ANALYSIS OF THE CURRENT ECONOMIC STATE OF "UZBEKTELECOM" JSC
Abstract
Maqolada “O‘zbektelekom” AJning 2021–2024 yillardagi joriy iqtisodiy holati, ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, asosiy fondlarga investitsiya jarayonlari hamda mehnat resurslari bilan bog‘liq xarajatlar dinamikasi chuqur tahlil qilingan. Telekommunikatsiya infratuzilmasining modernizatsiyasi, FTTH, 5G, ma’lumotlar markazlari, xalqaro internet kanallarini kengaytirish va xizmatlar diversifikatsiyasi xarajatlar o‘sishining asosiy omillari sifatida aniqlangan. Tahlil natijalari kompaniyaning raqamli transformatsiya jarayonida kapital qo‘yilmalar va import xizmatlar ulushi ortib borayotganini, kommunal xarajatlar va amortizatsiya ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sish kuzatilayotganini ko‘rsatadi.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 725 “O‘ZBEKTELEKOM” AJ NING JORIY IQTIODIY HOLATI TAHLILI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Ismoilova Nodira Annotatsiya. Maqolada “O‘zbektelekom” AJning 2021–2024 yillardagi joriy iqtisodiy holati, ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, asosiy fondlarga investitsiya jarayonlari hamda mehnat resurslari bilan bog‘liq xarajatlar dinamikasi chuqur tahlil qilingan. Telekommunikatsiya infratuzilmasining modernizatsiyasi, FTTH, 5G, ma’lumotlar markazlari, xalqaro internet kanallarini kengaytirish va xizmatlar diversifikatsiyasi xarajatlar o‘sishining asosiy omillari sifatida aniqlangan. Tahlil natijalari kompaniyaning raqamli transformatsiya jarayonida kapital qo‘yilmalar va import xizmatlar ulushi ortib borayotganini, kommunal xarajatlar va amortizatsiya ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sish kuzatilayotganini ko‘rsatadi. Kalit soʻzlar. “O‘zbektelekom” AJ; iqtisodiy holat tahlili; ishlab chiqarish xarajatlari; asosiy fondlar; amortizatsiya; raqamli transformatsiya; FTTH; 5G; import xizmatlar; operatsion xarajatlar; kapital qo‘yilmalar; telekommunikatsiya infratuzilmasi; mehnat resurslari; xarajatlar dinamikasi; raqobatbardoshlik; moliyaviy barqarorlik. O‘zbektelekom AK — O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorining yetakchi milliy operatori bo‘lib, internet, mobil aloqa, IP-televideniye, bulutli xizmatlar va raqamli kontent sohalarida ko‘p tarmoqli xizmatlar taqdim etadi. 2021–2024 yillarda kompaniya raqamli iqtisodiyot talablariga mos ravishda infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yangi avlod texnologiyalarini joriy etishga katta e’tibor qaratdi. Bu jarayonlar mamlakatda raqamli xizmatlardan foydalanish darajasini sezilarli oshirdi va iqtisodiy o‘sishga turtki bo‘ldi. Zamonaviy raqobat muhitida telekommunikatsiya xizmatlarining raqobatbardoshlik darajasini oshirish strategik ahamiyatga ega masaladir. Ayniqsa, raqamli iqtisodiyot sharoitida global va mintaqaviy bozorlarda ustunlikni ta’minlash uchun milliy operatorlar faoliyatida raqamlashtirish texnologiyalarining joriy etilishi hal qiluvchi omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasining yetakchi telekommunikatsiya kompaniyasi — “O‘zbektelekom” AK faoliyatida raqamli texnologiyalarni jalb qilish orqali xizmatlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish masalasi muhim ilmiy-amaliy masalalardan biri hisoblanadi. «O‘zbektelekom» AKning 2021–2024 yillar oralig‘idagi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi va dinamikasi korxona moliyaviy barqarorligi hamda xizmatlar bozoridagi raqobatbardoshligini baholashda asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Mazkur davr mobaynida kompaniyaning strategik rivojlanish yo‘nalishlari, raqamli xizmatlar ulushining ortishi, infratuzilma modernizatsiyasi hamda texnologik yangilanish jarayonlari xarajatlar strukturasida sezilarli o‘zgarishlar yuz berishiga olib kelgan. Tahlil jarayonida ko‘rinib turibdiki, asosiy kapital qo‘yilmalar va xizmatlarni diversifikatsiya qilish orqali xarajatlar tarkibida ishlab chiqarish xarajatlari yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Bu holat, bir tomondan, xizmatlar sifatini oshirish va mijozlar talabini qondirish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda. 1-jadval
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 726 “O‘zbektelekom” AK ning 2021–2024 yillar oralig‘idagi ishlab chiqarish xarajatlari (mln.so‘m) 1 Xarajatlar nomi 2021 yil 2022 yil 2023 yil 2024 yil 2024 yil 2023 yilga nisbatan (+;-) Ishlab chiqarish xarajatlari 3267878 4082740 5505063 6646755 1141692 Import xizmatlar 1040084 1291390 1667981 2185315 517334 Boshqa ishlab chiqarish xarajatlari 172241 207641 250818 303284 52466 Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari 12302 20382 28784 39625 10841 Kommunal xizmatlar 67419 84852 82411 177016 94605 Moddiy xarajatlar 352611 409673 312894 349532 36638 Boshqa xarajatlar 17581 18650 180640 196563 15923 Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2021 yildan 2024 yilgacha ishlab chiqarish xarajatlari qariyb ikki baravarga o‘sib, 3,27 trln so‘mdan 6,64 trln so‘mga yetgan. Bu o‘sishning asosiy sabablari sifatida telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, FTTH va 5G infratuzilmasini joriy etish, hamda yangi raqamli xizmatlar portfelini kengaytirish ko‘rsatilishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlari tendensiyasini qo‘yidagi rasmda aniqroq ko‘rishimiz mumkin (2.1-rasm). Mazkur o‘sish tendensiyasi, bozorda raqobat muhitining kuchayishi sharoitida xizmatlar sifatini va qamrov hududlarini kengaytirish zaruriyati bilan uzviy bog‘liq. Import xizmatlar xarajatlari 2021 yildagi 1,04 trln so‘mdan 2024 yilda 2,18 trln so‘mgacha o‘sgan bo‘lib, qariyb 2,1 baravar oshish kuzatilgan. Bu holat asosan xorijiy uskunalar, dasturiy ta’minot va yuqori texnologiyali qurilmalarning importga bog‘liqligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, xalqaro valyuta kurslarining o‘zgarishi ham xarajatlar o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan. 1 https://uztelecom.uz/ru ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 727 1-rasm. “O‘zbektelekom” AK ning 2021–2024 yillar oralig‘idagi ishlab chiqarish xarajatlari 2 Boshqa ishlab chiqarish xarajatlari ham barqaror o‘sish sur’atini namoyon etib, 2021 yilga nisbatan 2024 yilda 1,76 baravarga ko‘paygan. Bu, asosan, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini qo‘llabquvvatlashga qaratilgan logistika, texnik xizmat va yordamchi jarayonlar bilan bog‘liq. 2021 yilda 12,3 mlrd so‘m bo‘lgan xarajatlar 2024 yilda qariyb uch baravarga o‘sib, 39,6 mlrd so‘mga yetgan. Bu o‘sish transport parkidan foydalanish hajmining ko‘payishi, qo‘shimcha logistik yo‘nalishlarning joriy etilishi va yoqilg‘i narxlarining o‘sishi bilan izohlanadi. Eng yuqori o‘sish kommunal xizmatlar toifasida kuzatilib, 2024 yilda 2023 yilga nisbatan qariyb ikki baravarga oshgan (+94,6 mlrd so‘m). Bu holat infratuzilma obyektlari va uskunalar sonining ko‘payishi, uzluksiz elektr ta’minoti va konditsiyalash tizimlariga bo‘lgan talabning ortishi bilan izohlanadi. Moddiy xarajatlar 2022 yilda eng yuqori darajaga yetgan bo‘lsa-da, keyingi yilda pasaygan va 2024 yilda qayta o‘sish kuzatilgan. Bu tendensiya materiallar narxining tashqi bozorlardagi o‘zgarishi, ichki zaxiralarni optimallashtirish siyosati bilan bog‘liq. Boshqa xarajatlarda 2023 yilda keskin o‘sish (180,6 mlrd so‘m) va 2024 yilda undan ham yuqori ko‘rsatkich (196,6 mlrd so‘m) qayd etilgan. Bu, ehtimol, nostandart loyihalar, mijozlar segmentiga yo‘naltirilgan marketing aksiyalari va innovatsion xizmatlar sinov dasturlari bilan bog‘liq. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, «O‘zbektelekom» Akda 2021–2024 yillar davomida xarajatlar tarkibi va hajmidagi barqaror o‘sish strategik investitsiyalar, texnologik yangilanish va xizmatlar diversifikatsiyasi jarayonlarining izchil olib borilayotganidan dalolat beradi. Ammo importga yuqori darajada bog‘liqlik va kommunal xarajatlar keskin o‘sishi moliyaviy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois, kelgusi yillarda ichki ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va resurslardan samarali foydalanish siyosatini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning raqamli transformatsiya jarayonida telekommunikatsiya infratuzilmasining samaradorligi va xizmatlar raqobatbardoshligini ta’minlash uchun asosiy fondlar va ular bilan bog‘liq xarajatlar tuzilimini chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, “O‘zbektelekom” 2 https://uztelecom.uz/ru ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi 3267878 4082740 5505063 6646755 0 1000000 2000000 3000000 4000000 5000000 6000000 7000000 2021 YIL 2022 YIL 2023 YIL 2024 YIL
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 728 Ajning 2021–2024 yillar davomidagi asosiy fondlar bilan bog‘liq xarajatlar tahlili nafaqat korxonaning moddiy-texnikaviy bazasini yangilash sur’atlarini baholash, balki operatsion samaradorlik va investitsiya siyosatining maqsadga muvofiqligini aniqlash imkonini ham beradi. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosiy vositalarning ta’miri, ijara xarajatlari, transport va logistika, amortizatsiya va tovar sotish bo‘yicha xarajatlar kabi yirik moliyaviy moddalarni qamrab oladi. Bu ko‘rsatkichlar orqali infratuzilmaga qo‘yilgan sarmoyalar darajasi, aktivlarni yangilash sikli va xarajatlar optimallashuvi tendensiyalari aniq ko‘rinadi. Asosiy vositalar ta’miri (Bino va inshootlar, transport va kompyuter uskunalari) 2021 yilda ta’mir xarajatlari 118,78 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda 146,22 mlrd so‘mgacha o‘sgan (+23,1%). 2023 yilda esa 50,18 mlrd so‘mga keskin pasayish kuzatilgan, bu ehtimol aktivlarni yangilashning boshqa moliyalashtirish manbalariga o‘tishi yoki investitsiyaning vaqtinchalik qisqarishi bilan bog‘liq. 2024 yilda ko‘rsatkich 77,40 mlrd so‘mgacha o‘sgan bo‘lib (+54,3%), infratuzilmani qayta tiklash va modernizatsiya ishlari qayta faollashganini ko‘rsatadi. 2-adval “O‘zbektelekom” AK ning 2021–2024 yillar oralig‘idagi asosiy fondlari va ular bilan bog‘liq xarajatlari (mln.so‘m) 3 Xarajatlar nomi 2021 yil 2022 yil 2023 yil 2024 yil 2024 yil 2023 yilga nisbatan (+;-) Bino va inshootlar, transport va komp. qurilmalari ta’miri 118781 146224 50184 77401 27217 Bino va inshootlar ijarasi 47035 67634 65976 97387 31411 Transport va logistika xarajatlari 11782 14733 10063 17776 7713 Amortizatsiya xarajatlari 70293 83118 137644 164232 26588 Tovarlarni sotish bo‘yicha xarajatlar 238821 418810 152929 95775 -57154 Bino va inshootlar ijara xarajatlari 2021 yilda 47,04 mlrd so‘m bo‘lgan ijara xarajatlari 2022 yilda 67,63 mlrd so‘mgacha o‘sgan (+43,8%), bu filiallar soni oshishi yoki mavjud maydonlarni kengaytirish bilan izohlanishi mumkin. 2023 yilda ijara xarajatlari 65,97 mlrd so‘mga bir oz pasaygan, ammo 2024 yilda 97,38 mlrd so‘mga yetgan (+47,8%), bu raqamli xizmatlar infratuzilmasi kengayishi bilan uyg‘un. Transport va logistika xarajatlari 2021 yilda 11,78 mlrd so‘m bo‘lgan transport va logistika xarajatlari yillar kesimida izchil o‘sib borgan: 2022 yilda 14,73 mlrd (+25%), 2023 yilda esa qisqarib 10,06 mlrd so‘mga tushgan. 2024 yilda 17,77 mlrd so‘m (+76,6%) ko‘rsatkichi kompaniyaning yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish operatsiyalarini kengaytirganini anglatadi. Amortizatsiya ko‘rsatkichlari 2021 yilda 70,29 mlrd so‘m bo‘lib, 2022 yilda 83,12 mlrd so‘m (+18,2%), 2023 yilda 137,64 mlrd so‘m (+65,5%) va 2024 yilda 164,23 mlrd so‘m (+19,3%) darajasiga yetgan (2.2-rasm). 3 https://uztelecom.uz/ru ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 729 2-rasm. “O‘zbektelekom” AK ning 2021–2024 yillar oralig‘idagi amortizatsiya xarajatlari 4 Bu tendensiya asosiy vositalarning qiymati va ularni yangilash darajasi ortib borganini, shu bilan birga kompaniyaning kapital aktivlariga sarmoyalash faoliyati kuchayganini ko‘rsatadi. Tovar sotish xarajatlari 2021 yilda 238,82 mlrd so‘m bo‘lib, 2022 yilda 418,81 mlrd so‘m (+75,3%) kabi yuqori o‘sish qayd etilgan. 2023 yilda esa 152,29 mlrd so‘mga keskin pasaygan (-63,6%), bu ehtimolan tovar aylanmasi va sotuv modelidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. 2024 yilda esa ko‘rsatkich 95,77 mlrd so‘mgacha pasayishi (-37,1%) tovarlardan ko‘ra xizmatlar ulushi oshganini bildiradi. O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasining yetakchi ishtirokchisi hisoblangan “O‘zbektelekom” AKning moliyaviy barqarorligi va xizmatlar sifatini ta’minlashda mehnat resurslari bilan bog‘liq xarajatlar tuzilmasi muhim strategik ahamiyat kasb etadi. 2021–2024 yillar oralig‘ida ish haqi va u bilan bog‘liq to‘lovlar dinamikasi korxonadagi mehnat siyosati, xizmat ko‘rsatish hajmlari va raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasidagi o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqdir. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Shokirovna B. Z. THE ECONOMIC ROLE OF OIL PRODUCTION IN THE BUKHARAKHIVA REGION AND ITS SIGNIFICANCE FOR THE COUNTRY //GWALIOR MANAGEMENT ACADEMY. – С. 55. 2. Shokirovna B. Z., Xurram oʻgʻli X. S. INNOVATIVE FOUNDATIONS OF A UNIFIED ECONOMY IN THE FIELD OF RELIGIOUS EDUCATION //Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 110-113. 3. ЮЛДАШЕВ, Қ., Ўзбекистонда давлат-хусусий, А. Ш., ТОЖИБОЕВА, Ш., ТОШПЎЛАТОВА, Г., ТАРАХТИЕВА, Г., & БОБОЖОНОВА, З. Biznes-Эксперт. 4. Shokirovna B. Z., Muxayyo Y. Xurram oʻgʻli XS TOPIC: DIRECTIONS FOR THE DEVELOPMENT OF INNOVATIVE ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN //Scientific Impulse. – 2023. – Т. 2. – №. 16. – С. 42-45. 5. Худайназарова Д. МEТOДЫ OЦEНКИ РИСКOВ ВНEДРEНИЯ ЦИФРOВЫХ ТEНДEНЦИЙ В ТУРИСТИЧEСКOМ БИЗНEСE //Экономическое развитие и анализ. – 2024. – Т. 2. – №. 11. – С. 682-687. 4 https://uztelecom.uz/ru ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi 70293 83118 137644 164232 0 20000 40000 60000 80000 100000 120000 140000 160000 180000 2021 yil 2022 yil 2023 yil 2024 yil
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 730 6. Худайназарова Д. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ТУРИСТИЧЕСКИХ ДЕРЕВЕНЬ //Экономическое развитие и анализ. – 2024. – Т. 2. – №. 12. – С. 435-448. 7. Xudaynazarova D. Theoretical Basis for the Formation of Tourist Villages //Economic Development and Analysis. – Т. 2. – №. 12. – С. 435-448. 8. Bobojonova Z. S. Analysis of economic efficiency of oil recovery from fields in BukharaKhivinsky region and ways of its implementation. – 2021. 9. BOBOJONOVA Z. Жамият ва инновациялар–Общество и инновации–. – 2021. 10. Бобожонова З. Ш., Абдуллаева Д. Innovative development of industrial production based on the principle of synergy Bobojonova Z., Abdullayeva D. 2 Инновационное развитие промышленного производства, основанного на синергетическом принципе //PROBLEMS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION. – С. 64.