scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PESHKO' TUMANI MIKROTOPONIMYASINING LINGVISTIK TADQIQI

Jo'rayeva, Zuxroxon

Abstract

Ushbu maqolada Peshko‘ tumani mikrotoponimiyasining lingvistik xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida mikrotoponimlarning tarkibiy-semantik tuzilishi, etimologik asoslari, mahalliy sheva elementlari bilan bog‘liqligi hamda ularning hududning tabiiy-geografik va tarixiy-madaniy omillari bilan uzviy aloqasi yoritiladi. Maqolada turkiy, fors-tojik va arabiy qatlamlar ishtirokida shakllangan nomlarning leksik va grammatik xususiyatlari aniqlanadi, mikrotoponimlarda aks etgan dialektal fonetik o‘zgarishlar, tarixiy nomlash an’analari va ularning semantik tasnifi bayon etiladi.

Full text

SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 120 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17943547 PESHKO‘ TUMANI MIKROTOPONIMYASINING LINGVISTIK TADQIQI Jo‘rayeva Zuxroxon Buxoro davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi o‘qituvchisi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Peshko‘ tumani mikrotoponimiyasining lingvistik xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida mikrotoponimlarning tarkibiysemantik tuzilishi, etimologik asoslari, mahalliy sheva elementlari bilan bog‘liqligi hamda ularning hududning tabiiy-geografik va tarixiy-madaniy omillari bilan uzviy aloqasi yoritiladi. Maqolada turkiy, fors-tojik va arabiy qatlamlar ishtirokida shakllangan nomlarning leksik va grammatik xususiyatlari aniqlanadi, mikrotoponimlarda aks etgan dialektal fonetik o‘zgarishlar, tarixiy nomlash an’analari va ularning semantik tasnifi bayon etiladi. Kalit so‘zlar: mikrotoponimiya, Peshko‘ tumani, lingvistik tahlil, etimologiya, semantika, toponimika, dialektologiya АННОТАЦИЯ В статье проводится лингвистический анализ микротопонимии Пешко’ района. Исследование охватывает структурно-семантические особенности микротопонимов, их этимологические основания, взаимодействие с местными диалектными элементами, а также связь топонимических единиц с природногеографическими и историко-культурными факторами региона SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 121 Ключевые слова: микротопонимия, Пешко’ район, лингвистический анализ, этимология, семантика, топонимика, диалектология ANNONTATION This article presents a linguistic analysis of the microtoponymy of the Peshko‘ District. The study examines the structural and semantic features of microtoponyms, their etymological foundations, and their interaction with local dialectal elements, as well as their connection to the natural-geographical and historical-cultural factors of the region. Keywords: microtoponymy, Peshko‘ District, linguistic analysis, etymology, semantics, toponymy, dialectology KIRISH Tilshunoslikning toponimika sohasi geografik nomlarning kelib chiqishi, tuzilishi va semantik mazmunini o‘rganish orqali xalqning tarixiy-madaniy merosini yoritadi. Ushbu tizimning eng mayda, ammo mazmunan eng boy qatlamini mikrotoponimlar tashkil etadi. Mikrotoponimlar hududning real geografik muhitini, tarixiy jarayonlarini, etnik tarkibini va mahalliy aholining til madaniyatini aks ettiruvchi muhim lingvistik birlik sifatida qadrlanadi. Ular tarkibida qadimgi til izlari, dialektal xususiyatlar, o‘ziga xos fonetik va semantik o‘zgarishlar mujassam bo‘lib, hududning til tarixini o‘rganishda ishonchli manba vazifasini bajaradi. Peshko‘ tumani mikrotoponimiyasi turkiy, fors-tojik va arabiy tillar bilan bog‘liq ko‘p qatlamlilikni namoyon etadi. Tuman relyefining qumli tekisliklar, tepaliklar, qadimiy o‘zanlar va buloqlar bilan farqlanishi natijasida mikrotoponimlarning katta qismi tabiiy geografik obyektlar nomi asosida yuzaga kelgan. Shuningdek, mahalliy lahjaning fonetik o‘ziga xosliklari — tovushlarning almashinuvi, bo‘g‘in qisqarishlari, talaffuzdagi farqlar — mikrotoponimlarda barqaror shaklda saqlanib, ularning lingvistik tabiatini yanada rang-barang qiladi. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 122 Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — Peshko‘ tumani mikrotoponimlarining lingvistik tarkibini aniqlash, ularning etimologik asoslari, semantik tuzilishi va nomlash jarayoniga ta’sir etgan tarixiy hamda dialektal omillarni ilmiy jihatdan izohlashdir. Mikrotoponimlarni lingvistik tahlil qilish natijalarida hududning tarixiygeografik rivoji, etnik qatlamlari va til tizimidagi qadimgi izlar haqida muhim ilmiy ma’lumotlar aniqlanishi kutiladi. Peshko‘ atamasining kelib chiqishi mahalliy toponomistlar tomonidan turlicha izohlanadi. Ularning fikricha, hozirgi “Peshko‘” shakli aslida qadimiy “Peshi ko‘y” iborasining fonetik o‘zgarishidan vujudga kelgan bo‘lib, “katta yo‘l bo‘yidagi maskan”, “asosiy yo‘l ustida joylashgan qishloq” ma’nolarini anglatadi. Bu nom dastlab shu hududda mavjud bo‘lgan qadimiy qishloqqa nisbatan qo‘llangan, keyinchalik esa butun tuman nomi sifatida mustahkamlanib qolgan[1.169]. Peshko‘dagi Afshona qishlog‘i jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shgan buyuk tabib va faylasuf Abu Ali ibn Sinoning tug‘ilgan maskani sifatida alohida e’tirofga loyiq. Zandana qishlog‘i esa o‘rta asrlarda yuksak sifatli, o‘ziga xos uslubda to‘qilgan “zandanachi” matolari bilan nafaqat Buxoro amirligida, balki undan tashqarida ham mashhur bo‘lgan. Shuningdek, Xo‘ja Peshko‘ kabi boshqa qishloqlar ham tarixiy yodgorliklari, qadimiy me’morchilik namunalari va etnografik o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, ilk o‘rta asrlardan XX asrning 1930yillarigacha mazkur hudud “Zandona” yoki “Xutfar” nomlari bilan tanilgan. Bu nomlarning o‘zgarishi tuman ma’muriy-hududiy tuzilishining turli davrlardagi siyosiy va ijtimoiy jarayonlari bilan bog‘liq [1.172]. Shunday bo‘lsa-da, Peshko‘ nomi vaqt o‘tishi bilan mustahkamlanib, bugungi kungacha o‘z tarixiy ahamiyatini saqlab kelmoqda. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 123 ADABIYOTLAR TAHLILI Peshko‘ tumanining mikrotoponimiyasini o‘rganish kompleks yondashuvni talab qiladi. Tadqiqotlar hududning tarixiy, geografik va lingvistik xususiyatlarini hisobga olgan holda toponimlarning kelib chiqishi, tarkibi va semantik qatlamlarini tahlil qiladi. O‘raev “Toponimika” asarida toponimlarning lingvistik tahlili, ularning semantik tuzilishi va fonetik o‘zgarish jarayonlari keng yoritiladi. Peshko‘ nomi fonetik jihatdan asta-sekin “Peshi ko‘y” shaklidan “Peshko‘” shakliga o‘tgan bo‘lib, bu hudud toponimlarida fonetik transformatsiyaning tipik namunasi hisoblanadi [5.15]. N. Mahkamov, N. Mahmudov, B. Odilov va A. Madvaliyevlarning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” hududiy leksika va qadimiy turkiy-forsiy qatlamlarni aniqlashda muhim manba sifatida xizmat qiladi. Lug‘at ma’lumotlariga ko‘ra, Peshko‘ nomi “pesh” va “kuy” komponentlaridan iborat bo‘lib, hududning geosiyosiy joylashuvi va transport yo‘llari bilan uzviy bog‘liqligini tasdiqlaydi. Shuningdek, Buxoro toponimikasini o‘rganishda Qilichev tomonidan keltirilgan tadqiqotlar hududiy nomlarning transport yo‘llari, mehnat faoliyati va hududiy ajralib turish funksiyasini yoritadi.. Ko‘panak – 1926-yilgi “Xalq turadigan joylarning ro‘yxati”ga kiritilgan. Toponimning ma’nosi aniq bo‘lmagan bo‘lsa-da, so‘z shakli “ko‘panak” atamasiga yaqinligi bilan e’tibor qaratadi. Bu nom turli mulohazalarga sabab bo‘lgan va ba’zi tadqiqotchilar tomonidan urug‘chilik yoki qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq degan fikrlar ilgari surilgan. Sardushox – bu toponimning asl ma’nosi “sari dushox”, ya’ni “ikki shoxli bosh” degan ma’noni bildiradi. U geografik ob’ektning tabiiy shaklini aniq tasvirlaydi va hududning landshaft xususiyatlariga mos keladi. Toponim fonetik jihatdan ham hududning til o‘ziga xosligini aks ettiradi: talaffuzdagi o‘zgarishlar va so‘zning morfologik tuzilishi mahalliy lahjaning xususiyatlarini ochib beradi. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 124 Chorobod – ushbu mikrotoponimning ma’nosi “to‘rt tarafi obod” bo‘lib, u hududning aholi joylashuvi va qishloqsozlik xususiyatlarini ifodalaydi. Toponim “chorrabot” atamasidan kelib chiqqan bo‘lib, viloyatning turli hududlarida uchrab turadi. Fonetik o‘zgarishlar, talaffuzdagi variantlar va morfologik soddalashtirishlar natijasida Chorobod shakli shakllangan. Ko‘chkallo – ushbu toponim “ko‘shk-i alo” atamasining fonetik o‘zgarishi natijasida shakllangan. Uning ma’nosi “baland ko‘shk” yoki “baland qasr” sifatida izohlanadi, bu esa hududdagi tarixiy me’moriy ob’ektlarga, xususan, qadimiy ko‘shk yoki minoralarga ishora qiladi. Toponimning semantik mazmuni hududning arxitektura va landshaft xususiyatlarini aks ettiradi, shuningdek, hududning tarixiy rivojlanishi va ijtimoiy tuzilmasi haqida ham ma’lumot beradi. Ko‘chkarasul – 1926-yilgi ro‘yxatlarda qayd etilgan bo‘lib, ushbu mikrotoponim hududdagi shaxs nomi bilan bog‘liqdir. Toponimning semantik mazmuni “qo‘rg‘on” yoki “tepa” kabi geografik shakllanishlarni ifodalaydi. Bu esa hududning tabiiy landshaft xususiyatlari bilan bevosita bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, shaxs nomi bilan bog‘langan toponimlar tarixiy jihatdan mahalliy aholining o‘tmishdagi ijtimoiy va siyosiy tuzilmasi, shuningdek, ma’lum bir shaxsning yoki oilaning hududdagi mavqei haqida ma’lumot beradi. XULOSA Peshko‘ tumani mikrotoponimiyasi o‘zining boy lingvistik merosi va geografik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, hududning mikrotoponimlari asosan mahalliy til an’analari, tarixiy voqealar va tabiiy landshaft bilan chambarchas bog‘liq. To‘plangan materiallar orqali so‘zlarning kelib chiqishi, morfologik tuzilishi va semantik o‘ziga xosligi aniqlangan. Hudud nomlari, ko‘pincha, tabiiy obyektlar (daryo, tog‘, cho‘l, vodiy) va ijtimoiymadaniy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lib, ular o‘zbek tilining leksik xususiyatlarini boyitadi. Shu bilan birga, mikrotoponimlarning fonetik, morfologik va semantik xususiyatlari tuman aholisining tarixiy va madaniy o‘zligini aks ettiradi. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 125 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Halimov T. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021. – 273 b. 2. Mahkamov N., Mahmudov N., Odilov O., Madvaliyev A. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: O‘zbekiston, 2021. 3. Nazarov I. Q., Allayorov I.Sh. Buxoro geografiyasi. – Buxoro, 1994.– 67 b. 4. Nurov U. N. Buxoro viloyati iqlimi va uning resurslari. – Buxoro, 1996. – 44 b