ONA TILI DARSLARIDA O'QUVCHILAR BILAN HAMKORLIKDA MUSTAQIL TOPSHIRIQLARNI ISHLAB CHIQISH METODLARI
Abstract
Ushbu ilmiy maqolada ona tili darslarida o‘quvchilar bilan hamkorlikda mustaqil topshiriqlarni ishlab chiqishning nazariy asoslari, pedagogik yondashuvlari va amaliy metodlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, o‘qituvchi o‘quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik, ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirishda noan’anaviy metodlardan foydalanish haqida yoritib berilgan.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 147 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17944077 ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILAR BILAN HAMKORLIKDA MUSTAQIL TOPSHIRIQLARNI ISHLAB CHIQISH METODLARI Alimboyeva Nodira Jamol qizi Urganch davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1kurs magistranti Ilmiy rahbar: Raximova Sulurxon Djumaniyozovna “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, PhD Urganch davlat pedagogika instituti [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu ilmiy maqolada ona tili darslarida o‘quvchilar bilan hamkorlikda mustaqil topshiriqlarni ishlab chiqishning nazariy asoslari, pedagogik yondashuvlari va amaliy metodlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, o‘qituvchi o‘quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik, ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirishda noan’anaviy metodlardan foydalanish haqida yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: pedagogik texnologiya, interfaol metod, topqirlik, ijodkorlik, noan’anaviy metodlar, hamkorlikda ishlash ko‘nikmasi ANNOTATION This research article presents the theoretical foundations, pedagogical approaches, and practical methods of designing independent tasks in cooperation with students during mother tongue (native language) lessons. It also highlights the use of
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 148 nontraditional methods in improving learners’ concentration, developing their creativity and problem-solving skills. Keywords: pedagogical technology, interactive method, problem-solving, creativity, non-traditional methods, collaborative learning skills АННОТАЦИЯ В данной научной статье раскрываются теоретические основы, педагогические подходы и практические методы разработки самостоятельных заданий в сотрудничестве с учениками на уроках родного языка. Кроме того, рассматривается использование нетрадиционных методов для развития у учащихся наблюдательности, сообразительности, творческих способностей, а также для повышения уровня их внимания. Ключевые слова: педагогическая технология, интерактивный метод, сообразительность, творческие способности, нетрадиционные методы, навыки совместной деятельности KIRISH Taniqli olim N.A.Muslimovning ta’kidlashicha, mashg‘ulotning muvaffaqiyatli o‘tishining 80 foizi o‘quv jarayonini to‘g‘ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog‘liq. O‘quv jarayonini loyihalashtirish quyidagi uch bosqichdan iborat: o‘quv maqsadlari va natijalarini belgilash; natijalar asosida nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish; o‘quv jarayonida bajariladigan interaktiv metodlardan samarali foydalanish. Bugungi kunda darsning samaradorligini ta’minlovchi texnologiyalardan biri bu interfaol metodlardir. Interfaol metodlar oqituvchi va o‘quvchining birgalikdagi ish jarayoni bo‘lib, o‘quvchilarni erkin fikrlashiga, olingan bilimlarni amalda qo‘llay bilishga yo‘naltiradi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 149 ASOSIY QISM Tilni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda boshqa ko‘pgina o‘quv predmetlari uchun umumiy bo‘lgan ko‘nikmalar (predmetlararo ko‘nikmalar)ni hosil qilish ustida ham ish olib boriladi. Pedagogikada bunday predmetlararo ko‘nikmalarga analiz, sintez, abstraktlashtirish (til hodisalarini fikran tasawur etish), umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash kabilar kiradi. Ushbu ko‘nikmalami o‘quvchilarda shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash ulaming o‘quv faoliyatini faollashtirishga, bilimlarini muvaffaqiyatli egallashlariga imkoniyat yaratadi. Ona tili kursidan hosil qilinadigan maxsus ko‘nikmalar bilan predmetlararo ko‘nikmalar, bir-biridan ajratilmagan holda o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shakllantiriladi. 1 Shuningdek hamkorlikda topshiriq ishlab chiqish quyidagi metodlar bilan uyg‘un: «Aqliy hujum», «Guruh bilan ish», «INSERT», «Klaster», «Baliq suyagi», «Debat», «Yumaloqlangan qor» kabi metodlar bilan bevosita bog‘langan. Bu metodlar orqali o‘quvchilarning bilim savodxonligini yanada oshirish va yangi bilim ko‘nikmalarni shakllantirish mumkin. “To‘g‘ri yo‘lni toping“ interaktiv metodi ona tili darslarida yuqori sinflar uchun mos bo‘lib unda o‘quvchilar guruhlarga bo‘lingan holda bajaradilar. Ularning oldilariga turli xil chiziqlar yordamida chizilga yo‘l xaritasi beriladi. Agar ular savollarga to‘g‘ri javob topib chizib borsalar anq manzilga yetib boradilar, agar bironta savolda ham xatolik yuz bersa to‘g‘ri yo‘lini topa olishmaydi. Bu metod orqali biz o‘quvchilarning hamkorlikda ishlash qobilyatini oshirishimiz va har bir savolga diqqat bilan javob izlashini ta’minlaashimiz mumkin. “Sakkizoyoq” deb nomlangan inteaktiv metod ham o‘quvchilarning hamkorlikda ishlash qobilyatini oshiradi va darsni yanada samarali qiladi. Bunda o‘quvchilar 2 yoki undan ortiq guruhlarga bo‘linib topshoriqni bajaradilar. Ayniqsa bu metod 5, 6, 7sinflarga mos bo‘lib rangi qog‘lar yordamida sakkizoyoq yasab uning oyiqlariga savol va atamalarni yozib chiqamiz. Rang-barang 1 Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. — Toshkent: “Nosir”, 2009. — 94-bet.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 150 qog‘ozlar o‘quvchilarni topqirlikka undab yaratuvchanlik qobilyatini shakllantiradi. Darslarda interaktiv metodlarni shunday tashkil etish kerakki, bunda barcha o‘quvchilar faol qatnashishi lozim. Bu interfaol metodlar orqali o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini ham rivojlantirish mumkin. Ona tili darslarida o‘quvchilar bilan hamkorlikda mavzuga doir loyiha ishlarini ishlab chiqish mumkin. Masalan, ot mavzusi o‘tilsa ularga mustaqil ishlashlari uchun o‘z yashash joyidagi atoqli otlarni yozib kelish kabi topshiriqlarni berish zarur. Bu orqali o‘quvchi atoqli otning turlari toponimlar, antroponimlar haqida chuqur nazariy ma’lumotga ega bo‘lib unda mustaqil izlanuvchanlik qobilyati yanada rivojlanadi. XULOSA Hamkorlikda mustaqil topshiriqlar ishlab chiqish ona tili darslarining samaradorligini oshiruvchi eng muhim metodlardan biridir. Bunday yondashuv o‘quvchini tayyor bilim oluvchiga emas, balki bilim yaratuvchi shaxsga aylantiradi. Shuningdek, o‘quvchilarning kompetensiyalarini chuqur shakllantiradi, mustaqil va ijodiy fikrlashni rag‘batlantiradi, dars jarayonini qiziqarli qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. — Toshkent: Nosir, 2009. 2. G‘ulomov A. va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi. — Toshkent: O‘qituvchi. 3. Yo‘ldoshev Q., Mustafoqulov S. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. 4. Hasanov A. Faol ta’lim metodlari. 5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Bosh_Sahifa 6. https://www.ziyouz.com/kutubxona