tahlil qilinadi. Raqamlashtirishning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, kichik biznes faoliyatiga ko‘rsatayotgan ta’siri, boshqaruv strategiyalarining modernizatsiya qilinishi hamda raqamli texnologiyalarning afzalliklari ilmiy yondashuv asosida yoritiladi. Kichik biznes subyektlarining raqamli transformatsiya jarayonida duch kelayotgan muammolari, ularni bartaraf etishning innovatsion mexanizmlari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash siyosatining ahamiyati ham batafsil ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra kichik biznesda raqamli boshqaruvni takomillashtirish iqtisodiyotning umumiy raqobatbardoshligi va barqaror rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 91 Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, kichik biznes, raqamlashtirish, raqamli transformatsiya, boshqaruv, innovatsion texnologiyalar, elektron tijorat, avtomatlashtirish, IT infratuzilma, raqobatbardoshlik, iqtisodiy samaradorlik. Kirish Bugungi globallashuv jarayonida insoniyat taraqqiyotining yangi bosqichi – raqamli iqtisodiyot davri boshlandi. Raqamli iqtisodiyotning shakllanishi nafaqat ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida, balki davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, moliya tizimida ham tub islohotlarni yuzaga keltirmoqda. O‘zbekiston ham ushbu jarayonlardan chetda qolmay, iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamlashtirish bo‘yicha izchil siyosat yuritmoqda. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi raqamli iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga, ayniqsa, kichik biznes subyektlarining texnologik modernizatsiyasiga xizmat qilmoqda. Raqamli iqtisodiyot bugungi davrning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kichik biznesning rivojlanishi va boshqaruv sifatini oshirishda muhim omil sanaladi. Innovatsion texnologiyalar, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, sun’iy intellekt, bulutli xizmatlar va big data kabi mexanizmlar korxonalar faoliyatini tubdan o‘zgartirmoqda. Ushbu maqola raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznes boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslar, ichki jarayonlar va amaliy takliflarni yoritadi. Kichik biznes iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Bandlikning katta qismi aynan kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shunday ekan, ularning boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish hamda savdo jarayonlarini avtomatlashtirish dolzarb vazifadir. Mamlakatimizda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar – soliq imtiyozlari, kreditlar, subsidiyalar, elektron davlat xizmatlari, onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatlari raqamli iqtisodiyotning tez rivojlanishiga SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 92 zamin yaratmoqda. Shu nuqtai nazardan, ushbu maqolada kichik biznes boshqaruvini yanada takomillashtirishda raqamli iqtisodiyotning o‘rni har tomonlama tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va uning kichik biznesga ta’siri Raqamli iqtisodiyot – bu raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, bulutli hisoblash, katta ma’lumotlar (Big Data), Internet of Things, blockchain kabi innovatsion yechimlarga asoslangan iqtisodiy faoliyatdir. Ushbu iqtisodiy model an’anaviy yondashuvlardan tubdan farq qiladi. Kichik biznes uchun raqamli iqtisodiyot quyidagi afzalliklarni yaratadi: • Xarajatlarni kamaytirish: avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari inson omilidan kelib chiqadigan xatolarni kamaytiradi. • Mijozlar bilan ishlash samaradorligini oshirish: CRM tizimlari mijozlar ehtiyojini chuqur o‘rganish imkonini beradi. • Tezkor boshqaruv: real vaqt rejimida ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilinadi. • Marketing imkoniyatlarini kengaytiradi: raqamli marketing an’anaviy reklama turidan arzon va samaraliroq. • Innovatsion xizmatlar: onlayn xizmatlar, masofaviy savdo, elektron kataloglar orqali bozor kengayadi. Raqamli iqtisodiyotning ushbu xususiyatlari kichik biznesning tezkor rivojlanishiga, raqobatbardosh bo‘lishiga va foyda hajmini oshirishga xizmat qiladi. 2. Kichik biznes boshqaruvida raqamlashtirish jarayonlari Kichik biznes boshqaruvini takomillashtirishda raqamlashtirishning bir nechta strategik yo‘nalishlari mavjud: Boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirishda ERP, CRM, MRP tizimlaridan foydalanish orqali ishlab chiqarishdan tortib, sotuv va ombor hisobigacha bo‘lgan bosqichlar yagona platforma orqali boshqariladi.Raqamli marketingni rivojlantirishda SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 93 gugungi kunda kichik biznes uchun Instagram, Facebook, TikTok, Google Ads kabi platformalar asosiy savdo kanallaridan biriga aylandi. Raqamli marketing orqali aniq auditoriyani tanlash, reklama xarajatlarini optimallashtirish, mijozlar bilan aloqa kuchayadi. Elektron tijorat imkoniyatlaridan foydalanishda esa internet-do‘konlar, marketplace platformalari, onlayn to‘lov tizimlari kichik biznes uchun global bozorga chiqish imkonini beradi.Moliyaviy jarayonlarni elektronlashtirish elektron hisobfakturalar, onlayn bank xizmatlari, bulutli buxgalteriya tizimlari moliyaviy shaffoflikni ta’minlaydi. Axborot xavfsizligini ta’minlash raqamli transformatsiya jarayonida ma’lumotlarni himoyalash, raqamli xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish muhim omildir. Raqamlashtirishning ushbu yo‘nalishlari kichik biznes faoliyatini optimallashtiradi va uni ilg‘or texnologiyalarga asoslangan zamonaviy modelga o‘tkazadi. Xulosa Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida kichik biznes boshqaruvini takomillashtirish – zamonaviy iqtisodiyotning strategik vazifasidir. Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish kichik biznesning samaradorligini oshiradi, raqobatbardoshligini kuchaytiradi va yangi bozor imkoniyatlarini yaratadi. Shu bois kichik tadbirkorlik subyektlarini raqamli transformatsiyaga faol jalb etish O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznes boshqaruvini takomillashtirish korxonalar faoliyatining samaradorligini oshirish, raqobatbardoshligini kuchaytirish va iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishda asosiy omil hisoblanadi. Raqamlashtirish jarayonlari strategik yondashuvni, zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni va innovatsion boshqaruv mexanizmlarini keng qo‘llashni talab etadi. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 94 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI 1. Karimov, A. Raqamli iqtisodiyot asoslari. – Toshkent: Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar nashriyoti, 2021. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori. – Toshkent, 2020. 3. Abdurahmonov, Q. X. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. 4. Tapscott, D. The Digital Economy: Rethinking Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence. – New York: McGraw-Hill, 2015. 5. Laudon, K., & Laudon, J. Management Information Systems: Managing the Digital Firm. – Pearson Education, 2018.